
PORTAL24 | Rasmiy kanal
❤️
Ozarbayjon Qashqadaryodagi konda oltin qidirish ishlarini boshlamoqda
Ozarbayjonning “AzerGold” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekistonda o‘zining ilk xorijiy sho‘ba korxonasi – “AzerGold Uzbekistan”ni rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Yangi tashkil etilgan kompaniya Qashqadaryo viloyatida joylashgan Akba konida kompleks geologik qidiruv ishlarini olib boradi hamda oltin zaxiralarini
baholaydi.
@portal24_official
⚡️
Harri Keyn ilk marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘ldi
Myunxenning “Bavariya” klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn 2026-yilgi “Oltin to‘p” mukofotini qo‘lga kiritdi. 33 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda klub va terma jamoa safida jami
73 ta gol
urib, Lamin Yamal va Kilian Mbappeni raqobatda ortda qoldirdi.
U mavsum davomida “Bavariya” bilan Germaniya chempionati va kubogini yutib, Angliya terma jamoasini Jahon chempionati yarim finaliga qadar yetaklab borgandi. Shuningdek, u eng yaxshi to‘purarga beriladigan Gerd Myuller sovriniga ham loyiq ko‘rildi.
“Mening yo‘lim oson bo‘lmagan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri cho‘qqiga chiqmaganman. Ko‘plab ijara asosidagi o‘tishlarni boshdan kechirib, bugungi darajaga yetdim. Umid qilamanki, bu yosh futbolchilarga ilhom bag‘ishlay oladi”,
dedi hujumchi.
@portal24_official
“Men 100 mlndan ko‘proq oylik olaman” – Dilshod Mirzamurodov
Prezident Shavkat Mirziyoyevning kino sohasi vakillari bilan uchrashuvida aktyor va prodyusser Dilshod Mirzamurodov eng birinchi 16 mln oylik olgani, hozir esa oyiga 100 mln so‘mdan oshiqroq daromad topayotganini
aytdi
.
@portal24_official
Oʻzbekiston soʻmining qiymati AQSh dollariga nisbatan pastladi
2026-yil 27-oktabr uchun Markaziy Bank tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bilan tanishing.
@portal24_official
Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi
Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda so‘nggi paytlarda yoshlarning oilaviy hayotga yetarlicha tayyorgarlik ko‘rmasdan turmush qurayotgani va mas’uliyatsizlik sababli ajrimlar soni ortib borayotgani
ta’kidlandi
.
@portal24_official
“Bugun xalqning ovozi eshitildi!” – Serbiyada talabalar partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozondi
Serbiyada 25-oktabr kuni muddatidan oldin parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatdagi muxolifat kuchlarini birlashtirgan “Talabalar ro‘yxati” partiyasi g‘olib bo‘ldi. Sobiq prezident va hukmron partiya yetakchisi Aleksandr Vuchich mag‘lubiyatni tan oldi.
Serbiyada muddatidan oldin parlament saylovi o‘tkazish rejasi mamlakatda anchadan beri davom etayotgan namoyishlar fonida qabul qilindi. Namoyishlar nega
boshlangandi
?
@portal24_official
Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisi va aktivlarini qariyb 98,4 milliard so‘mga sotib olmoqda
Tadbirkor Oybek Tursunov Perfectum mobil operatorining Toshkent shahridagi bosh ofis binosi va 2 mingdan ortiq asosiy vositalarini xarid qilmoqda.
Bitimning umumiy qiymati qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga 98,37 milliard so‘mni tashkil
etadi.
@portal24_official
Rasmda tasvirlangan ushbu odamlar SSSR davrida nega dorga osilgan?
Kanalga obuna bo‘ling, haftalik viktorinalarimizda qatnashing va sovrinlar yutib oling!
Shahrisabz ko‘chasida yangi avtobus yo‘lagi ochilib, Sergeli va Yunusobod o‘rtasida uzluksiz jamoat transporti yo‘li shakllantirilmoqda
Toshkent shahrining Shahrisabz ko‘chasida uzunligi qariyb 1 kilometr bo‘lgan yangi alohida avtobus (BRT) yo‘lagi rasman foydalanishga topshirildi.
Yo‘l harakatini tashkil etish markazining ma’lum qilishicha, ushbu ajratilgan yo‘lak Amir Temur shohko‘chasi kesishmasidan Mahtumquli ko‘chasi kesishmasigacha, ya’ni Sharqshunoslik universitetidan 6-sonli tug‘uruqxona majmuasigacha
uzaygan.
@portal24_official
O’zbekistonda jarrohlik operatsiyasi robot yordamida amalga oshirildi
Toshkentdagi Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya markazida sun'iy intellekt bilan boshqariladigan robot-assistent yordamida tos-son bo'g'imi endoprotezlash operatsiyasi bajarildi. Jarayon Respublikamizning barcha viloyatlariga jonli translyatsiya
qilindi.
@portal24_official