
CHDPU | PEDAGOGIKA FAKULTETI | Rasmiy kanal |
📌
Kontraktni 4 qismga bo‘lib to‘lash mumkin
To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar kontraktni bir yil davomida
4 qismga bo‘lib to‘lashi mumkin:
➡️
25%
— 1-kurslar 15-sentyabrgacha, yuqori kurslar 1-oktyabrgacha
➡️
50%
— 1-yanvargacha
➡️
75%
— 1-martgacha
➡️
100%
— 1-maygacha
❗️
Muddatlar uzaytirilishi mumkin. 1-kurslar uchun muddatni Davlat qabul komissiyasi, boshqa holatlarda OTM rektori belgilaydi.
🔰
Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari va nodavlat oliygohlar kontrakt miqdori va muddatlarini o‘zlari belgilaydi.
‼️
Super-kontrakt
uchun ham bo‘lib to‘lash mumkin, ammo avval
50% to‘lov
amalga oshirilishi kerak.
📝
Kontrakt to‘lovi bo‘yicha ariza
kontrakt.edu.uz
orqali yuboriladi.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
📌
Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha onlayn ariza namunasi
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
1️⃣
kontrakt.edu.uz
axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣
shaxsiy kabinetdan
“Ijara to‘lovlari”
bo‘limi tanlanadi;
3️⃣
“Ariza yuborish”
tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
‼️
Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun
ijara shartnomasi bo‘lishi
talab etiladi.
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati:
👉
http://ijara.soliq.uz
ASOS:
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi
605-son qarori
.
✈️
Obuna bo’ling
➡️
@OTM_Minbari
🎓
CHDPU Pedagogika fakultetida
🛡
KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA PROFILAKTIK UCHRASHUV
🏢
Pedagogika fakultetining 1-kurs talabalari ishtirokida universitet rektori maslahatchisi A.S.Qoʻchqorov, profilaktika inspektorlari J.K Atadjanov , F. Janobiddinova hamda yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari D.I. Ismoilova bilan kiberxavfsizlik va internet firibgarliklarining oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅
Uchrashuv davomida talabalarga internet firibgarligining zamonaviy usullari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havolalardan ehtiyot bo‘lish, bank karta ma’lumotlari va SMS-kodlarni begona shaxslarga bermaslik, shuningdek, smartfonlardan foydalanishda nomaqbul guruh va kanallarga qo‘shilmaslik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
Hushyor bo‘ling! Kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qiling va shaxsiy ma’lumotlaringizni asrang!
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
Pedagogika fakulteti tyutorlari
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
#Milliy
qadriyatlar
11.09.2026 yil
"
MILLIY LIBOSLAR KUNI"
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakultetida 1-bosqich talabalari bilan "
Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining ko‘zgusi"
mavzusida "
Milliy liboslar kuni"
tashkil etildi.
Milliy qadriyatlar — xalqimizning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analari, tili, diniy-ma’naviy merosi, san’ati, madaniyati va axloqiy qarashlaridir. Ular xalqning o‘zligini, tarixini va ma’naviy qiyofasini namoyon etadi.
Milliy qadriyatlar bizni ajdodlarimiz bilan bog‘laydi, kelajakka ishonch bilan qadam tashlashimizga yordam beradi.
Milliy qadriyatlarini asragan xalq — o‘zligini asragan xalqdir.”
Pedagogika fakulteti
Tyutori:
Xo'jaqulov Davronbek
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
#Universitetim_gazetasi
🔔
Ta’lim ziyosi” gazetasining 2026\2027-o‘quv yilidagi ilk soni nashrdan chiqdi
♥️
Universitet gazetasining yangi sonida Rektor tabrigi, 1-kurs talabalarining ilk taassurotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘rin olgan.
✔️
Gazeta bilan Universitetimiz saytida tanishing
👍
"Ta’lim ziyosi"ni o'qib chiqib, albatta o'z munosabatingizni bildiring. Unisersitet gazetasining kelgusi soni Sizning fikrlaringiz asosida nashrga tayyorlanadi.
📷
Universitet Axborot xizmati
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔤
🔥
DIQQAT, E’LON! «BESH TASHABBUS OLIMPIADASI»GA START BERILMOQDA!
🏆
Sportsevar va shijoatli yoshlar! Ommaviy sport musobaqalarida ishtirok etib, o‘z mahoratingizni ko‘rsatish hamda g‘alaba nashidasini surish vaqti keldi!
E’lon qilingan sport turlari bo‘yicha o‘z jamoangizni shakllantiring va musobaqada ishtirok eting:
‼️
Musobaqa quyidagi sport turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi!
⚽️
Mini-futbol:
8 nafar o‘g‘il bola
🏐
Voleybol:
• 9 nafar o‘g‘il bola
• 9 nafar qiz bola
🏀
Stritbol (3x3):
• 5 nafar o‘g‘il bola
• 5 nafar qiz bola
🏃♂️
🏃♀️
Yengil atletika (Estafeta):
2 o‘g‘il bola va 2 qiz bola
🏓
Stol tennisi:
2 o‘g‘il bola va 2 qiz bola
Musobaqa vaqti Pedagog sport klubi rasmiy kanalida e'lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting.
❤
❤
❤
https://t.me/chdpu_pedagog
G‘alaba sari birgalikda intilamiz! Jamoangiz bilan safimizga qo‘shiling!
📣
DIQQAT E'LON
#PEDAGOG_SPORT_KLUBI
BASKETBOL TO‘GARAGI
🏀
CHAQQONLIK, ANIQ NISHON VA YUQORI SAKRASH!
Maydonda yetakchi bo‘lishga va har bir to‘pni savatga aniq tushirishga tayyor misiz? CHDPU
"PEDAGOG" sport klubi
qoshida yangi
Basketbol to‘garagi
o‘z ishini boshladi!
To‘garakda nimalarni o‘rganasiz?
To‘pni to‘g‘ri olib yurish va aniq pas berish mahorati
Uch ochkoli va savat ostidan aniq zarbalar berish texnikasi Jismoniy chidamlilik, sakrash balandligi va tezlikni oshirish ichki, viloyat va respublika bosqichidagi musobaqalarda ishtirok etish
Kimlar uchun:
Basketbolga qiziquvchi barcha o‘g‘il va qizlar
Manzil: CHDPU TURIZM FAKULTETI SPORT ZALI 3-BINO
📞
Ma’lumot uchun:
BASKETBOL TO‘GARAGI MURABBIYI:
Jumadullayeva Aygerim
+998 330180530
https://t.me/chdpu_pedagog
📣
DIQQAT E'LON
VOLEYBOL TO‘GARAGI
#PEDAGOG_SPORT_KLUBI
🏐
ZARBA, JAMOAVIY RUH VA G‘ALABA!
🏐
Siz sport bilan shug‘ullanishni, jamoada o‘ynashni hamda epchillik va reaksiyangizni rivojlantirishni xohlaysizmi? CHDPU "PEDAGOG" sport klubi qoshida yangi Voleybol to‘garagi o‘z faoliyatini boshlaganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!
To‘garakda sizni nimalar kutmoqda?
Professional murabbiylar rahbarligida mashg‘ulotlar
To‘p uzatish, blok qo‘yish va kuchli zarba berish texnikasini o‘rganish Jamoaviy taktikalar va musobaqalarga tayyorgarlik
Sog‘lom turmush tarzi va yangi do‘stlar orttirish imkoniyati
Kimlar uchun:
Barcha xohlovchi yoshlar va sportsevarlar uchun (boshlang‘ich va tajribali darajalar)
Manzil: CHDPU ANIQ FANLAR FAKULTETI SPORT ZALI (1-BINO)
📞
Ma’lumot uchun:
VOLEYBOL TO‘GARAGI MURABBIYI:
Xamzayeva Muhayyo
+998 904021027
https://t.me/chdpu_pedagog
#Podcast
Ilm, tadqiqot va yangi imkoniyatlar
Dastlabki
eksklyuziv podkastimizda ushbu muhim mavzuni atroflicha tahlil qildik.
🎙
Podkast mehmoni:
CHDPU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Baxodir ESHCHANOV
.
📱
Videoni tomosha qilish:
https://youtu.be/kFWpLmgLTVM
🚀
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali:
@tvchdpi2017
📅
9-sentabr 2026-yil
🎓
Pedagogika fakultetida 1-bosqich talabalari universitet hayoti bilan tanishmoqda
Chirchiq davlat pedagogika universitetining
Pedagogika fakultetida
1-bosqichga qabul qilingan talabalar uchun tanishtiruv jarayonlari tashkil etilmoqda.
📚
Talabalar universitetning o‘quv binolari, fakultet faoliyati, mavjud imkoniyatlar va ular uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqdalar. Shuningdek, ularga
registrator ofisi, pedagoglar bog'i, kutubxona va laboratoriyalar
faoliyati haqida ma’lumot berilib, ushbu maskanlar bilan tanishtirildi.
✨
Ushbu jarayon yangi talabalarning universitet muhitiga moslashishi va talabalik hayotini mazmunli boshlashiga xizmat qilmoqda.
https://t.me/Pedagogika_fakulteti_1Rasmiy
CHDPU Pedagogika fakulteti tyutorlari