
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |
#diqqat_eʼlon
#sport
✅
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda.
➖
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.
🔹
Roʻyxatdan oʻtish
5tashabbus.uz
platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
👉
Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
📚
“Qadrdon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” chellenji
Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi
Tovar moddiy qiymatliklari bo’yicha xisobchisi Tolibjon Eshquvatovich Tadjiyev
o‘zi tahsil olgan tumandagi
77-umumiy o’rta ta’lim maktabi
ga kitoblar jamlanmasini sovg‘a qildi.
Ezgu tashabbus o‘quvchilarni kitobxonlikka keng jalb etish va maktab kutubxonasini yangi adabiyotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.
📖
Kitob ulashamiz — bilim ulashamiz!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
📢
MAXSUS PEDAGOGLAR ISHGA TAKLIF ETILADI!
Qashqadaryo viloyatidagi inklyuziv ta’lim sinflari tashkil etilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
maxsus pedagog
lavozimlari bo‘yicha
46 ta vakant ish o‘rni
mavjud.
👩🏫
Boshqarma tomonidan
defektologiya yo‘nalishini tamomlagan yoki mazkur yo‘nalish bo‘yicha qayta tayyorlov kursidan o‘tgan mutaxassislar
maxsus pedagog lavozimiga ishga taklif etiladi.
📌
Mavjud vakant ish o‘rinlari:
🔹
Dehqonobod tumani — 12 ta
📞
+998 97 383 85 87
🔹
G‘uzor tumani — 3 ta
📞
+998 93 932 08 57
🔹
Shahrisabz shahri — 14 ta
📞
+998 97 389 78 16
🔹
Qamashi tumani — 3 ta
📞
+998 97 222 66 77
🔹
Nishon tumani — 3 ta
📞
+998 99 338 50 26
🔹
Ko‘kdala tumani — 1 ta
📞
+998 91 960 85 18
🔹
Yakkabog‘ tumani — 3 ta
📞
+998 33 588 89 86
📍
Maxsus pedagog sifatida faoliyat yuritishni istagan mutaxassislar yashash hududidagi
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlariga
murojaat qilishlari mumkin.
📞
Qo‘shimcha ma’lumot va murojaat uchun:
+998 77 456 60 70
+998 75 221 33 66
🤖
Murojaat uchun:
@murojatbotmmtb
♿️
Inklyuziv ta’lim — har bir bola uchun teng imkoniyat!
🇺🇿
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
Istirohat bogʻidagi 7 mingga yaqin kitobi bor kutubxona
muxbir: Gʻolib Amirov
09:00 10.09.2026
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
#Diqqat_bolalar
👮♀️
Yosh targ'ibotchi o'quvchilar tomonidan videoreportaj
.
❗️
Hurmatli harakat ishtirokchilari chorrahalarda tartibga soluvchining ishoralariga amal qiling.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
💻
Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun AKT savodxonligi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va direktor o‘rinbosarlarining
AKT savodxonligini oshirish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash
maqsadida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, viloyat IIB Kiberxavfsizlik bo‘limi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining hududiy bo‘limi
vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida axborot xavfsizligini ta’minlash, kiberxavflardan himoyalanish, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish va zamonaviy elektron tizimlardan samarali foydalanish bo‘yicha muhim tavsiya hamda amaliy ko‘rsatmalar berildi.
🎯
Seminar yakunida rahbarlarning
raqamli kompetensiyalarini oshirish va ta’lim tashkilotlarida xavfsiz raqamli muhitni shakllantirish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌐
Raqamli bilim — zamonaviy ta’lim va samarali boshqaruvning muhim asosi!
#AKT
#RaqamliTalim
#Kiberxavfsizlik
#MaktabgachaTalim
#Raqamlashtirish
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
Maktabgacha va maktab ta’limi tizimida sifat va samaradorlikka erishish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🚸
“DIQQAT, BOLALAR!” TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Qashqadaryo viloyati
IIB JXX YHXB
hamda
Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
hamkorligida viloyat hududidagi umumta’lim maktablarida “Diqqat, bolalar!” tadbirlari doirasida targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Tadbirlar davomida, ayniqsa, maktabga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilarga
yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari
, maktabga borish va qaytishda xavfsiz harakatlanish tartiblari ko‘rgazmali materiallar orqali tushuntirilmoqda. Shuningdek, bolalarga xavfsizlikka oid maxsus qo‘llanmalar tarqatilmoqda.
🚦
“Diqqat, bolalar!” tadbirlari viloyatimiz bo‘ylab davom etadi.
Farzandlar xavfsizligi — barchamizning ustuvor vazifamiz!
🇺🇿
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
QASHQADARYODA YANA BIR YUQORI NATIJA!
🇬🇧
7-SINF O‘QUVCHISI IELTS’DAN 7.5 BALL!
👏
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchisi Shovdirov Jalolbek IELTS Academic xalqaro imtihonida 7.5 ball natijani qayd etdi!
🏆
🌍
📊
Natijalar:
🎧
Listening — 8.5
📖
Reading — 7.5
✍️
Writing — 6.0
🗣
Speaking — 7.0
⭐️
Overall — 7.5 (CEFR C1)
Eng e’tiborlisi — Jalolbek atigi 7-sinf o‘quvchisi!
Bu natija — yosh, bilim va katta maqsadlar uyg‘unligining yorqin namunasi!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🌍
QASHQADARYO MAKTABLARIDA XORIJIY MUTAXASSISLAR FAOLIYATI BOSHLANDI
Bugungi kunda
Qashqadaryo viloyati umumta’lim maktablarida 92 nafar xorijiy mutaxassis
o‘z faoliyatini boshladi.
📚
Yangi o‘quv yilida xorijiy mutaxassislarning ta’lim jarayonidagi faoliyatini samarali tashkil etish, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish hamda dars mashg‘ulotlari sifatini nazorat qilish maqsadida
Dehqonobod tumanida o‘rganish ishlari olib borildi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi
Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish sho‘basi rahbari X. Eshtemirova
hamda Dehqonobod tumani MMTB boshlig‘i
K. Xushvaqtov
tomonidan tumandagi
77-, 85- va 92-sonli umumta’lim maktablarida
faoliyatini boshlagan xorijiy mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida xorijiy mutaxassislarning yangi o‘quv yilidagi faoliyati, dars mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, ta’lim jarayoni sifatini oshirish, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish hamda mavjud tartib-qoidalarga rioya etish holatlari ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🏫
Shuningdek,
Dehqonobod tumanidagi 42-sonli umumta’lim maktabiga kelishi kutilayotgan xorijiy mutaxassis
uchun yaratilgan shart-sharoitlar ham o‘rganildi. Jumladan, uning yashashi uchun tayyorlangan xonadon, maishiy sharoitlar va yashashi uchun zarur imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
🇺🇿
Xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish, ular uchun munosib shart-sharoitlar yaratish va o‘quvchilarga sifatli xorijiy til ta’limini taqdim etish borasidagi ishlar
Qashqadaryo viloyatida izchil davom ettirilmoqda.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram