
Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan strategik sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Raqamli iqtisodiyotda 2030-yilgacha yana 500 mingta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yildi. Qashqadaryoda – umumiy qiymati 6 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 161 ta loyiha.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Mámleketlik xatkeri Marko Rubio menen strategiyalıq sheriklikti rawajlandırıw máselelerin dodaladı. Sanlı ekonomikada 2030-jılǵa shekem jáne 500 mıń jumıs ornın jaratıw wazıypası qoyıldı. Qashqadáryada ulıwma bahası 6 milliard dollardan aslam bolǵan 161 joybar
—
Главное за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев обсудил с Госсекретарем США Марко Рубио развитие стратегического партнерства. Поставлена задача создать еще 500 тысяч рабочих мест в цифровой экономике к 2030 году. В Кашкадарье – 161 проект общей стоимостью свыше 6 миллиардов долларов.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev discussed the development of the strategic partnership with U.S. Secretary of State Marco Rubio. A target has been set to create an additional 500,000 jobs in the digital economy by 2030. In Kashkadarya Region, 161 projects worth more than $6 billion are planned.
Facebook
|
Instagram
|
X
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdim.
Davlatimiz rahbarining qutlovida xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi sadoqatli xizmat uchun soha xodimlariga minnatdorlik bildirilgan. Tizimda to‘plangan katta tajriba, jasorat an’analari zamonaviy bilim va yondashuvlar asosida boyitilayotgani ta’kidlangan. Joriy yilda mahallalarning qariyb yarmida jinoyat sodir etilmagani ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari va aholining hamkorlikdagi mehnati samarasi ekani qayd etilgan.
Prezidentimiz har bir mahallada xavfsiz muhit yaratish ishlarini izchil davom ettirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish, kiberjinoyatlarni barvaqt aniqlash va oldini olish, yoshlarni giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilik ta’siridan asrash muhimligini ta’kidlagan.
Davlatimiz rahbari soha xodimlaridan tashabbuskorlik, qat’iy intizom va halollik kutishini bildirgan. “O‘zingni angla va o‘zgani qadrla” tamoyili asosida kasbiy sha’nni asrash, qonunga qat’iy rioya etish, har bir insonga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan. «Oddiy insonlarning sizga ishonch bilan murojaat qilishi va bundan ko‘ngli taskin topishi – sizning xizmatingizga berilgan eng yuksak bahodir», deyiladi qutlovda.
Tabrikda el-yurt tinchligini himoya qilish yo‘lida halok bo‘lgan mard va fidoyi xodimlar xotirasi hurmat bilan yod etilgan. Soha xodimlari va faxriylariga mustahkam sog‘liq, xonadonlariga tinchlik va fayzu baraka, mas’uliyatli xizmatida muvaffaqiyatlar tilangan.
—
Сегодня состоялось торжественное мероприятие по случаю 35-летия создания Министерства внутренних дел Республики Узбекистан.
На мероприятии я зачитал поздравление Президента Шавката Мирзиёева сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел.
В поздравлении главы государства выражена благодарность сотрудникам за преданную службу по обеспечению спокойствия народа, защите прав и интересов граждан. Подчеркнуто, что накопленный в системе большой опыт и традиции мужества обогащаются современными знаниями и подходами. Отмечено, что в текущем году почти в половине махаллей не было совершено ни одного преступления, что стало результатом совместного труда сотрудников органов внутренних дел, активистов махаллей и населения.
Подчеркнута важность последовательного продолжения работы по созданию безопасной среды в каждой махалле, использования цифровых технологий и искусственного интеллекта, раннего выявления и предупреждения киберпреступлений, защиты молодежи от воздействия наркомании и организованной преступности.
Президент нашей страны отметил, что ожидает от сотрудников инициативности, строгой дисциплины и добросовестного несения службы. Указано на необходимость сохранять профессиональную честь, строго соблюдать закон и уважительно относиться к каждому человеку, следуя принципу «Уважай себя и цени других». «Когда простые люди, доверяя, обращаются к вам и, получив поддержку, уходят с облегчением в душе – это самая высокая оценка вашей работы», говорится в поздравлении.
В поздравлении также отдана дань уважения памяти мужественных и самоотверженных сотрудников, погибших при защите спокойствия народа и страны. Выражены пожелания крепкого здоровья, мира и достатка в семьях, успехов в ответственной службе.
Facebook
|
Instagram
|
X
“Menimcha” teleloyihasida bugun tahlil qilinadigan mavzular:
- O‘zbekiston – AQSh: hamkorlikning yangi ustuvor yo‘nalishlari;
- Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qashqadaryoga tashrifi;
- Insonlar qalbida yoqilayotgan mehr chiroqlari.
Ko‘rsatuvni bugun,
24-oktabr
soat
20:00
da
“O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qiling.
Ertaga,
24-oktabr
soat
12:20
va
17:20
da
takroran namoyish etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qashqadaryo aholisi ko‘paygani sari
zamonaviy uy-joylarga talab ham ortib bormoqda.
Shu bois,
Qarshi shahri, Ko‘kdala
va Q
arshi tumani chegarasida 5 ming gektar maydonda 500 ming aholiga mo‘ljallangan Yangi Qarshi shahri
barpo etiladi. Qarshi tumanidagi kanal bo‘yida esa
235 gektarlik “Yangi Nasaf” ekomajmuasining
qurilishi boshlanadi.
Nufuzli arxitektura kompaniyalari
jalb etilib, ikki oyda
ilg‘or shaharsozlik yechimlarini qamrab olgan bosh reja
ishlab chiqiladi. Uni tayyorlash uchun dastlab
20 milliard so‘m
ajratiladi. Yangi hududlarda
ko‘p qavatli binolar, savdo va biznes markazlari, uy-joylar “yashil” va “aqlli” shahar tamoyillari asosida quriladi.
Viloyatda
ko‘chat ekish va yashil hududlarni ko‘paytirish bo‘yicha ham “Qashqadaryo tajribasi”
yaratiladi. Har yili
Navro‘z arafasida “Eng yashil mahalla” tanlovi
o‘tkazilib,
g‘oliblar elektromobil hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar
bilan taqdirlanadi.
Yig‘ilish yakunida viloyat va tumanlar hokimlarining axboroti tinglandi, faollar bilan muloqot qilindi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qashqadaryo yoshlari taʼlim va intellektual musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Qarshi shahridagi Prezident maktabi “Cambridge” imtihonlarida
98 foiz natija bilan respublikada birinchi bo‘ldi.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari
“Zakovat” turnirida g‘olib chiqdi.
Kosonlik 11-sinf o‘quvchisi Murodjon Xalimov SAT imtihonida maksimal 1600 ballni
qo‘lga kiritdi. Davlatimiz rahbari bunday iqtidorli yoshlar ko‘pligini, ularga
aniq fanlarni xorijiy tillarda o‘rgatish imkoniyati yaratilsa, yuqori natijalar har bir tumanda bo‘lishini taʼkidladi
. Kelasi yildan
barcha tumanlarda bittadan maktabda aniq fanlarni chet tilida o‘qitish boshlanadi.
Shu bilan birga, o‘zbekistonlik yoshlar
robototexnika bo‘yicha jahon chempioni
bo‘ldi. Yil yakunigacha
har bir tumanda robototexnika to‘garagi ochilib, jihozlanadi.
Har yili mart oyida
o‘quvchilar o‘rtasida viloyat chempionati
o‘tkaziladi. Birinchi o‘rin egasiga
30 million,
ikkinchi o‘ringa
20 million,
uchinchi o‘ringa
10 million so‘m mukofot
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
Qarshi shahridagi Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi
tajribasiga to‘xtaldi. Uning
32 nafar ustasi yaqinda Germaniyada malaka oshirib qaytdi
va hozir viloyatdagi
57 ta texnikum ustalariga o‘z bilimlarini yetkazmoqda.
Har yili
10-11-sinflarning 2,5 ming nafar o‘quvchisi mazkur texnikumda hunar o‘rganib, attestat bilan birga kasbiy sertifikat ham oladi
. Germaniyalik o‘qituvchilar esa yiliga
1,5 ming yoshga nemis tili va kasb o‘rgatmoqda.
Davlatimiz rahbari loyihaning
birinchi bitiruvchilari bilan suhbatlashganini
aytdi. Ularga
Yevropada oyiga 3-5 ming yevro maosh to‘lanadigan ish o‘rinlari
taklif qilinmoqda.
Endi tumanlardagi maktab o‘quvchilarini Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va yangicha metodika asosida ishlayotgan 57 ta texnikumga jalb qilishning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqishga topshiriq berildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qashqadaryoga yiliga
6 million turist jalb qilish uchun barcha imkoniyat
bor. Yil boshidan viloyatga
2,5 million sayyoh
kelgan, birgina
G‘elon qishlog‘iga tashrif buyurganlar soni 500 mingga yetgan.
Tatariston bilan hamkorlikda
G‘elondagi tog‘-chang‘i kurortining birinchi bosqichini kelasi yil ishga tushirish
rejalashtirilgan. Tabiati bilan G‘elonga o‘xshash
Chiroqchidagi Tarag‘ay, Kitobdagi Bashir
va
Yakkabog‘dagi Tatar qishloqlarini ham etnoturizm markazlariga aylantirish
imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Shahrisabz tumanidagi Sayyod va Suvtushar qishloqlarida
tog‘ daryolari negizida
rafting va sport turizmini rivojlantirish
mumkin.
Mutasaddilarga ushbu
olti qishloq bo‘yicha bir oyda master-reja tayyorlab, 1-martdan 50 million dollarlik loyihalarni boshlash
topshirildi.
Shuningdek, har bahor
G‘uzorda “Lola va kabob”, Ko‘kdalada “Chiyal yaxna” gastronomik festivallarini
o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz
banklar aholi va tadbirkorlar loyihalariga resurs yetkazishda amaliy natija ko‘rsatishi zarurligini
taʼkidladi. Andijonda
kreditni faqat garovga bog‘lamasdan, pul oqimi va aniq buyurtmaga qarab ajratish
uchun
20 ta yangi moliyaviy mahsulot yaratish
topshirilgan edi. Mazkur yondashuv
Qashqadaryoda ham
natija berishi kerak.
Banklar faoliyati
yangi mahsulotlar soni bilan emas, ular yordamida resurs olgan korxonalar va biznesning o‘sishi bilan baholanadi.
Kreditlashdagi ortiqcha talablarni bekor qilish
vazifasi qo‘yildi. Hozir kredit olish uchun
102 turdagi hujjat
so‘ralmoqda. Shularning
53 tasi axborot tizimlarida mavjud, yana 22 tasining kreditga aloqasi yo‘q.
Bu o‘zgarishlar
mahallalardagi tashabbuslarni moliyalashtirish
va
yangi ish o‘rinlari yaratishni tezlashtirishi
kerakligi qayd etildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qamashi tumanidagi Chim mahallasi
zamonaviy mahalla qanday bo‘lishi kerakligini
ko‘rsatib berdi. Bu yerda
640 o‘rinli maktab, 240 o‘rinli bog‘cha
qurildi,
oilaviy poliklinika
jihozlandi.
Yangi mahalla binosi, yoshlar markazi, sport majmuasi va istirohat bog‘i
barpo etildi.
Eng muhimi, mahallada
kambag‘al oila ham, ishsiz aholi ham qolmagani
taʼkidlandi. Prezidentimiz kelgusi yil Mustaqillik bayramigacha ushbu tajriba asosida
har bir tumanda ikkitadan zamonaviy mahalla markazini
tashkil etish vazifasini qo‘ydi.
Mirishkor tumanida
ham Chim tajribasi qo‘llanadi. Bu yerda
20 gektarda limonchilik issiqxonalari,
yana
30 gektarda intensiv baliqchilik xo‘jaligi
va
50 gektarda bodom bog‘i
tashkil etiladi.
Bahorda ijaraga berilgan yerlarning
8 ming gektarida intensiv bog‘lar, 3 ming gektarida issiqxonalar
barpo etiladi. Qolgan
11 ming gektarda kooperatsiya asosida yuqori daromadli ekinlar
yetishtiriladi. Mutasaddilarga
har bir tumanda bu ishlarni boshlash
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Qashqadaryoda
yo‘l infratuzilmasini yaxshilash
bo‘yicha ham yirik loyihalar amalga oshiriladi. Osiyo taraqqiyot banki bilan
A-380 avtomobil yo‘lining viloyatdan o‘tuvchi 100 kilometr qismini rekonstruksiya qilish
boshlanadi. Loyiha qiymati
350 million dollar.
Qarshi shahrining aylanma yo‘li 5,5 kilometrga uzaytirilib,
mazkur magistralga ulanadi. Masʼullarga texnik-iqtisodiy asoslarni shu yil yakunlab, yanvardan qurilishga kirishish topshirildi.
“Qarshi – Pomuq” va “G‘uzor – Beynau” yo‘llaridagi temir yo‘l kesishmalarida
poyezd o‘tayotgan vaqtda
katta tirbandlik
yuzaga kelmoqda. Bu joylarda qiymati
250 milliard so‘m bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich quriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X