Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Karyera markazi | Profi University

profikaryera
www.profikaryera.uz — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi Mas'ul: Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi – Ulug'bek Po'latov
Subscribers
926
24 hours
-5
30 days
-32
Post views
338
ER
36,5%
Posts (30d)
13
Characters in post
753
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Career
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
October 23, 12:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Vengriyada bepul o’qish: Stipendium Hungaricum’ga hozirdan tayyorlaning!
Vengriya hukumatining Stipendium Hungaricum dasturi orqali bakalavriat, magistratura va doktoranturada bepul tahsil olish mumkin. Taxminan 30 ta universitetdagi 900 ga yaqin dasturdan ikkitagacha tanlash imkoniyati bor.
Bu kimlar uchun?
✅
Bitiruvchilar
— magistraturaga;
✅
Talabalar
— bakalavriatni Yevropada boshidan boshlamoqchi bo’lsangiz.
Grant nimalarni beradi?
✅
Bepul o’qish;
✅
Oylik stipendiya;
✅
Turar joy uchun yordam puli;
✅
Tibbiy sug’urta.
🗓
Muddatlar:
2027/2028 o’quv yili uchun ariza tizimi noyabr oyi o’rtalarida ochilishi, topshirish muddati esa 2027-yil 15-yanvar atrofida bo’lishi kutilmoqda. Rasmiy e’lon hali chiqmagan.
Nega hozirdan boshlash kerak?
Hujjatlarni tarjima qilish, apostil qo’yish va til sertifikatini olish vaqt talab qiladi. Ayrim davlatlarda yuboruvchi tashkilotning o’z muddati asosiy muddatdan ertaroq bo’ladi. Hozirdan tayyorlangan nomzod yanvarda shoshib qolmaydi.
Hozir nima qilish kerak:
1️⃣
Rasmiy saytdan o’zingizga mos dasturlarni tanlang;
2️⃣
Diplom/transkript tarjimasini tayyorlang;
3️⃣
Ingliz tili sertifikatini rejalashtiring;
4️⃣
Motivatsion xat qoralamasini yozing.
Ma'lumotlar
—
https://stipendiumhungaricum.hu
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

October 23, 03:59
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ish beruvchilar endi diplomga emas, ko’nikmaga qaramoqda

October 22, 12:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

#grant
🇪🇺
Yevropada to’liq grant asosida magistratura: Erasmus Mundus 2027 qabuli boshlandi!
Erasmus Mundus
— Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan qo’shma magistratura dasturlari.
Bunda talaba ikki yoki undan ortiq Yevropa davlatida tahsil oladi va bir nechta universitetning qo’shma diplomini qo’lga kiritadi.
Kimlar ariza topshirishi mumkin?
✅
Bakalavr diplomiga ega bitiruvchilar;
✅
Bakalavriatning oxirgi kurs talabalari (magistratura boshlanishidan oldin o’qishni tamomlasangiz bo’lgani);
✅
Barcha davlatlar fuqarolari, yosh chegarasi yo’q.
Grant nimalarni qamrab oladi?
✅
O’qish to’lovi to’liq;
✅
Oyiga taxminan 1 400 yevro yashash xarajatlari uchun;
✅
Yo’l va joylashish xarajatlari;
✅
Tibbiy sug’urta.
2027-yil qabulida sun’iy intellekt, tibbiy tasvirlash, yarimo’tkazgichlar, huquq va ma’lumotlar, animatsiya kabi yangi dasturlar qo’shilgan.
Ma'lumot uchun:
Yagona ariza portali yo’q. Katalogdan o’zingizga mos dasturni tanlab, to’g’ridan-to’g’ri o’sha dastur saytiga ariza topshirasiz. Ko’pchilik dasturlarda qabul oktabrda ochilib, dekabr–yanvarda yopiladi — har birining muddati alohida.
Odatda ingliz tili sertifikati (IELTS 6.5 atrofida), motivatsion xat va tavsiyanomalar talab qilinadi.
🔗
Dasturlar katalogi:
https://www.eacea.ec.europa.eu/scholarships/erasmus-mundus-catalogue_en
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

October 22, 06:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Ish beruvchilar endi diplomga emas, ko’nikmaga qaramoqda
AQShdagi Kollejlar va ish beruvchilar milliy assotsiatsiyasi (NACE) tadqiqotiga ko’ra, ish beruvchilarning 70 foizi ko’nikmaga asoslangan yollash usulidan foydalanmoqda, bir yil oldin bu ko’rsatkich 65 foiz
bo’lgan.
Bundan tashqari, 2019-yildan beri bitiruvchilarni o’rtacha baho (GPA) bo’yicha saralaydigan ish beruvchilar ulushi 73 foizdan 42 foizga
tushgan.
Eng muhim tomoni:
✅
ish beruvchilarning 59 foizi rezyumeda aniq ko’nikmalar misollar bilan isbotlanishini xohlaydi;
✅
faqat ko’nikmalar ro’yxatidan qoniqadiganlar atigi 16,1 foiz, umumiy, isbotsiz ro’yxatni qabul qiladiganlar esa bor-yo’g’i 1,9 foiz.
Shu sababli,endilikda “jamoada ishlay olaman” deb yozishning o’zi yetarli emas. Qayerda, qanday vaziyatda va qanday natija bilan — shuni ko’rsating. Kealsi safar buni qanday qilishni misollar bilan tushuntiramiz.
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

October 16, 14:03

#vakansiya
Maoshi 14 mln so'mgacha bo'lgan sayohat agentligi sotuv menejerlari uchun o'zgacha taklif!
📣
"SamTravel" jamoasi faol, mas’uliyatli va talabchan sotuv menejerlariga jamoaviy birga rivojlanishni taklif qiladi.
📌
Talablarimiz:
✅
O‘zbek tilida erkin muloqot qila olish, ingliz tilini bilish ustunlik beradi
✅
Yoshingiz 18-25 yosh orasida bo'lishi
✅
To’liq ish rejimida ishlay olish, haftada 6 kun (8 soatlik ish rejimida)
📌
Biz sizga nimalarni taklif qilamiz:
✅
Yosh o'suvchi jamoa
✅
Korporativ o'yinlar va sayohat qilish imkoniyatlari
✅
Qulay va zamonaviy ofis muhiti
✅
O'suvchi oylik maromad
(7mln - 14mln orasida)
📨
Rezyumeni telegram orqali yuboring:
👉
@Maqsudjon_HR
Rezyumengiz yo'q bo'lsa,
jobish.uz
orqali tayyorlang!
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

October 14, 05:01

Toshkentdan turib global karyera qurish sirlari: Nyla Beth Gawel bilan eksklyuziv uchrashuv!

October 14, 04:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Toshkentdan turib global karyera qurish sirlari: Nyla Beth Gawel bilan eksklyuziv uchrashuv!
U kim?
Nyla Beth Gawel
— 15+ yillik tajribaga ega strategiya va innovatsiyalar eksperti. U yillik daromadi $7 mlrd.dan ortiq Fortune 500 texnologiya kompaniyalarining rivojlanishi va transformatsiyasida yetakchi rol o‘ynagan hamda xotin-qizlar va texnologiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Ushbu uchrashuv sizga nima beradi?
➖
Global IT va texnologiya bozorida qanday qilib raqobatbardosh bo‘lish;
➖
Xalqaro kompaniyalar bilan ishlash va strategik fikrlash ko‘nikmalari
➖
Mahalliy bosqichdan global darajaga chiqish yo‘llari
📆
Sana: 15-oktabr
⏰
Vaqt: 11:00
📍
Yoshlar ishlari agentligi
Ro'yxatdan o'tish uchun:
Havola
O‘z karyerangizda yangi bosqichni boshlash va xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

October 13, 11:24
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#vakansiya
ARTEL kompaniyasi servis markaziga CALL CENTER operatorlarini ishga taklif qiladi
📍
Hudud:
Toshkent shahri
💼
Ish turi:
Smenalik grafik
✅
Talablar:
• Rus tilida erkin muloqot qila olish
• Boshlang‘ich kompyuter savodxonligi
• Mas’uliyat va mijozlar bilan ishlash madaniyati
🎓
Tajriba shart emas!
Barcha kerakli bilim va ko‘nikmalar maxsus o‘quv kurslarimizda o‘rgatiladi.
🎁
Biz taklif qilamiz:
• Mehnat qonunchiligiga asosan rasmiy ishga qabul (suhbatdan o‘tgan kunning o‘zida)
• Tushlik va poldnik (kechki yengil ovqat)
• Ijtimoiy ta’minot (har oy qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari)
💵
Oylik:
4 000 000 so‘m Sinov muddati uchun
• KPI asosida qo‘shimcha rag‘batlantirish (mijozlar baholash tizimi orqali)
📍
Manzil:
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 3/4
Mo‘ljal:
Texnopark zavodi
📞
Bog‘lanish uchun:
+998999091534
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

October 08, 08:54
Media unavailable
3
Show in Telegram

🌎
Global Karyera qurish — imkoniyatlar chegarasini kengaytiring!
Ushbu uchrashuv sizga nima beradi:
• Xalqaro karyerani 0 dan boshlash
• Global mehnat bozorini tushunish
• Xalqaro kompaniya va tashkilotlarda ishlash imkoniyatlari
• Xalqaro intervyularga tayyorgarlik
• Professional Networking va xalqaro aloqalar
• Shaxsiy brendni global darajada rivojlantirish
• Xorijda ta’lim va karyera imkoniyatlari
• Global mehnat bozorida o‘z qiymatingizni shakllantirish
🚀
Global karyera bir kunlik orzu emas — bugundan boshlangan strategik yo‘l!
Sizlarni ushbu uchrashuvda kutib qolamiz!
📍
Yoshlar ishlari agentligi
📆
09.10.2026 (Juma kuni)
⏱️
15:00
Global Karyera qurish — imkoniyatlarni chegaralar ortidan izlamang, o‘zingiz yarating!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun
:
https://forms.gle/k2p8bcbbY11g11yG8
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

October 02, 10:02

Ish yo‘q
Rostdan ham ish yo‘qmi? Yoki siz uni qidirmayapsizmi?
Oxirgi marta qachon vakansiyalar joylanadigan platformalarni ko‘rib chiqdingiz?
Rezyumengizni qachon yangilagansiz? O'zi rezyumengiz bormi?
Balki kimdir sizga "yog‘li" ish topib berishini kutayotgandirsiz?
Ish qidirish ham harakat talab qiladi. Iish yo‘q degan bilan ish topilib qolmaydi.
Qani unda, hoziroq
career.edu.uz
platformasiga kiring. Ro‘yxatdan o‘ting, rezyume yarating va o‘zingizga mos vakansiyalarni qidiring.
Balki siz izlayotgan ish allaqachon kutib turgandir.
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube