Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

πŸ“šQARSHI TUMANI | MAKTABGACHA VA MAKTAB TAΚΌLIMI BOΚ»LIMI |

qarshitmmtbaxborotxizmati
RASMIY MANBALARI πŸ‘‡ 🌎 http://myurls.co/qarshitmmtb
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
1 078
24 часа
-1
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-10
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
160
ER
14,84%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
101
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
501
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
EDΠžΠ±Ρ‰Π΅Π΅ ΠΎΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅ ΠΈ новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
35-44
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠžΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 25, 07:37
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
8
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ“š
Fan olimpiadasi~kuchlilar saralanmoqda.
πŸ”°
Qarshi tumanida ingliz tili fanidan olimpiadaning tuman bosqichi koβ€˜tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
πŸ”°
Bugun oβ€˜quvchilarning bilim va salohiyatini namoyon etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning ingliz tiliga boβ€˜lgan qiziqishini yanada oshirish eng dolzarb vazifalardan biridir.
✍
Ingliz tilidan oβ€˜tkazilayotgan olimpiada davomida oβ€˜quvchilar oβ€˜z bilim va koβ€˜nikmalarini sinovdan oβ€˜tkazib, oβ€˜z imkoniyatlarini namoyon etdilar.
πŸ”°
Gβ€˜olib oβ€˜quvchilarimiz esa olimpiadaning viloyat bosqichiga yoβ€˜llanma olib, tuman sharafini munosib himoya qilishlariga ishonamiz.
🌟
Barcha ishtirokchilarga kelgusi oβ€˜qishlarida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bilim β€” kelajak sari yoβ€˜l, muvaffaqiyat esa tinimsiz mehnat samarasidir!
πŸ“–
✨

October 24, 05:11
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
7
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Qarshi tumani 59-sonli umumiy oβ€˜rta ta’lim maktabida oβ€˜quvchilarning bilim darajasini aniqlash,oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlash va kelajakdagi kasb tanloviga yoβ€˜naltirish maqsadida oliy ta’limga kirish test sinovlari tashkil etildi.Test jarayonlari belgilangan tartib asosida,xolislik tamoyillariga rioya qilgan holda oβ€˜tkazildi. Ishtirokchilar oβ€˜z bilim va koβ€˜nikmalarini sinovdan oβ€˜tkazib, fanlar boβ€˜yicha tayyorgarlik darajalarini baholash imkoniyatiga ega boβ€˜ldilar.Mazkur test sinovlari oβ€˜quvchilarning bilimlaridagi boβ€˜shliqlarni aniqlash, mustaqil tayyorgarlikka undash, oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayoniga boβ€˜lgan mas’uliyatini oshirish hamda kelgusidagi ta’lim yoβ€˜nalishini toβ€˜gβ€˜ri tanlashlariga koβ€˜maklashishga xizmat qiladi.
Xulosa:
Oliy ta’limga kirish test sinovlarining tashkil etilishi oβ€˜quvchilarning bilim salohiyatini aniqlash, ularning oliy ta’limga boβ€˜lgan intilishini kuchaytirish va kelajakdagi muvaffaqiyatlariga zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

October 24, 03:57
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

"
PREZIDENT IQTIDORLI
FARZANDLAR
I"milliy dasturi istiqbol sari muhim qadam!
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Qarshi tuman 40-umumiy oβ€˜rta taβ€˜lim maktabida 9-sinf oβ€˜quvchilari oβ€˜rtasida"Prezident iqtidorli farzandlari"milliy dasturi mazmun -mohiyatini keng targβ€˜ib qilishga bagβ€˜ishlangan seminar tashkil etildi.
Yigβ€˜ilish davomida milliy dasturning maqsad va vazifalari,iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning bilim salohiyatini rivojlantirish hamda kelajakda munosib taβ€˜lim olish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi
Iqtidorli yoshlar- yurt kelajagi!
Ularning iste'dodini kashf etish,bilimini qoβ€˜llab quvvatlash va katta marralar sari yoβ€˜naltirish barchamizning muhim vazifamizdir
βœ…οΈ
Maktab maslahatchisi :Kodirova.G
Psixolog: N.G'iyosova

October 23, 06:28
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🏒
"
Oβ€˜QUVCHILAR KENGASHI
" koordinatorlari saylovi boβ€˜lib oβ€˜tdi.
17.10.2026
Qarshi tuman 40-umumiy oβ€˜rta taβ€˜lim maktabida oβ€˜quvchilar kengashi saylovi boβ€˜lib oβ€˜tdi
πŸ“‘
Saylovda sinf vakillari ishtirok etib oβ€˜zlari munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berish yoβ€˜li bilan oβ€˜z tanlovlarini bildirdilar
Mazkur saylov oβ€˜quvchilarning faolligini oshirish,ularda yetakchilik qobiliyattarini maktab davridayoq oshirishga xixmat qiladi.
Maktab maslahatchisi: Kodirova.G

October 23, 06:06
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
6
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ“š
Qarshi tumani 23-maktabda CHSB test sinovlari
🏫
Ayni vaqtda Qarshi tumani 23-sonli umumiy oβ€˜rta ta’lim maktabining 5-sinf oβ€˜quvchilaridan ona tili va matematika fanlari boβ€˜yicha CHSB test sinovlari olinmoqda.
🎯
Test jarayonlari oβ€˜quvchilarning bilim darajasini aniqlash hamda oβ€˜zlashtirish koβ€˜rsatkichlarini baholashga qaratilgan.

October 23, 05:45
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
5
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‘¬
Qarshi tumanida β€œJADIDLAR IZIDAN” tanlovining tuman bosqichiga start berildi.
🏫
Tanlov tumandagi 71-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tmoqda.
πŸ”°
Mazkur tanlov oβ€˜zbek xalqining ma’rifatparvar namoyandalari β€” jadid bobolarimizning boy ilmiy, ma’naviy va madaniy merosini oβ€˜rganish, ularning ezgu gβ€˜oyalarini yoshlar oβ€˜rtasida keng targβ€˜ib etishga xizmat qiladi.
πŸ‘¨πŸ»β€πŸ’»
Tanlov davomida ishtirokchilar jadidchilik harakati namoyandalari hayoti va faoliyati, ularning xalqni ilm-ma’rifatga chorlash yoβ€˜lidagi sa’y-harakatlari, millat taraqqiyoti va yurt ravnaqi uchun amalga oshirgan ishlari yuzasidan oβ€˜z bilim va salohiyatlarini namoyon etadilar.
✍️
Ta’kidlash joizki, jadid bobolarimizning ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ma’naviyat va milliy uygβ€˜onish yoβ€˜lidagi jasorati bugungi yoshlar uchun ham ibrat maktabidir.

October 22, 02:58
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
8
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#Besh
tashabbus olimpiadasi#
πŸ”°
Qarshi tumani umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning tuman bosqichi "Quvnoq startlar" 1-2-sinflar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.
1-o'rin: 40-maktab
2-o'rin: 1-maktab
3-o'rin: 71 va 9-maktab.

October 22, 02:58
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
8
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#Besh
tashabbus olimpiadasi#
πŸ”°
Qarshi tumani umumiy o'rta ta'lim maktablari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning tuman bosqichi "Quvnoq startlar" 3-4-sinflar o'rtasida musobaqa bo'lib o'tdi.
1-o'rin: 40-maktab
2-o'rin: 71-maktab
3-o'rin:22 va 9-maktablar.

October 21, 16:48
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Qarshi tuman 19-umumiy oβ€˜rta taΚΌlim maktab 3- ΚΌΚΌAΚΌΚΌ sinf oβ€˜quvchilari ishtirokida oβ€˜tkazilgan ΚΌΚΌOβ€˜zbek tili bayrami ΚΌΚΌ tadbiri jarayonidan lavhalar.
Tadbir tashkilotchisi: Nomozova Shaxnoza Rajabovna

October 21, 16:48
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Qarshi tuman 19-umumiy oβ€˜rta taΚΌlim maktab 3- ΚΌΚΌAΚΌΚΌ sinf, uyda taΚΌlim oluvchi oβ€˜quvchimiz Kalandarova Parizodaxondan ajoyib sheΚΌriy guldasta
πŸ’
.