Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Oqoltin yangiliklari

oqoltin_yangiliklari
Oqoltin tuman hokimligining rasmiy kanali Web-site https://gov.uz/oz/oqoltin Facebook: https://www.facebook.com/oqoltin.yangiliklari Youtube: https://www.youtube.com/@Oqoltin_yangiliklari Murojaat uchun @OqoltinUzBot Ishonch raqami +998672431005
Подписчики
4 736
24 часа
5
30 дней
-64
Просмотры
487
ER
10,28%
Посты (30д)
418
Символов в посте
571
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 27, 16:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari navbatdagi Prezident Olimpiadasiga start berdi.
—
Глава нашего государства дал старт очередной Президентской Олимпиаде.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 16:22
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida
ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства
принял участие
в торжественной церемонии открытия Президентской Олимпиады в Олимпийском городке.
#Mirziyoyev
#marosim
#sport
#PrezidentOlimpiadasi
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 16:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Magametibragimova Munisa Ibroxim qizini «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 16:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Musakova Mariya Zulfixarovnani «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 27, 14:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Oqoltin tumani hokimligi hamda “O‘zmilliybank” AJ Sirdaryo viloyati bosh boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatini rivojlantirish va mavjud muammolariga amaliy yechim topish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
@Oqoltin_yangiliklari

October 27, 13:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda
ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizim
yaratilganini ta’kidladi.
– Bu ishlarning zamirida
farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalashga bo‘lgan intilishimiz
mujassam
,
– dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan o‘n yilda sportchilarimiz yirik xalqaro musobaqalarda
5 ming 518 ta medalni
qo‘lga kiritdi. Shundan
1 ming 675 tasi oltin medal
bo‘lib, bu
avvalgi o‘n yillikka nisbatan uch karra ko‘pdir.
Medallarning
uchdan biri sportchi qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan
Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimizning ikkinchi bor g‘olib bo‘lishi
ham mamlakatimiz shaxmati tarixida alohida sahifa ochdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yaponiyada o‘tgan
XX yozgi Osiyo o‘yinlarida
O‘zbekiston terma jamoasi
21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza – jami 70 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
beshinchi o‘rinni
egalladi.
Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev
dast ko‘tarishda 197 kilogramm natija qayd etib,
jahon rekordini yangiladi
.
Bokschi Abdumalik Halokov, yengil atletikachi Sharifa Davronova ikki karra, badiiy gimnastikachi Taxmina Ikromova esa uch karra chempion
bo‘ldi.
Dzyudochi Muzaffar To‘raboyev
finalda musobaqa mezboni vakilini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tkir Jo‘rayev sport gimnastikasining tayanib sakrash yo‘nalishida
yurtimizning Osiyo o‘yinlaridagi
ilk oltin medalini
olib keldi.
Prezidentimiz bunday natijalar
har qanday marraga erishish mumkinligiga ishonch
uyg‘otishini qayd etdi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz musobaqa mezboni – Nagoya meri Ichiro Xirosava
sportchilarimizning halol kurashi, raqiblarga hurmati, maydon tashqarisidagi odobi va namunaviy xulqini alohida e’tirof qilganini
qayd etdi. Bu baho xalqimizga xos fazilatlarning xalqaro maydonda ham namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbari
farzandlarining orzusiga ishonib, doimo yonida turgan ota-onalarga
minnatdorlik bildirdi.
– Yangi O‘zbekiston
dunyoning nufuzli musobaqalari o‘tkaziladigan xalqaro sport markaziga
aylanib bormoqda,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda
jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin yirik musobaqa
tashkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida mamlakatimiz
Ozarbayjon bilan birga ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga
mezbonlik qiladi.
Prezidentimiz bunday musobaqalarni o‘tkazish
katta sharaf va mas’uliyat ekanini
ta’kidladi. Ular yosh sportchilarimizga
dunyoning eng kuchli raqiblari bilan bellashish va o‘z oldiga yanada yuksak maqsadlar qo‘yish
imkonini beradi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan
Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida
ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari
sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini
musobaqa boshlanishi bilan tabrikladi.
Bu yilgi bellashuvlarda yurtimizning turli hududlaridan kelgan
3,5 mingdan ziyod yosh olimpiya va paralimpiya yo‘nalishidagi 26 ta sport turi bo‘yicha
kuch sinashadi. Ularga
1,5 ming murabbiy
hamrohlik qilmoqda.
– Har biringiz bu maydonga
o‘z orzuingiz, o‘z maqsadingiz, eng asosiysi, g‘alabaga bo‘lgan katta ishonchingiz
bilan kelgansiz,
– dedi Prezidentimiz sportchi o‘g‘il-qizlarga murojaat qilib.
Bugun bellashayotgan yoshlar orasidan
ertaga dunyoni hayratga soladigan chempionlar va rekordchilar yetishib chiqishiga
ishonch bildirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 27, 13:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

– Bugun
parasportchi o‘g‘il-qizlarimizning matonati va jasoratini
ham alohida e’tirof etmoqchiman,
– dedi Prezidentimiz.
Yaqinda yakunlangan
Paraosiyo o‘yinlarida ular 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza – jami 145 ta medal
bilan umumjamoa hisobida
uchinchi o‘rinni
egalladi.
Pauerliftingchi Ro‘za Qo‘ziyeva
oltin medal bilan birga jahon rekordini ham o‘rnatdi.
Lolaxon Qodirova suzishda, Madina Muxtorova va Karomat Omonova yadro uloqtirishda, Shahina Yigitaliyeva nayza uloqtirishda, Navro‘za Ahmadova esa disk uloqtirishda
Osiyo rekordlarini yangiladi.
Yegor Bolotov to‘rtta, Xurshid Qodirov uchta oltin medal
qo‘lga kiritdi.
Asila Mirzayorova
uzunlikka sakrash bo‘yicha Paraosiyo o‘yinlari rekordini yangilab,
ikkinchi marta Osiyoda tengsiz ekanini
namoyon etdi.
Asila Mirzayorova Osiyo paralimpiya qo‘mitasining 2026-2030-yillar uchun sportchilar qo‘mitasi a’zosi
etib saylandi. Prezidentimiz buni
o‘zbek sportiga xalqaro e’tirof namunasi
sifatida baholadi.
Facebook
|
Instagram
|
X