Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QASHQADARYO YOSHLARI 🇺🇿

qashqadaryoyoshlariuz
Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi • Murojaat uchun: t.me/qashqadaryo_yoshlari_murojaati 75-225-43-82 | 9:00-18:00 • Manzil: Islom Karimov ko’chasi, 288A uy
Subscribers
6 790
24 hours
-6
30 days
-213
Post views
507
ER
7,47%
Posts (30d)
139
Characters in post
498
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 14:46
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎁
5 daqiqa kitob o‘qiganga iPhone 18 Pro sovg‘a qilamiz!
30-oktabr “Mutolaa”da navbatdagi “
Omadli kun
” va bu kunda har bir kitobxon xursand bo‘ladi!
😊
“Mutolaa” ilovasida 30-oktabr kuni istalgan kitobni kamida 5 daqiqa o‘qigan har
bir kitobxonga 1 haftalik bepul Mutolaa Premium
hamda 1 kitobxonimizga random tarzda
iPhone 18 Pro
smartfonini sovg‘a qilamiz!
• Qalay, sovg’amiz yoqdimi? Ha bo’lsa,
bitta “
❤️‍🔥
” bosib qoldiring)
Mutolaa ilovasini yuklab oling

October 25, 22:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev

October 25, 07:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinchligi, fuqarolar xavfsizligi va jamoat osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi sharafli xizmatingiz alohida e’tirofga loyiq.
Ayniqsa, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va xavfsiz muhitni shakllantirish borasidagi hamkorligingiz muhim ahamiyatga ega.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi.

October 25, 06:39

QASHQADARYO YOSHLARI
🇺🇿
pinned a video

October 25, 05:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

QAMASHIDA YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY ILM VA TA’LIM MASKANI FAOLIYAT BOSHLADI
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Chim mahallasida zamonaviy
Yoshlar kutubxonasi, IT, sun’iy intellekt va xorijiy tillarni o‘qitish markazi
faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur maskanda 10 ming dona kitob fondiga ega kutubxona, zamonaviy IT xonasi hamda ingliz va nemis tillarini o‘rgatish kurslari tashkil etildi.
Endilikda mahalla yoshlari ushbu markazda xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblarni egallash, kitob mutolaasi orqali bilim va tafakkurini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 24, 20:04
Media unavailable
7
Show in Telegram

145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-o‘rinni
egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-o‘rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham
yangi rekord
o‘rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev

October 24, 13:30
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
tabrik
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

October 24, 08:42
Media unavailable
1
Show in Telegram

📢
RUS TILINI O‘RGANISH ISTAGIDAGI YOSHLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!
Qarshi shahridagi Yoshlar markazida
suhbatlashishga yo‘naltirilgan yangi rus tili guruhi
ochildi!
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar rus tilida erkin va ishonch bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
📚
Shuningdek, yakka tartibdagi darslar ham mavjud.
🕘
Mashg‘ulot vaqtlari:
09:30 va 14:00
📍
Manzil:
Qarshi shahri, Yoshlar markazi
📌
Eslatma: Yosh bolalar uchun alohida guruh mavjud emas.
📞
Murojaat uchun:
+998 91 451 63 63

October 24, 05:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

🚀
YouTube’da yangi video!
📱
Har qanday dasturni qayta yaratish mumkinmi? Reverse Engineering (REA) nima va u qanday ishlaydi?
🎥
Videoni tomosha qiling va dasturlashning yangi qirralarini kashf eting!
🔗
Video havolasi:
https://youtu.be/mwRYDS8HuYA
Mobil Ilova

October 23, 13:53
Media unavailable
7
Show in Telegram

📚
Qamashi
tumanida yoshlar kutubxonasi ochildi
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Qamashi tumanining Chim mahallasida yangi kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Kutubxona fondida 10 mingdan ortiq kitob mavjud.
Endilikda yoshlar turli yo‘nalishdagi adabiyotlar orqali bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va vaqtini mazmunli o‘tkazish imkoniyatiga ega.
Yangi kutubxona mahalla yoshlari uchun ilm-ma’rifat maskani bo‘lib, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Yangi kutubxona qutlug‘ bo‘lsin!
Ushbu maskan yoshlarimizning bilim va tafakkurini yuksaltirib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirsin!