Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'zbekgeofizika

ozbekgeofizika
Subscribers
1 517
24 hours
-3
30 days
36
Post views
1 310
ER
86,35%
Posts (30d)
28
Characters in post
831
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Industry & Engineering
Summary
September 11, 12:43
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
“O‘zbekgeofizika” AJ logotipi uchun OCHIQ TANLOV!
“O‘zbekgeofizika” AJning zamonaviy, mazmunli va Jamiyat faoliyatini o‘zida aks ettiruvchi
yangi logotipini yaratish bo‘yicha ochiq tanlov
e’lon qilinadi.
Tanlovda
barcha xohlovchilar
ishtirok etishi mumkin.
🏆
G‘olib uchun mukofot:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining
5 baravari
miqdorida pul mukofoti.
Yangi logotipda quyidagi yo‘nalishlarning aks etishi maqsadga muvofiq:
— geologiya va geofizika sohasidagi faoliyat;
— zamonaviylik va innovatsion rivojlanish;
— milliy ruh va korporativ qadriyatlar;
— Jamiyatning o‘ziga xosligi va kelajak sari intilishi.
📌
Muhim talab:
tanlovga taqdim etiladigan logotipning asosiy, tahrirlash mumkin bo‘lgan nusxasi
.PSD yoki .CDR formatida
bo‘lishi talab etiladi.
Tayyor logotip va takliflarni quyidagi manzillarga yuborishingiz mumkin:
E-mail:
kancelyariya@uzbekgeofizika.uz
Telegram:
@jasurbek_ziyadullayev
Muddat: 2026-yil 30 sentabrgacha
Eng yaxshi g‘oya, zamonaviy yondashuv va kreativ yechim egasini kutamiz!
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 10, 11:00
Media unavailable
2
Show in Telegram

Yangi direktor jamoaga tanishtirildi
Tadbirning ikkinchi qismida “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi Sh. Jabborov “Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” faoliyatini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng filialning yangi direktori Orinbayev Olim Yusupovich jamoaga tanishtirildi.
O. Orinbayev neft va gaz sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis bo‘lib, turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Boshqaruv raisi yangi direktorga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 10, 10:59
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

👍

Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” direktori faxriy nafaqaga kuzatildi
“Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi” filialida 33 yil davomida samarali mehnat qilgan direktor Ulpetov Gamlet Nuratdinovichni faxriy nafaqaga kuzatish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi Sh. Jabborov ishtirok etib, G. Ulpetovning geologiya-qidiruv va geofizika sohasini rivojlantirish, neft va gaz konlarini o‘rganish hamda jamoa faoliyatini samarali tashkil etishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etdi.
G. Ulpetov o‘z navbatida hamkasblariga samimiy minnatdorlik bildirib, ko‘p yillik faoliyati davomida erishilgan yutuqlar jamoaviy mehnat samarasi ekanini ta’kidladi.
Tadbir yakunida unga ko‘p yillik fidokorona mehnati uchun minnatdorlik bildirilib, mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik va farovon hayot tilandi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 09, 11:04
Media unavailable
10
Show in Telegram

#ustyurt
"Bu majmua — inson mehnati va qadriga boʻlgan eʼtibor ifodasi" — A. Sanginov
Bugun Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi obyektlarining asosiy qismi joylashgan Moʻynoq tumanida yana bir muhim ijtimoiy majmua foydalanishga topshirildi. “Uchsoy” shaharchasida xodimlar uchun yangidan qurilgan zamonaviy majmuaning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
👉
Batafsil
👉
Bizni kuzating
web-sayt
|
instagram
|telegram
|
youtube
|
facebook

September 07, 09:02
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

👍
“O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirdilar
“O‘zbekgeofizika” AJning 3 nafar xodimi “UNG Academy” tomonidan tashkil etilgan sun’iy intellektdan amaliy foydalanish bo‘yicha o‘quv kursida ishtirok etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirdilar.
Kurs davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalaridan kundalik ish jarayonida samarali foydalanish, ChatGPT va zamonaviy AI vositalari, prompt-injiniring, ish jarayonlarini avtomatlashtirish, tahliliy materiallar va taqdimotlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, sun’iy intellektdan foydalanishda etika, axborot xavfsizligi va ehtimoliy risklar masalalari bo‘yicha ham zarur tushunchalar berildi.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan “O‘zbekgeofizika” AJning 3 nafar xodimiga sertifikatlar topshirildi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 06, 09:39
Media unavailable
5
Show in Telegram

Musobaqa jarayonlari hamda taqdirlash marosimidan videolavha.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 06, 09:39
Media unavailable
5
2
Show in Telegram

🏆
“PROFNEFT” — xalqaro kasb mahorati tanlovida “O'zbekgeofizika” AJ g‘olib!
Joriy yilning 5 sentabr kuni Rossiya Federatsiyasining Almetyevsk shahrida
“Neft va gaz sanoati xodimlari kuni”
bayrami munosabati bilan
“Tatneft”
guruhi tomonidan soha xodimlari o‘rtasida
“PROFNEFT”
kasb mahorati tanlovi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿
“O‘zbekgeofizika” AJ
mazkur nufuzli tanlovda ikkinchi yil
neft va gaz quduqlarida kon-geofizika ishlari yo’nalishida
ishtirok etmoqda. Bu yil jamiyat sharafini
“Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi”
filialining kon geofizika partiyasi xodimlari munosib himoya qilib, qizg‘in va murosasiz bahslarda barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda faxrli
1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Tanlovda quyidagi kompaniyalar jamoalari ham ishtirok etdi:
🇰🇿
“Ozenpromgeofizika”
— Qozog‘iston Respublikasi
🇦🇿
“SOCAR”
— Ozarbayjon Respublikasi
🇷🇺
“TNG-Algis”
— Rossiya Federatsiyasi
🇷🇺
“TNG-Group”
— Rossiya Federatsiyasi
🇷🇺
“Bashneft”
— Rossiya Federatsiyasi
🎯
Tanlovning asosiy maqsadi
— soha xodimlarining kasbiy mahorati va texnik tayyorgarlik darajasini oshirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish, soha mutaxassislari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish hamda neft va gaz sanoati kasbini ommalashtirishdan iborat.
🥇
“Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi”
filialining ushbu xalqaro tanlovdagi g‘alabasi — nafaqat jamoaning yuksak kasbiy mahorati, balki
“O‘zbekgeofizika” AJ
ning xalqaro maydondagi munosib nufuzi va salohiyatining yorqin ifodasidir!
G‘olib jamoamizni ushbu katta muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
Yangi marralar va ulkan zafarlar sari!
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 06, 04:13
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Neft va gaz sanoati xodimlari kuni muborak!
Har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida
Neft va gaz sanoati xodimlari kuni
keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan
“O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi nomidan neft va gaz sanoatida fidokorona mehnat qilayotgan barcha soha vakillarini kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz!
Neft va gaz sanoati mamlakatimiz iqtisodiyoti va energetika barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning bilim va tajribasi, mas’uliyati hamda mashaqqatli mehnati yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Barcha soha xodimlariga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayz-u baraka, sharafli mehnatlarida ulkan muvaffaqiyat va yangi zafarlar tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 04, 09:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

👍
“O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari tomonidan geologik-geofizik tadqiqotlar asosida tayyorlangan hamda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan amalga oshirilgan burg‘ilash ishlari natijasida
5 ta istiqbolli strukturada yangi uglevodorod konlari ochildi.
Bular:
- Buxoro–Xiva neft-gaz hududida — Telegri, Gulshanbog‘ va Kaprin
,
- Ustyurt neft-gaz hududida esa — Qiziljar va Shagirlik (q.yu.)
uglevodorod konlari aniqlandi.
Joriy yil avgust oyida
Gulshanbog‘ va Kaprin
konlarining ochilishi yil davomida olib borilayotgan geologik-qidiruv va geofizik tadqiqotlarning izchil hamda yuqori samaradorlik bilan davom etayotganini yana bir bor namoyon etdi.
“O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi mamlakatimizning neft va gazga istiqbolli hududlarini chuqur o‘rganish, yangi uglevodorod zaxiralarini aniqlash va mineral-xomashyo bazasini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettirmoqda.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

September 03, 12:23
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

👍
“O‘zbekgeofizika” AJning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati yuqori baholandi
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJda amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar munosib e’tirof etildi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida tashkil etilgan
“Tashabbuskor ma’naviyatchi”
amaliy va taqdimot loyihalari tanlovida “O‘zbekgeofizika” AJ vakili faol ishtirok etdi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, Jamiyatda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan tizimli, mazmunli va tashabbuskor ishlar yuqori baholanib,
“O‘zbekgeofizika” AJ tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi ko‘plab korxona va tashkilotlar orasida “O‘zbekgeofizika” AJ faoliyatining munosib e’tirof etilishi jamoamiz uchun alohida faxr va mas’uliyatdir.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook