Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Oqoltin yangiliklari

oqoltin_yangiliklari
Oqoltin tuman hokimligining rasmiy kanali Web-site https://gov.uz/oz/oqoltin Facebook: https://www.facebook.com/oqoltin.yangiliklari Youtube: https://www.youtube.com/@Oqoltin_yangiliklari Murojaat uchun @OqoltinUzBot Ishonch raqami +998672431005
Subscribers
4 824
24 hours
-6
30 days
3
Post views
958
ER
19,86%
Posts (30d)
365
Characters in post
727
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 10, 15:23
Media unavailable
3
Show in Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni termik qayta ishlash orqali elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha investitsiya loyihalari
taqdimoti
bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился
с презентацией
инвестиционных проектов по производству электроэнергии путем термической переработки отходов.
#Mirziyoyev
#taqdimot
#yashiliqtisodiyot
#energetika
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 10, 15:22
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Brifing
Mavzu: Yoshlar bandligini ta'minlash va kasbga yo'naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
Ishtirok etdi: Egamov Ozodjon Xamzayevich – Oqoltin tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

September 10, 14:57
Media unavailable
6
Show in Telegram

Kambag‘allikni qisqartirishda banklar bilan hamkorlik kuchaytiriladi
Oqoltin tumanida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda tuman hokimi Xusnitdin Suvonov O‘zmilliybank AJ Respublika ishchi guruhi vakillari hamda tijorat banklari mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda yangi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud biznes faoliyatini kengaytirish, kredit mablag‘larini manzilli yo‘naltirish va yangi ish o‘rinlari yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.
Asosiy e’tibor — moliyaviy ko‘makni aniq loyihaga yo‘naltirib, uning natijasida barqaror daromad va ish o‘rni yaratishga qaratildi. Shuningdek istiqbolli loyihalarni aniqlash, ularni moliyalashtirish va amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab olindi.

September 10, 10:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tayinlov
Umirzoqov Nurhayot Jonibek o‘g‘li
- Oqoltin tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlovga qadar u Oqoltin tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
@Oqoltin_yangiliklari

September 10, 10:01


Oliy Majlis Senati “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonunni ma’qulladi
Unga ko‘ra, alifbodagi to‘rtta harf quyidagicha o‘zgartirilishi ko‘zda tutilgan:
G‘ g‘ → Ğ ğ
O‘ o‘ → Ö ö
Sh sh → Ş ş
Ch ch → Ç ç
Qonun kuchga kirguniga qadar amaldagi alifbo asosida rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada qoladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavha hamda ko‘rsatkichlaridan esa ular yaroqsiz holga kelguniga qadar yoki belgilangan muddatgacha foydalanishga ruxsat beriladi.
Kanalga ulanish:

@uzauz

September 10, 09:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 10, 05:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚜
SILOKING SelfLine Premium
техникасини амалда кўришни хоҳлайсизми?
📅
10 сентябрь куни
Сирдареда
жонли намойиши
бўлиб ўтади.
🔹
Ўзи юклайди
🔹
Аралаштиради
🔹
Озуқани тарқатади
🔹
Катта хўжаликларда самарали ишлайди
🔥
Профессионал техниканинг имкониятларини амалда, ўз кўзингиз билан баҳоланг!
📞
Батафсил маълумот учун:
+998 77 340 0110
+998 77 312 0110

September 10, 05:19
Media unavailable
1
Show in Telegram

#
Brifing
Mavzu:
Aholiga bepul huquqiy maslahat va davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi
Ishtirok etdi:
Oqoltin tumani Adliya bo`limi boshlig`i — Ziyaev Alisher

September 10, 05:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi?
e-auksion.uz
platformasi orqali Sirdaryo viloyatidan 288
ta
ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!
➤ Oqoltin tumanidan 20 ta (
ko'rish
)
➤ Boyovut tumanidan 25 ta (
ko'rish
)
➤ Sayxunobod tumanidan 34 ta (
ko'rish
)
➤ Guliston tumanidan 13 ta (
ko'rish
)
➤ Sardoba tumanidan 21 ta (
ko'rish
)
➤ Mirzaobod tumanidan 22 ta (
ko'rish
)
➤ Sirdaryo tumanidan 20 ta (
ko'rish
)
➤ Xovos tumanidan 44 ta (
ko'rish
)
➤ Guliston shahridan 60 tа (
ko'rish
)
➤ Shirin shahridan 8 tа (
ko'rish
)
➤ Yangiyer shahridan 18 tа (
ko'rish
)
👇
Xabardor boʼlish uchun
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

September 09, 16:28
Media unavailable
1
Show in Telegram


Yangi mehmonxonalar qurish va mavjudlarini yangilashni rag‘batlantirish maqsadida mehmonxona subyektlari uchun imtiyozli kreditlash tartibi joriy etildi.
➡️
Kreditlash shartlari:
🔷
Mehmonxona qurish uchun — 50 milliard so‘mgacha;
🔷
Mehmonxonani rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun — 20 milliard so‘mgacha;
🔷
Kredit muddati — 10 yil (120 oy)gacha;
🔷
Imtiyozli davr — 2 yil;
🔷
Kreditlar tijorat banklari tomonidan ajratiladi.
➡️
Foiz xarajatlarini qoplash:
Kreditlarning milliy valyutada yillik 16 foizdan, xorijiy valyutada esa SOFR, EURIBOR yoki SHIBOR stavkalaridan oshgan qismi bo‘yicha foiz xarajatlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.
➡️
Murojaat tartibi:
Kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy turizm boshqarmalari orqali yig‘iladi va Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markaziga taqdim etiladi.
📌
Batafsil ma’lumot uchun:
Turizm xizmatlarini sertifikatlashtirish markazi,
Tadbirkorlar bilan ishlash bo‘limi:
☎️
Tel.: +99877 448 77 88.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official