Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

O'zbekgeofizika

ozbekgeofizika
Подписчики
1 597
24 часа
1
30 дней
57
Просмотры
1 235
ER
77,33%
Посты (30д)
22
Символов в посте
725
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Промышленность и инженерное дело
Краткое описание
October 23, 14:21
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

“Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-son qarori, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ va “O‘zbekgeofizika” AJning Yoshlar dasturi hamda tegishli yillik ish rejalari ijrosini ta’minlash maqsadida Jamiyat xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Musobaqada jami 7 ta jamoa ishtirok etib, 3 tur davomida o‘z bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamjihatliklarini namoyon etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin — Zaxiralarni hisoblash tajriba-uslubiy partiyasi jamoasi
2-o‘rin — Ishlab chiqarish geologik-uslubiy partiyasining 2-jamoasi
3-o‘rin — Ishlab chiqarish geologik-uslubiy partiyasining 1-jamoasi
G‘olib va sovrindor jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Mazkur bellashuv xodimlarning bilim salohiyatini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 23, 13:17
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida “O‘zbekgeofizika” AJ "Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi" filialida xodimlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishga qaratilgan seminar va amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida xodimlarga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, sarosimaga tushmaslik va favqulodda holatlarda belgilangan tartibda harakat qilish bo‘yicha zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, nazariy bilimlar amaliy mashqlar orqali mustahkamlanib, xodimlarning favqulodda vaziyatlarga shayligi va xavfsizlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 23, 12:22
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

“O‘zbekgeofizika” AJ hamda “Schlumberger” kompaniyasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida kompaniyadan xarid qilinadigan Omega va Petrel dasturiy ta’minotlarini ish jarayonlariga joriy etish, mutaxassislarni ushbu dasturlarda ishlashga o‘qitish hamda ularning kasbiy malakasini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, loyihalarni amalga oshirishning tashkiliy va amaliy jihatlari, mutaxassislarni tayyorlash jarayonini samarali tashkil etish hamda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar belgilangan loyihalarni sifatli va samarali amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 23, 11:28
Файлы недоступны
8
1
Открыть в Telegram

Bo‘limlar faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda
“O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi hamda komissiya a’zolari tomonidan Jamiyat bo‘limlarining ish faoliyatini o‘rganish davom ettirildi.
Jarayonda Geologiya-geofizika ishlarini istiqbolli prognozlash, Investitsiyaviy loyihalar, innovatsiyalar, mahalliylashtirish va AKTni rivojlantirish, Geologiya-qidiruv ishlari hujjatlarini loyihalash, Kapital qurilish, aloqa tarmoqlari va ijtimoiy obyektlar hamda Bosh energetik bo‘limlari faoliyati va xodimlarning ish jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xodimlarning taklif va muammolari tinglanib, mavjud masalalarni hal etish, ish samaradorligini oshirish hamda faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 22, 12:36
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan “O‘zbekgeofizika” AJ hamda uning filiallarida ona tilimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni yanada oshirishga qaratilgan turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, musobaqalar va tanlovlar tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida umumiy diktant yozish, o‘zbek tiliga oid she’rlarni ifodali aytish tanlovlari, davra suhbatlari va boshqa ma’rifiy bellashuvlar o‘tkazildi.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ tizimidagi ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishi mas’ullari “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida tashkil etilgan bayram tadbirida ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirlar xodimlar o‘rtasida davlat tiliga hurmatni mustahkamlash, ona tilimizning boyligi va jozibasini targ‘ib etish hamda milliy qadriyatlarimizga e’tiborni yanada oshirishga xizmat qildi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 20, 13:57
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Filiallar faoliyati va ustuvor vazifalar muhokama qilindi
“O‘zbekgeofizika” AJ Boshqaruv raisi hamda komissiya a’zolari tomonidan Jamiyat filiallarining joriy faoliyati, amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi.
Muhokamada birlamchi zarur xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish, ish jarayoni uchun kerakli material va jihozlarni o‘z vaqtida xarid qilish, shuningdek, mavjud resurslardan oqilona foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, bevosita bo‘ysunuvchi bo‘linmalar, partiyalar hamda filiallar rahbarlariga xodimlar o‘rtasida xizmat va muomala madaniyatiga, odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash, vazifalarni xodimlar o‘rtasida to‘g‘ri va samarali taqsimlash hamda mehnat intizomini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 20, 11:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

«ЭНГ НАМУНАЛИ БОШЛАНҒИЧ КАСАБА УЮШМАСИ»
Ўзбекистон Касаба уюшмалари федерацияси, “Ишонч” газетаси ва
Ishonch.uz
сайти ҳамкорлигида ўтказилаётган Республика танлови.
➖
Сизнинг-ча, қайси ташкилот бошланғич касаба уюшмалари қўмитаси фаол ва намунали ишламоқда?
➖
Ишчи-ходимлар ўз тизимидаги касаба раисини "Энг яхши", деб эътироф эта оладими?
Буни жамоатчилик сўровномаси аниқлаб беради.
(Қуйида бошланғич касаба уюшмалари номлари қисқартириб ёзилган)
Эслатма:
Танловда иштирок этишни истаган бошланғич касаба уюшмалари ташкилоти рўйхатга олинмоқда. Мурожаат учун:
@ishonchuzaloqa_bot
. Тел: 70 037 77 34,
Танлов шартлари
➡️
ОВОЗ БЕРИНГ ВА ФИКР БИЛДИРИНГ
⬅️

October 19, 11:27
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

“O‘zbekgeofizika” AJ jamoasi “Barkamol ishchi-xodimlar forumi”da munosib ishtirok etdi
“Bir maqsad – bir jamoa – bir kelajak” shiori ostida o‘tkazilgan “Barkamol ishchi-xodimlar forumi”da “O‘zbekgeofizika” AJning 16 nafar xodimi faol qatnashdi.
Forum davomida ishtirokchilar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, shashka, diktant hamda osh pishirish kabi yo‘nalishlarda o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etdilar.
Jamiyat vakillari ishtirok etgan jamoalar Rais kubogi doirasidagi sport bellashuvlarida yuqori natijalarga erishib, 1-o‘rin va 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, osh pishirish musobaqasida ham 1-o‘rin egallandi.
Forum “O‘zbekgeofizika” AJ xodimlari uchun o‘zaro tajriba almashish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash va turli yo‘nalishlarda o‘z salohiyatini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘ldi.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 14, 13:12
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

“O‘zbekgeofizika” AJ vakillari Xitoyning  geofizik tadqiqotlari uchun uskunalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan CNLC kompaniyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida CNLC kompaniyasining  geofizik uskunalar ishlab chiqarish imkoniyatlari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlarini ko‘rib chiqib, geofizika sohasida o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratdilar.
🌐
Sayt
|
🌐
Telegram
|
📱
Instagram
|
🔹
Facebook

October 14, 11:35
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Yangi_kon
Sho'rtanda ochilgan yangi gazkondensatli kon — “O‘zbekiston 24” telekanali talqinida
📹
Bu haqda efirga uzatilgan lavhada tomosha qilish mumkin.
👋
Bizni kuzating
🌐
web-sayt
|
📹
instagram
|
💬
telegram
|
📺
youtube
|
💬
facebook