Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Publication_uz

publish_uz
Ilmiy brendingizni biz bilan birga yarating Murojaat va takliflar uchun: https://t.me/publicationu
Subscribers
19 428
24 hours
-2
30 days
276
Post views
1 953
ER
10,05%
Posts (30d)
45
Characters in post
1 390
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 27, 03:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

#scopus
#web_of_science
⏳
Bugun, soat 20:00 da oktabr oyidagi "
Scopus sari ilk qadam
" nomli ilmiy loyihamizdan o'rin olgan navbatdagi darslarimiz bo'lib o'tadi!
🌐
Ushbu dars davomida ishtirokchilar Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiya qilinadigan konferensiyalarni aniqlash, ularning ishonchliligini tekshirish hamda konferensiya materiallarini nashr etish imkoniyatlari bilan tanishadilar.
📚
Shuningdek, xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalarning to‘g‘ri tuzilmasini shakllantirish, IMRAD modeli, annotatsiya, kalit so‘zlar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlash bo‘yicha muhim nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
✅
Bundan tashqari Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallar uchun ilmiy maqolalarni tayyorlash, jurnal talablarini tahlil qilish hamda maqolalarni xalqaro ilmiy va texnik standartlar asosida to‘g‘ri rasmiylashtirish masalalari batafsil yoritiladi.
🎯
Bundan tashqari, ilmiy maqolalarni jurnallarga yuborish jarayonida eng ko‘p uchraydigan xatolar va ularning oldini olish usullari, tadqiqot yo‘nalishiga mos nufuzli xalqaro jurnallarni tanlash hamda maqolalarning nashrga qabul qilinish imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan samarali strategiyalar muhokama qilinadi.
🌐
Ilmiy loyihamiz darslariga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
https://t.me/publicationu
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 23, 06:24
Media unavailable
1
Show in Telegram

#scopus
#web_of_science
⏳
Bugun, soat 20:00 da oktabr oyidagi
“Ilmiy maqola yozish sari ilk qadam”
nomli ilmiy loyihamiz doirasida navbatdagi 4-dars mashg‘ulotimiz bo‘lib o‘tadi!
🎯
Bu darsimizda Sizga ilmiy maqola yozishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni bartaraf etish usullari, maqola qabul qilinishida ustunlik beradigan ilg‘or strategiyalar va suniy intellekt vositalarini yozuv jarayoniga integratsiya qilish sirlarini o‘rgatamiz.
💡
Bizning maqsadimiz shunchaki ilmiy maqola yozishni o‘rgatish emas, balki har bir ishtirokchida mustaqil ilmiy izlanish olib borish, sifatli maqola tayyorlash va xalqaro ilmiy maydonda o‘z o‘rnini topish ko‘nikmalarini shakllantirishdir!
🌐
Ilmiy loyihamiz darslariga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
https://t.me/publicationu
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 22, 16:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

#scopus
🚨
Yuzlab mualliflarimiz “scopus” niqobi ostida faoliyat yuritayotgan firibgarlarning navbatdagi qurbonlariga aylanishdi!
❗️
Journal of Daoist Studies jurnalida 2026-yilda chop qilingan yuzlab maqolalar Scopus ma’lumotlar bazasidan o‘chirildi!
📌
Avval jurnalning 2026-yildagi hujjatlari soni
292 ta
bo‘lgan bo’lsa, 2026-yil 22-oktabr holatiga kelib esa
Scopus ma’lumotlar
bazasida
atigi 6 ta maqola qolgan!
🚨
Dastlabki tekshiruvimizga ko‘ra,
Scopus ma’lumotlar
bazasida qolgan 6 ta maqolaning 4 tasi hindistonlik, 2 tasi filippinlik mualliflarga tegishli. Mamlakatimiz mualliflarining 2026-yilgi maqolalari esa hozirgi ro‘yxatda mavjud emas.
🔗
Rasmiy manba:
https://www.scopus.com/sourceid/21101033328
✅
Aslida kim kimni aldayapti? Balki, muammoning asosiy sababchilaridan biri mualliflarimizning o‘zidir?!
❗️
Ustama olish, ilmiy darajaga erishish yoki ish joyini saqlab qolish uchun qo‘yilgan talablarni bajarish bahonasida har qanday jurnalga maqola chop ettirishimiz shartmi? Nahotki, jurnalning haqiqiyligini, indeksatsiya holatini va ilmiy nufuzini tekshirish shunchalik qiyin bo‘lsa? Axir, bu talablarni bajarishning qonuniy, ishonchli va muqobil yo‘llari ham mavjud-ku!
💵
Biz haqiqatan ham juda boy odamlarmiz, aslida!
Chunki bir necha daqiqada tekshirish mumkin bo‘lgan jurnalga hech qanday tekshiruvsiz 400–800 AQSH dollarini sarflashga tayyormiz. Keyin esa maqolamiz Scopus bazasidan o‘chirilsa yoki umuman indeksatsiya qilinmaganligi ma’lum bo‘lsa, aybdorni boshqalardan izlaymiz.
Vaholanki, jurnalni tanlash va tekshirish mas’uliyati, avvalo, muallifning o‘z zimmasidadir!
🎓
Unutmang! Ilmiy faoliyatdagi mas’uliyatsizlikning oqibatini faqat firibgarlardan izlash to‘g‘ri emas. O‘z maqolasini qayerda va qanday chop ettirayotganiga befarq bo‘lgan muallif ham yuzaga kelgan vaziyat uchun mas’uldir!
P.s
: Aslida, firibgarlarning navbatdagi qurboniga aylanish xavfi ostida turgan mualliflarimiz soni Siz tasavvur qilganingizdan ham ancha ko‘p! Afsuski, ko‘plab mualliflarimiz bundan hali bexabar.
Navbatdagi postlarimizda ushbu mavzuga yana qaytamiz va boshqa shubhali jurnallar bilan bog‘liq muhim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
Kuzatishda davom eting!
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 22, 13:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

#scopus
#web_of_science
🚀
Dekabr oyidagi barcha ilmiy loyihalarimizga qabul davom etmoqda!
🌟
Agar Siz ilmiy maqola yozishni o‘rganish va uni Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazalarida indeksatsiya qilinadigan jurnallarda mustaqil ravishda va bepul chop qilishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, ushbu ilmiy loyihalarimiz aynan Siz uchun!
🎓
Loyihalarimiz davomida ilmiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bosqichma-bosqich o‘rgatiladi.
🌐
Ilmiy loyihalarimiz darslariga yozilish uchun:
https://t.me/publicationu
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringiz, hamkasblaringiz va ilmga chanqoq barcha guruhlarga ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 22, 05:13
Media unavailable
1
Show in Telegram

#grantlar
🇺🇿
“Uzbekistan Youth in Science” ilmiy loyihamizga qabul davom etmoqda!
🎁
Loyiha doirasida 100 nafar iqtidorli yoshning har biriga 1 500 000 so‘mlik grant ajratiladi.
📚
Ishtirokchilar uchun "
Scopus sari ilk qadam
"
va
"
Ilmiy maqola yozish sari ilk qadam
" loyihalari asosida jonli amaliy darslar tashkil etilib, ilmiy maqola tayyorlash, xalqaro jurnallar bilan ishlash hamda Scopus va Web of Science bazalaridan samarali foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar beriladi.
📑
Nomzodlarni saralash va baholash mezonlari bu yerda:
https://t.me/publish_uz/14926
👨‍🏫
Loyiha muallifi va rahbari: PhD Fakhriddin Abdikarimov
📨
Ushbu imkoniyatni iqtidorli do‘stlaringiz va tengdoshlaringizga ham ulashing!
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 21, 11:26
Media unavailable
1
Show in Telegram

#scopus
🏆
Nobel mukofoti sovrindorining ilmiy maqolasi nega nashrdan qaytarib olingan?
🔬
2018-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan amerikalik olima Frances H. Arnoldning 2019-yilda nufuzli Science jurnalida chop etilgan ilmiy maqolasi 2020-yil yanvar oyida nashrdan qaytarib olingan.
❗️
Maqolaning nashrdan qaytarib olinishiga asosiy sabab - tadqiqotchilar dastlab o‘tkazilgan tajribalarda ijobiy natijalarga erishganini ma’lum qilib, ushbu natijalar asosida 2019-yilda nufuzli Science jurnalida ilmiy maqola chop ettirishgan. Biroq keyinchalik tajribalar qayta o‘tkazilganda, maqolada keltirilgan natijalarni takrorlashning imkoni bo‘lmagan. Natijada tadqiqotning asosiy ilmiy xulosalari ishonchliligini tasdiqlab bo‘lmagan. Shu sababli Frances Arnold ushbu muammoni ochiq tan olib, maqolani nashrdan qaytarib olishga qaror qilgan. Olimaning ta’kidlashicha, maqola jurnalga yuborilgan vaqtda u juda band bo‘lgan va tadqiqot natijalarini yetarlicha nazorat qilmagan.
💬
Eng qizig‘i, Nobel mukofoti sovrindori ushbu holatga izoh berib: “Maqola jurnalga yuborilgan vaqtda men biroz band edim va o‘z vazifamni yaxshi bajarmadim”, deya o‘z mas’uliyatini tan olgan.
👨‍🔬
Caltech laboratoriyasining yillik hisobotiga ko‘ra, olimaning ilmiy jamoasida 14 nafar talaba-tadqiqotchi, 11 nafar postdoktorant va boshqa xodimlar faoliyat yuritgan.
⁉️
Savol tug‘iladi: ilmiy rahbarning bandligi tadqiqot natijalarini yetarlicha nazorat qilmaganiga asosli bahona bo‘la oladimi? Bitta ilmiy rahbar 25 nafardan ortiq tadqiqotchining faoliyatini qanchalik samarali nazorat qila oladi?
📚
Menimcha, ushbu voqea barcha ilmiy rahbarlar va tadqiqotchilar uchun jiddiy saboq bo‘lishi kerak. Ilm-fanda eng muhimi ko‘plab maqolalar chop ettirish yoki yuqori ilmiy ko‘rsatkichlarga erishish emas, balki olingan natijalarning ishonchliligi, aniqligi va takrorlanuvchanligini ta’minlashdir.
🎯
Ilmiy rahbarlik faqat maqolaga hammuallif bo‘lish emas, balki tadqiqot sifati va ilmiy halollik uchun mas’uliyatni ham anglatadi.
✅
E’tiborli jihati shundaki, Nobel mukofoti sovrindori o‘z xatosini ochiq tan olgan. Bu esa ilmiy halollikning muhim namunasidir.
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringizga, hamkasblaringizga va barcha ilmga chanqoq guruhlarga maksimal ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 21, 05:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

#firibgarlar
🚨
Firibgarlar yana sahnada! Eski sxema, yangi qurbonlar!
⚠️
Biroz tanaffusdan so‘ng ilmiy nashrlar nomidan foydalanib, sodda va ishonuvchan mualliflarimizni aldash bilan shug‘ullanayotgan firibgarlarimiz yana faollashgan ko‘rinadi!
🎭
Avvallari
“Berlin Studies – Transnational Journal of Science and Humanities”, “British Medical Journal”, “Art of Medicine. International Medical Scientific Journal” va “Harvard Educational and Scientific Review”
kabi jurnallarning klon veb-saytlarini yaratish bilan tanilgan firibgarlarimiz yana eski usullari orqali sodda va ishonuvchan mualliflarimizni ovlashmoqda.
💰
Aftidan, firibgarlarimizning nafsi yana hakalak otgan! Bu safar ham jurnal muqovasini o‘zgartirish, nufuzli ilmiy nashr nomidan foydalanish va mualliflarning ishonchini qozonish orqali navbatdagi «o‘lja»larni izlash davom etmoqda.
🌐
Jurnalning klon veb-sayti:
https://ejournals.id/index.php/bmj/issue/archive
📑
Jurnalning klon veb-saytida e’lon qilingan yangi maqolalar ro‘yxati:
https://ejournals.id/index.php/bmj/issue/view/201
😔
Eng achinarlisi, bunday saytlarga ishonib maqola yuborayotgan ayrim mualliflar o‘z mablag‘lari, vaqti va ilmiy faoliyati uchun qanchalik katta tavakkalchilikka qo‘l urayotganlarini anglab yetmayaptilar.
📢
Ma’lumot uchun!
Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining
2023-yil 5-iyuldagi 01-07/1109-sonli qarori
bilan “British Medical Journal” nomli nashr dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatidan chiqarilgan.
⚖️
Mazkur holat yuzasidan jurnalning rasmiy nashriyoti va tegishli mas’ul tashkilotlarga rasmiy murojaatlar yuborildi
.
🛑
Ilmiy jamoatchilikning ishonchidan foydalanib, mualliflarni aldashga urinishlar javobsiz qolmasligi kerak!
Ilm-fan sohasida bunday shubhali faoliyatga qarshi kurashish va mualliflarimizni ogohlantirishda davom etamiz!
🔎
Hurmatli mualliflar! Ilmiy maqolangizni biror jurnalga yuborishdan avval uning rasmiy veb-sayti, nashriyoti, ISSN raqami va xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi indeksatsiya holatini albatta tekshiring!
🛡
Ogoh bo‘ling! Ilmiy mehnatingizni firibgarlarning daromad manbaiga aylantirmang!
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringizga, hamkasblaringizga va barcha ilmga chanqoq guruhlarga maksimal ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 20, 23:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
21-Oktabr – O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
🌸
Barchangizni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etamiz!
🌍
O‘zbek tilimiz nafaqat yurtimizda, balki jahon ilm-fani, ta’limi va madaniyati maydonida ham munosib o‘rin egallashini tilaymiz!
💐
Ona tilimizning qadri hamisha baland, mavqeyi yuksak, istiqboli porloq bo‘lsin!
🇺🇿
Ona tilimiz – milliy g‘ururimiz, bebaho boyligimiz va faxrimizdir!
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 20, 12:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

#citation
📩
ResearchGate
platformasidan navbatdagi quvonchli xabarni oldik. Scopus ma’lumotlar bazasida indeksatsiya qilingan 3 ta ilmiy maqolamizga xorijlik olimlar tomonidan navbatdagi iqtibosliklar keltirilibdi.
🌍
Tasavvur qilyapsizmi?! Siz yillar davomida izlangan, vaqt va mehnatingizni sarflagan 3 ta ilmiy maqolangizdan chet ellik olimlar o‘z ilmiy tadqiqotlarida foydalanishmoqda. Siz erishgan ilmiy natijalar dunyoning boshqa bir nuqtasida yangi tadqiqotlar uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
❤️
Menimcha, olim uchun bundan ortiq quvonchli lahzalardan biri bo‘lmasa kerak!
📚
Axir ilm-fanning asl mohiyati ham shunda emasmi? Siz yaratgan ilmiy natijalar faqat o‘zingizga emas, balki boshqa tadqiqotchilarga ham foyda keltirishi, yangi ilmiy izlanishlarga yo‘l ochishi naqadar go‘zal!
🌱
Aslida, haqiqiy baxt biz o‘ylagandan ham yaqinroq. Shunchaki uni ko‘ra bilish, his qila olish va qadrlash kerak.
✨
Ilm esa ana shu baxtga to‘g‘ri, halol va sharafli yo‘l bilan yetaklovchi eng go‘zal vositalardan biridir!
🤲
Ilm yo‘lida qilayotgan mehnatlarimiz besamar ketmasin!
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringizga, hamkasblaringizga va barcha ilmga chanqoq guruhlarga maksimal ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz

October 20, 03:44
Media unavailable
1
Show in Telegram

#scopus
#web_of_science
⏳
Bugun soat 20:00 da oktabr oyidagi "
Scopus sari ilk qadam
" nomli ilmiy loyihamizdan o'rin olgan navbatdagi darslarimiz bo'lib o'tadi!
✅
Hozirgi kunda Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazalaridagi ko'plab nufuzli jurnallar maqolalarni
*.tex formatida
qabul qiladi.
🎯
Ilmiy loyihamizda o'qiyotgan barcha mualliflarimizga
Overleaf online platformasida
ishlash va
TexStudio dasturi
yordamida ilmiy maqolalar tayyorlash ham o'rgatib kelinmoqda.
🔝
Agar Siz ham maqolangizni Scopus yoki Web of Science ma’lumotlar bazalariga kiruvchi bepul jurnallarda chop etishni istasangiz, dekabr oyida tashkil etiladigan ilmiy loyihalarimiz darslariga yozilishingiz mumkin.
🌐
Darslarimizga yozilish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling:
https://t.me/publicationu
📨
Ushbu postni Siz uchun qadrli bo‘lgan do‘stlaringizga, hamkasblaringizga va barcha ilmga chanqoq guruhlarga maksimal ulashishingizni so‘raymiz.
Murojaat:
https://t.me/publicationu
Telegram:
https://t.me/publish_uz