
Qarshi davlat universiteti
⚡️
Qashqadaryoda pedagoglar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkaziladi
30-iyul kuni soat 09:00 da Qarshi shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida pedagoglar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.
Yarmarkada olis hududlarda joylashgan hamda pedagog kadrlarga ehtiyoji yuqori bo‘lgan maktablardagi vakant lavozimlar taklif etiladi.
Olis hududlarda ishlashni tanlagan pedagoglar uchun qonunchilikda belgilangan ustama va imtiyozlar mavjud.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
📢
“Kelajakka qadam” — yoshlarga keng imkoniyatlar!
🎓
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida yoshlar va bitiruvchilar uchun turli yo‘nalishlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari taqdim etilmoqda.
💼
Dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
— “Tadbirkorlikka ilk qadam”
— “Biznes start”
— “Biznes progress”
— “Talaba invest”
— “Mening birinchi kasbim”
💰
Ushbu loyihalar orqali:
• biznesni boshlash va kengaytirish
• kasb egallash va malaka oshirish
• yangi ish o‘rinlari yaratish
• xorijda o‘qish va tajriba orttirish
imkoniyatlari yaratilgan.
🚀
Endi siz ham o‘z g‘oyangizni real loyihaga aylantiring!
📌
Batafsil:
nbu.uz
📞
(78) 148 00 10
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak?
Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori.
Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi?
27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi
Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini
o‘tkazadi.
Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning:
➖
bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi;
➖
amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari;
➖
mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi.
Hurmatli ish beruvchilar!
So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz.
Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi!
English
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
➖
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
❗️
❗️
❗️
❗️
❗️
2026/2027-o‘quv yili uchun Qarshi davlat universitetiga hujjat topshirgan ko‘zi ojiz abituriyentlar diqqatiga!
Kasbiy (ijodiy) kirish imtihoni
2026-yil 28-iyul kuni soat 08:00 da
Qarshi davlat universiteti
San'atshunoslik fakulteti binosida
bo‘lib o‘tadi.
Abituriyentlar quyidagi hujjatlarning asl nusxalari bilan kelishlari so‘raladi:
▪️
Pasport;
▪️
Nogironlik to‘g‘risidagi
guvohnoma
;
▪️
Ko‘zi ojizlar maxsus internatini tugatganligi haqidagi
shahodatnoma
.
UNIVERSITET QABUL KOMISSIYASI
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
#tabrik
Qarshi davlat universiteti jamoasi Fizika kafedrasi professori, pedagogika fanlari nomzodi
Gulnoza Saydullayevna Uzoqovani
tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.
Olima ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda: u 2 ta darslik, 5 ta o‘quv va 5 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 120 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifidir.
Professor G.Uzoqovaning ko‘p yillik fidokorona mehnati davlatimiz tomonidan yuksak e’tirof etilib, "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 20 yil" va "O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligiga 30 yil" esdalik nishonlari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va boshqa nufuzli tashkilotlarning faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
Muhtaram Gulnoza Saydullayevna!
Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy baxt hamda mas’uliyatli faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz. Muborak 60 yoshingiz qutlug‘ bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qarshi davlat universiteti jamoasi
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
#Qabul2026
#Abituriyent2026
📣
Abituriyentlar diqqatiga!
🎥
Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha tayyorlangan
videoqo'llanma
bilan tanishib boring.
Mazkur videoqo‘llanmada
abituriyentlar uchun muhim ma’lumotlar mavjud.
❗️
Tanlovning 2-bosqichida ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan barcha abituriyentlarga videoqo‘llanma bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
Youtube orqali ko‘rish
(HD formatda)
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram
🔷
FARDU — LOCHIN
🟢
🟢
https://youtu.be/swsbWwcKwd8
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
#hamkorlik
⚡️
Xalqaro tajriba almashinuvi: QarDU o‘qituvchilari Buyuk Britaniyada CELTA kursida malaka oshirmoqda
Qarshi davlat universitetining Buyuk Britaniyaning
Nottingham Trent University
bilan yo‘lga qo‘ygan samarali hamkorligi doirasida universitetning
6 nafar o‘qituvchisi
Angliyada tashkil etilgan yozgi intensiv
CELTA (Certificate in English Language Teaching to Adults)
kursida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro dasturga o‘qituvchilar universitet tomonidan e’lon qilingan tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan holda saralab olindi. Tanlov hujjatlar qabuli, amaliy dars mashg‘uloti hamda Nottingham Trent University mutaxassislari bilan o‘tkazilgan suhbat bosqichlarini o‘z
ichiga oldi.
CELTA dasturi ingliz tilini o‘qitish metodikasining zamonaviy yondashuvlari, amaliy dars berish ko‘nikmalari hamda tajribali xalqaro trenerlar rahbarligida kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etuvchi dunyoda keng e’tirof etilgan malaka dasturlaridan biridir.
Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining xalqaro malaka oshirish dasturlarida faol ishtiroki ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish hamda universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
⚡️
Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari bitiruvchilariga diplomlar tantanali ravishda topshirildi
Qarshi davlat universitetida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha bakalavr va magistratura bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu quvonchli tadbir bitiruvchilar, ularning ota-onalari va professor-o‘qituvchilari uchun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi. Joriy yilda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini
61 nafar bitiruvchi
muvaffaqiyatli tamomladi. Shundan
37 nafari bakalavr
,
24 nafari magistratura
bosqichi bitiruvchilari bo‘lib, bakalavriat bosqichidagi
3 nafar talaba imtiyozli diplom
sohibiga aylandi.
Diplomlar Moskva davlat lingvistika universiteti, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, N.A.Dobrolyubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti, Yanka Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti hamda Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari bitiruvchilariga topshirildi. Marosimda hamkor xorijiy universitetlar vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladilar. Shuningdek, Belarus–O‘zbekiston tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti direktori Yelena Petrovna Xodan ZOOM platformasi orqali o‘z tabrigini yo‘lladi.
Tadbirda Qarshi davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori
I.Bekpulatov
hamda Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
N.Azizova
so‘zga chiqib, bitiruvchilar va ularning ota-onalarini muborakbod etdilar hamda yosh mutaxassislarga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar. Marosim yakunida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ota-onalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlar yosh mutaxassislarning yutuqlarini olqishlab, ularga ezgu tilaklarini bildirdilar.
Ma’lumot uchun, Qarshi davlat universitetida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish ishlari izchil davom etmoqda. Universitet yaqin istiqbolda yangi xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan.
2026–2027-o‘quv yili uchun xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga hujjatlar qabul qilish avgust oyida boshlanadi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
⚡️
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari tashkil etildi
Qarshi davlat universitetida
“Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari kunlari, shuningdek, soʻnggi oʻn yil ichida mamlakatimizdagi keng koʻlamli islohotlarning natijalari haqida soʻz yurituvchi “Yangi Oʻzbekiston orzusi” kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda taniqli ziyolilar, ijodkorlar, universitet professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda ommaviy axborot vositalariga qiziqishini oshirishdan iborat boʻldi. Tadbir davomida
“Yangi Oʻzbekiston”
va
“Pravda Vostoka”
gazetalarining jamiyatni tezkor va xolis axborot bilan taʼminlashdagi oʻrni hamda ularda yoritilayotgan dolzarb mavzular haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, publitsist,
“Yangi Oʻzbekiston”
va
“Pravda Vostoka”
gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda muallif
“Yangi Oʻzbekiston orzusi”
kitobining yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati va unda ilgari surilgan gʻoyalar haqida maʼlumot berib, kitobxonlik madaniyati, ilm-maʼrifat hamda yoshlarning maʼnaviy kamoloti xususidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
Tadbir yakunida kitob yuzasidan fikr almashilib, yoshlar ishtirokida gazetalar faoliyati va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga bagʻishlangan savol-javob oʻtkazildi. Faol ishtirokchilar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt