
PAXTAKOR.UZ
📢
TUMAN HOKIMI O‘RINBOSARINING SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari F. Kubayev tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini o‘rganish maqsadida shaxsiy qabul o‘tkazildi.
BATAFSIL
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimiz
👉
🌐
Web-sayt
🕊
Telegram
|
📱
facebook
|
📺
YouTube
|
📱
instagram
🎥
Videoreportaj: Jizzaxda davlat aktivlari va yer uçastkalari savdosi böyiça oçiq muloqot
Jizzax şahrida tadbirkorlar uçun oçiq muloqot taşkil etilib, davlat aktivlari va yer uçastkalarini elektron auktsion orqali sotib oliş, mulk huquqini rasmiylaştiriş hamda investitsiya imkoniyatlaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama qilindi.
2025-yilda viloyatda 113 ta davlat aktivi savdoga çiqarilib, 93 tasi 94 milliard sömga sotilgan. 2026-yilda esa 68 ta obyektdan 60 tasi 26 milliard sömga realizatsiya qilingan.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
🎥
Videoreportaj: Foriş — tabiat gözalligi va tarixiy meros uyğunligi
Foriş tumanida obodonlaştiriş işlari, sayyohlik imkoniyatlarini kengaytiriş va tarixiy qadamjolarni asrab-avaylaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toğli dovonda 700 metrlik piyodalar yölakçasi, quyoş batareyalarida işlovçi yoritiş çiroqlari hamda betakror toğ manzarasidan bahramand böliş uçun maxsus selfi maydonçasi barpo etilgan.
Hududda yöllar obodonlaştirilib, tungi yoritiş tizimi örnatilmoqda, piyodalar yölaklari qurilmoqda va dehqon bozori yangilanmoqda.
📹
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
”O‘zligimizdan kuch olib, bugungi hayotimizni teran anglab, milliy kinomizning yangi sahifasini birgalikda yarata olamiz“.
—
Президент Шавкат Мирзиёев:
«Черпая силы в нашей идентичности и глубоко осмысливая сегодняшнюю жизнь, мы вместе сможем открыть новую страницу национального кинематографа».
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazadi hamda Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurib, Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев проведет встречу с работниками сферы здравоохранения и фармацевтики, а также посетит Олимпийский городок, где примет участие в церемонии открытия Президентской Олимпиады.
Facebook
|
Instagram
|
X
Assalomu alaykum, hurmatli Jizzaxliklar!
📆
Bugungi sana: 27-Oktabr. Seşanba.
📅
Yilning: 299-kuni
⏳
Yil yakuniga 66 kun qoldi
📜
BUGUN TARIXDA
🚇
1904-yilda Nyu-York metrosi oçilgan — bu dunyodagi eng qadimgi metro tizimlaridan biri hisoblanadi.
🎭
1927-yilda Moskvada işçi yoşlar teatri oçildi, keyinçalik u Lenkomga aylantirildi.
⚛️
1951-yilda Kanadaning Saskaçevan universitetida Garold Jons boşçiligida radiatsiya ta’siri birinçi marta tibbiyotda xavfli ösmalarga qarşi vosita sifatida qöllanila boşlandi.
🏴☠️
2017-yilda Kataloniya Ispaniyadan tan olinmagan mustaqilligini e’lon qildi.
🎂
Bugun tavallud topganlar:
🧭
1728-yilda — ingliz navigatori, kartograf va kaşfiyotçi Jeyms Kuk tuğilgan.
🎻
1782-yilda — italiyalik virtuoz skripkaçi va bastakor Nikolo Paganini tuğilgan.
🇺🇸
1858-yilda — AQŞning 26-prezidenti Teodor Ruzvelt dunyoga keldi.
📺
1955-yilda — rossiyalik teleboşlovçi va sport şarhlovçisi Viktor Gusev tuğilgan.
🎼
1978-yilda — britaniyalik skripkaçi va bastakor Vanessa Mey tavallud topgan.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
📢
SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI!
📌
2026-yil 27-oktabr kuni soat 10:00 da Paxtakor tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Durdona Djabbarova Sarabekovna tomonidan Nurli Pangat mahallasida sayyor qabul o‘tkaziladi.
🤝
Qabul davomida xotin-qizlar va fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
📍
Manzil: Nurli Pangat mahallasi
📝
Murojaat va takliflaringiz bilan sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.
📊
PAXTAKORDA TANQIDIY-TAHLILIY YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Paxtakor tumani hokimi
X. Abduvoxidov
hamda tuman prokurori
Sh. Salimov
rahbarligida soliq bo‘limi xodimlari va hokim yordamchilari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
BATAFSIL
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimiz
👉
🌐
Web-sayt
🕊
Telegram
|
📱
facebook
|
📺
YouTube
|
📱
instagram
JIZZAX SPORTÇILARI «PREZIDENT OLIMPIADASI» SARI YÖL OLDI
Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida viloyatimiz şarafini himoya qiladigan sportçilar delegatsiyasini «Prezident olimpiadasi» sport musobaqalarida iştirok etiş uçun tantanali kuzatiş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Uluğbek Mustafoyev iştirok etib, musobaqalarda qatnaşadigan sportçilar bilan samimiy muloqot qildi. U sportçilarga yuksak maqsadlar sari intiliş, maşğulotlarda orttirilgan tajriba va mahoratni musobaqalarda namoyon etiş, viloyat şa’nini munosib himoya qiliş borasida öz tilaklarini bildirdi.
Viloyat hokimi öz nutqida mamlakatimizda sportni rivojlantiriş, yoş iste’dodlarni kaşf etiş va qöllab-quvvatlaş, iqtidorli sportçilar uçun munosib şaroitlar yaratişga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Zero, sport nafaqat jismoniy kamolot, balki qat’iyat, intizom, iroda va ğalabaga bölgan işonç maktabidir.
«Prezident olimpiadasi» yoş sportçilarning mahoratini sinovdan ötkaziş, ularning salohiyatini namoyon etiş, kelgusida respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda iştirok etişi uçun muhim tajriba maydoni hisoblanadi. Bunday musobaqalar sportçilarni yangi marralar sari ruhlantiriş, soğlom raqobat muhitini şakllantiriş va sport zaxirasini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Jizzaxlik sportçilar ham uşbu musobaqalarda öz mahorati, tayyorgarligi va ğalabaga bölgan intilişini namoyon etişni maqsad qilgan. Ularning har bir çiqişi nafaqat şaxsiy natija, balki viloyat sportining salohiyatini körsatiş uçun ham muhim imkoniyatdir.
Tantanali kuzatuv marosimida sportçilarga omad, muvaffaqiyat va şohsupaning eng yuqori poğonalarini zabt etiş tilab qolindi. Endi ular oldida mas’uliyatli musobaqalar, yangi tajriba va yuksak natijalar sari yöl turibdi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|
Paxtakor tumanida işsiz yoşlar bilan oçiq muloqot taşkil etildi
Jizzax viloyati hokimi U. Mustafoyevning topşiriğiga muvofiq, joylarda işsiz yoşlarning bandligini ta’minlaşga qaratilgan uçraşuvlar izçil davom ettirilmoqda.
Bugun Paxtakor tumanida yoşlar bilan taşkil etilgan muloqotda ularning iş bilan ta’minlaniş, kasb örganiş va öz tadbirkorlik faoliyatini boşlaş borasidagi imkoniyatlari muhokama markazida böldi.
Ayniqsa, iş beruvçilar bilan töğridan-töğri muloqot qiliş, mavjud böş iş örinlariga nomzodlarni yönaltiriş, kasbiy tayyorgarlik orqali mehnat bozorida talab yuqori bölgan yönalişlarni egallaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yoşlarning murojaatlari böyiça mas’ullar bilan birgalikda aniq yeçimlar işlab çiqilib, işga joylaşiş istagidagi yoşlar bilan keyingi hamkorlik vazifalari belgilab olindi.
Uçraşuvlarning boş mezoni — yoşlarning murojaatlarini tinglaş bilan çeklanmay, ularni aniq iş örni va daromad manbaiga yönaltirişdir.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|