
Otabek Hasanov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boşqaruvi akademiyasida 2026–2027-öquv yili uçun Magistratura ta’lim dasturining rasmiy oçiliş marosimi bölib ötdi.
Ta’kidlaş joizki, bugungi kunda davlat boşqaruvi tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar davlat organlari faoliyatini takomillaştiriş bilan bir qatorda, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, strategik fikrlaydigan, taşabbuskor va yuqori kasbiy salohiyatli rahbar kadrlarni şakllantirişni ham taqozo etmoqda.
Şu nuqtayi nazardan, Akademiyada magistratura dasturining yangi öquv yiliga start berilişi davlat xizmati uçun professional kadrlar tayyorlaş, rahbarlarning boşqaruv kompetensiyalarini rivojlantiriş hamda davlat boşqaruviga ilğor yondaşuvlarni joriy etiş yölidagi muhim qadamdir.
Magistratura dasturi doirasida tinglovçilarning professional salohiyatini oşiriş, ularda zamonaviy boşqaruv könikmalarini şakllantiriş hamda davlat va jamiyat manfaatlariga xizmat qiladigan samarali boşqaruv qarorlarini qabul qiliş qobiliyatini rivojlantiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, professional va natijador davlat boşqaruvini şakllantirişning asosiy şartlaridan biri — inson kapitaliga sarmoya kiritiş, iqtidorli kadrlarni qöllab-quvvatlaş va ularning uzluksiz kasbiy rivojlanişi uçun zarur şaroitlarni yaratişdir.
Tinglovçilarning salohiyatidan samarali foydalaniş, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va olgan bilimlarini amaliy faoliyatda qöllaşlariga şaroit yaratiş ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilani qayd etildi.
Tadbirda söz olganlar magistratura tinglovçilariga ta’lim jarayoniga faol yondaşiş, yangi bilim va kompetensiyalarni egallaş, zamonaviy boşqaruv usullarini çuqur örganiş hamda kelgusida mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yölida öz salohiyatini töliq namoyon etiş muhimligini ta’kidladilar.
@otabek_khasanov
PARKENTDA “QÖŞÇINOR” MA’RIFAT MASKANI OÇILDI
Toşkent viloyati hokimligi tashabbusi bilan Parkent tumanida navbatdagi yirik bunyodkorlik va ma’rifat loyihasi —
“Qöşçinor” ma’rifat markazi
ning tantanali oçiliş marosimi bölib o‘tdi. Mazkur markaz xalqimiz ma’naviyatini yuksaltiriş va yoş avlodni ezgu ğoyalar ruhida tarbiyalaş yölida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi, xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonov, Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, xalq şoiri, senator Sirojiddin Sayyid, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Xasanov, taniqli olimlar, ziyolilar, şoir va yozuvçilar, şuningdek, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Zamonaviy me’moriy yeçimlar asosida barpo etilgan “Qöşçinor” ma’rifat markazi yoşlarning bilim olişi, intellektual salohiyatini oşirişi, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etişi va böş vaqtini mazmunli taşkil etishi uchun keng imkoniyatlarni özida mujassam etgan.
Markazda taşkil etilgan katta va zamonaviy kutubxona kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, yoşlarni mutolaa olamiga keng jalb etiş hamda ilmga bölgan qiziqişini oşirişda muhim xizmat qiladi.
Rasmiy
sahifalarimiz
👇
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
YOŞLAR PARLAMENTI A’ZOLARI BILAN UÇRAŞUV ÖTKAZILDI
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi “Yoşlar parlamenti” a’zolari bilan uçraşuv bölib ötdi.
Tadbir avvalida mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, yoşlar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar va taraqqiyot yölida olib borilayotgan keng kölamli işlarni aks ettiruvçi videorolik namoyiş etildi.
Uçraşuv davomida yoşlarning bilim olişi, taşabbuslarini amalga oşirişi va ma’naviy-ma’rifiy loyihalarda faol iştirok etişi uçun yangi imkoniyatlar yaratişga qaratilgan takliflar ham ilgari surildi.
Jumladan, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi binosida “Yoşlar parlamenti” kutubxonasini taşkil etiş, yoşlar loyihalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida 50 million sömlik grant ajratiş hamda faol yoşlarni “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zoligiga qabul qiliş takliflari bildirildi.
Uçraşuv yakunida “Yoşlar parlamenti”ning yetti nafar vakili “Ma’rifat” tarğibotçilar jamiyati a’zoligiga qabul qilindi.
Mazkur uçraşuv yoşlarning siyosiy-huquqiy bilimi va ma’naviy salohiyatini yuksaltiriş, ularning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş hamda istiqbolli taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.
Uçraşuvda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi huzuridagi “Yoşlar parlamenti” a’zolari, olimlar, ziyolilar sözga çiqib, yoşlarning jamiyat hayotidagi örni, ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş va intellektual salohiyatini röyobga çiqariş masalalariga töxtaldi.
@otabek_khasanov
#41_son
Hurmatli davlat xizmatçilari, siyosiy ma’rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz.
Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunçilikdagi yangiliklar, davlat xizmatçisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqaraşini boyitişga xizmat qiladigan ma’lumotlar örin olgan.
#uzb35
#mustaqillik35
🌍
Biz bilan kuzatib boring!
🕊
Telegram
|
📸
Instagram
MA’RIFAT – INSONNI, INSON ESA KELAJAKNI ÖZGARTIRADI!
Yurtimiz böylab ma’rifat, tafakkur va ezgu taşabbuslar haftaligi!
Joriy yilning oktabr–dekabr oylarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida
"Ma’rifat – kelajak kodi"
haftaligi doirasida keng kölamli ma’naviy-ma’rifiy loyihalar amalga oşiriladi.
➡️
Mahallalarda oçiq muloqotlar
➡️
Yoşlar auditoriyasi uçun treninglar
➡️
Kitobxonlik va adabiy keçalar
➡️
Madaniyat va san’at tadbirlari
➡️
Ezgu taşabbuslar va ijtimoiy loyihalar
Uyğoq tafakkur, yuksak ma’naviyat va ezgu taşabbuslar bilan jamiyat taraqqiyotiga hissa qöşamiz!
Rasmiy
sahifalarimiz
👇
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Prezidentimizning Qamashi tumanidagi Chim mahallasiga tashrifi samimiy uchrashuvlarga boy bo‘ldi.
—
Визит Президента нашей страны в махаллю Чим Камашинского района был насыщен теплыми встречами.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Bugun bayramga munosib tuhfa böldi. Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu tilimizning raqamli makondagi örnini yanada mustahkamlaydi.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
@otabek_khasanov
Bugun O‘zbek tili bayrami kuni!
O‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni qadrini yuksaltirishda tarixda bobolarimiz, yozuvchi, shoirlar, har bir millat vakili o‘z jasoratini ko‘rsatgan.
Orada tilimiz kesildi, cheklandi. Lekin yana qayta dunyoga kuch, jasorat bilan kirib keldi. Bu jasorat har birimizning qonimizda bo‘lishi, uni avaylab-asrashimiz eng katta mas’uliyatimizdir.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbek tili bayrami kuni belgilandi, jahon minbarlarida yangray boshladi. Ilm, texnika, raqamli tilga aylanmoqda.
Bayram arafasida biz o‘zbek tilining kechasi va bugunini shoirlarimiz satrlari orqali ifodalashga harakat qildik.
Alisher Navoiy, Rauf Parfi, Xurshid Davron, Halima Xudoyberdiyeva, Muhammad Yusuf, Erkin Vohidovning satrlarini bir qo‘shiqqa jamladik.
Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalangan holda yaratilgan qo‘shiq va videorolik zamonaviy texnologiyalar hamda ona tilimizning ko‘p asrlik taraqqiyoti uyg‘unligining go‘zal namunasidir.
Bugun bayram arafasi yaqinlaringizga bu media mahsulotimizni ulashing, bayram bilan tabriklang.
Sifatli formatda bu yerda ko‘rishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=ipPyTus6LS4
@otabek_khasanov