Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Paramadaniy πŸ“£

paramadaniy
Men β€” san'atshunos, madaniyatshunos va mutaxassis emasman, shunchaki zamonaviy madaniyatni yaxshi ko'raman. Kuzataman, qiziqaman, o'qiyman... endilikda esa bular haqida shu yerga yozaman ✍🏼 Канал Π½Π° русском: @paracultural Hamkorlik: @profsoyuz_influence
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 140
24 часа
β€”
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-40
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
425
ER
0,37%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
2
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
828
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
MAΠœΠ°Ρ€ΠΊΠ΅Ρ‚ΠΈΠ½Π³
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
МСдиа ΠΈ ΠΊΠΎΠΌΠΌΡƒΠ½ΠΈΠΊΠ°Ρ†ΠΈΠΈ
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
February 25, 08:03

February 25, 08:03
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Loud373 - Uygβ€˜onish
Ohang loyihasi doirasida birinchi kollaboratsiya
πŸ”₯
Sibizgβ€˜a va doira sozlari elektron musiqa talqinida.
Bahor yaqin!
🌸
Barcha an’anaviy kuylar yigβ€˜ilgan saytning ishga tushishiga ham oz qoldi!
_____________________
Loud373 - Uygβ€˜onish
ΠŸΠ΅Ρ€Π²Π°Ρ коллаборация ΠΏΡ€ΠΎΠ΅ΠΊΡ‚Π° Ohang
πŸ”₯
Π‘ΠΈΠ±ΠΈΠ·Π³Π° ΠΈ Π΄ΠΎΠΈΡ€Π° Ρ‡Π΅Ρ€Π΅Π· ΠΏΡ€ΠΈΠ·ΠΌΡƒ элСктронной ΠΌΡƒΠ·Ρ‹ΠΊΠΈ.
ВСсна Π±Π»ΠΈΠ·ΠΊΠΎ!
🌸
Π‘Π°ΠΉΡ‚ с ΠΊΠ°Ρ‚Π°Π»ΠΎΠ³ΠΎΠΌ Ρ‚Ρ€Π°Π΄ΠΈΡ†ΠΈΠΎΠ½Π½ΠΎΠΉ узбСкской ΠΌΡƒΠ·Ρ‹ΠΊΠΈ Ρ‚ΠΎΠΆΠ΅!

January 23, 14:17
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
9
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Biz
We Digital
jamoasi
Uztelecom
koβ€˜magida
OHANG
nomli ajoyib loyihani boshladik
πŸ”₯
An’anaviy ozbek musiqasini professional studiyada yozib olib, barchasini bitta saytga jamlaymiz. U yerdan har kim treklarni
bepul yuklab olib, ularni oβ€˜z loyihalarida qonuniy tarzda ishlatishi mumkin boβ€˜ladi
Biz allaqachon loyihaning birinchi bosqichini Toshkent shahri va viloyatida yakunladik. Juda kuchli musiqa ustalarini topdik, ularni professional studiyada jamlab,
yuzlab ohanglarni yozib oldik
. Hozir esa qulay sayt ustida ishlayapmiz. Yaqin vaqt ichida uni ishga tushiramiz. Hozircha esa loyihaning Instagram sahifasiga obuna boβ€˜lib, yangiliklarni kuzatishingiz mumkin:
instagram.com/ohang.loyiha
πŸ‘ˆ
Loyihamiz juda muhim. Biz nafaqat dj, rejissyor va brogerlar uchun qulay sayt taqdim etyapmiz, balki madaniy merosimizni saqlab qolib, an’anaviy musiqani yana ommalashtirishga hissamizni
qoβ€˜shmoqchimiz
@paramadaniy

October 17, 13:52
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
5
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Marketingda oβ€˜zbek tili: imkoniyatlar va muammolar
Marketing va reklama olamida oβ€˜zbek tili hali ham oβ€˜z β€œkreativ ovozini” izlayapti. Koβ€˜plab brendlar ikki tilli muloqotdan foydalanadi, ammo oβ€˜zbekcha ifoda uslubi, ohang va soβ€˜z boyligini toβ€˜liq ochib bera oladigan kontent hanuz kam.
Оchiq suhbatda mutaxassislar oβ€˜z tajribalari, kuzatuvlari va brendlar bilan ishlash jarayonida duch kelgan misollari bilan boβ€˜lishishadi. Suhbat davomida biz quyidagi savollarga javob izlaymiz:
β€” Oβ€˜zbek tilini marketing tili sifatida shakllantirish uchun nimalar zarur?
β€” Ikkitillik: imkoniyatmi yoki toβ€˜siq?
β€” Oβ€˜zbekcha β€œzamonaviy” kopirayting qanday boβ€˜lishi kerak?
β€” Qanday qilib brendlar oβ€˜zbek tilida tabiiy va ishonchli eshitilishi mumkin?
β€” Hududlar, shevalar va madaniy farqlarni inobatga olish kerakmi?
πŸŽ™
Spikerlar:
β€’
Madina Nurman –
Daryo.uz
muxbiri, fotojurnalist
β€’
Otabek Sharapov –
605 agentligi va Marketing Boβ€˜limi asoschisi
β€’ Mirzayor Erkinov –
Korzinka supermarketlar tarmogβ€˜i kopirayteri, mustaqil PR va kreativ mutaxassisi
Moderator:
β€’
Sardor Babaev –
We Digital agentligi PR va kreativ boβ€˜yicha direktori
πŸ—“
21-oktabr, 19:00
πŸ“
ALPHA biznes-markazi, 3-qavat
Qatnashish bepul! Joylar soni cheklangan,
havola orqali
oldindan roβ€˜yxatdan oβ€˜tishni unutmang!

October 17, 13:52
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Kanalni ham tashlab qoβ€˜ydim
πŸ˜…
Sababi asosiy ishimda β€” We Digital marketing agentligida, juda koβ€˜p loyihalar ustida ishlayapmiz, madaniy hordiqqa va post yozishga vaqt umuman qolmayapti. Shunday loyihalarimizdan biri β€” marketing soxasidagi eng yetuk mutaxassislar bilan panel munozaralardir. Agar marketing va kreativ sohalarda ishlayotgan boβ€˜lsangiz, siz uchun aniq foydali boβ€˜ladi
πŸ‘‡

August 26, 14:36
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Zamonaviy Oβ€˜zbekiston tarixida juda koβ€˜p Β«klassikΒ» reklamalar bor β€” Β«Kango qani, Kango?Β» kabilardan tortib, oβ€˜sha mashhur
Nexia reklamasigacha
.
Lekin ulardan ham oldin, Oβ€˜zSSR davrlarida yurtimizda reklama allaqachon boβ€˜lgan. Masalan, tepadagi reklama roliki 1986-1989-yillar oraligβ€˜ida ekranlarga chiqarilgan.
Hatto hozir ham raqsga undaydigan musiqani esa Buxorolik rok-guruhi ijro etgan.
Hozir bozorimizda deyarli Β«oβ€˜likΒ» print formati, SSSR davrida ancha mashhur edi. Bunga misol β€” kalishlar reklamasiga bagβ€˜ishlangan poster.
Ha, aytgancha, xronometraj boβ€˜yicha ham hech qanday xavotirlar boβ€˜lmagan: chet ellliklar reklama roliklari 30-soniyadan chiqmasligiga harakat qilib kuyib-pishib yurishgan bir paytda, bizda roliklar bemalol
2-3 daqiqalab
ketavergan.
Hattoki Β«product placementΒ» ham boβ€˜lgan β€” Β«Ivan Vasilyevich kasbini oβ€˜zgartiradiΒ» filmidan olingan kadr buning isboti.
Xoβ€˜sh, siz qanday qadimgi reklamalarni eslaysiz? Izohlar qoldiring, gaplashamiz.
Π§ΠΈΡ‚Π°Ρ‚ΡŒ Π½Π° русском

July 11, 08:36
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🎬
Suv muammolari haqida foto yoki film yarating. Engage H2O yozgi kino va foto maktabiga ariza topshiring!
Engage H2O β€” bu xalqaro loyiha boβ€˜lib, suv tanqisligi va iqlim oβ€˜zgarishlari muammolarini yoritishga yordam beradi. Shu loyiha doirasida
Oβ€˜zbekistonda Kino havaskorlari assotsiatsiyasi
koβ€˜magida yozgi kino va foto maktabi oβ€˜z ishini boshlaydi.
Oβ€˜qish davomida siz video olish, kompozitsiya, montaj, animatsiya va postproduksiyaning asoslarini oβ€˜rganasiz, suv tanqisligidan aziyat chekayotgan hamjamiyatlar bilan uchrashasiz va yakunda film yoki fotoseriya yaratib topshirasiz.
Birinchi bosqich
Toshkentda 2025-yil 5–15-avgust kunlari
boβ€˜lib oβ€˜tadi. Ikkinchi bosqichda esa
18–28-avgust kunlari muammoli hududlardan
birida amaliy workshop (ochiq maydondagi mashgβ€˜ulot) oβ€˜tkaziladi. Eng yaxshi ishlar Bryusseldagi, Toshkentdagi va boshqa mintaqaviy tadbirlarda namoyish etiladi.
πŸ’§
Quyidagi talablarga mos kelsangiz, ariza topshirishingiz mumkin:
- Ekologiya, iqlim va mintaqadagi suv tanqisligi muammolari sizni befarq qoldirmasa
- Bu mavzuda film yoki suratlar yaratishni istasangiz
- Fargβ€˜ona, Andijon, Namangan, Jizzax yoki Surxondaryo viloyatlarida tugβ€˜ilgan yoki yashayotgan boβ€˜lsangiz (agar hozir boshqa shaharda yashayotgan yoki oβ€˜qiyotgan boβ€˜lsangiz ham, ariza topshirishingiz mumkin)
- 18 yoshdan katta boβ€˜lsangiz va Oβ€˜zbekiston fuqarosi boβ€˜lsangiz
Yozgi kino va foto maktabida ishtirok etish β€”
bepul
. Oβ€˜qitish tillari: oβ€˜zbek va rus.
❗️
Ariza topshirish shartlari va ariza shakllari oβ€˜zbek, rus va ingliz tillarida
mana bu havolada.
Barcha hujjatlar info@uafma.org elektron manziliga yuboriladi.
Ariza topshirish muddati β€” 2025-yil 15-iyulgacha!
Agar sizda yozgi maktab yoki ariza topshirish qoidalari boβ€˜yicha savollar tugβ€˜ilsa, murojaat qilishingiz mumkin:
πŸ“±
Telegram:
@Nigina31
πŸ“±
Instagram direct:
@uafma_uz
βœ‰οΈ
Email: nigina.makhmudova@fom.group

May 31, 11:34
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
6
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Sardor Erkinovning β€œMaktub” koβ€˜rgazmasiga bordim
β€œMaktub” degani β€” yozilgan, taqdirda belgilangan degan ma’noni beradi. Koβ€˜rgazma hayotdagi tasodiflar, tanlovlar va savollar haqida: nega hammasi aynan shunday?
Asarlar akril va moy boβ€˜yoqda ishlangan. Ranglar sokin, ba’zida biroz ogβ€˜ir. Har bir rasm ichingizda savol uygβ€˜otadi. Shunchaki qarab oβ€˜tib ketib boβ€˜lmaydi
Koβ€˜rgazma tinch, ichki mulohaza uchun. Kimdir oβ€˜tmishini eslar, kimdir oβ€˜zini topishga harakat qiladi
Regeneration Art Gallery
Hamid Olimjon, 13А
Koβ€˜rgazma iyulgacha davom etadi
@paramadaniy

May 27, 05:45
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
6
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Juda ham ajoyib natijalar va toza O’zbek tilidagi nutq
🀯
veo 3
@pulatov_kh

May 20, 10:41
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

payme Toshkentga san’atni qaytarmoqda: shaharda uchta
noyob mozaika yuzasi tozalandi
πŸ‘πŸΌ
Toshkentda 1970-yillarning oβ€˜rtalarida rassom Nikolay Jarskiy tomonidan yaratilgan, biroq 2021-yilda fasad ta’mirlash ishlari sababli oβ€˜z qiyofasini yoβ€˜qotgan uchta mozaika yana jamoatchilik e’tiboriga havola etildi. Ularning tiklanishi payme tomonidan shahar me’moriy merosini asrashga qaratilgan tashabbusning yana bir bosqichi boβ€˜ldi. Loyiha Toshkent hokimligi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgβ€˜armasi hamda Madaniy meros agentligi koβ€˜magida amalga oshirildi
Nikolay Jarskiy ijodiga mansub pannolar β€” sovet modernizmi bebaho merosi edi. Ular uzoq yillar davomida poytaxt vizual qiyofasining bir qismi boβ€˜lib kelgan, soβ€˜nggi yillarda esa boβ€˜yoq ostida qolgan edi. Poytaxtning Shayxontohur va Uchtepa tumanlaridagi turar joy binolari fasadlarida joylashgan pannolar yuzasidagi boβ€˜yoq mutaxassislar nazorati ostida va mozaika yuzasini asrash boβ€˜yicha qat’iy tavsiyalarga rioya qilgan holda ehtiyotkorlik bilan tozalandi
@paramadaniy