Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

SHERZOD RUSTAMOV // ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARI

onlaynonatili_uz
👨‍🏫 Sherzod Rustamov — Ona tili va adabiyot ✅ 10 yillik tajriba ✅ Milliy sertifikat ✅ Attestatsiya ✅ BMBA ✅ Testlar tahlili ✅ Videodarslar 👨‍🏫 Ustoz: @Onatili_muallim ☎️ Tel: (94) 199-28-27 📱 Spamdagilar uchun: @Repetitor_ona_tili_bot
Subscribers
20 034
24 hours
-3
30 days
1 381
Post views
2 877
ER
14,36%
Posts (30d)
78
Characters in post
746
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Language Learning
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 27, 00:05
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Duo
❗️
Imtihondan avval shu duolarni o'qing va yodlab oling!
🤲
“Robbi zidni ‘ilman va fahman val-hiqni bis-solihin”.
(Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir va meni solih bandalaring qatoriga qo‘sh)
🤲
“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri”.
Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.
🤲
“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy”.
Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.
🤲
“Robbi zidni ilman va fahman”.
Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.
👉
Ha aytgancha, imtihonga kirishdan oldin uch, besh yoki yetti marta
“Oyatal kursi”
o‘qiladi.
O'ylaymizki, siz uchun foydali bo'ladi. Do'stlaringizga ham ulashishni unutmang!
✅
@onlaynonatili_uz

October 26, 17:49
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Attestatsiya_2026
🌙
SO‘NGGI DARS… AMMO KATTA MARRA OLDINDA!
❤️
Aziz ustozlarim, qadrli ilm yo‘lidagi hamrohlarim!
Bugun attestatsiyaga tayyorgarlik bo‘yicha maxsus yopiq guruhimizda
so‘nggi darsimizni ham yakunladik…
To‘g‘risi, bu satrlarni yozish men uchun ham biroz hayajonli.
Axir qancha vaqt davomida birgalikda mehnat qildik. Qancha testlar ishladik, murakkab savollar ustida bosh qotirdik, xatolarimizni tahlil qildik, bilmaganlarimizni o‘rgandik…
Ba’zan charchadingiz, ba’zan qiynaldingiz. Oilangizga, farzandlaringizga ajratadigan vaqtingizdan ilm uchun ulush ajratdingiz. Kunduzgi ishlaringizdan so‘ng ham kechki darslarimizda qatnashdingiz.
Men bu mehnatlaringizning barchasini ko‘rib, his qilib turdim!
❤️
Mana, endi ertaga ana shu mehnatlarning samarasini ko‘rsatadigan kun!
Aziz ustozlarim!
Ertaga imtihon xonasiga kirayotganingizda, eng avvalo,
O‘ZINGIZGA ISHONING!
Siz bu imtihonga shunchaki kirayotganingiz yo‘q. Sizning ortingizda oylab qilingan mehnat, uyqusiz tunlar, yuzlab tahlillar va minglab savollar turibdi.
Birgina murakkab savol kayfiyatingizni tushirmasin. Birgina ikkilanish ishonchingizni so‘ndirmasin.
Shoshilmang. Hayajonga berilmang. Har bir savolni diqqat bilan o‘qing. Bilimingizga suyaning!
Men sizlarga faqat dars o‘tganim yo‘q. Har biringizning yutug‘ingizni chin dildan istadim. Sizlarning muvaffaqiyatingizni o‘z muvaffaqiyatimdek qabul qilaman.
Ertaga telefonimga sizlardan keladigan:
«Ustoz, uddaladim!»
«Ustoz, oliy toifani oldim!»
«Ustoz, kutganimdan ham yuqori ball oldim!»
degan xabarlarni o‘qish nasib qilsin!
🥹
❤️
Sizlarga ustoz sifatida aytadigan so‘nggi gapim:
Men sizlarga ishonaman! Endi siz ham o‘zingizga ishoning!
Alloh ilmingizga baraka bersin, zehningizni o‘tkir, xotirangizni mustahkam qilsin. Bilganlaringiz yodingizga tushsin, qilgan mehnatlaringiz zoye ketmasin!
🤲
BARCHANGIZGA YUKSAK NATIJALAR, OMAD VA ZAFARLAR TILAYMAN!
Bu so‘nggi darsimiz bo‘lishi mumkin, ammo ilm yo‘lidagi ustoz-shogirdligimizning so‘nggisi emas!
ERTAGA XUSHXABARLARINGIZNI KUTAMAN, AZIZ USTOZLARIM!
❤️
Hurmat va ezgu tilaklar bilan
ustozingiz Sherzod Rustamov!
✅
@onlaynonatili_uz

October 26, 17:42

#Diqqat_diqqat
Hozir attestatsiya bo'yicha maxsus yopiq guruhimizdagi jonli efirdagi darsni tugatdim!
Test qanday bo'ldi? Maza qildingizmi?
Manfaatli bo'ldimi?

October 26, 16:27

rahmat ustoz zur bdi test
👏
👍

October 26, 16:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 26, 15:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Test boshlangan!
Testni ishlashni 615 ta ustoz boshlagan!
Platformaga yangi imkoniyat qo'shdim!

October 26, 15:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Attestatsiya_2026
🚨
DIQQAT! ATTESTATSIYA DIAGNOSTIK TESTI BOSHLANDI!
🔥
⏰
SOAT 20:00 — SINOVGA START BERILDI!
👨‍🏫
👩🏻‍🏫
Hurmatli ona tili va adabiyot fani ustozlari!
🎯
ATTESTATSIYA OLDIDAN SO‘NGGI SINOV
boshlandi!
Bugun haqiqiy attestatsiya imtihonidan oldin bilimingizni maxsus elektron platformamizda sinab ko‘rish imkoniyatiga egasiz!
📝
50 ta test savoli
⏱️
105 daqiqa
🏆
Maksimal 100 ball
🎁
ISHTIROK MUTLAQO BEPUL!
━━━━━━━━━━━━━━━━
🚀
TESTGA HOZIROQ KIRING!
🤖
@attestatsiya_testi_bot
1️⃣
Botga kiring va
/start
buyrug‘ini yuboring.
2️⃣
«
🚀
Testni Telegramda ochish»
tugmasini bosing.
3️⃣
Ism-familiyangiz, amaldagi toifangiz va attestatsiya turini kiriting.
4️⃣
«Testni boshlash»
tugmasini bosing va bilimingizni sinab ko‘ring!
⚠️
MUHIM!
❗️
Test
21:45 da yakunlanadi!
❗️
Kechroq boshlagan ustozlarning ishlash vaqti qisqaradi.
❗️
Har bir ishtirokchiga faqat
1 ta urinish
beriladi.
✅
Test yakunida ballingiz, to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblaringiz hamda toifangiz bo‘yicha diagnostik xulosani ko‘rasiz.
━━━━━━━━━━━━━━━━
🔥
ERTAGA — HAQIQIY ATTESTATSIYA!
BUGUN ESA BILIMINGIZNI SO‘NGGI BOR SINOVDAN O‘TKAZING!
📷
Testimiz quyidagi kanalda boʻlib oʻtadi:
⤵️
⤵️
⤵️
✅
@onlaynonatili_uz

October 26, 14:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Attestatsiya_2026
🎧
Attestatsiya diagnostik testimizga qatnashmoqchi bo’lganlar eshitsin!
😎
@onlaynonatili_uz

October 26, 14:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Attestatsiya_2026
🚨
DIQQAT, USTOZLAR! TEST BOSHLANISHIGA 30 DAQIQA QOLDI!
🔥
ATTESTATSIYA OLDIDAN SO‘NGGI SINOV!
👨‍🏫
👩🏻‍🏫
Hurmatli ona tili va adabiyot fani ustozlari!
Bugun sizlar uchun maxsus elektron platformamizda
BEPUL DIAGNOSTIK TEST
tashkil etamiz!
📅
Sana:
26-oktyabr
⏰
Boshlanish:
20:00
🏁
Yakunlanish:
21:45
📝
Savollar:
50 ta
⏱️
Vaqt:
105 daqiqa
🏆
Maksimal ball:
100 ball
━━━━━━━━━━━━━━━━
📲
TESTDA QANDAY ISHTIROK ETASIZ?
1️⃣
Telegram botimizga kiring:
🤖
@attestatsiya_testi_bot
2️⃣
Botga
/start
buyrug‘ini yuboring.
3️⃣
Telefon orqali qatnashmoqchi bo‘lsangiz,
«
🚀
Testni Telegramda ochish»
tugmasini bosing.
💻
Kompyuter orqali qatnashmoqchi bo‘lsangiz,
«
💻
Kompyuterdan kirish»
tugmasidan foydalaning.
4️⃣
Ochilgan elektron platformada ro‘yxatdan o‘tish anketasini to‘ldiring:
✅
Ism-familiyangiz
✅
Amaldagi malaka toifangiz
✅
Attestatsiya turi (majburiy yoki navbatdan tashqari)
5️⃣
Soat
20:00
bo‘lgach,
«Testni boshlash»
tugmasini bosing!
⚠️
MUHIM ESLATMALAR!
🔹
Testda ishtirok etish uchun
@onlaynonatili_uz
kanaliga a’zo bo‘lishingiz kerak.
🔹
Har bir ishtirokchiga
faqat 1 ta urinish
beriladi.
🔹
Test davomida belgilangan javoblar avtomatik saqlanadi.
🔹
Savollar orasida erkin harakatlanish va belgilangan javobni o‘zgartirish mumkin.
🔹
Test
21:45 da yakunlanadi
. Kech boshlagan ishtirokchining vaqti qisqaradi.
🔹
Imtihonni boshlashdan oldin internet aloqangizni tekshirib oling.
━━━━━━━━━━━━━━━━
🏆
TEST YAKUNIDA SIZNI NIMA KUTMOQDA?
✅
100 ballik tizimdagi natijangiz
✅
To‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblar soni
✅
Har bir savol bo‘yicha natijangizning rangli xaritasi
✅
Toifangiz bo‘yicha diagnostik xulosa
✅
Imtihonga sarflagan vaqtingiz
━━━━━━━━━━━━━━━━
🔥
ERTAGA — HAQIQIY ATTESTATSIYA!
Bugun esa o‘z bilimingizni sinab ko‘rish, kuchli va zaif tomonlaringizni aniqlash uchun so‘nggi imkoniyatlardan biri!
🎯
MAQSADIMIZ — SIZNI HAQIQIY IMTIHONGA RUHAN VA ILMIY JIHATDAN TAYYORLASH!
❤️
Barchangizga omad va yuqori natijalar tilayman!
20:00 DA ELEKTRON IMTIHONDA UCHRASHAMIZ!
📷
Testimiz quyidagi kanalda boʻlib oʻtadi:
⤵️
⤵️
⤵️
✅
@onlaynonatili_uz

October 26, 13:45
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

😊
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar!
🎧
Attestatsiya diagnostik testimizga qatnashmoqchi bo’lganlar eshitsin!
😎
@onlaynonatili_uz