
📚QARSHI TUMANI | MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI BOʻLIMI |
📚
Fan olimpiadasi~kuchlilar saralanmoqda.
🔰
Qarshi tumanida ingliz tili fanidan olimpiadaning tuman bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
🔰
Bugun o‘quvchilarning bilim va salohiyatini namoyon etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish eng dolzarb vazifalardan biridir.
✍
Ingliz tilidan o‘tkazilayotgan olimpiada davomida o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etdilar.
🔰
G‘olib o‘quvchilarimiz esa olimpiadaning viloyat bosqichiga yo‘llanma olib, tuman sharafini munosib himoya qilishlariga ishonamiz.
🌟
Barcha ishtirokchilarga kelgusi o‘qishlarida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bilim — kelajak sari yo‘l, muvaffaqiyat esa tinimsiz mehnat samarasidir!
📖
✨
Qarshi tumani 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash,oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlash va kelajakdagi kasb tanloviga yo‘naltirish maqsadida oliy ta’limga kirish test sinovlari tashkil etildi.Test jarayonlari belgilangan tartib asosida,xolislik tamoyillariga rioya qilgan holda o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, fanlar bo‘yicha tayyorgarlik darajalarini baholash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.Mazkur test sinovlari o‘quvchilarning bilimlaridagi bo‘shliqlarni aniqlash, mustaqil tayyorgarlikka undash, oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayoniga bo‘lgan mas’uliyatini oshirish hamda kelgusidagi ta’lim yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashlariga ko‘maklashishga xizmat qiladi.
Xulosa:
Oliy ta’limga kirish test sinovlarining tashkil etilishi o‘quvchilarning bilim salohiyatini aniqlash, ularning oliy ta’limga bo‘lgan intilishini kuchaytirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
"
PREZIDENT IQTIDORLI
FARZANDLAR
I"milliy dasturi istiqbol sari muhim qadam!
🇺🇿
Qarshi tuman 40-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida"Prezident iqtidorli farzandlari"milliy dasturi mazmun -mohiyatini keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Yig‘ilish davomida milliy dasturning maqsad va vazifalari,iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim salohiyatini rivojlantirish hamda kelajakda munosib ta‘lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi
Iqtidorli yoshlar- yurt kelajagi!
Ularning iste'dodini kashf etish,bilimini qo‘llab quvvatlash va katta marralar sari yo‘naltirish barchamizning muhim vazifamizdir
✅️
Maktab maslahatchisi :Kodirova.G
Psixolog: N.G'iyosova
🏢
"
O‘QUVCHILAR KENGASHI
" koordinatorlari saylovi bo‘lib o‘tdi.
17.10.2026
Qarshi tuman 40-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida o‘quvchilar kengashi saylovi bo‘lib o‘tdi
📑
Saylovda sinf vakillari ishtirok etib o‘zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berish yo‘li bilan o‘z tanlovlarini bildirdilar
Mazkur saylov o‘quvchilarning faolligini oshirish,ularda yetakchilik qobiliyattarini maktab davridayoq oshirishga xixmat qiladi.
Maktab maslahatchisi: Kodirova.G
📚
Qarshi tumani 23-maktabda CHSB test sinovlari
🏫
Ayni vaqtda Qarshi tumani 23-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilaridan ona tili va matematika fanlari bo‘yicha CHSB test sinovlari olinmoqda.
🎯
Test jarayonlari o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholashga qaratilgan.
👬
Qarshi tumanida “JADIDLAR IZIDAN” tanlovining tuman bosqichiga start berildi.
🏫
Tanlov tumandagi 71-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tmoqda.
🔰
Mazkur tanlov o‘zbek xalqining ma’rifatparvar namoyandalari — jadid bobolarimizning boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosini o‘rganish, ularning ezgu g‘oyalarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
👨🏻💻
Tanlov davomida ishtirokchilar jadidchilik harakati namoyandalari hayoti va faoliyati, ularning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari, millat taraqqiyoti va yurt ravnaqi uchun amalga oshirgan ishlari yuzasidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etadilar.
✍️
Ta’kidlash joizki, jadid bobolarimizning ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va milliy uyg‘onish yo‘lidagi jasorati bugungi yoshlar uchun ham ibrat maktabidir.
#Besh
tashabbus olimpiadasi#
🔰
Qarshi tumani umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning tuman bosqichi "Quvnoq startlar" 1-2-sinflar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.
1-o'rin: 40-maktab
2-o'rin: 1-maktab
3-o'rin: 71 va 9-maktab.
#Besh
tashabbus olimpiadasi#
🔰
Qarshi tumani umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning tuman bosqichi "Quvnoq startlar" 3-4-sinflar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.
1-o'rin: 40-maktab
2-o'rin: 71-maktab
3-o'rin:22 va 9-maktablar.
Qarshi tuman 19-umumiy o‘rta taʼlim maktab 3- ʼʼAʼʼ sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilgan ʼʼO‘zbek tili bayrami ʼʼ tadbiri jarayonidan lavhalar.
Tadbir tashkilotchisi: Nomozova Shaxnoza Rajabovna
Qarshi tuman 19-umumiy o‘rta taʼlim maktab 3- ʼʼAʼʼ sinf, uyda taʼlim oluvchi o‘quvchimiz Kalandarova Parizodaxondan ajoyib sheʼriy guldasta
💐
.