Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Termiz shahridagi Prezident maktabi

pmtermiz
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi. Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot https://www.instagram.com/pmtermiz https://m.facebook.com/pmtermiz https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
Subscribers
2 740
24 hours
-10
30 days
-174
Post views
1 934
ER
70,58%
Posts (30d)
39
Characters in post
1 019
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 15:36
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Davra_suhbati
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
〽️
Termiz shahridagi Prezident maktabida
“Ota-onalar ovozi - sifatli ta'lim poydevori”
mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🔗
Maktabimiz har bir sinfida Ota-onalar qo'mitasi tashkil etilgan bo'lib, bugungi davra suhbatiga har bir qo'mitadan vakillar faol ishtirok etishdilar.

Yangi o‘quv yilida ota-onalarning maktabdagi ta’lim-tarbiya muhiti, o‘quvchilarning aqlan, ma’nan hamda jismonan sog‘lom voyaga yetishlari borasidagi takliflari, mulohazalari o‘rganildi.
📌
Maktab pedagogik jamoasi hamda ota-onalar hamkorligining istiqbollari belgilab olindi.
🤝
Eng quvonarli holat - qo'mita raislari maktabimiz ta'lim-tarbiya muhitini yanada rivojlantirishda faol ishtirok etib, barcha ota-onalarni jipslashtirayotganidir.
🔗
Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi doimo ota-onalar hamda keng jamoatchilik bilan samarali hamkorlikni davom ettiradi.
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 11, 09:20
Media unavailable
6
Show in Telegram

🇺🇿
“QAYERGA QAYTAMIZ?”
🎥
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilariga chuqur ma’noga ega bo‘lgan
“QAYERGA QAYTAMIZ?”
nomli qisqa film namoyish etildi.
Film qahramonlari —
Xorazmlik Mushtariy Madraximova
hamda
Qashqadaryolik O‘ktam Xo‘jaqulov
. Ular dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olib, katta bilim va tajriba orttirgan bo‘lsalar-da, o‘z kelajaklarini
ona Vatan bilan bog‘lashni tanladilar
.
🔗
Film qahramonlarining hayot yo‘li, tanlovi va Vatanga bo‘lgan sadoqati o‘quvchilar uchun katta motivatsiya manbai bo‘ldi. Zero, dunyoning istalgan nuqtasida ta’lim olish, katta marralarni zabt etish mumkin, ammo
Vatan uchun foydali inson bo‘lish — eng ulug‘ maqsadlardan biridir.

Film davomida o‘quvchilar nafaqat dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olish, balki orttirilgan bilim va tajribani
ona yurt ravnaqi yo‘lida safarbar etish
qanchalik muhim ekanini his qildilar.
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 11, 07:29
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

📰
📰
📰
📰
📰
📰
📰
UNESCO tarixida ilk bor ustozlar vazirlar panelida: o‘zbekistonlik o‘qituvchi jahon pedagoglari nomidan so‘zga chiqdi

Joriy yilning 8-11-sentabr kunlari Fransiyaning Parij shahrida “Sun’iy intellekt davrida ta’lim: Faktlar, muammolar, yangi ufqlar" mavzusida YUNESKOning Raqamli ta’lim haftaligi — 2026 bo‘lib o‘tdi.
Unda dunyoning qator mamlakatlaridan kelgan pedagoglar, ekspertlar va ta‘lim sohasi xodimlari, xususan ISHONCH — Vision 2030 loyihasi mentorlari ishtirok etishdi.
🔰
Tadbirlar davomida sun

iy intellekt, raqamli ta

lim va kelgusi rejalarga bag

ishlangan muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari so‘zga chiqib, ta'limdagi yangi tendensiyalar, sohada raqamli texnologiyalardan foydalanish, shuningdek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ta‘limga e‘tibor va ta‘limda sun‘iy intellekt yo‘nalishidagi tajribalar haqida so‘z yuritishdi.
🌐
Ta‘kidlash joiz:
15 yildan beri UNESCOning Parijdagi Bosh qarorgohida o‘tkazib kelinayotgan Raqamli ta’lim haftaligi
tarixida ilk bor
maktab o‘qituvchilari
ta'lim vazirlari bilan bir qatorda
panel sessiyalarida ishtirok etishdi.
🔹
Bunda o‘zbekistonlik ustoz —
Durdona Boynazarova
butun dunyo ustozlari nomidan so’zga chiqib, ta’limda sun’iy intellekt, bu boradagi siyosatni ishlab chiqishda ustozlarning roli haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek,
Behruz Ruziyev va Sevara Shamsiyevalar
tadbirda o‘z taqdimotlari bilan qatnashishdi.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

September 10, 09:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

Assalomu
alaykum, hurmatli
SAT
imtihoni talabgorlari!
📅
12-sentabr
kuni Termiz shahridagi Prezident maktabida bo‘lib o‘tadigan
SAT
imtihonida ishtirok etuvchi barcha abituriyentlardan imtihon boshlanishidan
1 soat
oldinroq kelishlarini so‘raymiz.
O‘zingiz bilan albatta olib kelishingiz shart:

ID-karta
yoki
Pasport
(asli)

Admission Ticket
(chop etilgan yoki elektron)

Noutbuk / Planshet
(zaryadi to‘liq to‘ldirilgan holda)

Kalkulyator
(ixtiyoriy, Bluebook ichida ham mavjud)

Yengil shirinlik va suv
ENG MUHIM TEXNIK TALABLAR (Bluebook):
🖊
Noutbukingizga
Bluebook
dasturi o‘rnatilgan va oxirgi versiyasigacha yangilangan bo‘lishi shart.
🖋
Noutbukingiz operatsion tizimi kamida
Windows 11
versiyasida bo‘lishi zarur
🖋
Mac/iPad foydalanuvchilari diqqatiga:
Imtihon xonasiga kirib, dasturga kirishdan oldin Bluebook ilovasini bir marta to‘liq yopib, qayta yuklab (restart) oling.
🔊
7:00 dan boshlab talabgorlarning xonalarga kiritilishi boshlanadi.
🔊
8:00 da eshiklar yopiladi va imtihon boshlanadi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 10, 09:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.

Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X

September 09, 13:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Hamkorlik
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
🎥
Termiz shahridagi Prezident maktabi Chavandozlik mahorat maktabi hamda Turon yakka kurash federatsiyasiyalari bilan tuzilgan hamkorlikdan videolavha.
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 08, 04:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Vakant
#Prezident_maktabi
🏫
Termiz shahridagi Prezident maktabi
jamoasiga malakali va tashabbuskor pedagoglarni taklif etadi!
📚
Quyidagi fanlar bo'yicha vakant o'rinlarini e'lon qiladi:
🔹
Ingliz tili fani o'qituvchisi
🔹
Biologiya fani o'qituvchisi
🔹
Fizika fani laboranti

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar:
➡️
Birinchi hamda oliy toifa;
➡️
Kamida 3 yillik pedagogik ish tajribasi;
➡️
Ingliz tili fani o'qituvchisi uchun
IELTS 7.5+
(yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat);
➡️
Biologiya hamda fizika fani o'qituvchisi uchun ingliz tilini kamida
B2
darajada bilish;
🌟
Agar siz zamonaviy ta'lim muhitida faoliyat yuritish, iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash va professional jamoaning bir qismi bo'lishni istasangiz, biz sizni kutamiz!
📌
Nomzodlar joriy yilning 17-sentabr sanasiga qadar soʻralgan maʼlumotlarni quyidagi manzilga yuborishlaringiz so'raladi:
@Aziza1114
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 07, 15:08
Media unavailable
7
Show in Telegram

#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabida to‘garaklar taqdimoti o‘tkazildi.
📌
Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan
madaniy, sport hamda intellektual to‘garaklar taqdimoti
o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilarga maktabda faoliyat yuritayotgan turli yo‘nalishdagi to‘garaklar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔗
Taqdimot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishib, yangi yo‘nalishlarda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
📈
Mazkur to‘garaklar o‘quvchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, balki ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iste’dod va qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 05, 08:47
Media unavailable
5
Show in Telegram

#Hamkorlik
#Prezident_maktabi
#Turon_yakka_kurash
Yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy sport turlarini rivojlantirish bugungi kun talablaridan biridir.
🔗
Termiz shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan oʻquvchi-yoshlarni jismonan baquvvat hamda vatanparvarlik ruhida kamol toptirish maqsadida O‘zbekiston Turon yakka kurash federatsiyasi Surxondaryo bo‘limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
🤝
Hamkorlikdan koʻzlangan asosiy maqsad Prezident maktabi o‘quvchilarini “Turon yakka kurashi” sport turiga keng jalb etish, ularga mazkur sport turining asosiy qoidalari, usullari va texnik-taktik sirlarini o‘rgatish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini keng yo‘lga qo‘yish.
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

September 03, 15:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

#OAV_nigohida
#Munavvar_kun
Surxondaryo MTRK|
Termiz shahridagi Prezident maktabida
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
shiori ostida o‘tkazilgan
“Birinchi qo‘ng‘iroq”
bayram tadbiri.
Bizni kuzatib boring
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube