
Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati
Boshqaruv sifatini oshirish yo‘lida: Davlat xizmatchilarini tayyorlashda Vengriyaning yetakchi universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo'yiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi rahbari U.Xusainov Vengriyaning Ludovika davlat xizmati universiteti rektori Dr.Gergely Deli bilan uchrashdi.
Ma'lumot uchun, Ludovika davlat xizmati universiteti –
Budapesht shahridagi oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Vengriyaning yetakchi universitetlaridan hisoblanadi. U 2011 yilda Milliy mudofaa universiteti, Politsiya akademiyasi va Korvin universitetining Davlat boshqaruvi fakulteti birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Universitetda:
▫️
Davlat boshqaruvi va xalqaro tadqiqotlar
▫️
Harbiy bilimlar va harbiylar malakasini oshirish
▫️
Huquqni muhofaza qilish
▫️
Suvni tadqiq qilish fakultetlari
mavjud.
Universitet tomonidan davlat xizmatchilari uchun majburiy va ixtiyoriy ko‘rinishdagi o‘quv dasturlarining 90 % onlayn, 10 % an’anaviy tarzda tashkil etiladi.
Muloqot davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
➡️
Ludovika universiteti bilan hamkorlikda
rahbar kadrlarning strategik fikrlash va zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi
maxsus ta’lim dasturini tashkil etish;
➡️
Davlat organlari mutaxassislari uchun
kiberxavfsizlik bo‘yicha
malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
➡️
Kelgusida O‘zbekistonda
kiberxavfsizlik bo‘yicha qo‘shma ta’lim va tadqiqot dasturlarini
ishlab chiqish;
➡️
Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash
,transchegaraviy suv resurslarini boshqarishga oid tadqiqotlar hamda suv diplomatiyasi sohasida bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, hamkorlik doirasida
Ludovika universiteti va Buxoro davlat universiteti o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish
;
➡️
Istiqbolli yosh davlat xizmatchilari uchun qo‘shma “Future Public Leaders” dasturi
ni tashkil etish;
Dastur doirasida har yili 25–30 nafar istiqbolli yosh davlat xizmatchilari birgalikda tanlab olinadi va ular uchun Ludovika universitetida 2-3 haftalik o‘quv modullari tashkil etiladi hamda eng yaxshi ishtirokchilar Vengriya davlat organlarida stajirovka (2-3 oylik) o‘taydi.
➡️
Vengriya tajribasi asosida Sirdaryo viloyati Xovos tumanida “Smart Village” konsepsiyasiga asoslangan pilot loyihalarni amalga oshirish
imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar amaliy va uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi..
Eslatib o'tamiz,
2025-yil dekabr oyida Ishchi guruhning Vengriyaga xizmat safari doirasida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan ilk uchrashuvda
O‘zbekiston davlat xizmatchilari uchun Vengriyada stajirovka dasturlarini tashkil etish, vengriyalik ekspertlarni jalb qilish hamda Buxoro davlat universiteti bilan suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilgandi.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
Aloqa
#Saxovat
Ramazon oyida saxovat tadbirlari davom etmoqda
Jumladan, “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” ezgu g‘oyasi asosida o‘tkazilayotgan xayriya tadbiri doirasida tumandagi imom-xatiblar hamda mahalla xodimlari boshchiligida ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bo'lgan va boquvchisini yo'qotgan oilalar holidan xabar olinmoqda.
Mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbuslar davomida ularga kunlik ehtiyojlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari hamda zarur moddiy yordamlar yetkazilmoqda.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
🔐
Қўриқлаш хизмати Сизни нималар билан таъминлайди?
Мулкнингиз дахлсизлигини истасангиз ҳозироқ
📞
1131 рақамига қўнғироқ қилинг.
— — — —
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
#Jarayon
Aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda
Qibray tumani elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan hududda yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tezkor amaliy ishlar olib borilmoqda.
Mutaxassislar tomonidan elektr tarmoqlarida aniqlangan nosozliklar bartaraf etilib, tizimning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, ta’mirtalab holga kelgan transformator va eskirgan simyog'ochlar o‘rniga Qibray tumani hokimligi tomonidan ajratilgan yangi transformator va beton ustunlar o‘rnatilib, elektr ta’minoti barqarorlashtirilmoqda.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
Endi "E-auksion" platformasidan foydalanish yanada oson!
Endi Siz FaceID orqali shaxsingizni tasdiqlab, oson ro‘yxatdan o‘tishingiz yoki mavjud kabinetingizga kirishingiz mumkin. Buning uchun mobil qurilma orqali ilova yoki veb-saytda "Ro‘yxatdan o‘tish" yoki "Kirish" tugmasini bosganingizdan keyin, MyID ilovasini tanlashingiz lozim.
Kabinetga kirish
☎️
:
+998712022111
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
#Qibray_tumani
Tumandagi Mahallalarda “Yettlik soati” yig‘ilishlari o‘tkazildi
Qibray tumani hududidagi mahallalarda har hafta an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Yettlik soati” yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi.Jumladan, Ko‘prikboshi hamda O‘tkir mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan “yettlik” a’zolari va mahalla bankiri bilan birgalikda hafta davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish davomida 13–14 mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan umumxalq hashari oldidan tayyorgarlik masalalari muhokama qilinib, mahalla yettiligining vazifalari, ko‘chalar kesimida amalga oshiriladigan obodonlashtirish ishlari hamda aholini ushbu jarayonlarga keng jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan har oy kamida 10 ta muammoli masalani aniqlab, ularni bosqichma-bosqich hal etish, nazorat asosida yuritish, ajrim yoqasidagi oilalar bilan ishlash hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
#Bilishingiz_shart
Mana, juda ko‘pchilik kutgan, ko‘pchilik so‘ragan bodom va olxo‘ri mevasida gul kurtaklarining rivojlanish bosqichlariga ko‘ra zarar yetkazadigan
haroratlar
Bu ma’lumotlarni boshqa meva turlari bo‘yicha ham allaqachon kanalga joylaganman:
•
O‘rik va shaftoli haqida
•
Olma va nok haqida
•
Gilos haqida
Ushbu postni shu meva turlaridan biri bilan shug‘ullanadigan tanishlaringizga ham yuborib qo‘ying
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
📣
Hurmatli Yurtdoshlar!
🌳
13–14 mart
kunlari mamlakatimizda
umumxalq xayriya hashari
o‘tkaziladi.
🌿
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida bo‘lib o‘tadigan keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarida faol bo‘ling!
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
#
QIBRAY_TUMANI
✅
RAMAZON – MEHR-MURUVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati
✅
telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube
#Bilasizmi
✅
Qonunchilikka ko'ra, ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda
elektroshok qurilmalarini
qo'llash
huquqiga ega:
➖
fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan
hujumni qaytarish
uchun;
➖
jinoyatga
yoki ma'muriy huquqbuzarlikka chek qo'yishda;
➖
ichki ishlar organi xodimiga qarshilik ko'rsatilishiga chek qo'yishda;
➖
jinoyatni sodir etish chog'ida yoki uni sodir etganidan keyin darhol ko'rib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni
ushlashda;
➖
ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, ma'muriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish,
qo'riqlab borish
va qo'riqlashda;
➖
zo'ravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini
ozod qilishda.
🚫
Ushbu qurilmalarning qo'llanilishi
uchinchi shaxslarning hayoti,
sog'lig'iga xavf tug'dirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin