Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

qibraytumaniaxborotxizmati
Ushbu kanalda Qibray tuman hokimligi axborot xizmati Sizni tumanda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi islohotlar va yangiliklar hamda ko'plab zarur ma'lumotlar bilan tanishtirib boradi.
Подписчики
5 041
24 часа
-10
30 дней
-31
Просмотры
929
ER
18,43%
Посты (30д)
296
Символов в посте
1 066
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 20, 04:10
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Eʼtirof
Qibraylik ustoz — “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘olibi
Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan
“Yil o‘qituvchisi”
tanlovida Qibray tumanidagi 14-umumiy o’rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi
Baymuhamedova Shahnoza
ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuq — ustozning fidokorona mehnati, kasbiy mahorati va ta’lim sohasidagi izlanishlarining munosib e’tirofidir. Bu natija butun Qibray tumani uchun katta faxrdir!
Qibray tumani hokimligi
Shahnoza Baymuhamedova
ni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi!
Ma’lumot uchun:
tanlov g‘oliblari
616 million so‘m
miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Ustozga kelgusidagi faoliyatida yangi zafarlar va shogirdlari kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz!
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 19, 17:28
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📣
DIQQAT!!!
📣
📣
Pedagoglar o‘rtasida yilning eng katta bellashuvi — Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Yil o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
💰
Tanlovda viloyatimizning
22 ta tuman (shahar
) bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘oliblarning har biri
616 mln so‘m
(bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravari)
pul mukofoti bilan mukofotlanadi.

Joriy yilda ilk bor o‘tkazilgan
“Yil o‘qituvchisi”
tanlovi sohada olib borilayotgan islohotlarning yuksak e’tirofi, pedagoglarga ko‘rsatilgan munosib rag‘batdir.

Tanlov nafaqat o‘qituvchilarni moddiy rag‘batlantiradi, balki ularning kasbiy mahoratini oshirish barobarida ta’lim sifatini yuksaltirishga ham katta xizmat qiladi.

G‘oliblar ro‘yxati
📌
Zangiota tumani
➡️
MADINA KOKENOVA ZAMONBEK QIZI
📌
Yuqori Chirchiq tumani
➡️
ODIL NIYOZOV ABDURASULOVICH
📌
Yangiyo‘l tumani
➡️
GULZODAXON ALIMQULOVA RUSTAMJON QIZI
📌
Yangiyo‘l shahar
➡️
GO‘ZALOY OSMANOVA ODILJON QIZI
📌
Toshkent tumani
➡️
DILNOZA NOROVA SOBIRJONOVNA
📌
Quyi Chirchiq tumani
➡️
NARGISA TUNGATOVA SAYFIDDINOVNA
📌
Qibray tumani
➡️
SHAXNOZA BAYMUXAMEDOVA BAXADIROVNA
📌
Piskent tumani
➡️
DILDORA ESHONTAYEVA UMIRZAKOVNA
📌
Parkent tumani
➡️
JAVOHIRJON AHMADJONOV SHUXRATJON O‘G‘LI
📌
Oqqo‘rg‘on tumani
➡️
DILBAR MADRIZAYEVA BEKNAZAROVNA
📌
Olmaliq shahar
➡️
TURAKUL XAYDARKULOV ISROILOVICH
📌
Ohangaron tumani
➡️
NARGISA ALENOVA ABDULLAYEVNA
📌
Ohangaron shahar
➡️
MUHABBAT HALIMOVA XAYRILLOYEVNA
📌
O‘rta Chirchiq tumani
➡️
JAXONGIR TURG‘UNBAYEV MAXSUDALI O‘G‘LI
📌
Nurafshon shahar
➡️
MUNIRA BERDIYEVA SAFAROVNA
📌
Chirchiq shahar
➡️
TANZILAXON TURSUNOVA
📌
Chinoz tumani
➡️
NODIRA ALIBEKOVA AKRAMJON QIZI
📌
Bo‘stonliq tumani
➡️
MOHIRA QURBONOVA QUTLIBOYEVNA
📌
Bo‘ka tumani
➡️
NARGIZA XUDOYQULOVA ALIQULOVNA
📌
Bekobod tumani
➡️
SARVINOZ NURALIYEVA ORZIMUROTOVNA
📌
Bekobod shahar
➡️
ABDURAXIM XAMRAKULOV ABDUMUTOLIB O‘G‘LI
📌
Angren shahar
➡️
DILNOZA NORMURODOVA ZOKIRJONOVNA
💐
BARCHA G‘OLIBLARI TABRIKLAYMIZ!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing

https://t.me/toshkentv_xtb
|
🌐
Facebook|
🔎
Veb-sayt |
🌐
Instagram|
▶️
YouTube
👍
@ToshvilmmtbgamurojaatBot

September 19, 14:26
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#Sayyor_qabul
Aholi murojaatlari tinglanib, muammolar yechimi yuzasidan aniq choralar belgilandi
Qibray tumanining “Ma’rifat” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati IIBB birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i Sh.Sodiqova hamda Qibray tumani Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan huquq-tartibot, jamoat xavfsizligini ta’minlash, profilaktika ishlarini kuchaytirish, shuningdek, ijtimoiy va maishiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab etuvchi masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 19, 07:57
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Oila
Oilaviy nizolarning oldini olish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda
Jumladan, Qibray tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i R.Naipova va Unda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi N.Kabirova ishtirokida oilaviy nizolar va ajrimlarning oldini olish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida ajrim yoqasidagi yosh oilalar bilan suhbatlar o‘tkazildi.
Muloqot davomida oilalardagi muammolar tinglanib, ularni bartaraf etish, o‘zaro hurmat va farzandlar tarbiyasiga e’tibor qaratish yuzasidan huquqiy va ma’naviy tavsiyalar berilib,suhbatlar yakunida 21 ta oiladan 14 nafari yarashtirildi.
Suhbatlarda imom-xatiblar, otinoyilar va nuroniylar ishtirok etib, oilani asrab-avaylash, o‘zaro hurmat va murosaga kelish, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati kabi masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 19, 05:41
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#
Qibray_tumani
BITIRUVCHILARGA DIPLOM TOPSHIRILDI
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 19, 04:48
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

#Hamkorlik
Qibray tumaniga 10 million dollar investitsiya jalb etiladi: Xitoy kompaniyasi bilan muhim kelishuv imzolandi
Qibray tumani hokimi Muzaffar Rashidov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrifi
doirasida Hebey provinsiyasining Shijiazhuang shahrida xorijiy investorlar va yirik kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Tashrifning navbatdagi kunida
YUANDA CO., LTD
kompaniyasi ta’sischilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyati, bugungi kundagi faoliyati va erishgan natijalari, shuningdek, Qibray tumanida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralarda tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish,
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlari yaratish
masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xitoylik investorlarga Qibray tumanida xorijiy tadbirkorlar uchun yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhit, mavjud imkoniyat va imtiyozlar, shuningdek, loyihalarni amalga oshirishda davlat tomonidan ko‘rsatiladigan amaliy ko‘mak haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida YUANDA CO., LTD tomonidan tuman hududida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan kichik sanoat zonasida umumiy qiymati
10 million AQSH dollariga teng investitsiyaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv
imzolandi.
Mazkur loyiha doirasida
70 dan ortiq yangi ish o‘rni
yaratilishi hamda kelgusida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va eksport salohiyatini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu kelishuv Qibray tumanining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy kapitalni jalb etish, yangi ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlarning muhim natijalaridan biridir.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 19, 04:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Axborot24
Rahbar va yoshlar uchrashuvi

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 18, 14:47
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Seminar
Maktab direktorlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘zlangan nutqning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, unda belgilangan ustuvor vazifalarni ta’lim sohasi vakillariga tushuntirish maqsadida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari va tegishli direktor o'rinbosarlari uchun
“Birlashib, buyuk kelajak yaratamiz!”
mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Unda Qibray tumani hokimi o‘rinbosari A.Turg‘unov, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda “Kelajak” markazi mas’ullari ishtirok etdi.
Seminar davomida davlatimiz rahbarining nutqida ilgari surilgan g‘oyalar, mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ta’lim sifatini oshirish hamda maktablarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni ta’lim muassasalarida samarali tashkil etish, o‘quvchilarning bilim va dunyoqarashini kengaytirish hamda ularni kelajakdagi maqsadlariga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 18, 13:41
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

#Qabul
Qibrayda tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi
Qibray tuman hokimligi, "Xalq banki" ATB Boshqaruvi hamda bankning Toshkent viloyati filiali mas’ullari ishtirokida tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tumanning Qipchoq mahallasida o'tkazilgan muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari yuzma-yuz o‘rganilib, ularning faoliyatida uchrayotgan muammolar, yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini kengaytirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarning har biri mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Ta’kidlash joizki, Qibray tumani hokimligi va Xalq banki tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish, aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube

September 18, 12:49
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Kuz_qish
Tumanda kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish masalalari muhokama qilindi
Qibray tumani prokurori S.Arshidinov, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i F.Soatov hamda tuman hokimi o‘rinbosari A.Turg‘unov boshchiligida mahalla raislari, umumta’lim maktablari direktorlari va xo‘jalik mudirlari, shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalari mas’ullari uchun kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda kuz-qish mavsumida energiya samaradorligini oshirish, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarning oldini olish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari va ko‘p qavatli uylardagi dudburon va ventilyatsiya tizimlarining sozligi, isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, gaz va elektr tarmoqlarining texnik holatini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish hamda kuz-qish mavsumini xavfsiz va betalofat o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
✍️
Qibray tumani hokimligi Axborot xizmati

telegram
📱
facebook
📱
Instagram
🌐
Website
📹
Youtube