
Panda Books
Romaningizda qahramon boʻlib qolishni xohlaysizmi? Margaret Atvud, Zeydi Smit, Iyen Makyuen va Li Chayld personaj ismini auksionga qoʻyishdi
Atoqli yozuvchilar Margaret Atvud, Zeydi Smit va Iyen Makyuen kitobxonlarga noyob imkoniyat taqdim etmoqda: auksionda gʻolib chiqqan kishi ularning navbatdagi asarlaridan biridagi personajga oʻz ismini (yoki tanlagan ismini) bera oladi. Tushum zoʻravonlik va qiynoqlarni boshidan kechirgan odamlarga yordam beruvchi Britaniya xayriya tashkiloti — «Freedom from Torture» («Qiynoqlardan ozodlik»)ga oʻtkaziladi.
Aksiyada Jek Richer haqidagi trillerlar muallifi Li Chayld va «Marvarid sirgali qiz» romani muallifi Treysi Shevalye ham ishtirok etmoqda. Tashabbus xayriya tashkilotining adabiy festivali 10 yilligiga bagʻishlangan. Bu haqda avval «The Guardian», 24-oktabr kuni esa fransuz «ActuaLitté» nashri xabar berdi.
Savdolar 28-oktabr kuni soat 10:00 da (Grinvich vaqti) onlayn tarzda boshlanadi va 11-noyabrda yakunlanadi. Har bir lot gʻolibga badiiy asardagi ism huquqini beradi, ammo syujetdagi rol yoki personaj taqdiriga taʼsir qilish huquqini bermaydi.
Har bir yozuvchi qoʻyadigan aniq shartlar keyinroq maʼlum qilinadi
.
@panda_books
Shoir hayoti evaziga berilgan olmos
1829-yil 11-fevralda Tehrondagi rus elchixonasiga olomon bostirib kirib, elchi va «Aqllilik balosi» muallifi Aleksandr Griboyedovni oʻldirdi. Shoh uzr soʻrab, nabirasi Xusrav Mirzoni Nikolay I huzuriga 89 karatlik «Shoh» olmosi bilan yubordi. Bu tosh bugun ham Moskva Kremlidagi olmoslar kolleksiyasida saqlanadi.
@panda_books
Dostoyevskiyning “Oʻsmir” romanidagi Arkadiy Dolgorukiyning “Rotshild bo’lish g’oyasi” mulohazasi.
https://www.instagram.com/reel/De6OakwxMwe/?srtk=ZGJ4MjA3cGN6OXNr
Yangi alifboga oʻtamizmi?
Yangi alifboga oʻtamizmi?
#news
JARlik ayol uning o‘rniga neyrotarmoqlar yozib beradigan kitoblar orqali bir yilda 1 million dollardan ortiq daromad topdi
U bor-yo‘g‘i syujet va qahramonlarni o‘ylab topadi, xolos. Qolgan ishni esa Claude, ChatGPT va Grok bajaradi.
Atigi 20 oy ichida u 370 ta kitob yozdi (aniqrog‘i, generatsiya qildi). Bitta kitob uchun u o‘rtacha 45 daqiqa vaqt sarflaydi.
Hali yakunlanmagan shu yilning o‘zidayoq u 1 million dollardan ko‘proq pul ishladi.
@panda_books
#news
Madriddagi Servantes institutining mashhur yerosti xazinasi — «Caja de las Letras» («Harflar sandigʻi»)ga argentinalik buyuk yozuvchi Xorxe Luis Borxes va uning rafiqasi, yozuvchi va tarjimon Mariya Kodamaning yodgorliklari topshirildi
Bu haqda Argentinaning «La Nación» gazetasi 20-oktabr kuni (muallif — Laura Ventura) xabar berdi.
Marosim Borxes vafotining 40 yilligiga bagʻishlangan uchta tadbirdan biri boʻldi; qolgan ikkitasi — konsert-kecha va koʻrgazma.
«Caja de las Letras» ilgari bank boʻlgan binoning seyf xonalarida joylashgan: bu yerda ispan tilida ijod qilgan yozuvchi va sanʼatkorlarning esdalik buyumlari saqlanadi.
Tadbirni Xorxe Luis Borxes xalqaro jamgʻarmasi, Servantes instituti va Buenos-Ayres shahar hukumati tashkil etgan. Oʻtgan yili xazinaga argentinalik shoira Mariya Elena Uolsh va fotograf Sara Fasio yodgorliklari qoʻyilgan edi.
Borxes merosi 1618-raqamli, Kodama merosi esa 1628-raqamli seyf yacheykalariga joylandi. Buyumlarni Kodamaning jiyanlari tanlab, Buenos-Ayresdan olib kelgan. Ular orasida «Poemas (1923–1958)» kitobining asl nashri, Borxes yoshligida chiqargan «Prisma» devoriy jurnalining faksimilesi, uning ustozlaridan biri Rafael Kansinos-Assens haqidagi yozuvlar, er-xotinning Toledo shahrida va Servantes mukofoti marosimida tushgan suratlari, Kodamaning tarjimalari va uning Borxes haqidagi maʼruzalari toʻplami bor.
@panda_books
#news
Murakami vafot etdi
Yaponiyalik yozuvchi, ssenariynavis va rejissyor Ryu Murakami 74 yoshida vafot etdi.
Yozuvchi 17-oktyabr kuni o‘z uyida hayotdan ko‘z yumgan, biroq Gentosha nashriyoti uning vafoti haqida bugungina xabar berdi. Dafn marosimi yaqinlari davrasida bo‘lib o‘tdi.
Ryu Murakami — zamonaviy yapon adabiyotining eng yorqin namoyandalaridan biri. Uning “Moviy rangning barcha jilolari” nomli debyut romani yozuvchi atigi 24 yoshda ekanida chop etilgan va shu zahotiyoq bestsellerga aylangan edi. Murakami jami 40 dan ortiq asar yozgan bo‘lib, ular orasida “Saqlash kamerasidagi bolalar”, “Miso-sho‘rva” va “Parazitlar” kabi romanlar bor.
@panda_books