Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

CHDPU | PEDAGOGIKA FAKULTETI | Rasmiy kanal |

pedagogika_fakulteti_1rasmiy
Pedagogika fakultetining telegramdagi rasmiy kanaliga xush kelibsiz! Pedagogika fakulteti dekani: Usarov Jabbor Eshbekovich https://t.me/Dekanga_murojaatlar_bot Facebook sahifamiz https://m.facebook.com/groups/616352323485962/?ref=share&mibextid=NSMWBT
Subscribers
1 545
24 hours
—
30 days
8
Post views
452
ER
29,26%
Posts (30d)
113
Characters in post
919
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 28, 02:53
Media unavailable
9
2
Show in Telegram

#tanlov
📷
#MadaniyBlog
🧷
Oltin kuz ranglarida porlagan iste’dodlar: xalqaro tanlov ğoliblari taqdirlandi
Avval xabar berganimizdek
, Çirçiq davlat pedagogika universitetining “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi taşabbusi bilan taşkil etilgan “Ranglar jilosida oltin kuz” xalqaro ijodiy tanlovi öz yakuniga yetdi.
Rossiya Federasiyasining “Gamma” AJ hamda Özbekiston Badiiy ijodkorlar uyuşmasi bilan hamkorlikda ötkazilgan mazkur tanlovda iştirokçilar özlarining yuksak badiiy mahorati, ijodiy tafakkuri va betakror asarlari bilan namoyon böldilar.
Tanlovdan közlangan asosiy maqsad — tasviriy san’at va dizayn sohasidagi ijodiy salohiyatni rivojlantiriş, iqtidorli yoşlarning ijodiy izlanişlarini rağbatlantiriş hamda xalqaro madaniy hamkorlikni mustahkamlaşdan iborat.
Mazkur xalqaro ijodiy tanlov yoş ijodkorlar uçun öz iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etiş, tajriba almaşiş, yangi ğoyalar ustida işlaş hamda kelgusi ijodiy marralar sari dadil qadam taşlaş imkonini berdi.
Tanlov yakunlariga köra, iştirokçilar maxsus I, II va III darajali diplomlar hamda “Gamma” AJ tomonidan taqdim etilgan yuqori sifatli tasviriy san’at mahsulotlari bilan taqdirlandilar.
Şuningdek, “Art Studio” ijodiy markazi öquvçilarining tanlovga taqdim etgan ijodiy işlari ham munosib e’tirof etildi. Ularga diplomlar va esdalik sovğalari topşirildi.
Ğoliblar bilan tanişing
⬇️
💫
Eng yaxşi rangtasvir asari
I-örin Usmanov Kamronbek DRT 26/1
II-örin Turğunova Kamola TSMG 24/1
II-örin Ismoilova Diyora TSMG 25/1
III-örin Abduvoitova Nilufarbonu DRT 26/1
III-örin Axmatov Şaxruz DID 25/1
💫
Eng yaxşi akvarel texnikasida işlangan asar
I-örin Zohidov Temurbek DRT 26/1
II-örin Şokirova Dinora DRT 26/1
III-örin Zokirov Azizbek TSMG 25/1
💫
Eng yaxşi grafika asari
I-örin Kabilova Mafuza TSMG 26/1
II-örin Valiyeva Şahnoza TSMG 25/1
III-örin Qalandarova Marjona DLG 25/1
💫
Eng yaxşi libos dizayni loyihasi
I-örin Qalandarova Marjona DLG 25/1
II-örin Kenjayeva Marjona DLG 25/1
II-örin Mamadaliyeva E’zoza DLG 24/1
III-örin Matyoqubova Zarnigor DLG 25/1
III-örin Abdiraxmanova Rayxona DLG 26/1
💫
Eng yaxşi interyer-eksteryer dizayni loyihasi
I-örin Abduhamidova Rayhona DID 25/1
II-örin Karjanova Alina DID 26/1
III-örin Ravşanov Mavlonbek DID 26/1
💫
Eng yaxşi havaskor rassom
I-örin Abalboyeva Laylo MP 25/5
II-örin Mirzaliyeva Munira Pedagogika 26/1
III-örin Maxamatova Dilbar Pedagogika 26/2
Barça ğolib va iştirokçilarni samimiy tabriklaymiz va ijodiy parvozlar tilaymiz
💕
Universitet Axborot xizmati

October 27, 19:10
Media unavailable
9
1
Show in Telegram

🎀
“
🔤
🔤
😴
🪷
🔤
🌹
🔤
🔤
🔤
”
🔤
🪷
🔤
🔤
🔤
YETAKCHISI SAYLOVI O‘TKAZILDI!
🎉
🏛
CHDPU | PEDAGOGIKA FAKULTETI
📍
Pedagogika fakultetida faol, iqtidorli va tashabbuskor talaba-qizlar ishtirokida “
Qizlarjon
” klubi yetakchisi saylovi bo‘lib o‘tdi.
📊
Saylov ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilib, nomzodlar o‘z reja va tashabbuslarini taqdim etdilar. Talaba-qizlar ovoz berish orqali o‘z tanlovlarini amalga oshirdilar.
🌸
Saylov natijalari tez orada e’lon qilinadi! G‘olib nomzod haqidagi ma’lumotlarni kuzatib boring!
✨
#QizlarjonKlubi
#CHDPU
#PedagogikaFakulteti
#Saylov
#FaolQizlar
#TalabalarHayoti

October 27, 17:05
Media unavailable
1
4
Show in Telegram

🇬🇧
Pedagogika fakultetida
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
❗️
Pedagogika fakultetida an’anaga aylangan Ingliz tili kuni Amaliy psixologiya  25/4-guruh (English)  talabalari tomonidan tashkil etildi.
Tadbirda talabalar va professor-o‘qituvchilar qiziqarli interaktiv o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar va jamoaviy mashqlar orqali ingliz tilidagi bilimlarini mustahkamlab, ko‘tarinki kayfiyatda faol ishtirok etdilar.
🌍
Til — muloqot, do‘stlik va yangi imkoniyatlar ko‘prigi!
#CHDPU
#PedagogikaFakulteti
#EnglishLanguageDay

October 27, 06:02
Media unavailable
5
1
Show in Telegram

🎓
PEDAGOGIKA FAKULTETI
🗓
2️⃣
6️⃣
🔤
1️⃣
🔤
🔤
2️⃣
🔤
2️⃣
6️⃣
📚
✨
“KELAJAK SOATI” — O‘ZBEKISTONDA ILM-FAN YUTUQLARI VA IMKONIYATLAR
!
🇺🇿
Pedagogika fakulteti talabalariga navbatdagi “Kelajak soati” mashg‘uloti “O‘zbekistonda ilm-fan yutuqlari va imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazildi.
💡
Mashg‘ulot davomida mamlakatimizda ilm-fan sohasida erishilayotgan yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning ahamiyati haqida fikr yuritildi.
🔬
Talabalarga ilmiy izlanishlar olib borish, yangi g‘oyalarni ilgari surish va bilimlarini rivojlantirish orqali yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish muhimligi ta’kidlandi.
✨
Ilm — taraqqiyot kaliti, yoshlar — kelajak bunyodkorlari!
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy

October 27, 05:37
Media unavailable
6
Show in Telegram

🎓
PEDAGOGIKA FAKULTETI TALABALARI
🎭
TURKISTON SAN’AT SAROYIDA QVZ!
🎉
✨
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti talabalari “Quvnoqlar va zukkolar” (QVZ) ko‘rik-tanlovida ishtirok etayotgan “PARVOZ” jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Turkiston san’at saroyiga tashrif buyurdilar!
🔥
👏
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy

October 24, 07:33
Media unavailable
9
Show in Telegram

🏢
CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti
🗓
23.10.2026
EKOZAKOVAT
☘
Tabiiy fanlar fakultetida EKOZAKOVAT intellektual o'yinining universitet bosqichi bo'lib o'tdi. Bugungi tashkilllashtirilgan o'yinda Tabiiy fanlar fakulteti,Pedagogika fakulteti,Aniq fanlar fakulteti,Turizm fakulteti talabalaridan iborat 15 dan ortiq jamoalar ishtirok etishdi.
✨
✨
Tadbir ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Barcha jamoalar g'oliblik uchun murosasiz bellashdilar. Bilim,intizom va albatta jamoa birligi o'yinda o'z kuchini ko'rsatdi. Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇
-o'rin Ekopedagogika jamoasi
🥈
-o'rin Yashil qalqonlar jamoasi
🥉
-o'rin Candidate jamoasi qo'lga kiritdilar.
Videoroliklar tanlovi bo'yicha eng yaxshi videorolik tayyorlagan jamoalar ham taqdirlandi.Ular
🥇
-o'rin Yashil qalqonlar
🥈
-o'rin Ekopedagogika
🥉
-o'rin Turizm fakulteti egalladilar. O'yin yakunida g'olib jamoalarimiz diplom bn taqdirlandi. Barcha bilimdonlarimizga keyingi o'yinlarda omad tilab qolamiz.
Taiiy fanlar fakulteti jamoasi

October 23, 17:51
Media unavailable
9
Show in Telegram

🎬
MILLIY QADRIYATLAR — MILLAT MA’NAVIYATINING POYDEVORI
🇺🇿
“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tashkil etilayotgan “Talabalar kino kunlari” doirasida talabalarga o‘zbek milliy kinematografiyasining yorqin namunalaridan biri — “Suyunchi” badiiy filmi namoyish etildi.
🎞️
Mazkur filmda xalqimizga xos bo‘lgan mehr-oqibat, kattalarga hurmat, oilaviy qadriyatlar, insoniylik va milliy an’analarning ahamiyati chuqur aks ettirilgan. Film talabalarga milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini yana bir bor anglash, ularni asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish naqadar muhim ekanini eslatdi.
💬
Film namoyishidan so‘ng talabalar o‘z taassurotlari, fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, asarda ilgari surilgan g‘oyalar yuzasidan fikr almashdilar.
✨
Milliy filmlar — o‘tmishimizni anglash, bugunimizni qadrlash va kelajagimizni ma’naviy boyitish vositasidir!
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
Pedagogika fakulteti tyutori
Qodirova Xusnora

October 23, 16:34
Media unavailable
8
Show in Telegram

#
KAFEDRA
KUNI
23.10.2026 YIL
PEDAGOGIKA FAKULTETI
Chirchiq davlat pedagogika universitetining Pedagogika fakulteti Pedagogika kafedrsi o'qituvchilari
S.N.Jamoldinova, J.Abdulloyevlar tomonidan 4-sonli Talabalar turar joyi 4-qavati B blokda "
KAFEDRA KUNI"
munosabati bilan talabalar bilan uchun “
Plagiat yoki iqtibos: chegarani qayerdan chizamiz?”
mavzusida kichik seminar tashkil etildi. Seminar davomida talabalarga boshqa manbalardan olingan matnlardan to‘g‘ri foydalanish, iqtibos keltirish qoidalariga rioya qilish, foydalanilgan adabiyotlarni rasmiylashtirish hamda akademik halollik tamoyillarining mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.
👉
Shuningdek, talabalarning kayfiyatini ko‘tarish, o‘zaro samimiy muloqotini faollashtirish maqsadida turli interfaol metod va qiziqarli psixologik mashqlar o‘tkazildi.
👉
Seminar talabalar o‘rtasida mas’uliyatli ta’lim olish va ilmiy-ijodiy faoliyatda halollik tamoyillariga amal qilishga undashga xizmat qildi.
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy

October 23, 10:22
Media unavailable
8
Show in Telegram

🎓
CHDPU PEDAGOGIKA FAKULTETI
23.10.2026
🧠
Logopediya yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan psixologik trening o‘tkazildi!
🌱
Bugun Pedagogika fakulteti tyutori
Tashmuxamedova Jadira
tomonidan
Logopediya yo‘nalishi 1-kurs talabalari
bilan mazmunli va samimiy psixologik trening tashkil etildi.
🤝
✨
🎯
Treningning asosiy maqsadi
— talabalarni yaqindan tanib olish, ular bilan ochiq va erkin muloqot o‘rnatish, talabalarni qiynayotgan masalalarni tinglash hamda turli hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l topish va muammolardan oqilona chiqib ketish usullari haqida fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
💬
Trening davomida talabalar bilan
erkin suhbat
olib borilib, ularning qiziqishlari, fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Har bir talabaning o‘z fikrini erkin ifodalashi uchun samimiy va qulay muhit yaratildi.
🫶
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
.

October 23, 10:13
Media unavailable
8
1
Show in Telegram

🎓
KAFEDRA KUNI
📅
2️⃣
2️⃣
🔤
1️⃣
🔤
🔤
2️⃣
🔤
2️⃣
6️⃣
CHDPU | PEDAGOGIKA FAKULTETI
✨
“Kafedra kuni” munosabati bilan Maxsus pedagogika kafedrasi professor-o‘qituvchilari 4-sonli TTJda yashovchi talaba qizlarning sharoitlarini o‘rgandi.
🏠
Talabalarning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirilib, muammo va takliflari tinglandi. Shuningdek, qizlar bilan birgalikda manti tayyorlanib, milliy qadriyatlar va jamoaviy hamkorlik targ‘ib qilindi.
🤝
Talabalarga qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda ichki tartib-qoidalarga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
#ChDPU
#PedagogikaFakulteti
#MaxsusPedagogikaKafedrasi
#KafedraKuni
#TTJ
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy