Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qashqadaryo sport|Rasmiy kanal

qashqadaryosport
📲 https://instagram.com/viloyatsport?igshid=MGNiNDI5ZTU=
Subscribers
2 074
24 hours
17
30 days
5
Unusual 24 hours growth
Post views
271
ER
13,07%
Posts (30d)
246
Characters in post
739
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Sports
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Fitness & Nutrition
Summary
October 28, 06:40
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI: STOL TENNISI BAHSLARI BOSHLANDI!
🏆
Prezident olimpiadasi doirasida stol tennisi bo‘yicha bellashuvlarga start berildi!
Qashqadaryo viloyati jamoasi ham musobaqada munosib ishtirok etish, yuqori natijalarga erishish va g‘alaba sari dadil odimlash uchun kortga chiqmoqda.
Qashqadaryo jamoasiga omad va zafarlar tilaymiz!
🔥
Har bir zarba — g‘alaba sari qadam! Qashqadaryo, olg‘a!
💚
🏓
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 28, 06:37
Media unavailable
6
2
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI
Dzyudo bahslarida Qashqadaryolik polvonlar munosib ishtirok etmoqda
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 28, 06:17
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI
Dzyudochilarimiz saralash bosqichi ishonchli tarzda o'tishda davom etmoqda
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 28, 06:09
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI
🏋️‍♀️
OG‘IR ATLETIKA: QIZLAR, 40 KG VAZN TOIFASI BAHSLARIDAN FOTOLAVHALAR
🥇
Dast ko‘tarish bahslari:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati
3-o‘rin — Buxoro viloyati
🏆
Siltab ko‘tarish bahslari:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati
3-o‘rin — Surxondaryo viloyati
👏
G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Barcha sportchilarga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Prezident olimpiadasi — g‘alaba sari dadil qadam!
🇺🇿
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 28, 05:52
Media unavailable
10
Show in Telegram

🥋
🇺🇿
28-OKTABR — XALQARO DZYUDO KUNI!
🎉
QASHQADARYODA XALQARO DZYUDO KUNI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI!
28-oktabr — Xalqaro dzyudo kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyati dzyudo federatsiyasida bayram tadbirlari ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.
💪
Bugungi kunda viloyatimizda dzyudo sportini yanada rivojlantirish, yosh iste’dodlarni kashf etish, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan chempionlarni tarbiyalash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
🥋
Dzyudo — nafaqat kuch va mahorat, balki intizom, hurmat, matonat va yuksak ma’naviyat timsolidir. Ushbu sport turi yosh avlodni mardlik, qat’iyat va halollik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.
Shu munosabat bilan barcha dzyudo murabbiylari, sportchilar, sport faxriylari va dzyudo ixlosmandlarini
Xalqaro dzyudo kuni
bilan samimiy muborakbod etamiz!
Barchangizga mustahkam sog‘liq, kuch-g‘ayrat, yangi zafarlar va xalqaro arenalarda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🥋
Dzyudo — hurmat, iroda va g‘alaba sari yo‘l!

October 28, 05:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI
🏋️‍♀️
OG‘IR ATLETIKA: QIZLAR, 40 KG VAZN TOIFASI
🥇
Dast ko‘tarish bahslari:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati
3-o‘rin — Buxoro viloyati
🏆
Siltab ko‘tarish bahslari:
1-o‘rin — Xorazm viloyati
2-o‘rin — Qashqadaryo viloyati
3-o‘rin — Surxondaryo viloyati
👏
G‘olib va sovrindorlarni muborakbod etamiz! Barcha sportchilarga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
Prezident olimpiadasi — g‘alaba sari dadil qadam!
🇺🇿
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 28, 05:33
Media unavailable
3
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI
Dzyudochilarimiz saralash bosqichi ishonchli tarzda o'tishda davom etmoqda
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 28, 05:29
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI
Prezident olimpiadasining dzyudo bahslari boshlandi.
Qashqadaryo sportchilariga musobaqada omad yor bo‘lsin!
🥋
😃
MEDALLAR BIZNIKI BO'LADI
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 28, 05:21
Media unavailable
3
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI
Bugun Prezident olimpiadasining dzyudo bahslari boshlandi.
Musobaqa oldidan Qashqadaryo viloyati sportchilari bilan delegatsiya mas’ullari va trenerlar uchrashib, ularga bellashuvlarda omad va g‘alaba tilashdi.
Qashqadaryo sportchilariga musobaqada omad yor bo‘lsin!
🥋
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt

October 27, 17:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

💼
PREZIDENT OLIMPIADASI:
Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi doʻst boʻling
.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-oktabr kuni Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Stadionda hududiy terma jamoalar, shuningdek, 2026-yilgi Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari saf tortdi.
Davlatimiz rahbari oʻz nutqida ishtirokchilarni ikkinchi bor oʻtkazilayotgan Prezident Olimpiadasi bilan tabrikladi.
Joriy yilgi bellashuvlarda 3,5 mingdan ziyod yosh sportchi olimpiya va paralimpiya yoʻnalishidagi 26 ta sport turi boʻyicha kuch sinashadi. Ularga 1,5 ming nafar murabbiy hamrohlik qilmoqda.
Prezidentimiz mamlakatimizda ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha boʻlgan yaxlit tizim yaratilganini taʼkidladi. Oʻtgan oʻn yilda oʻzbekistonlik sportchilar yirik xalqaro musobaqalarda 5 ming 518 ta, jumladan, 1 ming 675 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Bu avvalgi oʻn yillikka nisbatan uch baravar koʻp. Medallarning uchdan biri sportchi qizlarimiz hissasiga toʻgʻri keladi.
Yaqinda Samarqandda oʻtkazilgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimiz ikkinchi bor gʻolib boʻlgani qayd etildi. Yaponiyadagi XX yozgi Osiyo oʻyinlarida esa Oʻzbekiston terma jamoasi 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida beshinchi oʻrinni egalladi.
Parasportchilarimizning matonati va mahorati ham yuqori baholandi. Ular Paraosiyo oʻyinlarida 45 ta oltin, 49 ta kumush va 51 ta bronza — jami 145 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egalladi.
Davlatimiz rahbari sportchilar, ularning ustoz va murabbiylari hamda farzandlarining orzusini qoʻllab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarga minnatdorlik bildirdi.
Oʻzbekiston yirik xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan sport markaziga aylanib borayotgani taʼkidlandi. Soʻnggi toʻrt yilda mamlakatimizda jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin musobaqa tashkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida Oʻzbekiston Ozarbayjon bilan birgalikda 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi jahon chempionatiga ilk bor mezbonlik qiladi.
Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib, yuksak natijaga kuchli iroda, intizom va tinimsiz mehnat bilan erishilishini qayd etdi.
– Oʻzingga ishon! Oʻz ustingda ishla! Oʻz yurtingga munosib boʻl! Bu soʻzlar har biringizning hayotiy shioringizga aylansin,
– dedi davlatimiz rahbari.
Prezident Olimpiadasi ishtirokchilari uchun yangi imkoniyat va ragʻbatlar eʼlon qilindi. Kelasi yildan gʻolib va sovrindorlarning pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi: birinchi oʻrin uchun 25 million soʻm, ikkinchi oʻrin uchun 12 million soʻm, uchinchi oʻrin uchun 6 million soʻm beriladi.
Musobaqada gʻolib boʻlib, Oʻzbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalarining sport yoʻnalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi. Kelgusida sport turlari 35 taga yetkazilib, unda 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar qatnashadi.
Har yili Olimpiada gʻoliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga yuboriladi. Kelasi yildan gʻoliblarga bir yillik stipendiya tayinlanadi. Oʻz yoʻnalishida eng yaxshi natijaga erishgan sport maktablari zarur jihozlar bilan taʼminlanadi.
Shuningdek, poytaxtdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga koʻchirilishi maʼlum qilindi. Bu yosh sportchilarga chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.
Prezidentimiz yoshlarni ochilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga, halol bellashishga, ota-ona va ustozlarini qadrlashga daʼvat etdi.
– Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi doʻst boʻling,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shundan soʻng Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini ochiq deb eʼlon qildi. Davlat madhiyasi yangradi.
Marosim konsert dasturi bilan davom etdi. Tadbir yakunida Prezident Olimpiadasining mashʼalasi yoqildi.
🌐
TG
|
🌐
IN
|
🌐
FB
|
▶️
YT
🌐
Sayt