Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

PORTAL24 | Rasmiy kanal

portal24_official
O‘zbekiston hayoti haqida yangiliklar OAV sifatida 484302-sonli guvohnoma asosidan rasmiy qayd etilgan. 👉 Tahririyat bilan aloqa: @portal24_murojaat
Subscribers
14 493
24 hours
-521
30 days
-11 104
Post views
633
ER
4,37%
Posts (30d)
427
Characters in post
479
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 12:40
Media unavailable
3
Show in Telegram

Toshkentda qariyb 4 gektarlik hududda Oʻzbekiston Milliy muzeyi qurilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zi tamal toshini qoʻygan Oʻzbekiston Milliy muzeyi qurilishini ko‘zdan kechirdi. Loyiha yaponiyalik meʼmor Tadao Ando tomonidan yaratilgan va Xitoy kompaniyasi qurmoqda. Luvr, Metropoliten va Britaniya muzeylari bilan qoʻshma koʻrgazmalar oʻtkazish boʻyicha hamkorlik qilinishi ko‘zda tutilgan.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/6/toshkentda-qariyb-4-gektarlik-hududda-ozbekiston-milliy-muzeyi-qurilmoqda

September 11, 12:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

NKMKning “Pistali” konida baxtsiz hodisa oqibatida ikki ishchi halok bo‘ldi
10-sentabr kuni NKMKning “Pistali” konida shinomontaj ishlari vaqtida avtomobil shinasi portlashi oqibatida ikki nafar ishchi halok bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/9/nkmkning-pistali-konida-baxtsiz-hodisa-oqibatida-ikki-ishchi-halok-boldi

September 11, 10:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Rossiya Adliya vaziri MDHda mahkumlarni vataniga topshirishni soddalashtirishni taklif qildi
Rossiya Adliya vaziri Konstantin Chuychenko MDH davlatlari bilan mahkumlarni topshirishga oid xalqaro shartnomalar mavjudligini qayd etdi. U mahkumning jazoni o‘z vatanida o‘tashi uning yaqinlari bilan ijtimoiy aloqalarini tiklash, keyinchalik jamiyatga qayta moslashishiga yordam berishini bildirdi.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/8/rossiya-adliya-vaziri-mdhda-mahkumlarni-vataniga-topshirishni-soddalashtirishni-taklif-qildi

September 11, 10:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo asosan kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat biroz pasayib, kunduzi 25–30 daraja, ayrim joylarda 32, janubda esa 35 darajagacha yetishi kutilmoqda.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/9/glinka-kochasidagi-hodisadan-song-yana-10-ta-gaz-sizib-chiqish-holati-aniqlandi

September 11, 07:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

Chirchiqda yuk mashinasining yarim tirkamasi uzilib, xonadon devorini buzib kirdi
Chirchiq shahrida kombayn ortib ketayotgan yuk avtomobilining yarim tirkamasi uzilib, yo‘l chetidagi xonadon hududiga kirib ketgan. Jabrlanganlar yo‘q, zarar qonunchilik tartibida qoplanadi.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/9/chirchiqda-yuk-mashinasining-yarim-tirkamasi-uzilib-xonadon-devorini-buzib-kirdi

September 11, 07:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Glinka ko‘chasidagi portlashdan so‘ng yana 10 ta gaz sizib chiqish holati aniqlandi
3-sentyabr kuni Glinka ko‘chasida yuz bergan chaqnashdan so‘ng Toshkentdagi gaz tarmoqlarida o‘tkazilgan tekshiruvlarda 10 ta gaz sizib chiqish holati aniqlandi. Ularning 4 tasi o‘rta, 6 tasi past bosimli gaz quvurlarida qayd etilib, barchasi bartaraf etildi.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/9/glinka-kochasidagi-hodisadan-song-yana-10-ta-gaz-sizib-chiqish-holati-aniqlandi

September 11, 07:11
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sirdaryoda Ekopolitsiya xodimi xizmat vaqtida halok bo‘lishi ortidan 3 kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Sirdaryo daryosida xodim reyd vaqtida elektr qarmoq bilan baliq ovlayotgan brokonyerlarni toxtatishga urinib, ularning qarshiligi oqibatida suvga tushib ketgan. Bir kun ichida uning jasadi topilgani, “Tabiat himoyachisi” ko‘krak nishoni berilgani xabar qilindi.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/9/sirdaryoda-ekopolitsiya-xodimi-xizmat-vaqtida-halok-bolishi-ortidan-3-kishiga-jinoyat-ishi-qozgatildi

September 11, 06:56
Media unavailable
3
Show in Telegram

O‘zbekiston harbiy-havo kuchlari uchun ilk C-390 Millennium samolyoti taqdim etildi – Embraer
Braziliyaning
Embraer
kompaniyasi O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari uchun ishlab chiqarilgan ilk C-390 Millennium harbiy-transport samolyotini namoyish etdi.
Kompaniya bu haqda Instagram’dagi rasmiy sahifasida
ma’lum qildi
. Qayd etildiki, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda C-390 Millennium samolyotining ilk mijozi.
“C-390 Millennium — O‘zbekistonning transport va gumanitar missiyalarini amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytiradi, shuningdek, mamlakatning havo orqali yuk va shaxsiy tarkib tashish salohiyatini mustahkamlash hamda Harbiy-havo kuchlarini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi”, deyilgan xabarda.
👉
Portal24 kanaliga obuna
👉
Tahririyat bilan aloqa

September 11, 06:29
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zbekistonda 2026-yil kuzi sernam kelishi kutilmoqda
Jahon meteorologiya tashkilotining mavsumiy prognozlariga ko‘ra, 2026-yil kuzida O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchilik me’yordan ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Mutaxassislar tarixiy El-Nino davrlari bilan qiyoslab, 2026–2027-yil qishi sernam, 2027-yil yozi esa juda issiq kelishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/6/ozbekistonda-2026-yil-kuzi-sernam-kelishi-kutilmoqda

September 11, 05:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Sirdaryoda pora talab qilgan sobiq IIB xodimlari 5 va 6 yilga qamaldi
Xovos tumani IIBning 2 nafar sobiq tezkor xodimi jinoyat ishini ma’muriy huquqbuzarlikka aylantirib berish evaziga 35 mln so‘m talab qilganlikda aybdor deb topildi. Sud hukmi bilan ulardan biri 5 yil 1 oyga, ikkinchisi 6 yil 1 oyga ozodlikdan mahrum qilindi.
🔗
Batafsil:
https://portal24.uz/uz/9/sirdaryoda-pora-talab-qilgan-sobiq-iib-xodimlari-5-va-6-yilga-qamaldi