Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qaşqadaryo viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi | Rasmiy kanali |

qashqadaryo_mmtb
|Boshqarmaning rasmiy kanali Murojaatingizni yuboring: t.me/QashqadaryoMurojaatBot Instagram: mmtbqashqadaryo Facebook: Qashqadaryo_MMtb
Subscribers
36 282
24 hours
-65
30 days
6 778
Post views
2 775
ER
7,65%
Posts (30d)
255
Characters in post
807
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 04:38
Media unavailable
4
Show in Telegram

🛡
TELEFONINGIZ XAVFSIZLIGIGA BEFARQ BO‘LMANG!
✅
Notanish APK faylni o‘rnatishdan oldin tekshirishni odat qiling!
👇
Pastdagi «Yuklab olish» tugmasini bosib, o‘rnatib oling. Ota-onangizga ham o‘rnatib bering!
APK Qo'riqchi
mobil ilovasi.
🛡
Kiberxavfsizlik — har birimizning mas'uliyatimiz
✈️
Telegram
•
🌐
Instagram
•
📹
YouTube

October 25, 16:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Pedagoglar attestatsiyasi: test sinovlari sanalari belgilandi!
Maktabgaça, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlari pedagoglari uçun malaka toifasi test sinovlari 26-oktabrdan 28-noyabrgacha fanlar kesimida ötkaziladi.
Test sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasini olib keliş şart.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram

October 25, 08:15
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

📚
Fan olimpiadasi~kuchlilar saralanmoqda.
Qarshi tumanida ingliz tili fanidan olimpiadaning tuman bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda davom etmoqda.
Bugun o‘quvchilarning bilim va salohiyatini namoyon etish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish eng dolzarb vazifalardan biridir.
Ingliz tilidan o‘tkazilayotgan olimpiada davomida o‘quvchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib, o‘z imkoniyatlarini namoyon etdilar.
G‘olib o‘quvchilarimiz esa olimpiadaning viloyat bosqichiga yo‘llanma olib, tuman sharafini munosib himoya qilishlariga ishonamiz.
Barcha ishtirokchilarga kelgusi o‘qishlarida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bilim — kelajak sari yo‘l, muvaffaqiyat esa tinimsiz mehnat samarasidir!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram

October 25, 06:33
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
El-yurt osoyishtaligi va jamiyat barqarorligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona xizmatlaringiz doimo e’tirofga sazovor bo‘lsin. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka va faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram

October 24, 12:48
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇰🇷
🇺🇿
Englishunt va Qarshidagi GTC — Global Talent Center
hamkorligida viloyatning 14 ta tumani va 2 ta shahrida ingliz tili ta’limini rivojlantirishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
📍
Loyiha qamrovi:
🏫
60 ta davlat va xususiy bog‘cha
📚
5 ta maktab
👧🏻
👦🏻
3 500 nafar bola va o‘quvchi
🤝
Loyiha doirasida direktorlar forumi o‘tkazilib, hamkorlik memorandumi imzolandi.
👩‍🏫
O‘qituvchilar darsliklar, raqamli o‘quv materiallari va malaka oshirish imkoniyatlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi.
Bu yondashuvda bolalar shunchaki o‘rganib qolmaydi —
gapiradi, ijod qiladi va o‘z salohiyatini namoyon etadi.
✨
☎️
Murojaat uchun;
📞
+99894800-58-88
📞
+99894660-58-88
📌
Manzilimiz
:
Islom Karimov ko’chasi 288-uy. Yoshlar markazi binosining orqa tomoni.
😎
Telegram
|
😎
Instagram

October 24, 09:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Har qanday matnni yangi özbek lotin alifbosiga ögiruvçi maxsus bot yaratildi
Kökdala tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan har qanday matnni yangi lotin alifbosiga ögirib beruvçi
ÖzAlifbo
boti yaratildi.
2026-yil 21-oktyabrda Prezident Şavkat Mirziyoyev «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Qonunga özgartiriş kiritiş haqidagi Qonunni imzoladi (ÖRQ–1184-son).
Qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 7-iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan esa 10-sentyabrda ma’qullangan edi.
Şu munosabat bilan işga tuşirilgan yangi bot kirill yoki eski lotin alifbosida yozilgan matnlarni avtomatik ravişda yangi lotin alifbosiga ögirib beradi.
Bundan taşqari, talabalar va pedagoglar uçun Word hamda PDF fayllaridagi matnlarni ham avtomatik ravişda yangi alifboga ögiriş imkoniyati mavjud.
Botdan foydalaniş mutlaqo bepul.
Mazkur bot fuqarolarning yangi alifboga moslaşiş jarayonini osonlaştiriş maqsadida yaratildi.
Botdan foydalaning:
@Uzalifbot

October 24, 08:13
Media unavailable
3
1
Show in Telegram

🥇
ABDULLA ORIPOV NOMIDAGI IJOD MAKTABI O‘QUVCHISI — RESPUBLIKA TANLOVI G‘OLIBI!
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi Gulhayo Narzullayeva respublika miqyosidagi ijodiy tanlovda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida tashkil etilgan
“Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar”
respublika ijodiy tanlovida Gulhayo Narzullayeva “Oila va insoniy qadriyatlar” yo‘nalishida g‘olib deb topildi.
Yosh ijodkor 1-darajali diplom, qimmatbaho sovg‘a va tanlovning maxsus statuetkasi bilan taqdirlandi. Uning
“Kichik yo‘lovchi”
hikoyasi esa “Bolalar uchun hikoyalar” maxsus to‘plamidan o‘rin oldi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Gulhayo Narzullayevani, uning ustozlari va ijod maktabi jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy muborakbod etadi. Yosh ijodkorga kelgusidagi ta’lim va ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram

October 23, 16:24
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

📚
«JADIDLAR IZIDAN» RESPUBLIKA KÖRIK-TANLOVINING TUMAN BOSQIÇi
🏛️
Nişon tumanida
«Jadidlar izidan»
respublika körik-tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi
📖
Tanlovda tumandagi 48 ta umumtaʼlim maktab öquvçilari iştirok etişdi
Tanlov yakunlariga köra, 6–7–8-sinflar hamda 9–10-sinflar kesimida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
6–7–8-sinflar örtasida:
● 1-örin — 35-maktab öquvçisi Sadulayev Faridun.
● 2-örin — 31-maktab öquvçisi Elamonova Setora.
● 3-örin — 7-maktab öquvçisi Murotaliyeva Marjona.
9–10-sinflar örtasida:
● 1-örin — 21-maktab öquvçisi Xoliqulova Husnora
● 2-örin — 10-maktab öquvçisi Maxmadaliyeva Sevinç
● 3-örin — 37-maktab öquvçisi Yunusova Durdona
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram

October 23, 15:11
Media unavailable
8
Show in Telegram

#Chiroqchi_tumani
#Jadidlar_izidan
CHIROQCHIDA JADIDLAR IZIDAN RESPUBLIKA KO’RIK-TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
...
Chiroqchi tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish hamda ma’rifatparvar jadid bobolarimizning boy merosini keng targ‘ib etish maqsadida
“Jadidlar izidan”
Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda tumandagi umumta’lim maktablarining
6-, 7-, 8-, 9- hamda 10-sinf
o‘quvchilari o‘zaro bilim va salohiyatda kuch sinashdilar.
​Ishtirokchilar jadidchilik harakati vakillarining hayoti va ijodi, ularning xalq ma’rifati yo‘lida olib borgan fidokorona faoliyati borasidagi bilimlarini namoyish etib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
Yakuniy natijada ko‘ra:
6-7-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida
1-o‘rinni 65 ball bilan 85-umumiy o‘rta taʼlim maktabning 7-sinf o‘quvchisi Asaloy Sunnatullayeva.
9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 62 ball bilan 6-umumiy o‘rta taʼlim maktabning 9-sinf o‘quvchisi Nigora Nurqulovalar egalladi.
https://t.me/CHIROQCHIOVOZI

October 23, 15:07
Media unavailable
7
1
Show in Telegram

Qarshi shahridagi “Kasblar shaharchasi” faoliyati bilan tanishildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan Qarshi shahridagi Ilgʻor kasbiy mahorat texnikumi qoshidagi “Kasblar shaharchasi”ga umumta’lim maktablari direktorlari tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — 7–9-sinf o‘quvchilarining kasb-hunar tanlashida “Kasblar shaharchasi” imkoniyatlaridan samarali foydalanish, maktab direktorlarida o‘quvchilar tashriflarini tashkil etish bo‘yicha aniq tasavvur va tushunchalarni shakllantirishdan iborat.
Tashrif davomida direktorlar shaharchada yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar va kasblar bilan tanishish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, kelgusida reja-grafik asosida 7–9-sinf o‘quvchilarining “Kasblar shaharchasi”ga tashriflarini tashkil etish, ularni turli kasblar bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini ongli ravishda tanlashiga ko‘maklashish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram