Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qarshi xabarlari

qarshishaharhokimligi
Qarshi shahriga oid eng so’nggi xabar va yangiliklar!
Подписчики
3 970
24 часа
30 дней
-30
Просмотры
739
ER
18,61%
Посты (30д)
90
Символов в посте
637
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
June 11, 16:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Қашқадарёда мактаб ўқувчиси IELTS имтиҳонидан 8.0 баллни қўлга киритди
Қарши шаҳридаги 1-сонли умумий ўрта таълим мактаби ўқувчиси Миржаҳон Жамолов халқаро
IELTS
имтиҳонидан
8.0 баллни
қўлга киритди. Бу ҳақда вилоят Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси хабар берди.
Шунингдек, у нуфузли хорижий олий таълим муассасаларининг 4 тасига грант асосида ўқишга қабул қилинган.

June 11, 05:45
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

Qarshi
shahrida 200 nafardan ziyod fuqaroning  uy-joyiga egalik huquqi berildi
Qarshi
shahrida
kadastr xodimlari tomonidan olib borilayotgan xatlov ishlari tizimli ravishda davom etmoqda. Jarayon davomida mutaxassislar har bir obyektni joyiga chiqib o‘rganish, hujjatlarni solishtirish, mavjud holatni aniqlashtirish va fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berish kabi keng qamrovli ishlarni
amalga oshirmoqda.
Bugungi kunga qadar jami
11 646 ta obyekt xatlovdan o‘tkazildi
.
Olib borilgan izchil sa’y-harakatlar natijasida
214 nafar fuqaroning uy-joylariga egalik huquqi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlari asosida rasman e’tirof etildi. Bu esa ko‘p yillardan buyon huquqiy rasmiylashtirilmagan uy-joy masalalariga yechim bo‘lib, fuqarolar uchun muhim ijtimoiy kafolat yaratmoqda.
Ayni paytda xatlov ishlari
“Bunyodkor” mahallasida
davom etmoqda.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
YouTube

June 11, 03:39
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

Cho‘lquvar mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
Qarshi shahri Cho‘lquvar mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish maqsadida ko‘p qavatli uylar oldidagi piyodalar yo‘laklariga beton qoplamasi yotqizish ishlari olib borilmoqda.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
YouTube

June 11, 03:38
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qarshi shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi futbol musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida mahalla yoshlari sportdagi mahorati, jamoaviyligi va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, qizlar o‘rtasida “
Shodlik
” mahallasi, mini-futbol yo‘nalishida “
Xontepa
” mahallasi, katta futbol bo‘yicha esa “
Kat
” mahallasi jamoalari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanib, musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

June 10, 14:17
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Қаршидаги Анҳор канали бўйи жозибадор масканга айланди
Қарши шаҳри аҳолиси сайр қилиб, маданий ҳордиқ олиши мумкин бўлган жойлар сони яна биттага кўпайди. Шаҳар ҳокимлиги эълон қилган фотосуратларда Анҳор канали бўйи янгича қиёфа касб этаётгани кўринган.
Кўркам манзаралар, яшил ҳудудлар ва ўзига хос безаклар бу масканга алоҳида файз бағишламоқда. Қарши шаҳарида сайр қилиш ва ҳордиқ чиқариш учун яна бир гўзал манзил пайдо бўлмоқда.
Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг
👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ

June 10, 11:23
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Пенсия қандай ҳисобланишини биласизми?
📊
Ёши ўтиб бораётган инсонни
“Энди менга қанча пенсия тайинланар экан?”
деган савол қизиқтириши табиий. Пенсия ҳисоб-китоби ҳақида сўз кетганда, турли формулалар, фоизлар ва мураккаб атамалар кўпчиликка тушунарсиз туюлиши мумкин.
Аслида эса ёшга доир пенсияни ҳисоблаш тартибини
оддий ва ҳаётий мисоллар орқали
ҳам тушуниш мумкин.
▶️
Пенсия қандай ҳисобланиши бўйича тайёрланган
видеороликни
эътиборингизга ҳавола этамиз.
Мазкур видеороликда:
🔵
пенсия миқдори нимага боғлиқлиги;
🔵
иш стажи қандай аҳамиятга эгалиги;
🔵
иш ҳақи пенсияга қандай таъсир қилиши
каби муҳим маълумотларга эга бўласиз.
📹
Видеороликни яқинларингиз ва дўстларингизга ҳам улашинг.

June 10, 11:22
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

Qarshi shahridagi Anhor kanali bo‘yida obodonlashtirish va qurilish ishlari davom etmoqda
Qarshi shahrida navbatdagi 24 soat faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish hududi barpo etilmoqda.
Loyihaga ko‘ra, Anhor kanali bo‘ylab 40 ta turli yo’nalishda tadbirkorlik subyektlari tashkil etiladi. Ushbu maskanlar kunu-tun aholiga xizmat ko‘rsatib, shahar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, loyiha doirasida 80 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda hududda obodonlashtirish va qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Mazkur loyiha Qarshi shahri aholisiga qulaylik yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini tashkil etishga xizmat qiladi.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
YouTube

June 10, 11:22
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

Cho‘lquvarda bunyodkorlik ishlari davom etmoqda
Qarshi shahrining Cho‘lquvar mahallasida zamonaviy qiyofadagi ko‘p qavatli turar-joy majmuasi barpo etilmoqda. Ayni paytda qurilish ishlari bilan bir qatorda hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish ishlari ham olib borilmoqda.
Loyiha doirasida aholi dam olishi uchun yashil maskanlar, bolalar maydonchasi, avtoturargoh hamda yozning issiq kunlarida salqinlik baxsh etuvchi favvoralar bunyod etilmoqda. Shuningdek, mavjud daraxtlar atrofida zamonaviy o‘rindiqlar o‘rnatilib, hudud tungi vaqtda yanada fayzli ko‘rinish kasb etishi uchun dekorativ yoritish tizimlari barpo qilinmoqda.
Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla aholisining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, qulay va zamonaviy turmush muhitini yaratishga xizmat qiladi.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
YouTube

June 09, 14:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#ТЕЗКОР
#ТАРҚАТИНГ
🚨
Телефонингизга Эрон (+98) ёки бошқа чет эл рақамларидан қўнғироқ қилиб, ўзини Uzmobile, Beeline, Ucell ёки Mobiuz ходими деб таништирса — дарҳол эҳтиёт бўлинг
❗️
Фирибгарлар:
📞
“Шартномангиз тугади”
📞
“Рақамингиз блокланади”
📞
“SIM-картангизни қайта рўйхатдан ўтказиш керак”
деб телефон қилиб, SMS-код ёки шахсий маълумотларингизни олишга уринмоқда.
❗️
Бир марта кодни айтсангиз, Telegram, банк карталари ва бошқа аккаунтларингиз қўлдан кетиши мумкин!

SMS кодни ҳеч кимга айтманг!

Ҳаволаларга босманг!

Паспорт ёки карта маълумотларини ҳеч кимга берманг!
БИР НЕЧТА ФУҚАРОЛАР АЛДАНИБ, АККАУНТ ВА ПУЛЛАРИДАН АЖРАЛИБ ҚОЛИШГАНИ АЙТИЛМОҚДА
.
ГРУППАЛАРГА ТАРҚАТИБ БАРЧАНИ ОГОҲЛАНТИРИНГ.

June 09, 07:27
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

“Cho‘lquvar” mahallasi yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb etmoqda
Qarshi shahridagi “Cho‘lquvar” mahallasida aholi uchun yanada qulay va shinam yashash muhitini yaratish maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, hududdagi ko‘p qavatli uylarning fasad qismlari zamonaviy ko‘rinishga keltirilmoqda, kirish yo‘laklari ta’mirlanib, piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan yo‘laklarga beton qoplama yotqizilmoqda.
Shuningdek, ko‘p qavatli uylar atrofidagi hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, yashil maydonlar barpo etilmoqda.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
YouTube