
Termiz shahridagi Prezident maktabi
#hafta_dayjesti
📌
Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan eng muhim voqealar
🔹
1-dekabr — Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
🔹
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari “Muruvvat karvoni” loyihasini amalga oshirdi.
🔹
Bir oilaning ikki nafar farzandi Prezident maktabi o‘quvchisi…
🔹
“KONSTITUTSIYAM – PORLOQ HAYOTIM POYDEVORI” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi.
🔹
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida Termiz shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazildi.
🔹
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida faxrli o‘rinlarni egalladi.
🔹
Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari Xalqaro iqtisod olimpiadasining hududiy (Surxondaryo viloyati) bosqichida faxrli o‘rinlarni egalladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
8-dekabr — Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Hurmatli yurtdoshlar!
Bugun xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng ahamiyatli sanalardan biri —
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun
ni nishonlamoqdamiz. Asosiy Qonunimiz – yurtimiz taraqqiyoti, jamiyatimiz barqarorligi va har bir fuqaroning huquqini kafolatlaydigan mustahkam poydevordir.
Bayram bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Konstitutsiya bizga erkin fikrlash, orzu qilish, yaratuvchan bo‘lish, eng muhimi, o‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurish imkonini bergan buyuk hujjatdir.
Agentligimiz jamoasi uchun esa bu sana yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim – jamiyat ravnaqi va demokratik qadriyatlar mustahkamlanishining eng asosiy omillaridan biridir. Konstitutsiyamizda belgilangan
har bir bola sifatli ta’lim olishga haqli
degan tamoyil bizning kundalik faoliyatimizning bosh maqsadi va mas’uliyatidir.
Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar uchun zamonaviy, adolatli va ochiq ta’lim tizimini yaratish yo‘lida amalga oshirilayotgan har bir islohot, har bir tashabbus aynan Asosiy Qonunimizda o‘z aksini topgan yuksak g‘oyalarga tayanadi.
Shu muborak kunda barchangizga tinchlik, farovonlik, yangi marralar va bardavom rivoj tilaymiz.
Yurtimizning porloq kelajagi — bilimli, faol va ongli avlod qo‘lida. Biz esa ular uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratishda davom etamiz.
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalari agentligi
.
Bizni kuzatin
g
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga
bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление
народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#natijalar
#Xalqaro_iqtisod_olimpiadasi
📌
Xalqaro iqtisod olimpiadasining hududiy (Surxondaryo viloyati) bosqichida Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egalladi
🥇
10-sinf o‘quvchisi
Salomova Mohinur 1-o‘rin;
🥈
10-sinf o‘quvchisi
Tojiboyev
Shohruh
2-o‘rin;
🥉
10-sinf o‘quvchisi
Erkinov
Alisher
3-o‘rin.
O‘quvchilarimizni erishgan ushbu natijalari bilan tabriklab, keyingi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
💐
💐
💐
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#natijalar
#asosiy_olimpiada
⚡️
Asosiy olimpiadaning uchinchi (viloyat) bosqichida Termiz shahridagi Prezident maktabining bir qator o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egalladi.
Jumladan:
🥇
9-sinf o‘quvchisi Mansurova
Madina
ingliz tili
fanidan
1-o‘rin
;
🥈
10-sinf o‘quvchisi Murotov Manuchexr
ingliz tili
fanidan
2-o‘rin;
🥈
10-sinf o‘quvchisi Xayrullayeva Baxoraxon
informatika
fanidan
2-o‘rin;
🥈
9-sinf o‘quvchisi Abduxalimov Usmonbek
informatika
fanidan
2-o‘rin;
🥉
10-sinf o‘quvchisi Zokirov
Zafar
informatika
fanidan
3-o‘rin;
🥉
9-sinf o‘quvchisi Xo‘shboqova Hosila
ingliz tili
fanidan
3-o‘rin;
🥉
10-sinf o‘quvchisi Uralova Jasmina
ingliz tili
fanidan
3-o‘rin
sohibi bo‘ldilar.
💐
O‘quvchilarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz!
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
#Xorazm
Bugun Xorazmdamiz. Viloyatdagi bir qancha ta’lim muassasalarida bo‘ldik. Dastlab davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Urganch shahrida yaqinda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan
Al-Xorazmiy universitetida
bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdik.
Keyingi manzillarimiz
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning Urganch filiali
,
Urganch davlat universiteti, Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi, Xiva shahridagi Prezident maktabi, viloyatdagi professional ta’lim muassasalari, maktablar, talabalar turar joylari
bo‘ldi.
O‘rganishlarimiz davomida ta’lim sifati, muassasalardagi infratuzilma, talaba va pedagoglar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.
Mas’ullar, pedagog va talabalar jamoasi bilan muloqot qilib, mavjud muammolar, kelgusi rejalar bo‘yicha gaplashib oldik.
Viloyatlar bo‘ylab o‘rganishlarimiz davom etadi.
@hilola_umarova
#sayyor_qabul
#Surxondaryo_viloyati
🤩
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi rahbariyati ishtirokida Termiz shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul oʻtkazildi.
✅
Sayyor qabul davomida 20 dan ziyod fuqaro o‘z murojaatlarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosariga toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazish imkoniga ega boʻldi.
🗣
Murojaatlar mazmuni o‘quvchilarning o‘qishini boshqa ta’lim muassasalariga ko‘chirish, dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish kabi masalalarni qamrab oldi.
❗️
Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, ularni nazoratga olish belgilandi.
Bizni kuzatin
g
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
#anʼanaga_aylangan_tanlov
#Termiz_shahri
⚖️
Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan maktabimizda “KONSTITUTSIYAM – PORLOQ HAYOTIM POYDEVORI”
nomli tanlov bo‘lib o‘tdi.
📝
“BLUE” va “GREEN”
sinf o‘quvchilari turli huquqiy shartlarda kuch sinashdilar. Jumladan, Bosh Qomusimizdagi normalar asosida tuzilgan
“Zakovat”
o‘yini, konstitutsiyalar tarixi haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, jadid bobolarimiz hayoti aks etgan sahna ko‘rinishi hamda qiziqarli ijodiy topshiriqlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Badiiy chiqishlar esa tadbir qatnashchilariga yuqori kayfiyat ulashdi.
🏆
Hakamlar tomonidan jamoalarning chiqishlari, aniq mezonlarga asoslangan shartlar asosida, shaffof baholandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra,
“BLUE”larning “QOMUS”
va
“GREEN”larning “ADOLAT”
jamoalari o‘rtasida kechgan murosasiz
“JANG”
da,
“Osmon yorqin yulduzi — O‘zbekiston qomusi”
shiorini baland tutgan
“QOMUS”
jamoasi g‘alaba qozonib, sertifikat va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan taqdirlandilar.
💐
💐
💐
🎉
🎉
🎉
@pmtermiz
✅
✅
✅
✅
✅
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova Xorazm viloyati, Urganch shahrida yaqinda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Al-Xorazmiy universitetida bo‘lib, o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
➖
Oʻrganishlar davomida taʻlim maskanidagi zamonaviy infratuzilma, talabalar uchun qulay sharoitlarni tashkil etish bilan bogʻliq ishlarni koʻzdan kechirdi.
🔰
Xususan, zamonaviy oʻquv xonalari, faollar zali va oliygohda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi.
⏰
Shuningdek, pedagoglar va talabalar bilan taʼlim sifatini oshirishda zamonaviy koʻnikmalarni qoʻllash, bugungi kun talablariga mos kasblarni egallashda ularning oʻrni xususida atroflicha muloqot olib bordi.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
ILM YO‘LI.
Iqtidorli yoshlar — mamlakat tayanchi, yurt iftixori!
Farzandlarini Prezident maktabida o‘qitish har bir ota-onaning orzusi desak adashmagan bo‘lamiz. Va bu orzusi ushalgan ota-onalarning quvonchi cheksiz.
Termiz shahridagi Prezident maktabida bir emas ikki nafar farzandlari tahsil olayotgan oilalar bir nechta.
Bugun biz ana shunday baxtli oilalardan biri bilan suhbatlashdik.
Surxondaryo viloyatining olis tumanlaridan biri Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi Hamroqulovlar oilasining ikki nafar farzandlari bor: Hamroqulov Rizvonbek hamda Hamroqulov Imronbek.
Quvonarlisi Rizvonbek ham Imronbek ham Prezident maktabi o‘quvchisi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan.
Ularning ota-onalari Firo‘z aka hamda Musammo opa o‘zlarining samimiy fikrlari, farzandlarining bilim sari intilishi va oiladagi mehr-muhabbat haqida so‘zlab berdi.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube