Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Paramadaniy 📣

paramadaniy
Men — san'atshunos, madaniyatshunos va mutaxassis emasman, shunchaki zamonaviy madaniyatni yaxshi ko'raman. Kuzataman, qiziqaman, o'qiyman... endilikda esa bular haqida shu yerga yozaman ✍🏼 Канал на русском: @paracultural Hamkorlik: @profsoyuz_influence
Subscribers
1 140
24 hours
30 days
-40
Post views
425
ER
0,37%
Posts (30d)
2
Characters in post
828
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
MAMarketing
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Media & Communication
Summary
February 25, 08:03

February 25, 08:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Loud373 - Uyg‘onish
Ohang loyihasi doirasida birinchi kollaboratsiya
🔥
Sibizg‘a va doira sozlari elektron musiqa talqinida.
Bahor yaqin!
🌸
Barcha an’anaviy kuylar yig‘ilgan saytning ishga tushishiga ham oz qoldi!
_____________________
Loud373 - Uyg‘onish
Первая коллаборация проекта Ohang
🔥
Сибизга и доира через призму электронной музыки.
Весна близко!
🌸
Сайт с каталогом традиционной узбекской музыки тоже!

January 23, 14:17
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

Biz
We Digital
jamoasi
Uztelecom
ko‘magida
OHANG
nomli ajoyib loyihani boshladik
🔥
An’anaviy ozbek musiqasini professional studiyada yozib olib, barchasini bitta saytga jamlaymiz. U yerdan har kim treklarni
bepul yuklab olib, ularni o‘z loyihalarida qonuniy tarzda ishlatishi mumkin bo‘ladi
Biz allaqachon loyihaning birinchi bosqichini Toshkent shahri va viloyatida yakunladik. Juda kuchli musiqa ustalarini topdik, ularni professional studiyada jamlab,
yuzlab ohanglarni yozib oldik
. Hozir esa qulay sayt ustida ishlayapmiz. Yaqin vaqt ichida uni ishga tushiramiz. Hozircha esa loyihaning Instagram sahifasiga obuna bo‘lib, yangiliklarni kuzatishingiz mumkin:
instagram.com/ohang.loyiha
👈
Loyihamiz juda muhim. Biz nafaqat dj, rejissyor va brogerlar uchun qulay sayt taqdim etyapmiz, balki madaniy merosimizni saqlab qolib, an’anaviy musiqani yana ommalashtirishga hissamizni
qo‘shmoqchimiz
@paramadaniy

October 17, 13:52
Media unavailable
5
Show in Telegram

🇺🇿
Marketingda o‘zbek tili: imkoniyatlar va muammolar
Marketing va reklama olamida o‘zbek tili hali ham o‘z “kreativ ovozini” izlayapti. Ko‘plab brendlar ikki tilli muloqotdan foydalanadi, ammo o‘zbekcha ifoda uslubi, ohang va so‘z boyligini to‘liq ochib bera oladigan kontent hanuz kam.
Оchiq suhbatda mutaxassislar o‘z tajribalari, kuzatuvlari va brendlar bilan ishlash jarayonida duch kelgan misollari bilan bo‘lishishadi. Suhbat davomida biz quyidagi savollarga javob izlaymiz:
— O‘zbek tilini marketing tili sifatida shakllantirish uchun nimalar zarur?
— Ikkitillik: imkoniyatmi yoki to‘siq?
— O‘zbekcha “zamonaviy” kopirayting qanday bo‘lishi kerak?
— Qanday qilib brendlar o‘zbek tilida tabiiy va ishonchli eshitilishi mumkin?
— Hududlar, shevalar va madaniy farqlarni inobatga olish kerakmi?
🎙
Spikerlar:

Madina Nurman –
Daryo.uz
muxbiri, fotojurnalist

Otabek Sharapov –
605 agentligi va Marketing Bo‘limi asoschisi
• Mirzayor Erkinov –
Korzinka supermarketlar tarmog‘i kopirayteri, mustaqil PR va kreativ mutaxassisi
Moderator:

Sardor Babaev –
We Digital agentligi PR va kreativ bo‘yicha direktori
🗓
21-oktabr, 19:00
📍
ALPHA biznes-markazi, 3-qavat
Qatnashish bepul! Joylar soni cheklangan,
havola orqali
oldindan ro‘yxatdan o‘tishni unutmang!

October 17, 13:52
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kanalni ham tashlab qo‘ydim
😅
Sababi asosiy ishimda — We Digital marketing agentligida, juda ko‘p loyihalar ustida ishlayapmiz, madaniy hordiqqa va post yozishga vaqt umuman qolmayapti. Shunday loyihalarimizdan biri — marketing soxasidagi eng yetuk mutaxassislar bilan panel munozaralardir. Agar marketing va kreativ sohalarda ishlayotgan bo‘lsangiz, siz uchun aniq foydali bo‘ladi
👇

August 26, 14:36
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

Zamonaviy O‘zbekiston tarixida juda ko‘p «klassik» reklamalar bor — «Kango qani, Kango?» kabilardan tortib, o‘sha mashhur
Nexia reklamasigacha
.
Lekin ulardan ham oldin, O‘zSSR davrlarida yurtimizda reklama allaqachon bo‘lgan. Masalan, tepadagi reklama roliki 1986-1989-yillar oralig‘ida ekranlarga chiqarilgan.
Hatto hozir ham raqsga undaydigan musiqani esa Buxorolik rok-guruhi ijro etgan.
Hozir bozorimizda deyarli «o‘lik» print formati, SSSR davrida ancha mashhur edi. Bunga misol — kalishlar reklamasiga bag‘ishlangan poster.
Ha, aytgancha, xronometraj bo‘yicha ham hech qanday xavotirlar bo‘lmagan: chet ellliklar reklama roliklari 30-soniyadan chiqmasligiga harakat qilib kuyib-pishib yurishgan bir paytda, bizda roliklar bemalol
2-3 daqiqalab
ketavergan.
Hattoki «product placement» ham bo‘lgan — «Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi» filmidan olingan kadr buning isboti.
Xo‘sh, siz qanday qadimgi reklamalarni eslaysiz? Izohlar qoldiring, gaplashamiz.
Читать на русском

July 11, 08:36
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎬
Suv muammolari haqida foto yoki film yarating. Engage H2O yozgi kino va foto maktabiga ariza topshiring!
Engage H2O — bu xalqaro loyiha bo‘lib, suv tanqisligi va iqlim o‘zgarishlari muammolarini yoritishga yordam beradi. Shu loyiha doirasida
O‘zbekistonda Kino havaskorlari assotsiatsiyasi
ko‘magida yozgi kino va foto maktabi o‘z ishini boshlaydi.
O‘qish davomida siz video olish, kompozitsiya, montaj, animatsiya va postproduksiyaning asoslarini o‘rganasiz, suv tanqisligidan aziyat chekayotgan hamjamiyatlar bilan uchrashasiz va yakunda film yoki fotoseriya yaratib topshirasiz.
Birinchi bosqich
Toshkentda 2025-yil 5–15-avgust kunlari
bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqichda esa
18–28-avgust kunlari muammoli hududlardan
birida amaliy workshop (ochiq maydondagi mashg‘ulot) o‘tkaziladi. Eng yaxshi ishlar Bryusseldagi, Toshkentdagi va boshqa mintaqaviy tadbirlarda namoyish etiladi.
💧
Quyidagi talablarga mos kelsangiz, ariza topshirishingiz mumkin:
- Ekologiya, iqlim va mintaqadagi suv tanqisligi muammolari sizni befarq qoldirmasa
- Bu mavzuda film yoki suratlar yaratishni istasangiz
- Farg‘ona, Andijon, Namangan, Jizzax yoki Surxondaryo viloyatlarida tug‘ilgan yoki yashayotgan bo‘lsangiz (agar hozir boshqa shaharda yashayotgan yoki o‘qiyotgan bo‘lsangiz ham, ariza topshirishingiz mumkin)
- 18 yoshdan katta bo‘lsangiz va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsangiz
Yozgi kino va foto maktabida ishtirok etish —
bepul
. O‘qitish tillari: o‘zbek va rus.
❗️
Ariza topshirish shartlari va ariza shakllari o‘zbek, rus va ingliz tillarida
mana bu havolada.
Barcha hujjatlar info@uafma.org elektron manziliga yuboriladi.
Ariza topshirish muddati — 2025-yil 15-iyulgacha!
Agar sizda yozgi maktab yoki ariza topshirish qoidalari bo‘yicha savollar tug‘ilsa, murojaat qilishingiz mumkin:
📱
Telegram:
@Nigina31
📱
Instagram direct:
@uafma_uz
✉️
Email: nigina.makhmudova@fom.group

May 31, 11:34
Media unavailable
6
Show in Telegram

Sardor Erkinovning “Maktub” ko‘rgazmasiga bordim
“Maktub” degani — yozilgan, taqdirda belgilangan degan ma’noni beradi. Ko‘rgazma hayotdagi tasodiflar, tanlovlar va savollar haqida: nega hammasi aynan shunday?
Asarlar akril va moy bo‘yoqda ishlangan. Ranglar sokin, ba’zida biroz og‘ir. Har bir rasm ichingizda savol uyg‘otadi. Shunchaki qarab o‘tib ketib bo‘lmaydi
Ko‘rgazma tinch, ichki mulohaza uchun. Kimdir o‘tmishini eslar, kimdir o‘zini topishga harakat qiladi
Regeneration Art Gallery
Hamid Olimjon, 13А
Ko‘rgazma iyulgacha davom etadi
@paramadaniy

May 27, 05:45
Media unavailable
6
Show in Telegram

Juda ham ajoyib natijalar va toza O’zbek tilidagi nutq
🤯
veo 3
@pulatov_kh

May 20, 10:41
Media unavailable
1
Show in Telegram

payme Toshkentga san’atni qaytarmoqda: shaharda uchta
noyob mozaika yuzasi tozalandi
👏🏼
Toshkentda 1970-yillarning o‘rtalarida rassom Nikolay Jarskiy tomonidan yaratilgan, biroq 2021-yilda fasad ta’mirlash ishlari sababli o‘z qiyofasini yo‘qotgan uchta mozaika yana jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Ularning tiklanishi payme tomonidan shahar me’moriy merosini asrashga qaratilgan tashabbusning yana bir bosqichi bo‘ldi. Loyiha Toshkent hokimligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Madaniy meros agentligi ko‘magida amalga oshirildi
Nikolay Jarskiy ijodiga mansub pannolar — sovet modernizmi bebaho merosi edi. Ular uzoq yillar davomida poytaxt vizual qiyofasining bir qismi bo‘lib kelgan, so‘nggi yillarda esa bo‘yoq ostida qolgan edi. Poytaxtning Shayxontohur va Uchtepa tumanlaridagi turar joy binolari fasadlarida joylashgan pannolar yuzasidagi bo‘yoq mutaxassislar nazorati ostida va mozaika yuzasini asrash bo‘yicha qat’iy tavsiyalarga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan tozalandi
@paramadaniy