Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Rozaliya Gabdulhakova

psixolog_rozaliya
Bola tarbiyasi, oilaviy munosabatlar Konsultatsiya uchun @psixolog_rozaliya_admin instagram.com/psixolog_rozaliya
Subscribers
9 662
24 hours
31
30 days
-308
Unusual 24 hours growth
Post views
1 608
ER
16,64%
Posts (30d)
56
Characters in post
667
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
July 27, 07:33

🧠
"Qizim erkakshoda bo'lib qolyapti ", "O'g'lim suzilib gapirganga o'xshayapti"...
Onalarning ana shunday havotirli gaplarini eshitib qolaman. Bu haqiqatda ham e'tibor berish kerak bo'lgan masala.
Aslida qizlarda ayollilik, bolalarda erkaklilik tug'ma bo'ladi.
Afsuski, biz kattalar ba'zida bolalarda bor narsani ricojlanishiga halal beramiz.
Hozir ko'p ona shikoyat qiladi: "farzandim o'zini qanday tutishni bilmayapti, ichi g'ashligini sezaman". Sababi ko'pincha bitta — biz bolaga uning tabiatiga to'g'ri kelmaydigan qoliplarni kiygizmoqchi bo'lamiz.
Shuning uchun sizga bir sovg'a tayyorladim
🔥
bu "Gender tarbiyasi" nomli mini-kitobcha, PDF holatida.
📘
Unda nimalar bor:
— qizga ayollikni qanday singdirish;
— o'g'ilga haqiqiy erkaklik tuyg'usini qanday berish;
— onalar uchun chek-list va o'zingizga beriladigan savollar;
— bolaga jinsiy farqlar haqida yoshiga mos qilib qanday gapirish.
Bu — har bir onaga kerak bo'ladigan kichik yo'l xaritasi. Yuklab oling, o'qing, kerak bo'lsa ulashing. Mutlaqo bepul
🎁
Izohda yoki reaksiya bilan foydali bo'lganini bildirib qo'ysangiz hursand bo'laman
🥰
@psixolog_rozaliya
— farzand tarbiyasiga jiddiy qaraydigan onalarni yaxshi ko'radigan psixologingiz
🙂

July 27, 02:48
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ertalabdan sizlar bilan tatarcha nikoh marosimini ulashgim kelib qoldi
☺️
. Juda chiroyli-ya?
Shu bahona sizlar bilan qiz va og’il tarbiyasi haqida gaplashsak, sizlar bu tarbiyada nimalarga e’tibor berasiz?
@psixolog_rozaliya

July 26, 15:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Homiladorlikning ikkinchi qismi ovqatdan rosmona mazza qilish davri
😄
Hozir opam bilan shuni gaplashgandik, opam “tasavvur qil, xatto yeb ham savob olib yuribsan” dedi
☺️
☺️
☺️
Aytgancha, bugun bir video ko’rdim, ayol homilador vaqtida 3 yilga qarirmish, keyin esa 5-8 yilga yosharishi mumkin ekan. (Bundan soch va tishlarni habari bor degan umiddaman
😂
)
Bu gapga ishonasizlarmi? Sizda amaliyotda nima bo’lgan?

July 25, 15:18
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bola o'zini "asrab olingan" his qilmasligi uchun uni qanday jazolash mumkin?
Tushungan bo'lsangiz
🔥
@psixolog_rozaliya

July 25, 11:12
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

10-avgustda “sokin onalikni” boshlaymiz.
Lekin ungacha menda sizlarga sovg’a bor
😍
📕
Uch kunlik BEPUL marafon va marafon ishtrokchilari uchun maxsus imkoniyat bo’ladi
.
Bir-ikki kunda yopiq kanal uchun link ulashaman, tayyor turinglar.
Kechroq esa jazo haqida podcast qoldiraman
👌

July 25, 10:39

Sizlarga jazo haqida yozsammi desam reaksiyangiz kam-ku , qizlar
😄
Mavzu aktualmi))

July 24, 15:36
Media unavailable
1
Show in Telegram

Eng ko’p javobingiz “qilgan ishiga qarab” va “yoshiga qarab” bo’libdi.
Endi aytinglarchi,
qaysi ish, necha yoshda, qanday jazoga
loyiq?
Yuqoridagidek holat bo'lmasligi uchun buni farqlab olishimiz kerak

July 24, 05:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

July 23, 16:01
Media unavailable
4
Show in Telegram

Ikki bola bir o'yinchoqni talashyapti. Yig'i, shovqin, bir birini bir tushirgan.
Siz yugurib borasiz, deyarli har safar bitta savolni berasiz:
"Kim boshladi?"
Sizning tinchlik o'rnatish uslubingiz esa
👇
"Sen kattasan-ku. Ber, u kichkina."
Tanish holat-a?
🤭
Kechagi so'rovnomada bolalar talashishi ikkinchi o'rinni oldi — 240 dan ortiq ona aynan shu paytda portlashini aytdi. Demak, bu deyarli har uyda bor.
Bu janjallar siz yomon tarbiya berayotganingizdan emas. Bir uyda bolalar ko'p bo'lsa ular aniq nimalarnidir talashishadi. Bu tarbiyaning nuqsoni emas, bu — birga o'sishning bir qismi.
Bizning janjalga qanday aralashishimiz ko'p narsani hal qiladi.
Sudya bo'lganimizda nima bo'ladi?
Kim birinchi yig'lasa yoki birinchi gapirsa, kim shallaqiroq bo'lsa yutadi. Ikkinchi bola esa meni yaxshi ko'rishmaydi, mening xohishlarim muhimmas degan hulosaga keladi. G'olib farzand esa yig'lasam meniki bo'ladi degan dars oladi.
Ikkalasi ham to'gri narsa o'rganmayapti.
Bolalar ko'pincha o'yinchoq talashmaydi. Ular sizning e'tiboringizni talashadi. O'yinchoq shunchaki bahona.
Shuning uchun sizning janjalni tinchitish uslubingiz keyingi janjal oldini olmaydi. Balki keyingisiga fundament tayyorlaydi.
Unda nima qilish kerak?
Aybdor qidirmang. Ikkalasining ham xohishini aniqlashtiring "Sen nima xohlayapsan? Senchi?" Bolalar ko'pincha yutishni emas, eshitilishni istaydi.
Bolalar yoshiga qarab yechimni o'zingiz berishingiz yoki bolalarni o'ziga qoldirishingiz mumkin. Masalan "ikkingiz ham shu o'yinchoqni xohlayapsiz ekan, lekin o'yinchoq bitta, hamma rozi bo'lishi uchun nima qilsak bo'ladi?"
Bu birinchi safar ishlamasligi mumkin. Ikkinchi safar ham, lekin sekin sekin bolalar o'zlari kelishishni o'rgana boshlaganini ko'rasiz.
Chunki har safar biz hal qilib bersak, ularni majburiy tinchitsak bolalar kelishishni o'rganmaydi.
Bolalaringiz nimalarni talashadi? Siz odatda kim taraf bo'lasiz?
@psixolog_rozaliya
— ertaga sizga bitta qiyin savol bermoqchi psixologingiz
😁

July 23, 04:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

Kecha sizlar bilan so'rovnoma o'tkazdik.
Bir kunda 540 dan ortiq ona ovoz berdi. Ochiq bo'lganingiz uchun rahmat
🤗
.
Eng ko'p tanlangan javobga e'tibor berdingizmi?
Eng ko'p tanlangan javob — "Ba'zida sababsiz, shunchaki toqatim tugaydi."
Deyarli har ikki onadan biri aynan shuni belgiladi.
Bu nimani anglatadi?
Bu doim ham hamma gap bolada emas degani. Siz baqirgan kuni bola "yomonroq" bo'lib qolmabdi degani.
Bizni o'zimiz resursda bo'lmaganmiz. Ichimizdagi kuch tuganda, kichkina narsa ham katta portlashga olib keladi.
Aynan mana shu yerda ko'pchiligimiz xato qilamiz. "Men yomon onaman, sababsiz baqiraman." Aslida sabab bor faqat bu bolada emas, bizning charchog'imizda.
O'zini ayblash esa yordam bermaydi. Aksincha, sizni toqatingizni yana ham kamaytiradi. Shuning uchun o'zini har kuni ayblaydigan ona ertasigayam o'sha xatosini qaytaradi. .
Sokin ona bo'lish — hech qachon jahli chiqmaydigan ona bo'lish emas. Sokin ona bo'lish — resurlarni boshqarish, qanday vaziyatda nima qilishni bilishdir. Toqat tugaguncha emas, undan oldinroq harakatni boshlashdir.
Va buni o'rgansa bo'ladi. Bu tug'ma bo'lmaydi, bu — malaka.
Yaqin kunlarda men sizga aynan shuni — o'sha "toqat tugaydigan" paytdan oldin nima qilish kerakligini — bosqichma-bosqich ko'rsatib boraman. Kuzatib boring.
Hozircha faqat bir narsani yodingizda tuting, agar siz ham "sababsiz" portlayman deb o'ylagan bo'lsangiz — sabab bor. Uning nomi — charchoq. Charchoq nuqson emas).
@psixolog_rozaliya
- Kechroq yana bir maqola ulashmoqchi psixologingiz