Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

PAXTAKOR.UZ

paxtakortuman
Tuman hokimligi rasmiy sayti: 👉 https://gov.uz/oz/paxtakor “Ishonch telefoni”:72-353-10-57 Telegramm kanali @paxtakortuman Hamkorlik @PAXTAKOR24 Murojaat qoldirish 👉 @Paxtakortuman_bot @Ramzdur
Subscribers
3 691
24 hours
1
30 days
-44
Post views
224
ER
6,07%
Posts (30d)
897
Characters in post
1 329
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 12, 13:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari Vyetnamning “ROX Group” kompaniyasi asoschisi An Tuan Channi qabul qildi
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 13:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
Videoreportaj: Jizzaxda «ROX Group» bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Jizzax viloyati hokimi
Ulug‘bek Mustafoyev
Zomin tumanida Vetnamning «ROX Group» kompaniyasi asoschisi
An
Tuan Chan
bilan uchrashib, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, Zominda zamonaviy sanoat zonasi tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Zomin va Arnasoy tumanlarida zamonaviy mehmonxona majmualari hamda turistik infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Loyihalar yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarish va turizmni rivojlantirish, viloyatning investitsiyaviy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 13:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zarbdorda aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan imkoniyatlar kengaytirilmoqda
Zarbdor tumanining Lalmikor mahallasida aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda Zarbdor tumani hokimi B. Tashpulatov, "Aloqabank” AT departament rahbari J. Uzakov, tegishli mas’ullar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi mahalla aholisi ishtirok etdi.
Muloqot davomida fuqarolarga tadbirkorlikni boshlash va mavjud faoliyatni kengaytirish, qishloq xo‘jaligida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda barqaror daromad manbalarini yaratish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar tushuntirildi.
Ayniqsa, aholi uchun nisbatan yuqori daromad keltirishi mumkin bo‘lgan intensiv qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, "Aloqabank” tomonidan malina, yejevika va qulupnay yetishtirishni yo‘lga qo‘yish istagidagi fuqarolarga foizsiz bo‘lib to‘lash asosida mablag‘ ajratish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mazkur mahsulotlarni yetishtirish uchun zarur shart-sharoitlar, yer maydonini tayyorlash, ko‘chatlarni tanlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, parvarishlash va hosildorlikni oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.
Muloqotda har bir xonadonning imkoniyati va mavjud resurslaridan kelib chiqib, aholini daromadli mehnatga jalb etish, kichik tadbirkorlik subyektlarini ko‘paytirish hamda mahallada yangi daromad manbalarini shakllantirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.
Fuqarolarning taklif va tashabbuslari tinglanib, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi aholiga moliyaviy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, loyihalarni joyida o‘rganish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflarni o‘rganish, istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va oilaviy daromadlarni oshirishga qaratilgan ishlarni mahallabay tashkil etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
Lalmikor mahallasida bunday amaliy uchrashuvlarning tashkil etilishi aholiga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi daromad manbalarini yaratish va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur ko‘makni bevosita mahallaning o‘zida olish imkonini bermoqda.
Aholi daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash va mahallalarda tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan ishlar Zarbdor tumanida izchil davom ettirilmoqda.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 13:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

ZOMINDA ELEKTRON "DALA DAFTARI”NI YURITISH BO‘YICHA AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, mahsulot yetishtirish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash hamda sohada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini rivojlantirish maqsadida hududlarda fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari vakillari hamda aholi uchun elektron «Dala daftari”dan foydalanish bo‘yicha amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday seminar Zomin va Zarbdor tumanlaridagi fermerlar hamda tomorqa yer egalari uchun Zomin tumanidagi Yoshlik mahallasi hududida joylashgan Molguzar SIUDA o‘tkazildi. Seminar davomida ishtirokchilarga "Dala nazorati” va "Agroko‘makchi” mobil ilovalari orqali elektron «Dala daftari”ni shakllantirish va yuritish tartibi amaliy misollar asosida tushuntirildi.
Elektron tizim orqali xo‘jaliklardagi ekin maydonlari, yetishtirilayotgan mahsulotlar, agrotexnik tadbirlar, o‘simliklarga ishlov berish, mineral o‘g‘itlardan foydalanish kabi muhim ma’lumotlarni raqamli shaklda qayd etib borish imkoniyati yaratiladi.
Tizimning muhim jihatlaridan yana biri — reyting mexanizmining joriy etilishidir. Elektron "Dala daftari”ni belgilangan tartibda va o‘z vaqtida yuritish xo‘jaliklar faoliyati to‘g‘risida ishonchli hamda tizimlashtirilgan raqamli ma’lumotlar shakllanishiga xizmat qiladi.
Bu esa, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini "daladan — dasturxongacha” tamoyili asosida kuzatish, oziq-ovqat xavfsizligi talablariga rioya etilishini nazorat qilish hamda sohada zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini yanada takomillashtirish imkonini beradi.
Qayd etish lozimki, elektron "Dala daftari” shunchaki qog‘ozdagi ma’lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazish vositasi emas. U qishloq xo‘jaligida shaffoflik, kuzatuvchanlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiluvchi zamonaviy raqamli vosita sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 11:26
Media unavailable
10
Show in Telegram

Jizzax viloyatida Vetnamning «ROX Group» kompaniyasi bilan investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Jizzax viloyati hokimi
Ulug‘bek Mustafoyev
Zomin tumanida Vetnamning «ROX Group» kompaniyasi asoschisi
An Tuan Chan
bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot davomida O‘zbekiston va Vetnam o‘rtasidagi do‘stona va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, Jizzax viloyatida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Zomin tumanida zamonaviy sanoat zonasi tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Investorga taklif etilayotgan hudud bilan tanishtirilib, uni «ROX Group» tajribasidan kelib chiqqan holda zamonaviy ishlab chiqarish va infratuzilma obyektlarini qamrab olgan kompleks sanoat hududi sifatida rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda turizm va mehmonxona biznesi yo‘nalishida ham hamkorlik qilish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, Arnasoy va Zomin tumanlarida zamonaviy mehmonxona majmualari hamda turistik infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tomonlar ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, xizmat ko‘rsatish va turizm sohalarini rivojlantirish, shuningdek, viloyatning investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish mumkinligini ta’kidladilar.
Uchrashuv yakunida taklif etilgan loyihalarni o‘rganish, mavjud imkoniyatlarni baholash va istiqbolli tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 11:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

G‘allaorol dehqon bozorida tartib-intizom va xavfsizlik masalalari o‘rganildi
Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i viloyat prokurori bilan hamkorlikda G‘allaorol tumanidagi dehqon bozoridagi mavjud holatni o‘rgandi.
O‘rganish davomida bozor hududidagi tartib-intizom, sanitariya va obodonlashtirish ishlarining holati, savdo jarayonlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilgani, aholi va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bozor kabi aholi gavjum joylarda xavfsizlikni ta’minlash, hududda tartibni saqlash va sanitariya talablariga qat’iy rioya etilishi nafaqat nazorat tadbiri, balki aholi uchun munosib va qulay muhit yaratishning muhim sharti ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bozor hududining sanitariya holatini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish, tartib-intizomni doimiy nazorat qilish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va bozorda aholi uchun xavfsiz, tartibli hamda qulay muhitni shakllantirish ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 11:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

Jizzax va Sirdaroda biznes kayfiyati yaxshilandi
Markaziy bankning biznes kayfiyati so‘rovi natijalariga ko‘ra, 2026-yil II choragida Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida tadbirkorlik muhitiga berilgan baholar yaxshilangan.
Respondentlarning 66 foizi biznes sharoitlari yaxshilanganini qayd etgan.
Hududlarda asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham ijobiy dinamika kuzatilgan. Buyurtmalar hajmi oshganini bildirgan tadbirkorlar ulushi 60 foiz, ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha – 57 foiz, qo‘shimcha ishchi kuchiga talab bo‘yicha esa 56 foizni tashkil etgan.
Shuningdek, yuk tashish hajmi oshganini bildirganlar ulushi 53 foiz, yonilg‘i va energiya iste’moli ko‘payganini qayd etganlar ulushi esa 59 foiz bo‘lgan.
Kelgusi chorak bo‘yicha ham kutilmalar ijobiy. Tadbirkorlarning 62 foizi ishlab chiqarish, 59 foizi buyurtmalar, 60 foizi esa yonilg‘i va energiya iste’moli oshishini kutmoqda.
Bundan tashqari, respondentlarning 80 foizi kelgusi uch yilda iqtisodiyot va biznes muhiti yanada yaxshilanishiga ishonch bildirgan.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 11:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
Videoreportaj: Jizzaxda yangilanishlar inson manfaatiga xizmat qilmoqda
O‘tgan 35 yil davomida Jizzax viloyatida keng ko‘lamli o‘zgarishlar, bunyodkorlik va yangilanishlar amalga oshirildi.
Islohotlarning asosiy maqsadi — inson manfaatlarini ta’minlash, aholi farovonligini oshirish va munosib yashash hamda mehnat sharoitlarini yaratishdan iborat.
Bugungi o‘zgarishlar nafaqat shaharlarda, balki chekka mahallalarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar oila farovonligi va xalqimiz hayotini yanada yaxshilashga qaratilgan.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 09:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎥
Videoreportaj: Mirzacho‘lda paxta mavsumiga tayyorgarlik kuchaytirilmoqda
Mirzacho‘l tumanidagi paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonasida 2026-yilgi paxta mavsumini xavfsiz o‘tkazish maqsadida favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan amaliy o‘quv mashqi tashkil etildi.
Mashg‘ulotlarda yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, qutqaruv tuzilmalari hamda korxona xodimlarining favqulodda holatlarga shayligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. Paxta mavsumini xavfsiz va uyushqoqlik bilan o‘tkazish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 12, 09:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

Baxmallik tadbirkorlarning muammo va takliflari ochiq muloqotda muhokama qilindi
Baxmal tumani hokimligida tuman markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda tuman hokimi Aziz Ergashev, "Turonbank” ATB departament direktori Sh. Bozorov, "Turonbank” ATB Jizzax BXM rahbari A. Muhammadiyev, viloyat va tuman banklari vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolar, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, biznes loyihalarini kengaytirish va yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda faoliyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan masalalarni joyida o‘rganib, ularga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq muloqotda tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni amalga oshirishda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflarni o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va tadbirkorlik loyihalarini amaliy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|