Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Psixologiya Dunyosi

psixologiyadunyosiuz
Etika, axloq va ilmiy qadriyatlar bilan psixologiya bo‘yicha kontent yaratuvchi ijtimoiy tadbirkorlik tarmog‘i 🧠
Subscribers
961
24 hours
—
30 days
-9
Post views
128
ER
13,32%
Posts (30d)
25
Characters in post
523
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
October 24, 14:15
Media unavailable
3
Show in Telegram

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, sizga zarar yetkazayotgan munosabatni nega hali ham davom ettiryapsiz?
Bu savolning javobini videoda bilib olasiz.
Unutmang, siz istamagan narsangizga rozi bo‘lishga majbur emassiz. Hayot bir marta beriladi. Uni boshqalarning istagiga qarab emas, o‘zingiz xohlagandek yashashga haqqingiz bor.
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 23, 14:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Atrofingizdagi insonlar sizni o‘zingiz sezmagan holda o‘zgartirishi mumkin.
Doim yolg‘on gapiriladigan muhitda rostgo‘ylikni, hurmatsizlik odatiy holga aylangan joyda esa o‘z qadringizni unutib qo‘yishingiz mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan boshqalarning yomon odatlarini oddiy holdek qabul qila boshlaysiz. Hatto ilgari hech qachon rozi bo‘lmagan narsalaringizga ham ko‘nikib qolishingiz mumkin.
🌱
Shuning uchun sizni kamsitadigan emas, qo‘llab-quvvatlaydigan, ortga tortadigan emas, rivojlanishingizga yordam beradigan insonlar bilan birga bo‘ling.
Chunki ba’zan sizni o‘zgartiradigan narsa hayotning o‘zi emas, balki atrofingizdagi insonlardir.
💚
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 22, 14:20
Media unavailable
5
Show in Telegram

O‘zingizni tushunish — boshqalar bilan yaxshi munosabat qurishning birinchi qadamidir. Nimalarni his qilayotganingizni, nimani xohlayotganingizni va sizga nima yoqmasligini bilsangiz, buni boshqalarga ham osonroq tushuntira olasiz.
Chunki o‘zimizni qanchalik yaxshi bilsak, hislarimizni boshqalarga shunchalik yaxshi yetkaza olamiz.
❤️
Siz munosabatlarda o‘zingizni qanday tutasiz?
Hislaringizni ochiq aytasizmi yoki ichingizda saqlaysizmi?
Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.
💬
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 21, 14:15
Media unavailable
1
Show in Telegram

O‘zingizni qurbon qilishni kim sevgiga tenglashtirdi?
Ba’zan boshqalarga mehr berib, o‘zimizni unutamiz. Ularni ranjitmaslik yoki yo‘qotmaslik uchun o‘z ehtiyojlarimizni ortga suramiz.
Boshqalarning dardini tushunamiz-u, o‘z dardimizga befarq bo‘lib qolamiz.
Ammo sevgi — o‘zingizni qurbon qilish degani emas.
🌿
Gulni sug‘orish go‘zal, lekin uni sug‘orayotgan insonning ham suvga muhtojligini unutmang.
O‘zingizni ham asrang. Siz ham mehrga loyiqsiz.
🤍
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 20, 14:15
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ba’zan munosabatlar bir-birini tushunishga urinishdan chiqib, kim haq, kim nohaqligini isbotlaydigan sudga aylanadi. Juftliklar eski gaplarni eslab, bir-biriga dalil keltirishga urinadi. Ammo bahsda g‘olib bo‘lish ikkala insonni ham ruhiy jihatdan charchatishi mumkin.
Chunki haq bo‘lib chiqish har doim ham o‘zimizni baxtli, xotirjam va tushunilgan his qilishimizga yordam bermaydi.
Shuning uchun munosabatlarda faqat “Kim haq?” deb emas, balki “Bu holat ikkimizga qanday ta’sir qildi?”, “Bir-birimizning qaysi ehtiyojimizni tushunmayapmiz?” va “Muammoni bir-birimizga qarshi kurashmasdan qanday hal qilamiz?” deb ham o‘ylash muhim.
Chunki sog‘lom munosabat — hech qachon tortishmaslik emas, balki kelishmovchiliklar paytida ham bir-birini yo‘qotmasdan, muammolarni birgalikda hal qila olishdir.
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 19, 14:15
Media unavailable
3
Show in Telegram

Kichkina farzandingizga ko‘rsatgan mehringizni kattasidan ham ayamang.
❤️
Katta bo‘lgani bilan u ham erkalangisi, quchoqlagingiz kelishini, ba’zan shunchaki onasining yoki dadasining bag‘rida kichkina bola bo‘lib o‘tirishni xohlaydi.
Undan doim tushunishini, sabr qilishini kutmang. U ham hali bola, uning ham ko‘ngli nozik, mehrga ehtiyoji bor.
❤️
Unutmang, katta farzandingiz ham bir paytlar sizning kichkina bolangiz edi. Unga ham mehringizni ayamang.
Video:
rehber.x
ga oid
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 17, 14:15
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ongimizga qanday fikrlarni singdiramiz?
🧠
Har bir fikrimiz va so‘zimiz kayfiyatimizga, his-tuyg‘ularimizga ta’sir qiladi. Shuning uchun o‘zimizga va boshqalarga nisbatan mehribon bo‘lishga harakat qilaylik.
💛
Sizningcha, fikrlarimiz hayotimizga qanchalik ta’sir qiladi?
💭
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 16, 13:56
Media unavailable
3
Show in Telegram

Mukammallikka intilish har doim ham yaxshi natijaga erishish istagi emas.
Ba’zan buning ortida xato qilishdan qo‘rqish, boshqalarning fikridan xavotirlanish va o‘zidan juda ko‘p narsa kutish yotadi.
Shu sababli inson o‘z yutuqlaridan ko‘ra kamchiliklariga ko‘proq e’tibor beradi.
Aslida, hamma narsani mukammal qilish shart emas. Ba’zan yaxshi natijaning o‘zi yetarli.
🌿
Siz ham o‘zingizdan juda ko‘p narsa talab qilasizmi?
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 15, 14:15
Media unavailable
3
Show in Telegram

Ba’zi bolalar yoshligidan kattalardek yashashga majbur bo‘ladi. Ota-onasining dardini tinglaydi, muammolarini hal qilishga urinadi, ularni xafa qilmaslik uchun o‘z hislarini ichiga yutadi.
Psixologiyada bu holat parentifikatsiya deb ataladi.
Bunday bolalar ulg‘aygach ham:
🔹
Boshqalarning muammolarini o‘z zimmasiga oladi.
🔹
O‘z ehtiyojlarini unutib, hammaga yordam berishga harakat qiladi.
🔹
O‘z hayoti bilan yashasa yoki “yo‘q” desa, o‘zini aybdor his qiladi.
Lekin bir narsani unutmang: siz ota-onangizni sevishingiz mumkin, ammo ularning barcha muammolarini hal qilishga majbur emassiz.
Siz ham farzand bo‘lishga, mehr ko‘rishga va boshqalarning g‘amxo‘rligini his qilishga haqlisiz.
🤍
💬
Siz ham bolaligingizda yoshingizdan kattalardek mas’uliyatni ko‘tarishga majbur bo‘lganmisiz?
Telegram
I
Facebook
I
Instagram

October 14, 14:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

Ba’zi gaplar bor — ularni vaqtida eshitganimizda, hayotga boshqacha qaragan bo‘lardik.
Lekin ayrim narsalarni tushunish uchun vaqt kerak ekan.
Bugun bilganingiz, balki kecha sizga juda kerak bo‘lgan javobdir.
Siz ham “buni oldinroq bilganimda edi” degan fikrga kelganmisiz?
Telegram
I
Facebook
I
Instagram