Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi

oqqorgon_hokimligi
Oqqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali Бу бот мурожаат учун @hokimiyatga_murojaatbot
Subscribers
6 670
24 hours
30 days
-570
Post views
1 690
ER
16,87%
Posts (30d)
246
Characters in post
798
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
April 30, 03:28
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Prezidentimizning 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son qarorini qo‘llab-quvvatlagan holda, Oqqo‘rg‘on tumani 8-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda “Ziyo ta’lim” o‘quv markazi hamkorligida “Ziyo kitobxon” tanlovining hududiy bosqichi 2026-yil 29-aprel kuni onlayn tarzda o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 13 nafar jamoa tuman bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Tuman bosqichiga yo‘llanma olgan jamoalarga omad tilab qolamiz!
✍️
Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉
😎
Telegram
😎
Instagram
🌐
Facebook
😎
YouTube
🕸
WebSayt

April 30, 02:24

Bugun, 30 aprel
☁️
+30°...+21°, Bulutli
Hozir:
☁️
+21°,
↙️
1.8 m/s
Tong:
☁️
+25°
Kun:
☁️
+30°
Oqshom:
☀️
+28°
Namlik: 29%
Shamol: G'arbiy-shimoli-g'arbiy, 3.1 m/s
Bosim: 757 mm sim. ust.
Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:21
Quyosh botishi: 19:17

April 29, 15:48
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#bildirish
Tadbirkor va ishbilarmonlar diqqatiga!
Toshkent viloyati hokimining tadbirkor va eksportyorlar bilan ochiq muloqotlari davom etadi!
Shu yilning  30-aprel kuni soat 14.30 da O‘rta Chirchiq tumanidagi
"Jannat makon"
mebellar fabrikasida Toshkent viloyati hokimi
Zoyir Mirzayev
tadbirkor va ishbilarmonlar bilan uchrashadi.
Qabulda ishbilarmon doiralar, Afg‘onistonga eksportini tashkil qilish bo‘yicha mutaxassis va boshqa biznes faoliyatni tashkil etish va kengaytirishga  daxldor bo‘lgan barcha mutasaddi tashkilot va idoralar, shuningdek, bank-moliya muassasalari rahbarlari ham ishtirok etadilar.
Qabulga tadbirkor va eksportyorlar taklif etiladi!
Muhim eslatma:
Muloqotning  samarali va maqsadli o‘tishi uchun qabulda faqat tadbirkor va ishbilarmon doira vakillari ishtirok etishlari mumkin. Fuqarolar qabullari boshqa kunlarda alohida tartibda o‘tkazib boriladi.
Qabulda ishtirok etish  istagida  bo‘lgan tadbirkorlar o‘z masala va murojaatlari bilan quyidagi raqamlar orqali viloyat Savdo-sanoat palatasining mas’ul xodimlariga bog‘lanib, ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
☎️
94 218 08 47
☎️
88 843 03 03
📍
Lokatsiya

Telegram
🌐
Website
📹
YouTube

Facebook
🕊
Twitter
🌐
Instagram

April 29, 15:27
Media unavailable
2
Show in Telegram

#Оққўрғон
Меҳнат билан барпо этилган ҳаёт: Навбаҳорда яшовчи Умида Каримқулованинг ибратли йўли.
✍️
Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉
😎
Telegram
😎
Instagram
🌐
Facebook
😎
YouTube
🕸
WebSayt

April 29, 14:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#ЭЪЛОН
Жорий йилнинг 30 апрель куни соат 09:00 да Оққўрғон тумани Ҳосилдор МФЙ ҳудудида жойлашган Шоҳрухия масканида туман Ички ишлар бўлими бошлиғи Илғор Турғунов ташаббуси билан Миллий ўйинлар фестивали доирасида спорт мусобақалари бўлиб ўтади.
Фестиваль дастуридан:
— миллий кураш
— арқон тортиш
— тош кўтариш
— халқ ўйинлари ва бошқа қизиқарли беллашувлар, шунингдек “Тўрғай” этнографик Халқ ансамбили иштироки
Барча туман аҳолиси ва ёшларни ушбу байрамона спорт тадбирига таклиф этамиз!
Миллий қадриятларимиз ва спорт руҳини бирга ҳис этинг!
✍️
Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉
😎
Telegram
😎
Instagram
🌐
Facebook
😎
YouTube
🕸
WebSayt

April 29, 09:14
Media unavailable
3
Show in Telegram

Oqqo'rg'on tumani  Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limi tomonidan joriy yilning 29-aprel kuni Guliston mahalla fuqarolar yig'inida "mehnat yarmarkasi" tashkil etildi.
🔷
Tadbirda 14 nafar ishsiz shaxslar qatnashdi.
🔶
Yarmarkada tumandagi yirik tashkilotlardan 2 tasi 30 ta ish o'rni bilan, Bandlik bo'limi tomonidan tumandagi mavjud bo'sh ish o'rinlari 175 tadan ortiq  taklif etildi.
🔷
Tadbirda 1 nafar ishsiz shaxslar ishga joylashish uchun yo'llanma berildi, 4 nafariga o'zlari qiziqtirgan kasb hunarga o'qish uchun vaucher berildi.
@oqqorgon_hokimligi

April 29, 09:14
Media unavailable
8
Show in Telegram

#Оққўрғон_тумани
#давра_суҳбати
Оққўрғон туманидаги 6-умумий ўрта таълим мактабида ёшлар ўртасида “оммавий маданият”нинг салбий оқибатлари, интернет тармоғи орқали келаётган турли хил ахборот хуружлари ва хавф-хатарлардан огоҳ этиш, шунингдек, уларда ҳуқуқбузарлик ва жиноятчиликка қарши мустаҳкам “мафкуравий иммунитет”ни шакллантириш ҳамда диний ақидапарастлик, радикаллашув, экстремизм ва терроризм каби таҳдидларнинг олдини олишга қаратилган “Жаҳолатга қарши маърифат” мавзусида давра суҳбати ташкил этилди.
Давра суҳбатида туман ИИБ ТҚХ ТҚКГ бошлиғи подполковник Қ.Юлдашев, туман ИИБ ХҚМБ катта инспектори майор Д.Файзуллаева ҳамда туман “Маърифат” тарғиботчилар гуруҳи аъзоси Ж.Турғунбоевалар иштирок этиб, ёшларга интернетдан мақсадли ва самарали фойдаланиш, турли ёт ғоялар таъсирига тушиб қолмаслик, миллий ва маънавий қадриятларга содиқ бўлиш, шунингдек, ҳуқуқбузарлик ва жиноятчиликнинг олдини олиш масалалари юзасидан атрофлича тушунчалар берилди.
@oqqorgon_hokimligi

April 29, 06:49
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Toshkent harbiy okrugining Angren poligonida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida bir kunlik amaliy o‘q otish mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Tadbir Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumani hokimligi, YHXB bo'limi, Mudofaa ishlari bo‘limlari hamkorligida o‘tkazildi. Hamkor tashkilotlar tomonidan mashg‘ulotlarning mazmunli va xavfsiz tarzda tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar harbiy tayyorgarlik bo‘yicha egallagan nazariy bilimlarini amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar orqali mustahkamlab, qurol-aslahalardan foydalanish tartibi hamda xavfsizlik qoidalari bilan yaqindan tanishdi.
Birinchi marotaba quroldan amaliy o‘q otish mashqlarini bajargan yoshlar 100 metr uzoqlikda turgan nishonlarga qarata 3 donadan o‘q uzib, chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.
✍️
Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉
😎
Telegram
😎
Instagram
🌐
Facebook
😎
YouTube
🕸
WebSayt

April 29, 06:48
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Oqqorgon_tumani
#davra_suhbati
Qadimdan oila muqaddas qo‘rg‘on sanalgan. Inson oilada dunyoga kelib, ulg‘ayib kamol topadi. Oila obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi.
Tumandagi “Sultonobod” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Oila markazi”da aholi, ayoniqsa, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida “Oila muqaddas” degan azaliy va ezgu g‘oya targ‘iboti yuzasidan “Oilaviy ajrimlar – jamiyatning tanazzuli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida tuman "Oqila" ayollar harakati a'zolari, tuman IIB XQMB katta inspektori mayor D.Fayzullayeva, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari O‘.Botirova, tuman bosh imom xatibi, tuman otinoyisi tomonidan oila muqaddasligi, qaynona kelin munosabatlari, oilada ajrimlarning oldini olish borasida tushunchalar berilib, bugungi kunda farzandlarimizni umuminsoniy, ma’naviy qadriyatlar va an’analardan bahramand qilish hamda yosh oilalarga oila ma’naviyat va ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lgan mustahkam oila qadriyatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
@oqqorgon_hokimligi

April 29, 06:11
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-apreldagi O‘RQ-1128-son Qonuni ijrosini ta’minlash, uning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish hamda fermer va yer egalari o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish maqsadida Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanida amaliy seminarlar tashkil etildi.
📍
Jumladan, mazkur topshiriq ijrosi doirasida Oqqo'rg'on tumanida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi. Seminarlar davomida:
🔢
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish,
🔢
Zararkunandalarga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish,
🔢
O‘simliklar karantini va himoyasi sohasidagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
🔢
Dala cheti bo'yicha qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati fermer xo'jaliklari va aholi vakillariga tushuntirish ishlari olib borildi.
🔢
Fermerlar kengachi huzuridagi jamg‘arma vakili tomonidan ishtirokchilarga imtiyozli kreditlar bo‘yicha tushunchalar berildi.
👫
Seminarlarda fermer xo‘jaliklari vakillari va yer egalari faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar.
📌
Mazkur tadbirlar sohaga oid bilimlarni oshirish va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
✍️
Оққўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати
Бизни ижтимоий тармоқларда кузатиш
👉
😎
Telegram
😎
Instagram
🌐
Facebook
😎
YouTube
🕸
WebSayt