Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Otabek Hasanov

otabek_khasanov
Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбари, сиёсий фанлар доктори Facebook: https://www.facebook.com/otabek.hasanov.75 Instagram: https://www.instagram.com/otabek_khasan/
Subscribers
6 517
24 hours
13
30 days
-83
Unusual 24 hours growth
Post views
2 250
ER
34,53%
Posts (30d)
67
Characters in post
734
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 04:04
Media unavailable
2
Show in Telegram

#35_son
Hurmatli davlat xizmatchilari,
siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
#uzb35
#mustaqillik35
🌍
Biz bilan kuzatib boring!
🕊
Telegram
|
📸
Instagram

September 10, 16:58
Media unavailable
2
Show in Telegram

#yangi_podkast
MUSTAQILLIK – BU KURASH!
Mustaqillik – bu shunchaki sana yoki bayram emas. Mustaqillik – bu tarix, milliy ruh va uni asrab-avaylash mas’uliyatidir. Ushbu suhbatda O‘zbekiston mustaqilligi, jadidlar merosi, milliy g‘urur, ma’naviyat, tarixiy xotira, Turon tafakkuri va yosh avlod kelajagi haqida chuqur fikrlar bildiriladi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori Otabek Xasanov, turkiyalik taniqli olim, adib va jamoat arbobi, "Do'stlik" ordeni sohibi - Kemal Yavuz Ataman hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, tarix fanlari bo‘yicha (PhD) doktori Bekzod Abdirimov tomonidan jadidlarning kelajak O‘zbekiston uchun qilgan fidoyiligi, milliy ruhning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.
Ushbu suhbatni quyidagi havola orqali Youtube platformasida ko‘rishingiz mumkin
https://youtu.be/6gc1Gt-4GMY
https://youtu.be/6gc1Gt-4GMY
#Uzb35
#Mustaqillik35
|
Telegram
|
Facebook
|
Youtube|
Instagram|
‌‌

September 10, 12:44
Media unavailable
7
Show in Telegram

📚
"Kitobxon Toshkent" loyihasining 3-bosqichiga start berildi
📚
Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan
"Kitobxon Toshkent"
loyihasining
3-bosqichi
ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
📔
Loyihaning dastlabki ikki bosqichida poytaxtdagi kitob fondi kam bo‘lgan
30 ta umumta’lim maktabining har biriga 1 000 donadan kitob
topshirilgan.
📚
3-bosqich
doirasida esa yana
20 ta maktabga 1 000 donadan, jami 20 mingta kitob
yetkazildi.
📖
Yangi kitoblar ushbu maktablarda ta’lim olayotgan
38 692 nafar
o‘quvchining mutolaa imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Rasmiy
sahifalarimiz
👇
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram

September 10, 05:37
Media unavailable
1
Show in Telegram

"Biz 1991-yilda xalqimizning xohish-irodasi va qat’iyati bilan o‘z davlat mustaqilligimizni qo‘lga kiritdik. Aslida buyuk istiqlolimiz ildizlari uch ming yildan ziyod bo‘lgan davlatchilik an’analarimiz va qadimiy sivilizatsiyamiz tarixiga borib taqaladi.
Birinchi va Ikkinchi Renessans davrida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Mir Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarimiz bashariyat tafakkuri xazinasini boyitgan.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz barpo etgan davlat esa adolat va bunyodkorlik timsoli sifatida tarix zarvaraqlaridan munosib o‘rin olgan.
Vatan ozodligi va milliy istiqlol yo‘lida jonini fido qilgan Behbudiy, Munavvarqori, Fitrat, Qodiriy, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning hurriyat haqidagi orzu-niyatlari bugun Yangi O‘zbekistonda to‘liq ro‘yobga chiqmoqda.
Mustaqillik, eng avvalo, bizga shon-u sharafimizni, muqaddas dinimizni, ona tilimizni, unutilayotgan milliy qadriyatlarimizni qaytarib berdi.
Istiqlol tufayli biz o‘zligimizni angladik, nomi hamisha e’zozda bo‘lgan ota-bobolarimizning munosib vorislari ekanimizni butun dunyoga namoyon etdik."
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan
@otabek_khasanov

September 09, 09:24
Media unavailable
10
Show in Telegram

Xorazmga safarimiz ma`rifiy seminar bilan boshlandi.
“Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida
hududning barcha sohalaridagi targ‘ibotchilari uchun maxsus metodik ko‘rsatmalar asosida tavsiyalar berildi.
Bunda asosiy e`tibor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi,
kelgusi oʻn yillikning Milliy yuksalish davri boʻlishi
, shu maqsadda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan
7 ta milliy dasturni amalga oshirish
vazifalariga qaratildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti hamda “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati
hamkorligida tashkil etiladigan mazkur tadbirlar joriy yilning sentyabr–dekabr oylarida mamlakatimizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
@otabek_khasanov

September 09, 04:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun Urganchga qarab yo‘l oldik.
Safarimiz davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mustaqillik bayramidagi nutqining mazmun-mohiyatini yetkazish bo‘yicha uchrashuvlar bo‘ladi. Kutubxonalar, yoshlar masalalari bo‘yicha suhbatlar, ziyolilar bilan muloqotlarni rejalashtirmoqdamiz.
@otabek_khasanov

September 08, 07:42
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🐺
Turkiy til: Qudrat, taqiqlar va yo‘qotishlar... Biz qanday tilni meros qilib oldik?
🔥
“O‘zlik” loyihasida tarix darslarini muvaffaqiyatli yakunlab, navbatdagi muhim sahifani ochyapmiz. Loyihamizda 2-modul —
“Til oyligi”
boshlanmoqda!
🐺
Biz har kuni gaplashadigan, o‘ylaydigan va his qiladigan tilimizning asl ildizlari qayerga taqaladi? Turkiy til qanday qilib ulkan hududlarga tarqalib, qudratli davlatlarning asosiy muloqot vositasiga aylangan edi? Nega keyinchalik u taqiqlar va bosimlarga uchradi? O‘tgan asrlar davomida biz nimalarni yo‘qotdik va nimalarni saqlab qola oldik?
Til oyligining ilk ochiq darsida aynan shu og‘riqli, ammo har birimiz bilishimiz shart bo‘lgan mavzu atrofida suhbatlashamiz.
🎙
Spiker:
Anvar Bo‘ronov
🔊
Mavzu:
Turkiy til: Tarqalishi, taqiqlar va yo‘qotishlar
🗓
Vaqt:
11-sentabr, soat 19:00
📍
Manzil:
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Barchani ushbu muhim va qizg‘in suhbatga taklif qilamiz. Ishtirok etish barcha uchun erkin. Kelib, o‘zligingizni biz bilan birga anglang!
Rasmiy
sahifalarimiz
👇
Telegram
|
Instagram
|
X
|
YouTube

September 08, 05:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

#matbuotda_biz
Bugun “Yangi Oʻzbekiston” tushunchasi faqat siyosiy leksikonga kirgan ibora emas. U davlat va jamiyat hayotidagi keng koʻlamli oʻzgarishlarni ifodalovchi siyosiy-ijtimoiy konsepsiyaga aylanib bormoqda. Uning markazida, eng avvalo, inson, yurtdoshlarimiz manfaatlari, jamiyat ehtiyojlari va mamlakatning raqobatbardoshligini taʼminlash maqsadi turibdi. Mazkur jarayonda eng muhim masala islohotlarning oʻzi emas, balki ularning inson hayotida qanday aks etayotganidir.
“Yangi Oʻzbekiston”
gazetasining 2026-yil 8-sentabr kungi sonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari maslahatchisi -
Bahora AHMEDOVA
ning
“MUSTAQILLIKNING HAQIQIY QUDRATI”
nomli maqolasi
e’lon
qilindi
Rasmiy
sahifalarimiz
👇
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram

September 07, 17:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi.

September 05, 07:17
Media unavailable
10
Show in Telegram

Kecha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalari vaziri bilan birgalikda muhim yig‘ilishni o‘tkazdik. Unda milliy yuksalish davri: 7 ta milliy dastur boʻyicha oliy taʼlim tizimidagi vazifalar muhokama qilindi.
Yig‘ilishda respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutqida belgilangan mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichi,
kelgusi oʻn yillikning Milliy yuksalish davri boʻlishi
, shu maqsadda inson qadrini yanada yuksaltirishga qaratilgan
7 ta milliy dasturni amalga oshirish
vazifalari muhokama qilindi.
Oliy taʼlim muassasalarida
“Har bir talaba — eʼtiborda”
tamoyili asosida yoshlar bilan individual ishlash, ularning bilim va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish, iqtidor va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
@otabek_khasanov