
Ona tili va adabiyot | Otabek To‘laganov
O'z erkingda emas, axir, erta kun.
Ertangni ko'p o'ylab boʻlma jigarxun.
Bu damni bekorga ketkazma aslo,
Bilib qo'y, dunyoga bo'lmaysan ustun.
Umar Xayyom
#nazm
@onlineonatili
📢
DIQQAT! YANGI GURUH OCHILMOQDA!
📚
Ona tili va adabiyot fanidan
mutlaqo noldan boshlanadigan yangi guruhga qabul
e’lon qilinadi!
Bilimingizni mustahkamlash va fanni bosqichma-bosqich o‘rganishni istaysizmi? Unda bu imkoniyat aynan siz uchun!
🗓
Boshlanish sanasi:
28-oktyabr
🕑
Dars vaqti:
14:00
📞
Murojaat uchun:
90 689 67 67
👤
Telegram:
@Otabeeeeeeek
📲
Yangiliklar va foydali ma’lumotlar:
@onlineonatili
Varvarizm - muqobili bo‘la turib chet so‘zdan foydalanish;
Dialektizm- shevaga oid so‘zlarni ishlatish.
Tarixiy so‘zlar - arxaik va eskirgan.
Yuqoridagilar bugun 1-navbat imtihonlarda hukm bo‘lib tushdi. Bu degani sen kerakmas degan mavzular ham testda tushadi. Shu sababli o‘quvchiga qancha ko‘p o‘rgatsang, shuncha yaxshi bo‘ladi. O‘quvchilar ham bu qaysi savolda tushadi deb emas, istalgan savolni ishlay olishim uchun o‘qishim kerak desagina maqsadiga erishadi.
@onlineonatili
Shuni topolgan odam bugun 36-ni ishlolgan bo‘lardi.
Qattiq
#manba
Biz ham kitobimizni reklama qilib qo‘yaylik. Kecha 44-savolda tushgan qit‘a tahlili o‘quvchilarim qo‘lidagi ko‘k kitobimda mavjud. Shu kitobni kim to‘liq tugatib, qalbiga jo qilsa. A+ uniki
Yasha ,Mironshoh, sendek bilimli o‘quvchilar ko‘paysin. Esimda birinchi darsimga kelganing va keyingi darsga Rasulni yetaklab kelganing.
✅
Ona tili B+
✅
Kimyo A
✅
Biologiya - olimpiada g‘olibi (sertifikat - jarayonda)
✅
tarix B Batafsil videoda
👉
https://ww…
Yasha ,Mironshoh, sendek bilimli o‘quvchilar ko‘paysin. Esimda birinchi darsimga kelganing va keyingi darsga Rasulni yetaklab kelganing.
✅
Ona tili B+
✅
Kimyo A
✅
Biologiya - olimpiada g‘olibi (sertifikat - jarayonda)
✅
tarix B
Batafsil videoda
👉
https://www.instagram.com/reel/DeypOW-Ay7G/?xtok=MTFvem9yYXFtM3R6Ng==
Gʻazal (25-oktyabr, 1-smena) Hajr shomi oy chiqib, men yig‘lar erdim dard ila, Sayrlar qildim seni istab mahi shabgard ila. Oy uyoqqach yona ko‘nglumni buzub yolg‘uzlug‘um, Tiyra shomim anduhidin yig‘ladim ko‘p dard ila. Charx ham anjum sirishkin holima…
Gʻazal (25-oktyabr, 1-smena)
Hajr shomi oy chiqib, men yig‘lar erdim dard ila,
Sayrlar qildim seni istab mahi shabgard ila.
Oy uyoqqach yona ko‘nglumni buzub yolg‘uzlug‘um,
Tiyra shomim anduhidin yig‘ladim ko‘p dard ila.
Charx ham anjum sirishkin holima ko‘p sochti, lek,
Bo‘lmadi yig‘larda teng men zori g‘amparvard ila.
Motamimg‘a charx ko‘k aylab libosin, tun qaro,
Subh ham aylab yaqosin chok ohi sard ila.
Shomi hijrondin qutulg‘uncha isittim mehrdek,
Ashk selin oqizib, titrab uzori zard ila.
Dahr bo‘stoniga ko‘p qo‘yma ko‘ngul, ey andalib,
Kim anga bo‘yi vafo yo‘q yuz tuman, ming vard ila.
Ey Husayniy, uyqu bexudluk, yemak g‘amdur menga,
To ne to‘lg‘ay oqibat xolim bu xob-u xo‘rd ila.