Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI (RASMIY KANAL)

qiziltepa_mmtb
Ushbu kanalda Qiziltepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar, o'zgarishlar va innovatsiyalar yoritib boriladi.
Subscribers
1 300
24 hours
30 days
-40
Post views
257
ER
21,85%
Posts (30d)
75
Characters in post
609
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation General Education News
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
April 28, 17:58
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Sayyor_qabul
Bugun Qiziltepa tumani “Xusharti” MFY binosida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabulda bo‘lim boshlig‘i v.v.b. N.Temirov boshchiligida mas’ul xodimlar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularning murojaatlarini tingladi hamda muammolarga joyida yechim topishga harakat qildi.
Qabul davomida qilingan murojaatlarni aksariyati ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi va tegishli tartibda nazoratga olindi.
Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati

April 28, 13:54
Media unavailable
9
Show in Telegram

#13_maktabda_yana_bir_peshqadamlik
!
"Orzu va mehnat birlashsa — natija albatta shunday bo'ladi! Birinchi o'rin bizniki!
🥇
"
"Bu shunchaki g'alaba emas, bu tinimsiz harakatlar mevasidir. Biz buni uddaladik!
🔥
Bugun o‘tkazilgan "Sanitar posti a’zolari" ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida jamoamiz barcha shartlar bo‘yicha yuqori bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, faxrli
1-o‘rinni
qo‘lga kiritdi!
🥇
Inson hayoti va salomatligini asrashga shay turgan yoshlarimizning g‘alabasi muborak bo‘lsin!
📌
Bizning maqsad:
Har qanday vaziyatda birinchi yordamga tayyor turish

April 28, 13:53
Media unavailable
9
Show in Telegram

#Yilning_eng_yaxshi_tarbiyachisi
⚡️
Tuman maktabgacha ta‘lim tashkilotlarinig pedagog xodimlari o‘rtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" tanlovining loyiha taqdimoti hamda pedagogik mahoratni aniqlash shartlari bo'lib o'tdi.
🌟
Bunda ishtirokchilar tanlovda ishtirok etayotgan nominatsiyalari doirasida maktabgacha taʼlim-tarbiya sifatini oshirish, taʼlim-tarbiya jarayonida oʻyinga asoslangan taʼlim metodikasini qoʻllash, bolalarda tayanch kompetensiyalarini shakllantirish va ularni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan loyiha taqdimotlari hamda pedagogik mahoratlarini namoyon etish maqsadida ochiq mashg‘ulotlar o‘tishdi.
Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

April 28, 05:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🚫
TA’LIM MUASSASALARIDA PUL YIG‘IMLARIGA YO‘L QO‘YILMAYDI
🏫
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’mirlash ishlari, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, turli tadbir va bayramlarni tashkil etish bahonasida ota-onalardan noqonuniy mablag‘ yig‘ish
qat’iyan man etiladi.
⚖️
Mazkur talablarni buzgan, ya’ni pul yig‘ish holatlariga yo‘l qo‘ygan mansabdor shaxslar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
📣
Hurmatli fuqarolar!
Agar siz ta’lim muassasalarida noqonuniy pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlarga duch kelsangiz yoki bu haqda ma’lumotga ega bo‘lsangiz, quyidagi aloqa vositalari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
📞
Ishonch telefoni:
+998 79 220 12 81
🤖
Telegram bot:
@nav_mmtb_anticorbot
📌
Har bir murojaat mas’ullar tomonidan alohida nazoratga olinadi hamda
“Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida”
gi Qonun talablariga muvofiq, o‘z vaqtida va xolis ko‘rib chiqiladi.
🤝
Noqonuniy yig‘imlarga qarshi befarq bo‘lmang — adolatli va shaffof ta’lim muhitini birgalikda ta’minlaylik!
🇺🇿
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 27, 12:16
Media unavailable
9
Show in Telegram

#13_maktabda_kitobxonlik_targʻiboti
"
BUGUNGI KITOBXON-ERTANGI RAHBAR"




Qiziltepa tuman MMTBga qarashli 13-umumiy o‘rta ta‘lim maktabida
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi oʻrtasida kitob  oʻqishga qiziqishini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-9-sonli qaroriga ko’ra maktabning barcha rahbarlariga 4-10 sinf oʻquvchilarida  kitobxonlik tanlovlarini oʻtkazish maqsadida sinflar boʻlib olindi.  Musoboqa maktab direktori Isroilova Gulnoza tomonidan oʻquvchilarga Oʻlmas Umarbekovning "Qiyomat qarz" kitobidan 7-sinf oʻquvchilari bilan birga shu  kitobdan "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.Ushbu tadbir qizgʻin bahs-munozaraga boy boʻldi. 7 "V" sinf oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va maktab direktori tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlandi. Keyingi kitob oʻqish uchun Jules Vernening "Oʻn besh yoshli kapitan" asari  uyga vazifa qilib berildi

April 26, 04:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Chellenj
#Vazir_kubogi
📣
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Sport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda voleybol boʻyicha “Vazir kubogi” musobaqasida ishtirok etayotgan jamoalar o‘rtasida challenjga start berildi!. Bu challengeda 41-umumiy oʻrta ta'lim maktabi oʻqituvchilari faol ishtirok etishdi.

April 26, 04:32
Media unavailable
1
Show in Telegram

📚
26-aprel — O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun
1954-yil 26-aprel kuni Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan iste’dodli shoir Muhammad Yusuf o‘zining samimiy, xalqona va yurakka yaqin she’rlari bilan millionlab kitobxonlar qalbidan joy oldi.
1978-yilda rus tili va adabiyoti yo‘nalishida tahsil olib, ijod maydoniga dadil kirib kelgan shoirning ilk she’rlari 1976-yildayoq matbuotda e’lon qilingan.
"Tanish teraklar", "Bulbulga bir gapim bor"
kabi to‘plamlari esa uni keng ommaga yanada yaqinlashtirdi.
O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi sifatida yurtimiz adabiy hayotida o‘chmas iz qoldirgan ijodiy safar chog‘ida hayotdan ko‘z yumdi.

Shoirning satrlari hanuz qalblarni titratadi, qalblarga Vatan, muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini singdirishda davom etmoqda.
🇺🇿
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 25, 13:02
Media unavailable
2
2
Show in Telegram

🤩
Navoiy, bizni kutib ol!
🛩
Amity jamoasi yo‘lga chiqmoqda.
🗓
Sana
: 27–29 - aprel kunlari
📍
Manzil
: Navoiy viloyati
🇺🇿
🇺🇿
🤩
Navoiy, Get Ready!
🛩
The Amity Team is heading your way.
🗓
Dates
: April 27–29
📍
Location
: Navoiy Region
😜
Telegram
😂
Facebook
😀
Instagram
😅
Youtube
😃
Linkedin

April 25, 06:07
Media unavailable
9
Show in Telegram

#Sport
⚡️
Ayol ustozlar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogining Qiziltepa tuman bosqichiga start berildi.
Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati.

April 25, 04:22
Media unavailable
4
Show in Telegram

#Sogʻlom_hayot

Sog‘lom avlod – bu kuchli iqtisod, barqaror jamiyat va ishonchli kelajak demakdir.
⚡️
Qiziltepa tuman 41-umumta‘lim maktabida o‘qituvchi xodimlar o'rtasida “Sogʻlom hayot”  shiori ostida badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi
.
Qiziltepa tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi matbuot xizmati.