
Rozaliya Gabdulhakova
Yuzini sovuq qilib bezrayib yurgan ovsiningiz sizga zarar beryaptimi?
Kecha “zarar berish ham yo’q, zarar ko’rish ham yo’q” qoidasi haqida gaplashdik, izohlaringizni o’qib chiqdim. Ko’p savollar bir-biriga o’xshaydi:
“Ovsinim indamay yursa ham, sovuq yuzi xotirjamligimni buzadi.”
“Charchasam bolalarimga qo’l ko’taraman, keyin aybdorlik qiynaydi.”
“Ochiq gaplashdim, foydasi bo’lmadi.”
Bitta izohda esa hammasi bir qatorga sig’di: “Menga erim, men bolalarimga.”
Avval o’lchovni kelishib olaylik.
Zarar — insonning beshta shaxsiy hududidan biriga haqiqiy putur yetishi:
1️⃣
jon va sog’liq
2️⃣
aql va ruhiy holat
3️⃣
qarash va qadriyatlar
4️⃣
oila, bolalar, or-nomus
5️⃣
mol-mulk, vaqt va kuch
Hech biriga tegmasa, bu noqulaylik. Bu og’ir, yoqimsiz bo'lishi mumkin, lekin zarar emas.
Endi izohlaringizdagi vaziyatlarni shu o’lchov bilan ko’rib chiqamiz.
Sovuq yuz.
Salom-alik bor, haqoratlamaydi, ishingizga aralashmaydi, faqat jilmaymaydi. Qaysi hududdan nimani oldi? Hech narsani. Yoqimsiz — ha. Zarar — yo’q. Har kim bizga iliq bo’lishga majbur emas
✨
. “Shu uyda borligimning o’zi unga zarar” degan fikr ham to’g’ri emas:
insonning borligi hech kimga zarar bo’lolmaydi
.
Unday bo'lsa jim turish-chi? Bu zararmi?
Jim turishda ikki xil maqsad bor.
1.Masofa saqlash: salom-alik, hurmat joyida, shunchaki keraksiz bahslarga kirmaysiz. Bu chegara, zarar emas.
2.Araz: haftalab gapirmaslik, uydagilar oyoq uchida yuradi, maqsad esa boshqani o’z gapiga ko’ndirish, manipulyatsiya qilish.(idishlar taraqlaydi, bir xonadan chiqib ketadi, ovqat yemagandek ko'rsatadi
🍚
) Bu ruhiy holatga zarar.
Hakam izlash.
Ovsin ustidan qaynonaga shikoyat qilamiz va “adolat" kutamiz,lekin birovning kamchiligini uchinchi odamga aytish or-nomusga tegadi, bu g'iybat) Izohlarda yozganingizdek, bu gap ertaga sizga qarshi qurolga aylanadi. Hali sizning bu boradagi fikringiz subyektiv bo'lib chiqishi ham bor, (unda bu tuxmat bo'ladi)
Bolalarga zarar berish.
Urish bir marta bo’lsa ham zarar. Lekin aybdorlik hissi o’zgarishga kuch bermaydi, faqat keyingi portlashni yaqinlashtiradi. “Biriga urdim, adolatli bo'lish uchun ikkinchisini ham” deb ikkalasini urish ham adolat emas. Adolat — ikkalasiga teng zarar emas, ikkalasiga teng yaxshilik qilish, mehr berish: quchoqlash va “men xato qildim, sening aybing yo’q” deyish.
O’zingizga zarar.
Ishda yuzxotir qilib “yo’q” deya olmaslik, boshqalarning mas’uliyatini o’zingizga olish, kechgacha jahl bilan yurib kuchsiz qolish. Bu beshinchi hudud: vaqtingiz va kuchingiz. Bir qizimiz yaxshi yozdi: birovning mas’uliyatini olsangiz, unga tegishli narsani ham undan olib qo’yasiz.
“Ochiq gaplashish foyda bermadi” deganlarga:
chegara boshqadan “o’zgar” deb talab qilish emas.
Chegara — o’zingiz nima qilishingizni aytish va shuni qilish. U odamni o’zgartira olmasligingiz mumkin, lekin o’z javob reaksiyangizni tanlay olasiz.
Zararmi yoki yo'q ajratish uchun savollar:
➖
Chegaramni buzdimi yoki kutuvim oqlanmadimi?
➖
Haqiqiy yo’qotish bormi yoki faqat yoqmadimi?
➖
Bir martalikmi yoki tizimli?
“Menga erim, men bolalarimga
(zarar beramiz)." Zarar zanjir bo’lib uzatiladi. Lekin zanjir sizda uzilishi mumkin. Buning uchun mukammal ona bo’lish shart emas, bitta kechirim, takrorlamaslik uchun jahd qilish ham bo’g’inni uzadi.
Siz qaysi zanjirni uzmoqchisiz?
@psixolog_rozaliya
— zarar bermaslik va zarar ko'rmaslikka chorlovchi psixologingiz
🤍
Hozir bir qoida haqida o'ylab qoldim:
"
Z
arar berish ham yo'q, zarar ko'rish ham yo'q"
Agar shu qoidani oiladagi munosabatlar ishlatsangiz nimalarni o'zgartirgan bo'lar edingiz?
Kimga zarar berayotgan bo'lishingiz mumkin?
Sizga kim qanday joyda zarar berayotgan bo'lishi mumkin?
Siz ota-onangiz bilan gaplashgandan keyin o'zingizni yomon his qilsangiz, ulardan hafalik va noroziligingiz bo'lsa bu podcastni oxirigacha eshiting.
• Toksik ota-ona qanday bo'ladi?
• Ularning belgilari.
• Ularning turlari
• Biz shunday ota-onamiz bilan qanday munosabat quramiz.
• Kindik uzish va yaxshilik qilish haqida.
• Turmush o'rtog'ingizning ota-onasi toksik bo'lsa nima qilishingiz mumkin?
P
.S. Toksik ota-ona(inson) degan diagnoz yo'q. Bu ba'zi odamlar hulqi, munosabat qurish uslubini
tasvirlash uchun ishlatiladigan ommabop so'z. I
ltimos, buni ota-onangizga diagnoz uchun ishlatmang
🙂
@psixolog_rozaliya
- siz hotirjam qalb tilovchi psixologingiz
🫶
Aynan shu narsa ba’zida onalarda ham bo’ladi. Siz ulg’aygan farzandsiz, onangiz oldiga dardlashgani, erkalangani, qo’llab quvvatlash olgani borasiz. LEKIN onangiz bilan suhbatdan keyin o’zingizni aksincha juda yomon his qilasiz. Biror ishga qo’lingiz bormay qoladi(
O’tgan kuni ana shunday munosabatdagi ota-onalar bilan qanday munosabat qilish haqida gaplashmoqchi edik.
Bugun shu haqida audio qoldiraman, sizlar esa reaksiya va shu mavzuda savol va caselar bilan qo’llab turing
🤗
@psixolog_rozaliya
O’zi rozi bo’lmagan ish qiladigan “fidokor”lar ana shunaqa atrofdagilarni egovlaydi.
Qoida: odam haqiqatdan rozi bo’lgan ishiga rozi bo’lishi kerak. Rozi bo’lolmasa ketsin, boshqa imkoni bo’lmasa taqdirga rozi bo’lsin.
Oramizda o’zi rozi bo’lmagan ishni qilib hammani egovlab yurganlar bormi?
🎙️
Qizlar, ota-ona toksik bo'lsa, ulg'aygan farzandini manipulyatsiya qilsa, bola onasi bilan psixologik jihatdan qiynalsa nima qilish kerak?
P.S. Videoda qiz “men onam bilan vaqt o’tkazishimdan oldin va keyin” deb yozibdi.
Bolalarni urmasdan tarbiyalab yaxshi natija olish mumkinmi?
Kecha sizlardan so’ragan savolimga ko’p javob yozibsizlar. Rahmat
🤗️
️️️️️. O’qib chiqdim va izohlarda savolni qo'llab quvvatlaganingizni ko'rdim. “men ham shuni o’ylayman”, “atrofda namuna yo’q”.
Endi o’z javobimni yozay.
Odatda bunday savol ortida ikki xil havotir bo'ladi.
1. Bolasi tarbiyasiz bo'lib ulg'ayishidan qo'rqish.
2. O'zi tarbiyada xato qilishi, yoki ovvora bo'lib qolishi (chunki urmay katta qilish qiyinroq
🙈️
️️️️️)
Birinchisiga qo'rquv bo'yicha rostini aytish kerak, kafolat yo’q.
Bolaning qanday inson bo’lib ulg’ayishiga shuncha narsa ta’sir qiladi-ki, ( tabiati, do’stlari, maktabi, ko’cha, bugun esa telefonidagi hamma narsa) bu narsalarni nazarot qilishda onada ko’pincha ihtiyor bo’lmaydi. Urmay o’stirgan ona ham shu farzandi bilan sinovlardan o'tishi mumkin. Urib tarbiyalangan farzand ham yaxshi inson bo'lib ulg'ayishi mumkin - biz musulmonlar buni Allohni tafviqi deymiz .Bunday bolalar urilgani uchun emas — urilishiga qaramay yaxshi inson bo'lib ulg'aydi deyishimiz mumkin.
Ikkinchi qo’rquvga esa javob bor, va u menimcha biz uchun eng muhim javob.
Farzand bizga omonat.
Siz bolangizni urmay, haqoratlamay, qo’rquvga solmay katta qilsangiz — bu natija kafolati emas, bu o’z vazifangizni to'g'ri bajarganingiz ko'rsatkichi.
Mendan ham, sizdan ham natija emas, amal so’raladi.
Mana shu yerda ikkilanish yo’qoladi. Siz natijani kafolatlay olmaysiz. O’z ishingizni qilasiz, qolganini tavakkal qilasiz. Bu — yengillik, ayniqsa o'smir farzandi borlari o'zlari qanchalik ojizligini yaxshi his qilishadi
🙈️
️️️️️
Lekin bitta shart bor, va eng katta chalkashlik shu yerda.
“Urmaslik” — “hech narsa qilmaslik” degani emas.
Bolani urmay, lekin unga chegara ham qo’ymay, “nima qilsang qil” deb o’stirsangiz, ha, natija og’ir bo’ladi. O’shanda atrofdagilar “ko’rdingmi, urish kerak edi” deb aytishadi. Aslida muammo urmaganingizda emas, tarbiya yo’qligida. Bu ikkisi butunlay boshqa narsa, lekin bizda ko’pincha bitta narsa deb tushuniladi.
Uchinchi yo’l bor, va biz ikki oy davomida aynan shuni o’rgandik: qat’iylik, lekin qo’rquvsiz. Qoida bor, buzilsa oqibati bor, lekin ovoz ham, qo’l ham ko’tarilmaydi. Ona sokin, ammo yumshoq emas.
Endi namuna haqida.
Namunalar bor. Biz ularni eshitmaymiz, xolos. Kecha izohlarda ularning ovozi chiqdi — o’qib chiqing, o’zingiz ko’rasiz.
Shu bilan “Sokin onalik”ni yakunladik. Ikki oy, 28 ta dars.
"Sokin onalar", sizlarga ana shunday namuna tarqatish ham omonat bo'lib qolyapti. Barchamiz asta sekin harakat bilan jamiyatimizda bolani urmaslik normal ekanini tarqatamiz
🤍️
️️️
“Sokin onalik”ni yiliga bir marta o’tkazaman, keyingi guruh kelasi yil ochiladi. Kutish ro’yxatiga hozirdan yozilsangiz bo’ladi, u yerda allaqachon 10-15 kishi bor.
@psixolog_rozaliya_admin
ga yozib ro'yxatga qo'shishini ayting.
@psixolog_rozaliya
- bolalarni kaltaklamay tarbiyalashni normallashtirishga bel bog'lab yo'lga chiqqan psixologingiz
Bugun “Sokin onalik”ning yakuniy darsi bo’ldi. Dars oxirrog'idada o’quvchilarimdan biri savol berdi. Javobimni shu yerda yozishdan oldin, sizlarning fikringizni bilmoqchiman.
Mana o’sha savol:
“Ustoz, atrofda ‘bolani urib turish kerak, aks holda tarbiyasiz bo’ladi, ota-onasini hurmat qilmaydi’ deb shunaqa ko’p gapirishadiki, men ikkilanib qolaman. Qarasam, bolasini urmasdan katta qilgan odamlarga namuna yo’q ekan. O’zi buning imkoni bormi? Urmasdan yaxshi bolalarni katta qilish mumkinmi?”
Sizlar nima deb o’ylaysiz?
Atrofingizda urmasdan tarbiya qilgan odamni bilasizmi?
O’zingiz bu savolga qanday javob bergan bo’lardingiz?
Sizni ham shu ikkilanish qiynaydimi?
"sokin onalar"dan ham javoblar kutib qolaman
🤍️
️️️️️
O’tgan kuni kichkina qizlik haqida gaplashgan edik. Kelinglar bir yoshligimizni eslaymiz
😍
Bolaligingizdan nimalarni eslaysiz?
Amaliyot oyi —
juma kuni
boshlanadi
🎥
Skeletni bilish bilan konsultatsiya qila olish — ikki xil narsa. Birinchisi bilim, ikkinchisi ko'nikma. Ko'nikma esa faqat mashqdan tug'iladi.
Shuning uchun bir oylik amaliyot: 4 ta jonli uchrashuv, har birida skeletning bitta bosqichi — so'rov, gipoteza, ta'sir, yakun. Asosiy vaqt nazariyaga emas, uchliklarda mashq qilishga ketadi: psixolog, mijoz, kuzatuvchi. Har safar bizdan fikr-mulohaza olasiz.
Guruhda har biringizga vaqt yetishi uchun 12–16 kishi bo’ladi.
📅
Birinchi uchrashuv — juma kuni, soat 14:00da
‼️
Bizda bir nechta bo’sh joy bor
Vebinarda qatnashmaganlar uchun vebinar yozuvi beriladi.
@insight_ad_min
ga murojaat qiling