Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qashqadaryo sport|Rasmiy kanal

qashqadaryosport
📲 https://instagram.com/viloyatsport?igshid=MGNiNDI5ZTU=
Подписчики
1 970
24 часа
-3
30 дней
Просмотры
512
ER
25,99%
Посты (30д)
193
Символов в посте
1 127
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Спорт
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Фитнес и питание
Краткое описание
June 16, 14:05
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇺🇿
⚽️
BARCHAMIZ BIR JAMOA — O‘ZBEKISTON!
Tarixiy onlar yaqin! O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor FIFA Jahon chempionati final bosqichida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Bu nafaqat futbol, balki butun xalqimizning orzusi va faxridir.
Qarshi Kurash mahorat maktabi -  birlashaylik va "Oq bo‘rilar"ni birgalikda qo‘llab-quvvatlaylik!
🇺🇿
🔥
Maydonda 11 futbolchi, ortida esa millionlab yurtdoshlar!
Olg‘a, O‘zbekiston! G‘alabalar sari dadil odimla!
💪
⚽️
#JCH2026
#FIFAWorldCup2026
#OqBorilar
#Uzbekistan
#BizBirgamiz
#OlgaUzbekistan
🇺🇿
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 16, 09:54
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🏆
QASHQADARYO XOTIN-QIZLARI RESPUBLIKA BOSQICHIDA YUQORI NATIJALARNI QO‘LGA KIRITDI
14–15-iyun kunlari O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan “Yangi O‘zbekiston ayollar olimpiadasi”ning respublika bosqichida Qashqadaryo viloyati vakillari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.
Musobaqaning eng yorqin natijalaridan biri yengil atletika yo‘nalishida qayd etildi. Nishon tumani “Obod” mahallasidan
Muratova Feruza Alimovna
30 yoshdan yuqori ayollar o‘rtasida 60 metrga yugurish bahslarida faxrli
1-o‘rinni
egalladi.
Shuningdek, viloyat sportchilari umumjamoa hisobida
Top-5 talikdan joy oldi
. Yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar orasida:
🔹
Qo‘ziyeva Ra’no
(Muborak tumani) — shaxmat sport turi;
🔹
Haydarova Barchin
(Shahrisabz tumani) — 30 yoshdan yuqori ayollar o‘rtasida 200 metrga yugurish;
🔹
Xudoyberdiyeva Mashxura
(Koson tumani) — 18–30 yosh toifasida 200 metrga yugurish musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Qashqadaryo viloyati jamoasining ushbu natijalari hududda xotin-qizlar sportini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini yana bir bor tasdiqladi.
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 16, 09:03
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🗣
"ERP Sport" yagona elektron boshqaruv tizimining imkoniyatlari va ommaviy sport tadbirlarini raqamli boshqarish tizimi taqdim etildi
💬
Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari direktorlari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarlar doirasida tashkil etilgan navbatdagi seminarda Sport vazirligining AKTni joriy qilish va sun’iy intellektni rivojlantirish yo‘nalishi boʻlim boshligʻi Navruz Shoymardonov, "Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi" DUK boshlig'i o'rinbosari Sharif Kuchimovlar tomonidan “ERP sport”tizimida ommaviy sport tadbirlarini boshqarish tizimining imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
📑
Mashg‘ulot davomida ommaviy sport tadbirlarini rejalashtirish, ishtirokchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish, hisobotlarni shakllantirish hamda jarayonlarni yagona platforma orqali monitoring qilish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.
💬
Shuningdek, sport sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ma’lumotlar bazalarini integratsiyalash va boshqaruv jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yechimlar yuzasidan tavsiyalar berildi.
Web-Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube

June 16, 08:58
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram


“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Mahalla ligasining shaxmat-shashka musobaqalari o‘tkazildi
Qarshi shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turlari bo‘yicha
Mahalla ligasining shahar bosqichi
bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda mahallalarning eng kuchli vakillari o‘zaro aql va strategiya bellashuvlarida ishtirok etib, g‘alaba uchun kurash olib bordilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar mantiqiy fikrlash, sabr-toqat hamda yuqori intellektual salohiyatlarini namoyon etdilar. Mahalla ligasi musobaqalari 30 yoshdan yuqori aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va mahallalarda sport harakatini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, navbatdagi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.



📸
Musobaqaning qiziqarli va murosasiz bahslaridan fotolavhalar.
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 16, 08:11
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
Qashqadaryo kurashchilari Osiyo chempionatidan yuksak natijalar bilan qaytdi!
2026-yil 11–15-iyun kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
🏆
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 15 ta medal (10 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza) jamg‘arib, umumjamoa hisobida Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanligini yana bir bor isbotladi.

Ushbu muvaffaqiyatda Qashqadaryo viloyati sportchilari ham munosib hissa qo‘shdi:
🥇
Baxtiyorov Shoxruxxon
(Yakkabog‘ tumani) +120 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib,
Osiyo chempioni
unvonini qo‘lga kiritdi.
🥈
Jurayev Sherali
(G‘uzor tumani) 120 kg vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib,
Osiyo chempionatining kumush medali
sohibiga aylandi.
✈️
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida chempion va sovrindorlar tantanali ravishda kutib olindi. Ularning yutuqlari mamlakatimiz sporti, xususan, Qashqadaryo kurashi rivojiga qo‘shilgan munosib hissa bo‘ldi.
👏
Qashqadaryo sportchilari va ularning murabbiylarini ushbu yuksak natijalar bilan tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
#Qashqadaryo
#Kurash
#OsiyoChempionati
#Dushanbe2026
#Yakkabog
#Guzor
#Chempion
#SportchilarimizFaxrimiz
🇺🇿
🥋
🏆
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 16, 08:00
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🚴‍♂️
📸
VELOSPORT CHEMPIONATIDAN YORQIN LAVHALAR
Quyidagi fotolavhalarda musobaqaning eng shiddatli, hayajonli va unutilmas onlari aks etgan. Yosh sportchilarning g‘alabaga bo‘lgan intilishi, matonati va sportga sadoqati har bir kadrda yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
#Velosport
#OzbekistonChempionati
#Qashqadaryo
#Cycling
#Sport
#YoshlarSporti
#Velopoyga
#Championship
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 16, 07:36
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🚴‍♂️
Velosport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida jamoaviy bahslar g‘oliblari aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida sportning velosport-shosse turi bo‘yicha 2012–2013-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasidagi ko‘p kunlik velopoyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionati qizg‘in va murosasiz bahslar ostida davom etmoqda.
Musobaqaning jamoaviy bahslari yakuniga yetib, g‘olib va sovrindor jamoalar nomi aniqlandi. Mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh velosportchilar jamoaviy poygalarda o‘z mahorati, chidamliligi va hamjihatligini namoyon etib, yuqori natijalar qayd etishdi.
Ayni vaqtda chempionatning yakkalik bahslari davom etmoqda. Unda sportchilar shaxsiy birinchilik uchun kurash olib borib, chempionlik yo‘lida o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.
Ayni damda musobaqaning yakkalik bahslari shiddatli davom etmoqda
🚴‍♀️
Yosh velosportchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
🇺🇿
🥇
🚴‍♂️
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 16, 07:17
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🚴‍♂️
Qashqadaryoda velosport bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga start berildi
Qashqadaryo viloyatida sportning velosport-shosse turi bo‘yicha 2012–2013-yillarda tug‘ilgan kichik o‘smirlar (o‘g‘il va qiz bolalar) o‘rtasidagi ko‘p kunlik velopoyga bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
boshlandi
.
2026-yil 13–16-iyun kunlari davom etadigan musobaqa Qarshi aylanma yo‘lida joylashgan “Humo Oil Energy Petrol” MCHJ binosi ro‘parasidan A380 trassasi (G‘uzor yo‘li) kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘tkazilmoqda.
Chempionatning tantanali ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i
Vahob Ro‘ziyev
, Milliy Olimpiya qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori
Erkin Vahidov
, Velosport federatsiyasi vakillari, murabbiylar va sportchilar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan mutasaddilar yoshlar sportini rivojlantirish, velosportni ommalashtirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Ayni damda musobaqaning yakkalik poyga bahslariga start berilgan bo‘lib, mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh velosportchilar g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.
🚴‍♀️
Yosh velosportchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
🇺🇿
🏅
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 16, 05:24
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
🇺🇿
Qashqadaryolik atlet Jonbibi Hukmova Tojikistondagi xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi
2026-yil 14-iyun kuni Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Olimpiya chempionlari Andrey Abduvaliyev va Dilshod Nazarov sovrinlari uchun III xalqaro yengil atletika turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibidagi eng sara atletlar munosib ishtirok etib, bir qator yo‘nalishlarda yuqori natijalarni qayd etishdi.
Quvonarlisi, ayollar o‘rtasidagi 400 metrga yugurish bahslarida yopiq inshootlar bo‘yicha Osiyo chempioni, qashqadaryolik sportchi Jonbibi Hukmova 52.87 soniya natija ko‘rsatib, barcha raqibalarini ortda qoldirdi va musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritdi.
Mazkur g‘alaba nafaqat sportchimizning mahorati va mehnati mahsuli, balki Qashqadaryo sporti rivojlanib borayotganining yana bir yorqin isboti bo‘ldi.
🏅
Jonbibi Hukmovani ushbu yuksak natija bilan muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt

June 15, 16:16
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
⚽️
Qashqadaryo - milliy jamoamiz bilan birga!
Futbol muxlislari uchun ajoyib imkoniyat! O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi o‘yinlari viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida o‘rnatilgan katta ekranlarda jonli efirda namoyish etiladi.
Do‘stlaringiz, yaqinlaringiz va minglab muxlislar bilan birga milliy jamoamizni qo‘llab-quvvatlang!
📍
Maxsus tomosha maydonlari ro‘yxati:
Qarshi shahri —
Viloyat musiqali drama teatri
,
Mustaqillik maydoni va hiyoboni
hamda “
Vatanparvarlar

bog‘i
Shahrisabz shahri —
Amir Temur xiyoboni
Qarshi tumani —
Yoshlar xiyoboni
Kasbi tumani — Tumandagi
16-maktab
va
“Do‘stlik”
MFY
Yakkabog‘ tumani —
“Alp-kamol”
savdo majmuasi,
“Eko city bazar plaza”
majmuasi,
“Mega Mall”
savdo majmuasi,
1-son texnikum
,
2-son texnikum
,
3-son texnikum
,
“Temur avlodlari” bolalar oromgohi
Dehqonobod tumani —
Mustaqillik maydoni
Nishon tumani —
“Istiqbol” istirohat bog‘i
Mirishkor tumani —
Tuman sport maktabi
Kitob tumani — “Ali Qushchi” MFYda joylashgan
“Milano”
savdo majmuasi
Shahrisabz tumani —
“Miraki garden”
mehmonxonasi,
“Mevazor”
mahallasi pavilyoni,
tuman sport maktabi
hamda
“Miraki resort”
mehmonxonasi
Muborak tumani —
Tuman hokimligi ro‘parasidagi maydon
Chiroqchi tumani —
Madaniyat markazi
va
“Sharjah”
sport klubi
Ko‘kdala tumani —
Tuman hokimligi
G‘uzor tumani —
“Sho‘rtan” futbol klubiga qarashli sport saroyi
va
Yoshlar istirohat bog‘i
Koson tumani —
Tuman madaniyat bo‘limi
Qamashi tumani —
Tuman markazidagi istirohat bog‘i amfiteatri
.
📅
O‘zbekiston milliy terma jamoasining guruh bosqichidagi o‘yinlari (Toshkent vaqti bilan):
🇺🇿
O‘zbekiston
🆚
Kolumbiya
🇨🇴
🗓
18-iyun |

07:00
🇵🇹
Portugaliya
🆚
O‘zbekiston
🇺🇿
🗓
23-iyun |

22:00
🇨🇩
DR Kongo
🆚
O‘zbekiston
🇺🇿
🗓
28-iyun |

04:30
Bir bayroq, bir jamoa, bir maqsad!
🔥
Olg‘a, O‘zbekiston!
🌐
Bizni barcha platformalarda kuzating:
🌐
Telegram
|
🌐
Instagram
|
🌐
Facebook
|
▶️
Youtube
🌐
Sayt