
Ona xaqida sherlar
Atrofdagi barcha insonlar bor e’tiborini smartfon ekranlariga qaratgan holda, real hayotdan va bir-biridan butunlay uzilib, xuddi dasturlashtirilgan robotlardek harakatlanmoqda.
#reelsinstagram
#instagram
https://www.instagram.com/reel/De4gl0TIA0i/?dlrf=dmplMHVkbXVkZGY=
➪
@Ona_haqida_sherlar
🍃
Ota onasiga mexribonlar kanali
🌸
Yaqinlaringizga ulashing, obuna bo‘lishni unutmang..?
Instagram
|
YouTube
➪
@Ona_haqida_sherlar
🍃
Ota onasiga mexribonlar kanali
🌸
Yaqinlaringizga ulashing, obuna bo‘lishni unutmang..?
Instagram
|
YouTube
Ona xaqida sherlar
pinned a video
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
💝
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
💝
🙂
Biz sizga eng go‘zal, ta’sirli va unutilmas tabrikni tayyorlashda yordam beramiz!
Shirin so'zlar sizga ham menga ham yoqadi albatta!
📝
Lekin bunday chiroyli gaplarni aytishga uyaladiganlar, ichidagini tashqariga chiqara olmaydigan, odamlar juda ko'p uchrab turadi
.
🎁
Aynan shunday insonlar uchun maxsus,
🛫
@Yaqinlarimga_tabrik_va_sherlar
loyihasini ochdik! Kimga aytolmagan dil izhorlaringiz, tuĝilgan kun tabrigi va tashakkurlaringiz bo'lsa, sizni kutib qolamiz.
🫰
✍️
Unutmang! Ozgina e'tibor, olam-olam baxt ulashadi
.
🛫
Murojaat uchun
@Boshlovchi_Madinahon
➪
@Ona_haqida_sherlar
🍃
Ота онасига мехрибонлар канали
🌸
Яқинларингизга улашинг, обуна бўлишни унутманг.
Onam
Yonida o'tirsam ishimdan qolib,
Ko'rib diydorimga to'ymagan onam.
Kechiksam kutadi oyog'i tolib,
Meni hayolidan qo'ymagan onam.
Ko'nglini ranjitsam bilib yo bilmay,
Kechirib yuborar nazarga ilmay,
Qo'ng'iroq qiladi kandalar qilmay,
Meni hayolidan qo'ymagan onam.
Mensiz ko'plab tongi otgan bo'lsa ham,
Kulib qarar ko'zi sotgan bo'lsa ham,
Hattoki uyquga yotgan bo'lsa ham,
Meni hayolidan qo'ymagan onam.
Hech ham nolimagan eskilar kiya,
Bizni to'ydirdilar o'zi kam yeya,
Ko'p bor so'rar bolam sog'misan deya,
Meni hayolidan qo'ymagan onam.
Sog'ligim onamning toji-yu taxti,
Go'yoki men bilan butundir baxti,
O'zini o'ylashga topilmay vaqti,
Meni hayolidan qo'ymagan onam.
She'r aytsam go'zal bir xislarni tuyib,
So'zimga to'ymagan jonidan suyib,
Salgina og'rinsam ming bora kuyib,
Meni hayolidan qo'ymagan Onam.
Yashaydi farzandim gul-u lolam deb,
Hech qachon yomonga yo'ymagan onam.
Yigitlar Sarvari Mirzo bolam deb,
Meni hayolidan qo'ymagan onam.
Sarvar Mirzo
➪
@Ona_haqida_sherlar
🍃
Ota onasiga mexribonlar kanali
🌸
Yaqinlaringizga ulashing, obuna bo‘lishni unutmang..?
Yolg'on ekan do'stning vafosi,
Jonim qiynar hayot jafosi.
Tugamaydi aslo g'avg'osi,
Dunyosidan charchadim, Ona.
G'amlar meni xor qilib yetti,
Orzularim armonga bitti.
Sog'inch bag'rim nimtalab ketti,
Dunyosidan charchadim, Ona.
Taqdir tinmay bag'rim tig'laydi,
Ko'zim kular, qalbim yig'laydi.
Hech kim mening holim bilmaydi,
Dunyosidan charchadim, Ona.
Yuragimni alam yondirdi,
Soxta do'stlar dildan to'ydirdi.
Bu tashvishlar meni toldirdi,
Dunyosidan charchadim, Ona.
Parizoda
➪
@Ona_haqida_sherlar
🍃
Ota onasiga mexribonlar kanali
🌸
Yaqinlaringizga ulashing, obuna bo‘lishni unutmang..?
Onam
Onalar haqida baytlar koʻpdir,
Men ham yozaman siz uchun onam.
Insonlar ichida yaqinim yo'qdir,
Sizsiz suyganim, o'zingiz donam.
Ezgu tilaklarim sizga atalgan,
Ijobat aylasin yaratgan Alloh.
Do'stlar vaqtinchalik pul uchun bari,
Faqat siz ishonchli, yonimda hamroh.
Xabar olmaydilar qiynalganimda,
Yaqinim deganlar, do'stim deganlar.
Go'zallar ham xiyonat qilar,
Yolg'onlar ichida rostim deganlar.
Men parvo qilmayman ularga sira,
Kim qolar, kim ketar nogoh.
Muhimi siz boʻling doim yonimda,
Sizni panohida asrasin Alloh.
Ozodbek Nabiyev
➪
@Ona_haqida_sherlar
🍃
Ota onasiga mexribonlar kanali
🌸
Yaqinlaringizga ulashing, obuna bo‘lishni unutmang..?
YAQINLAR
Qadriga yeting-e, boʻlsa akangiz,
Qo'lini tuting-e, bo'lsa ukangiz.
Bir kuni qurisa mador, tinkangiz,
Begonalar tomon chopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Boshingizda tuting mushfiq singlingiz
Ko'tarar shu qizcha bir kun ko'nglingiz!
G'amli kun kelganda, shuni bilingiz
Tashvishlar eshigin yopa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Agar yoningizda bo'lsa opangiz,
Poyini emaklab, suyib o'pingiz!
Musibat chog'ida har yon chopingiz,
Bozordan boshqa bir opa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Yaxshi kunda qadrin biling yoringiz,
Dard kelsa shu bo'lar ham bemoringiz.
Tarqalib ketganda yo'g'u boringiz,
Ko'z yöshni birovga sepa olmaysiz,
Shu yordan boshqani topa olmaysiz.
Bugun sho'x yugurgan jajji bolangiz
Artadi bir kuni koʻzda jolangiz.
Suykalib kelsa gar, boshin silangiz,
Birovning bolasin o'pa olmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz.
Oh, qattiq avaylang bo'lsa onangiz,
Duosini oling bo'lsa otangiz!
Tuzating shu bugun aybu xatongiz,
Keyin kech bo'ladi, xafa boʻlmaysiz,
Ulardan boshqani topa olmaysiz!!!!
Xayrulla Hamidov
➪
@Ona_haqida_sherlar
🍃
Ota onasiga mexribonlar kanali
🌸
Yaqinlaringizga ulashing, obuna bo‘lishni unutmang..?