Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

QASHQADARYO YOSHLARI πŸ‡ΊπŸ‡Ώ

qashqadaryoyoshlariuz
Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi β€’ Murojaat uchun: t.me/qashqadaryo_yoshlari_murojaati 75-225-43-82 | 9:00-18:00 β€’ Manzil: Islom Karimov ko’chasi, 288A uy
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
6 790
24 часа
-6
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
-213
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
507
ER
7,47%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
139
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
498
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
Новости
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ЖСнский
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
25-34
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘Ρ€Π΅Π΄Π½ΠΈΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠžΠ±Ρ€Π°Π·ΠΎΠ²Π°Π½ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
October 26, 14:46
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

🎁
5 daqiqa kitob oβ€˜qiganga iPhone 18 Pro sovgβ€˜a qilamiz!
30-oktabr β€œMutolaa”da navbatdagi β€œ
Omadli kun
” va bu kunda har bir kitobxon xursand boβ€˜ladi!
😊
β€œMutolaa” ilovasida 30-oktabr kuni istalgan kitobni kamida 5 daqiqa oβ€˜qigan har
bir kitobxonga 1 haftalik bepul Mutolaa Premium
hamda 1 kitobxonimizga random tarzda
iPhone 18 Pro
smartfonini sovgβ€˜a qilamiz!
β€’ Qalay, sovg’amiz yoqdimi? Ha bo’lsa,
bitta β€œ
❀️‍πŸ”₯
” bosib qoldiring)
Mutolaa ilovasini yuklab oling

October 25, 22:17
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Tarixiy gβ€˜alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida oβ€˜tkazilgan V Paraosiyo oβ€˜yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan Oβ€˜zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda Oβ€˜zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yoβ€˜llagan samimiy tabrigi oβ€˜qib eshittirildi. Tadbir davomida soβ€˜zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qoβ€˜llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga oβ€˜z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak gβ€˜alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev

October 25, 07:28
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni 25-oktabr β€” Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yurtimiz tinchligi, fuqarolar xavfsizligi va jamoat osoyishtaligini ta’minlash yoβ€˜lidagi sharafli xizmatingiz alohida e’tirofga loyiq.
Ayniqsa, yoshlar oβ€˜rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va xavfsiz muhitni shakllantirish borasidagi hamkorligingiz muhim ahamiyatga ega.
Barchangizga mustahkam sogβ€˜lik, oilaviy farovonlik va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Kasb bayramingiz muborak boβ€˜lsin!
Hurmat bilan,
Qashqadaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi.

October 25, 06:39

QASHQADARYO YOSHLARI
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
pinned a video

October 25, 05:32
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

QAMASHIDA YOSHLAR UCHUN ZAMONAVIY ILM VA TA’LIM MASKANI FAOLIYAT BOSHLADI
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Chim mahallasida zamonaviy
Yoshlar kutubxonasi, IT, sun’iy intellekt va xorijiy tillarni oβ€˜qitish markazi
faoliyati yoβ€˜lga qoβ€˜yildi.
Mazkur maskanda 10 ming dona kitob fondiga ega kutubxona, zamonaviy IT xonasi hamda ingliz va nemis tillarini oβ€˜rgatish kurslari tashkil etildi.
Endilikda mahalla yoshlari ushbu markazda xorijiy tillarni oβ€˜rganish, zamonaviy kasblarni egallash, kitob mutolaasi orqali bilim va tafakkurini rivojlantirish imkoniyatiga ega.
Telegram
|
Instagram
|
Facebook

October 24, 20:04
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
7
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo oβ€˜yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan Oβ€˜zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-oβ€˜rinni
egalladi.
Para Osiyo oβ€˜yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-oβ€˜rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati boβ€˜yicha ham
yangi rekord
oβ€˜rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev

October 24, 13:30
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
tabrik
Bizning sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube

October 24, 08:42
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ“’
RUS TILINI Oβ€˜RGANISH ISTAGIDAGI YOSHLAR UCHUN AJOYIB IMKONIYAT!
Qarshi shahridagi Yoshlar markazida
suhbatlashishga yoβ€˜naltirilgan yangi rus tili guruhi
ochildi!
Mashgβ€˜ulotlar davomida ishtirokchilar rus tilida erkin va ishonch bilan muloqot qilish koβ€˜nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega boβ€˜ladilar.
πŸ“š
Shuningdek, yakka tartibdagi darslar ham mavjud.
πŸ•˜
Mashgβ€˜ulot vaqtlari:
09:30 va 14:00
πŸ“
Manzil:
Qarshi shahri, Yoshlar markazi
πŸ“Œ
Eslatma: Yosh bolalar uchun alohida guruh mavjud emas.
πŸ“ž
Murojaat uchun:
+998 91 451 63 63

October 24, 05:04
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸš€
YouTube’da yangi video!
πŸ“±
Har qanday dasturni qayta yaratish mumkinmi? Reverse Engineering (REA) nima va u qanday ishlaydi?
πŸŽ₯
Videoni tomosha qiling va dasturlashning yangi qirralarini kashf eting!
πŸ”—
Video havolasi:
https://youtu.be/mwRYDS8HuYA
Mobil Ilova

October 23, 13:53
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
7
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ“š
Qamashi
tumanida yoshlar kutubxonasi ochildi
Yoshlar oβ€˜rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ularning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Qamashi tumanining Chim mahallasida yangi kutubxona faoliyati yoβ€˜lga qoβ€˜yildi.
Kutubxona fondida 10 mingdan ortiq kitob mavjud.
Endilikda yoshlar turli yoβ€˜nalishdagi adabiyotlar orqali bilimlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va vaqtini mazmunli oβ€˜tkazish imkoniyatiga ega.
Yangi kutubxona mahalla yoshlari uchun ilm-ma’rifat maskani boβ€˜lib, kitobxonlikka boβ€˜lgan qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Yangi kutubxona qutlugβ€˜ boβ€˜lsin!
Ushbu maskan yoshlarimizning bilim va tafakkurini yuksaltirib, ularni yangi marralar sari ilhomlantirsin!