Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Karyera markazi | Profi University

profikaryera
www.profikaryera.uz — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi Mas'ul: Pedagogik masalalar bo'yicha rektor maslahatchisi – Ulug'bek Po'latov
Подписчики
978
24 часа
-2
30 дней
-32
Просмотры
1 678
ER
171,57%
Посты (30д)
3
Символов в посте
977
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Карьера
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
September 04, 06:53
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#vakansiya
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirining 2024-yil 6-sentabrdagi 297-son buyrug‘iga asosan, Abdulla Avloniy nomidagi institutning Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limida quyidagi lavozimlar bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi:

O‘zbek tili fani (ta’lim boshqa tilda olib boriladigan maktablar uchun) metodisti

Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani metodisti
Malaka talablari:

Ma’lumoti —
oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lishi
(magistratura diplomiga egalik afzallik beradi);

Mutaxassisligi —
pedagogika
, tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha;

Mehnat staji —
kamida 3 yil
, shundan kamida
1 yil ta’lim sohasida
tegishli yo‘nalishda ishlagan bo‘lishi;

Kompyuter savodxonligi —
Microsoft Office dasturlari (Word, Excel, PowerPoint va boshqalar)
, zamonaviy axborot texnologiyalari va internet tarmog‘idan mustaqil foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

Davlat tilini bilishi
(rus, ingliz va boshqa xorijiy tillarni bilish afzallik hisoblanadi);

Soha bo‘yicha
normativ-huquqiy hujjatlarni bilishi
, tegishli standartlardan xabardor bo‘lishi, malakasini muntazam oshirib borishi hamda lavozim majburiyatlarida belgilangan vazifalarni bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
🟢
Nomzodlarga qo‘shimcha afzallik beruvchi jihatlar:
🔺
Chet tillarini bilish bo‘yicha
sertifikatga ega bo‘lishi
;
🔺
Ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga
ega bo‘lishi;
🔺
KRK va KRS tadbirlarida
mentor o‘qituvchi
sifatida faoliyat yuritgan bo‘lishi.
❗️
Mazkur lavozimlarga
45 yoshgacha bo‘lgan mutaxassislar
hujjat topshirishlari mumkin.
📩
Hujjat topshirish uchun:
t.me/HR_manager_Avloniy
👨‍💻
Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.
🗓
Hujjatlar qabuli muddati:
2026-yil
4-sentabrdan 11-sentabrgacha
.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
+998 55 508 06 67
Ichki raqam:
1010
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

August 27, 14:25
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Yo'nalishingizga mos blog yuriting
Siz qaysi yo‘nalishda tahsil olayotgan bo‘lsangiz, hozirdan o‘sha soha bo‘yicha shaxsiy sahifa yoki blog yuritishni boshlang. Bu oddiy ko‘rinishi mumkin, ammo vaqt o‘tishi bilan sizga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Bugun ko‘plab ish beruvchilar nomzodning faqat diplomi yoki rezyumesiga emas, balki uning fikrlashi, qiziqishi va sohadagi faolligiga ham e’tibor berishadi. Shaxsiy blog esa aynan shuni ko‘rsatib beradigan eng yaxshi vositalardan biri.
Yuqoridagi videoda esa shaxsiy blog yuritish qanday qilib inson hayotida yangi imkoniyatlar ochgani haqida hikoya qilinadi.
▶️
To'liq video —
https://youtu.be/9zzXpFYtRQQ?si=k4hTxlRhZJsy6Jgc
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

August 26, 06:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Tajribasiz talabalar qanday qilib ish topishi mumkin?
So‘nggi yillarda oliy ta’limni tamomlagan yoshlarning mehnat bozoriga kirishi tobora murakkablashib bormoqda. Paradoks holat shundaki, ko‘plab ish e’lonlarida ish tajribasi talab qilinadi.
Ya’ni, ishga kirish uchun tajriba talab qilinishi, tajriba orttirish uchun esa ish kerakligi talabalar uchun eng katta to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Xo‘sh, tajribasiz talabalar ish topishi uchun qanday samarali strategiyalar bor? Demak, bugun tajribaga ega bo‘lmay turib ham ish topish mumkin bo‘lgan ayrim strategiyalarni ko‘rib chiqamiz.
Batafsil

https://profikaryera.uz/meeting/27
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

August 04, 05:18

2026-yil birinchi choragi tahliliga ko'ra, O'zbekistonda har bir bo'sh ish o'rni uchun 19 ta nomzod
to'g'ri kelmoqda.
Hozirgi kunda
33 mingdan
ortiq vakansiyalar va
636 mingdan ziyod
faol rezyumelar mavjud.
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

August 03, 07:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ish topishda eng ko‘p uchraydigan xatolar
Bugungi raqobatbardosh mehnat bozorida, bitta vakansiya uchun
250 dan ortiq
arizalar kelib tushadi, ba’zan bu raqam
386 taga
ham yetadi. Bu raqamlar ko‘plab ish izlovchilarning boshqa nomzodlar orasida yo‘qolib qolish xavfini yanada oshiradi.
Xo‘sh, bunday bo‘lmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerak? Ish topishda eng ko‘p uchraydigan xatolar qaysi? Bugun mana shular haqida gaplashamiz.
Batafsil

https://profikaryera.uz/meeting/26
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

July 30, 08:39
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sun’iy intellekt davrida eng katta xavf ostida qolayotgan 10 ta kasb
Sun’iy intellekt (AI) texnologiyalari mehnat bozorini misli ko‘rilmagan darajada o‘zgartirmoqda. Dastlab faqat oddiy va takrorlanuvchi vazifalarni avtomatlashtirish vositasi sifatida qaralgan AI bugun murakkab tahlillar, dasturlash, marketing, moliya va mijozlarga xizmat ko‘rsatish kabi yuqori malaka talab qiladigan yo‘nalishlarda ham faol qo‘llanilmoqda.
Claude sun’iy intellekt modelini ishlab chiqqan Anthropic kompaniyasi mutaxassislari millionlab foydalanuvchilar va AI o‘rtasidagi muloqotlarni tahlil qilib, yaqin yillarda sun’iy intellekt eng katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kasblar reytingini e’lon qildi.
Tadqiqot natijalari nafaqat bugungi mehnat bozori, balki kelajakda kasb tanlayotgan yoshlar uchun ham muhim xulosalarni taqdim etadi. Shu salabli, oliygohda o'qiyotgan yoki endigina o'qishni tamomlagan talabalar ushbu maqola bilan yaqindan tanishib chiqishni maqsadga muvofiq.
Batafsil

https://profikaryera.uz/meeting/40
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

July 29, 10:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2025-2026-o‘quv yilida 26 nafar bitiruvchimizning biznes loyihalari uchun 3,53 milliard so‘mlik kredit tavsiyanomasi berildi
Profi University bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida
“Kelajakka qadam”
loyihasi doirasida tavsiyanomalar berilmoqda.
Mazkur loyiha orqali bitiruvchilarning o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi, yangi ish o‘rinlari yaratishi hamda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi maqsad qilingan.
2025-2026-o‘quv yilida loyiha doirasida
26 nafar
bitiruvchiga tavsiyanoma berilgan bo‘lib, ular uchun jami
3 milliard 530 million so‘m
miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi rejalashtirilgan.
Kredit mablag‘lari miqdori
10 million so‘mdan 1 milliard so‘mgacha
bo‘lib, bitiruvchilarning biznes loyihasi va faoliyat yo‘nalishiga qarab shakllantirilgan.
“Kelajakka qadam” loyihasi doirasida ushbu imtiyozli kreditdan foydalanish sizga ham qiziq bo'lsa, unda maqola bilan batafsil tanishing.
Batafsil

https://profikaryera.uz/meeting/39
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

July 28, 11:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

2026-yilda Profi University'ni tamomlagan bitiruvchilarining qariyb 80 foizi ish bilan ta'minlangan
2025–2026-o‘quv yilida Profi Universityni tamomlagan
2261 nafar
bitiruvchining
1791 nafari (79,2 foiz)
bugungi kunda turli sohalarda mehnat faoliyatini boshlagan.
Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bitiruvchilarning
1121 nafari
xususiy sektorda ishlayotgan bo‘lsa,
244 nafari
o‘zini o‘zi band qilgan,
76 nafari
MCHJ ta'sischisi,
33 nafari
esa yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyat yuritmoqda.
23 nafar
bitiruvchilarning bevosita davlat xizmatchisi sifatida ishlayotgani universitet bitiruvchilarining davlat boshqaruvi tizimida ham o‘z o‘rnini topayotganidan dalolat bermoqda.
Yana bir qiziqarli jihat: ayol bitiruvchilarning bandlik darajasi
83,3 foiz
, erkaklarda esa bu ko'rsatkich
69,7 foiz
ni tashkil etmoqda.
Xo'sh, qaysi yo'nalish bitiruvchilari mehnat bozorida eng talabgir? Qaysi hududlarda bitiruvchilar tezroq ish topmoqda? Batafsil tahlil va xulosalar bilan maqolamizda tanishing.
Batafsil

https://profikaryera.uz/meeting/38
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

July 28, 06:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Nega ish beruvchilar universitet bitiruvchilaridan norozi?
Universitetni yuqori baholar bilan tamomlagan, diplomi nufuzli oliygoh nomi bilan bezatilgan, ilmiy konferensiyalarda qatnashgan bitiruvchi birinchi ish suhbatiga keladi.
Suhbat davomida undan jamoada yuzaga kelgan nizoni qanday hal qilishi, tanqidni qanday qabul qilishi yoki mijoz bilan murakkab vaziyatda qanday muloqot qilishi so‘raladi. Biroq aynan shu savollar oldida u ikkilanib qoladi.
Natijada ish beruvchi uning bilimiga emas, o‘zini tutishiga, muloqot madaniyatiga va vaziyatni boshqarish qobiliyatiga baho beradi. Diplom esa ikkinchi darajali hujjatga aylanadi.
Xalqaro tadqiqotlar ta’lim tizimidagi eng katta muammoni ochiqladi. Bugungi maqolamizda ayni shu muammolar haqida so'z boradi.
Batafsil

https://profikaryera.uz/meeting/35
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube

July 24, 05:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ishga kirayotganda suhbat oxirida qanday savollar berish kerak?
Suhbat oxirida HR yoki rahbar "Bizga savollaringiz bormi?" deb so‘raganda, "Yo‘q, hamma narsa tushunarli" deb ketadiganlar bormi oramizda?
Bu eng katta xatolardan biri! Suhbat oxirida to‘g‘ri savol berish — sizning shu ishga qanchalik qiziqayotganingizni va professional ekanligingizni ko‘rsatadi.
Xo‘sh, ishga kirayotganingizda suhbatni oxirida qanday savollar berishingiz kerak?
Quyidagi savollarni o‘zingizga saqlab oling va keyingi intervyularda albatta ishlating:
1️⃣
Ishimdagi muvaffaqiyat qanday o‘lchanadi?
(Bu savol orqali sizdan aynan qanday natijalar kutishayotganini va KPI nimalarga asoslanishini aniq tushunib olasiz).
2️⃣
Agar ishga olinsam, keyingi 3 oy ichida nimalarga ko‘proq fokusni qaratishim kerak?
(Bu sizning qanchalik proaktiv ekanligingizni va ishga tezroq kirishishga tayyorligingizni ko‘rsatadi).
3️⃣
Men ishlaydigan jamoa haqida ozroq gapirib bering.
(Kompaniyadagi ichki muhit, madaniyat va bo‘lajak hamkasblaringiz haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lasiz).
4️⃣
Qachon javobingizni bilsam bo‘ladi?
(O‘zingizni ortiqcha stressdan qutqarasiz va qayta aloqaga (feedback) qachon chiqish kerakligini bilib olasiz).
©
Mohinur Inomova
"Career Senter" — talaba va ish beruvchilar uchun birinchi aloqa nuqtasi
Telegram
l
Veb-sayt
l
YouTube