Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar
Qarshi shahriga oid eng so’nggi xabar va yangiliklar!
Subscribers
3 505
24 hours
5
30 days
-62
Post views
430
ER
12,27%
Posts (30d)
106
Characters in post
869
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
October 27, 14:45
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎙
“OBOD YURT” — JONLI EFIRDA!
📅
27-oktabr — Qarshi shahar kuni!
Qadimiy tarix, boy madaniy meros va bugungi bunyodkorlik mujassam bo‘lgan Qarshi shahri haqida so‘z yuritamiz.
🎤
Efir mehmonlari:
— Qarshi shahar hokimligi mas’ul xodimi G‘ayrat Sultonov;
— Muzey ilmiy xodimi Ramazon Boymanov.
Qarshining shonli tarixi, buguni va kelajagi haqida qiziqarli suhbatni “Obod yurt” eshittirishida tinglang!
📻
Biz bilan qoling!
"OLTIN VOHA" FM 102.3 ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
📱
Instagram
📱
Youtube
📱
Facebook
📱
Telegram
Obuna bo‘ling va kuzatib boring!

October 27, 11:53
Media unavailable
7
Show in Telegram

Yangi Özbekiston massivi — Qarşining yangi qiyofasi!
Zamonaviy me’morçilik, obod turar joylar va farovon hayot sari dadil qadamlar. Yangi Özbekiston massivi — Qarşi şahrining yangilanayotgan qiyofasi, bunyodkorlik va taraqqiyotning yorqin ifodasi. Bu maskan nafaqat yangi uylar, balki yangi orzular va kelajakka bölgan işonç timsolidir!
Kanalga ulaniş:
➖
@shaharhokimligi

October 27, 11:10
Media unavailable
1
Show in Telegram

🇺🇿
MUDDATLI HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KENG IMKONIYATLAR!
🎖
Endilikda muddatli harbiy xizmat davomida yoşlar nafaqat Vatan oldidagi burçini ado etadi, balki kelajagi uçun muhim bilim va könikmalarni ham egallaydi!
📌
Yaratilgan imkoniyatlar:
✅
Zamonaviy kasblarni örganiş va kasb sertifikatini oliş;
💻
IT va sun’iy intellekt yönalişlarida bepul, çuqurlaştirilgan ta’lim oliş;
🎓
Harbiy xizmat davomida oliy ta’limga kiriş uçun test sinovlarida qatnaşiş;
🌐
Oliy ta’limga kiriş uçun zarur bölgan xorijiy til va fan sertifikatlarini oliş xarajatlarini qoplatiş;
📚
Foizsiz ta’lim krediti orqali qöllab-quvvatlaniş;
🏆
Kitobxonlik tanlovida ğolib bölib, elektromobilga ega böliş;
⏳
Belgilangan şartlar asosida harbiy xizmat muddatini qisqartiriş imkoniyatidan foydalaniş.
💪
Maqsad — bilimli, zamonaviy kasb egasi bölgan va kelajakka işonç bilan qadam qöyadigan yoşlarni qöllab-quvvatlaş!
📍
Qarşi şahar Mudofaa işlari bölimi
☎️
Murojaat uçun:
75 225-25-86
Kanalga ulaniş:
➖
@shaharhokimligi

October 27, 09:35
Media unavailable
1
Show in Telegram

‼️
QASHQADARYO VILOYATI TADBIRKORLARI VA ISHBILARMONLARI DIQQATIGA!
28-oktabr kuni Qarshi shahrida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari bo‘yicha “Roadshow” taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tadbirkorlar, investorlar va ishbilarmon doiralar vakillarini taqdimotda ishtirok etishga taklif etadi. Unda korxonalardagi davlat ulushlari, bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari hamda sotuvga chiqarilishi belgilangan yer uchastkalari taqdim etiladi.
Sana va vaqt:
28-oktabr, soat 10:00.
O‘tkazilish joyi:
“O‘zbekneftgaz” AJning ma’muriy binosi.
Manzil:
Qarshi shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 35-uy.
Davlat aktivlarini xarid qilish va yangi investitsiya imkoniyatlaridan foydalanish istagida bo‘lgan barcha manfaatdor shaxslarni faol ishtirok etishga taklif qilamiz!
Yangi imkoniyatlar — yangi investitsiyalar va biznes rivoji sari muhim qadam!
Gov.uz
|
Telegram
|
YouTube
|
FB
|
Instagram
|
X

October 27, 05:07
Media unavailable
9
Show in Telegram

Germaniyada işlamoqçi bölgan haydovçilar uçun yangi imkoniyat oçilmoqda
Germaniyaning "PROSICA GMBh", "MOTIBA GmbH & Co. KG" hamda "LEWWA" kompaniya delegatsiyalari "Vatanparvar" taşkiloti Qaşqadaryo viloyati kengaşiga taşrif buyurdilar.
Uçraşuv mobaynida çet ellik mutaxassislar "Vatanparvar" taşkiloti öquv muassasasida turli toifalarda avtotransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, mavjud moddiy-texnik baza, öquv dasturlari va haydovçilik kasbini örgatişga möljallangan innovatsion texnologiyalar bilan tanişdilar.
Şu bilan birga taşrif buyurtuvçilar taşkilotning viloyat kengaşida mavjud MAN FURA automaşinasi hamda motosiklda amaliy maşğulot bajarib körişdilar.
Uçraşuv yakunida 2026-yilda amalga oşirilişi rejalaştirilgan vazifalarni oz içiga olgan ikki tomonlama şartnoma imzolaş masalasini körib çiqişga kelişildi.
Gov.uz
|
Telegram
|
YouTube
|
FB
|
Instagram
|
X

October 27, 05:06
Media unavailable
3
Show in Telegram

⚡️
BEFARQ BÖLMANG!
Is gazidan zaharlanişning oldini olaylik!
Havo harorati pasayişi bilan xonadonlarda isitiş moslamalaridan foydalaniş boşlanadi. Biroq yoz mavsumi davomida işlatilmagan, texnik körikdan ötkazilmagan isitiş qurilmalari, ayniqsa, qölbola va nostandart moslamalardan foydalaniş, dudburon va mörkonlarning tozaligi hamda sozligiga e’tiborsizlik ayançli oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Sönggi kunlarda is gazidan zaharlaniş oqibatida insonlar hayotdan köz yumayotgani barçamizni yanada huşyor va mas’uliyatli bölişga undaşi kerak. Zero, is gazi rangsiz va hidsiz bölib, uni seziş qiyin. Şu bois xavfsizlik qoidalariga beparvolik qiliş inson hayoti va salomatligiga jiddiy tahdid tuğdiradi.
Hurmatli fuqarolar! Özingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qöymang! Isitiş mavsumida quyidagi xavfsizlik talablariga qat’iy amal qilişingizni söraymiz:
⏺
Faqat muvofiqlik sertifikatiga ega, belgilangan xavfsizlik talablariga javob beradigan isitiş moslamalaridan foydalaning. Qölbola va nostandart qurilmalarni işlatmang.
⏺
Mavjud isitiş moslamalarini mavsum boşlanişidan oldin malakali mutaxassislarga körsating, ularning texnik holati va xavfsiz işlaşini tekşirtiring.
⏺
Dudburon va mörkonlarning holatini diqqat bilan közdan keçiring, ularni qurum va boşqa tösiqlardan muntazam tozalab turing.
⏺
Xonani isitiş maqsadida oçiq olovdan, jumladan, gaz plitadan foydalanmang. Isitiş moslamalarini belgilangan maqsaddan taşqari işlatiş xavfli.
⏺
Xonalarda havo almaşinuvi va şamollatiş imkoniyati mavjudligini ta’minlang. Ventilyatsiya kanallarini berkitmang, ularning işlaş holatini nazorat qilib boring.
⏺
Isitiş moslamalarini nazoratsiz qoldirmang, ulardan foydalanişda işlab çiqaruvçi körsatmalari va xavfsizlik talablariga amal qiling.
Is gazidan zaharlanişning dastlabki belgilari boş oğriği, boş aylanişi, köngil aynişi va holsizlik kabi alomatlar bilan namoyon bölişi mumkin. Bunday holat kuzatilsa, darhol toza havoga çiqing, xonani şamollating, boşqa odamlarni ham xavfli hududdan olib çiqing va tez tibbiy yordam hamda tegişli favqulodda xizmatlarga murojaat qiling.
Unutmang: is gazi xavfini köz bilan körib yoki hididan bilib bölmaydi. Şuning uçun xavfsizlik çoralarini oldindan köriş, isitiş moslamalarini tekşiriş va dudburonlarni tozalaş juda muhim. Bu şunçaki tavsiya emas, hayotni asraşning muhim şartidir.
Aziz yurtdoşlar! Isitiş mavsumini xavf-xatarsiz ötkaziş uçun befarq bölmang. Özingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang. Xavfsizlikka bugun e’tibor qaratiş ertaga insonlar hayotini saqlab qolişi mumkin.
Kanalga ulaniş:
➖
@shaharhokimligi

October 27, 03:39
Media unavailable
6
Show in Telegram

27-oktabr — Qarşi şahri kuni!
Qaşqadaryo ustidagi tarixiy köprik — keça va bugun (XVI asr)
Qarşi şahrining tarixiy yodgorliklaridan biri bölgan Qaşqadaryo köprigi asrlar silsilasida öziga xos örin egallaydi. Suratlarda köprikning tarixiy qiyofasi va bugungi holati aks etib, ötmiş bilan bugun örtasidagi uzviy boğliqlikni namoyon etadi. Vaqt ötsa-da, tarix izlari va ajdodlar merosi qalblarda yaşayveradi.
Kanalga ulaniş:
➖
@shaharhokimligi

October 27, 03:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

📹
Ретро видео: Қарши шаҳри 2005 йилда
Қаршининг 2005 йилдаги қиёфаси қандай бўлганини эслаймиз! Бу носталгик видео орқали шаҳримизнинг ўтмишига саёҳат қиламиз.
Яқинларингизга ҳам ушбу видеони юбориб, биргаликда эслаймиз!
Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг
👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRa
Q

October 27, 02:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

27-oktabr — Qarşi şahri kuni!
Qadimiy tarix, boy ma’naviy meros va betakror qadriyatlar şahri — azim Qarşi!
Ma’lumki, 2006-yil 27-oktabr kuni Qarşi şahrining 2700 yillik yubileyi xalqaro miqyosda keng nişonlangan edi. Öşa kundan buyon 27-oktabr sanasi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan, köp asrlik tarix va boy madaniy merosga ega Qarşi şahri kuni sifatida e’tirof etib kelinadi.
Asrlar davomida özining boy tarixi, yuksak ma’naviy qadriyatlari, ilm-fan va madaniyat rivojiga qöşgan hissasi bilan alohida örin tutib kelayotgan jonajon Qarşimiz bugun ham özining betakror qiyofasi, bunyodkorlik salohiyati va yangilaniş nafasi bilan tobora çiroy oçmoqda. Bu zamin ne-ne allomalar, ilm-fan namoyandalari va ma’rifatparvar insonlarni voyaga yetkazib, xalqimizning bebaho tarixiy merosini dunyoga tanitgan.
Qarşi — şunçaki qadimiy şahar emas, balki ajdodlar merosi, bugungi bunyodkorlik va yorqin kelajakni özida mujassam etgan muqaddas maskandir. Uning har bir göşasida tarix nafasi, har bir yutuğida esa xalqimizning mehnati, ğururi va ezgu intilişlari mujassam.
Işonamizki, ming yillik tarixga ega azim şahrimiz bundan buyon ham taraqqiyot va bunyodkorlik yölidan dadil odimlab, yanada obod va körkam maskanga aylanadi.
Aziz hamşaharlar!
Barçangizni Qarşi şahri kuni bilan çin qalbdan muborakbod etamiz! Jonajon şahrimiz hamişa obod, xalqimiz farovon, kelajagimiz yanada porloq bölsin!
Qarşi şahri kuni muborak bölsin!
Kanalga ulaniş:
➖
@shaharhokimligi

October 26, 05:51
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Qarşi
şahri hokimi va hokim örinbosarlarining jismoniy hamda yuridik şaxslarni qabul qiliş jadvali
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
YouTube