
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda Toshkent shahrini
kuz-qish mavsumiga tayyorlash, kommunal va energetika infratuzilmasining barqaror ishlashini ta’minlash
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ham ko‘rib chiqildi.
“Dolzarb 40 kunlik”
doirasida shahardagi
2 ming kilometr ariq chiqindilardan tozalandi, 500 ming tup mevali va manzarali daraxt hamda gul ko‘chatlari ekildi.
Elektr ta’minotida muammo bo‘lgan
114 ta mahallada transformatorlar yangilanib, 443 tasi ta’mirlandi. 600 kilometr elektr tarmog‘i almashtirilib, 2,5 mingta yoritish ustuni soz holatga keltirildi.
Noqonuniy iste’molning oldini olish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish hisobiga bir oyda poytaxtda
11 million kilovatt-soat elektr energiyasi va 10 million kub metr tabiiy gaz tejaldi.
Elektr va gaz tarmoqlaridagi
yo‘qotishlarni qariyb 1 foizga kamaytirishga erishildi.
Mutasaddilarga
noqonuniy qurilmalarni aniqlash, qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash ishlarini tizimli davom ettirish
topshirildi.
Olmazor misolida ko‘rib chiqilgan vazifalar poytaxtning barcha tumanlariga birdek tegishli ekani
qayd etildi.
Yakunda poytaxt tumanlari hokimlari va boshqa rahbarlarning axboroti tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
Olmazor tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan yangi ish uslubi
natijalarini ham tahlil qildi.
Yil boshidan tumanga
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining professor-o‘qituvchilari biriktirilgan.
Ular
23 nafar tergovchi bilan ishlab,
hududda ko‘p uchraydigan jinoyatlarning oldini olish va tergov samaradorligini oshirish bo‘yicha
zamonaviy metodikalarni joriy etmoqda.
Akademiyaning
20 nafar talabasi esa dual ta’lim asosida tajribali tergovchilar va profilaktika inspektorlariga biriktirilgan.
Bu ularning amaliy tayyorgarligini kuchaytirish bilan birga
mahallalarda profilaktika ishlariga ham ko‘mak bermoqda.
Natijada tumandagi
64 ta mahallaning 13 tasida jinoyat sodir etilmagan, kriminogen vaziyati og‘ir toifadagi mahallalar esa qolmagan. Ayollar ishtirokidagi jinoyatlar 22 tadan 10 taga kamaygan, muqaddam jazo o‘tagan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlari kuzatilmagan.
Shu bilan birga, y
oshlar o‘rtasidagi jinoyatchilik va tan jarohati bilan bog‘liq holatlar hali ham alohida e’tibor talab qilishi
qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish bo‘yicha samarali profilaktika mexanizmlarini
ishlab chiqib,
Olmazor tajribasini shakllantirish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda
maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish
masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Hozir
Olmazor tumanida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 67 foizni
tashkil etmoqda. Aholisi zich hududlarda
mavjud bog‘chalar quvvatini kengaytirish orqali bu ko‘rsatkichni sezilarli oshirish
mumkinligi
ta’kidlandi.
441-sonli bog‘cha
hududida mavjud
385 o‘ringa qo‘shimcha 450 o‘rinli yangi bino qurilishi
natijasida
mahallaning ehtiyoji to‘liq qoplangan.
Ushbu tajriba asosida yil yakuniga qadar
Olmazorda kamida yana 5 ta shunday loyihani boshlash
belgilandi.
Poytaxtning
boshqa tumanlarida ham aholisi zich mahallalar aniqlanib, bog‘cha infratuzilmasini kengaytirish bo‘yicha loyihalar tayyorlanadi.
Shu bilan birga, Toshkentda
transport tirbandligi tobora dolzarb bo‘lib borayotgani
qayd etildi. Bugun poytaxt ko‘chalarida
kuniga 1,5 millionta transport vositasi
harakatlanmoqda.
Tirbandlikni
faqat yo‘llarni kengaytirish, ko‘prik va tunnellar qurish bilan hal etib bo‘lmasligi
ta’kidlanib,
piyodalar va avtomobillar harakatini xavfsiz va samarali boshqarish uchun intellektual transport tizimlarini joriy etish bo‘yicha ishlarni yil yakuniga qadar boshlash
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda
Olmazor tumanining ta’lim va ilmiy salohiyatidan samarali foydalanish, talabalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish
masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Bu yerda bir vaqtning o‘zida
75 ming nafar talaba
tahsil oladi. Shu bois, ularning
o‘qishi va yashash sharoiti, bandligi, tadbirkorligi, madaniy hayoti va xavfsizligini qamrab oladigan yaxlit boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘yish
zarurligi ta’kidlandi.
“Yoshlik” shaharchasi hokimligi tizimida talabalarning ta’lim-tarbiyasi, bandligi, ijtimoiy ta’minoti va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan
alohida mas’ullar faoliyati tashkil etiladi.
Tumanda
7 ta oliygohga qarashli 41 ta talabalar yotoqxonasida qariyb 18 ming nafar yosh
istiqomat qiladi. Ularning
yashash sharoitini yaxshilash, yotoqxonalar atrofini obod saqlash, yashil hududlar va “buk-kafe”larni ko‘paytirish, madaniy tadbirlarni muntazam tashkil etish uchun alohida Direksiya tuziladi.
Talabalar shaharchasida tashkil etilgan
Vaziyatlar markazi
orqali
oliygoh va yotoqxonalarga kirib-chiqish hamda davomatni onlayn nazorat qilish amaliyoti yaxshi natija berayotgani
qayd etildi.
Mazkur tizimni yil yakunigacha
Toshkent shahrining boshqa tumanlariga, kelgusi yili esa mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalariga joriy etish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Olmazor tumanida
mehnat bozori talabi bilan kadrlar tayyorlash tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni kuchaytirish
masalasi ham muhokama qilindi.
Bugun tumandagi
ish beruvchilarga 4 mingdan ziyod o‘rta maxsus ma’lumotli
hamda
qariyb 1 ming nafar maxsus ma’lumot talab etilmaydigan yo‘nalishlarda
ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud.
Shu bois, Olmazor kasbiy ko‘nikmalar markazi negizida
axborot texnologiyalari va ilg‘or innovatsiyalar bo‘yicha 400 o‘rinli texnikum
, sobiq
Toshkent arxitektura-qurilish kolleji binosida zamonaviy kasb-hunar markazi
tashkil etiladi. Boshqa mavjud binolardan ham kasbga o‘qitish maqsadida samarali foydalaniladi.
Xorij mehnat bozoriga maqsadli tayyorgarlikni kuchaytirish uchun
Germaniyaning xususiy o‘quv markazlari bilan 500 kishiga mo‘ljallangan nemis tili kurslarini tashkil etish, Chexiya va Slovakiya uchun tibbiyot xodimlarini tayyorlash
rejalashtirilgan.
Shuningdek,
Germaniya, Yaponiya, Koreya va Buyuk Britaniyadan 20 ta yirik rekruting kompaniyasini
jalb qilish, F
ransiya kompaniyalari bilan yiliga 1,5 ming nafar fuqaroni mavsumiy ishlarga joylashtirish
bo‘yicha loyihalar amalga oshiriladi.
Yoshlar shaharchasida
42 gektar maydonda IT-park, yuqori texnologiyali sanoat va ta’lim obyektlarini birlashtirgan innovatsion klasterni tashkil etish
ishlarini yil yakuniga qadar boshlash vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Mahallalarda
kichik biznes va xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlardan
samarali
foydalanish
zarurligi ta’kidlandi.
Ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatlarini savdo va servis faoliyatiga moslashtiris
h imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Shu bilan birga, Toshkent shahrida
biznes boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlar uchun garovsiz kredit limiti 100 million so‘mdan 200 million so‘mga oshiriladi.
Olmazor tumanida ushbu imkoniyatlardan foydalanib, joriy yilning o‘zida
300 nafar yangi tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash va 1 mingta ish o‘rni yaratish
belgilandi. Mazkur tajribani poytaxtning boshqa tumanlariga ham kengaytirib, yil yakunigacha
20 ming nafar aholini daromadli ish bilan ta’minlash
vazifasi qo‘yildi.
Miskin va Ibrohim ota mahallalari hududidagi
305 gektar sanoat zonasida 504 ta tadbirkorlik obyekti
mavjud. Ularning aksariyati 1-2 qavatli binolarda joylashgani sababli hududning iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanilmayapti.
Bu yerda ish o‘rinlarini hozirgi
35 mingtadan 100 mingtaga, eksport hajmini esa 600 million dollarga yetkazish
imkoniyati borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Tadbirkorlarga
sanoat ipotekasi, kredit va lizing kabi qulay moliyaviy instrumentlarni taklif etib, sanoat hududida yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan yangi loyihalar boshlanishi
belgilandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda
davlat mulkini xususiylashtirish orqali yangi investitsiya va biznes loyihalarini amalga oshirish
imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Birgina
Olmazor tumanining o‘zida qiymati 100 milliard so‘m bo‘lgan 52 ta davlat obyekti savdoga chiqarilmoqda.
Ularni
tayyor biznes loyihalari bilan birga tadbirkorlarga taklif etish
budjet tushumlari va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga,
aholining ko‘proq piyoda yurishi, sport bilan shug‘ullanishi va ochiq havoda dam olishi uchun zamonaviy infratuzilma yaratish
masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Qichqiriq mahallasida
2,5 kilometr soybo‘yi hududida
ekosayilgoh va 12,5 kilometr piyodalar yo‘lagi
tashkil etilgan. Bu aholi orasida
ertalab badantarbiya qilish
va
kechqurun piyoda sayr qilish odatini kengaytirishga
xizmat qilmoqda.
Poytaxtdagi
kanal va katta ariqlar bo‘yini aholi uchun ochiq va xavfsiz sayr hududiga aylantirish
taklif qilindi. Jumladan,
Bo‘zsuv kanalining Shahidlar xotirasi xiyobonidan Chilonzor tumanigacha
bo‘lgan qismida
20 kilometrlik uzluksiz piyodalar yo‘lagini t
ashkil qilish imkoniyati mavjud.
Bu borada
bir oy ichida alohida loyiha ishlab chiqish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Poytaxtning tarixiy qismi –
Eski shahar hududini kompleks rivojlantirish
masalasi ham muhokama qilindi.
Xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan holda 1-noyabrga qadar
mazkur hududni rivojlantirish bo‘yicha yagona konsepsiya va aniq loyihalar portfelini ishlab chiqish
vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda poytaxtdagi
davlat idoralariga tegishli binolardan samarali foydalanish
masalasiga ham e’tibor qaratildi. Bugun Toshkentda
umumiy maydoni 765 ming kvadrat metr bo‘lgan 497 ta ma’muriy bino
mavjud.
Davlat tashkilotlarini maqbul tarzda joylashtirish, bo‘sh va samarasiz foydalanilayotgan maydonlarda savdo, servis, xususiy tibbiyot va ta’lim xizmatlarini yo‘lga qo‘yish
zarurligi qayd etildi.
Mas’ullarga
davlat idoralari binolarini xatlovdan o‘tkazib, maqbul maydonlarni tadbirkorlarga kafolatli shartlarda uzoq muddatli ijaraga berish
bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Olmazor tumanida
mahalla va ko‘chalarni kompleks rivojlantirish
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Yil boshidan tumandagi
9 ta ko‘cha biznes, aholi va sayyohlar uchun jozibador hududga
aylantirildi. Bu borada
Qichqiriq mahallasidagi o‘zgarishlar yaxshi natija bergani
qayd etildi.
Ilgari infratuzilmasi yetarli bo‘lmagan hududda
qisqa vaqt ichida 450 o‘rinli bog‘cha, sport maydonchalari, sayilgoh, amfiteatr, piyodalar yo‘lagi va favvoralar
barpo etildi. Natijada
5,5 ming nafar aholi uchun yashash va dam olish sharoiti sezilarli darajada yaxshilandi.
Ushbu tajribani kengaytirib,
Olmazorda yana 8 ta ko‘chada, poytaxtning qolgan 11 ta tumanida esa kamida 3-4 tadan ko‘chada shu kabi ishlar boshlanishi
belgilandi.
Toshkent shahridagi
100 ta ko‘chani kompleks yangilash
uchun
1 trillion so‘m
ajratilgan. Shuningdek,
400 ta mahallani “Qichqiriq” namunasi asosida obod qilish
bo‘yicha
4 yillik, 10 trillion so‘mlik dastur
ishlab chiqiladi.
Har bir tumanda
qaysi ko‘cha va mahallada, qachon va qanday o‘zgarish bo‘lishi aniq belgilab olinib,
mahalliy kengashlarda muhokama qilinishi va
aholiga ochiq e’lon qilinishi
zarurligi ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Yig‘ilishda Toshkent shahrida
investorlar bilan ishlash tizimi samaradorligi
ham ko‘rib chiqildi.
Joriy yilda poytaxtning 12 ta tumani bo‘yicha
9 milliard dollar investitsiya jalb qilish
rejalashtirilgan. Biroq
ayrim hududlarda belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish uchun ishlarni yanada jadallashtirish zarurligi
ko‘rsatib o‘tildi.
Investorlarning masalalarini idorama-idora yurmasdan, bevosita joyida hal qilish uchun alohida ish tizimi
joriy etilishi belgilandi. Respublika va shahar darajasidagi mas’ullar
har hafta tumanlarga chiqib, tadbirkor va investorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini tezkor hal qiladi.
Yuqori darajada yechim talab qiladigan masalalar bo‘yicha
shu kunning o‘zida asoslangan takliflar tayyorlanib, Prezident Administratsiyasiga kiritiladi.
Mazkur tartib yil oxiriga qadar alohida nazoratda ishlaydi.
Kelgusi yilda poytaxtga
10 milliard dollar investitsiya
jalb qilish hamda
150-200 mingta yuqori daromadli doimiy ish o‘rni
yaratish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X