Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

QIZILTEPA TUMAN MAKTABGAÇA VA MAKTAB TA'LIMI BÖLIMI (RASMIY KANAL)

qiziltepa_mmtb
Ushbu kanalda Qiziltepa tuman maktabgacha va maktab ta'limi tizimidagi yangiliklar, o'zgarishlar va innovatsiyalar yoritib boriladi.
Подписчики
1 417
24 часа
—
30 дней
-44
Просмотры
301
ER
21,24%
Посты (30д)
65
Символов в посте
979
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 18:29
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
✅
Amaldagi tartibga koʻra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining
kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanadi va 9-noyabrga qadar davom etadi.
❗️
II chorak dars mashg‘ulotlari
2026
-yil 10-noyabrdan boshlanadi.

October 26, 12:42
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

DAVLAT
VA HUQUQ ASOSLARI FANIDAN MAKSIMAL NATIJA — 50 BALL!
Ayni kunlarda Respublika böylab umumta’lim fanlari böyiça asosiy olimpiadaning ikkinçi — tuman (şahar) bosqiçi davom etmoqda.
Olimpiada jarayonida öquvçilar öz bilim va salohiyatlarini namoyon etib, yuqori natijalar uçun bellaşmoqda.
Quvonarlisi,
bugun davlat va huquq asoslari fanidan ötkazilgan olimpiadada Qiziltepa tumanidagi 16-maktabning 11-sinf öquvçisi
ARABOVA
DONOXON OYBEK QIZI,
36-maktabning 11-sinf öquvçisi
RAHMOTULLAYEVA  MALIKABEGIM ABDUVOHID QIZI,
1-son texnikum 2-kurs öquvçisi
RAXMONKULOVA ROBIYA NODIRJON QIZIlar
maksimal — 50 ball töpladilar.
Mazkur natija öquvçilarning puxta bilimi va fanga bölgan intilişining yorqin ifodasidir.
Öquvçilarimizga kelgusi bosqiçlarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

October 24, 08:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏆
“JADIDLAR IZIDAN”: NAVOIY VILOYATIDA TANLOVNING TUMAN VA ŞAHAR BOSQIÇLARI ĞOLIBLARI ANIQLANDI!
📚
“Jadidlar izidan”
respublika tanlovining tuman va şahar bosqiçlarida bilim va intellektual salohiyatini namoyon etgan öquvçi-yoşlar ğoliblikni qölga kiritdilar.
➡️
Viloyat bosqiçiga yöllanma olgan ğoliblar bilan quyida tanişing!
━━━━━━━━━━━━━━
🟢
6–8-SINF ÖQUVÇILARI ÖRTASIDA
:
📍
Navoiy şahri
▪️
Malika Artiqova — 19-maktab
📍
Zarafşon şahri
▪️
Dilşodbek Muxtorov — 3-maktab
📍
Karmana tumani
▪️
Parizoda Ilhomova — 27-maktab
📍
Konimex tumani
▪️
Aysu Nurbayeva — 34-maktab
📍
Tomdi tumani
▪️
Aynisa Mendibayeva — 1-maktab
📍
Ğozğon şahri
▪️
Sitora Yusupova — 1-maktab
📍
Qiziltepa tumani
▪️
Öğiloy Sanoqulova — 13-maktab
📍
Navbahor tumani
▪️
Saida Sobirova — 10-maktab
📍
Nurota tumani
▪️
Dilnura Zokirboyeva — 22-maktab
📍
Uçquduq tumani
▪️
Asida Töxtapölatova — 20-maktab
📍
Xatirçi tumani
▪️
Zarina Muhiddinova — 22-maktab
━━━━━━━━━━━━━━
🟢
9–10-SINF ÖQUVÇILARI ÖRTASIDA
:
📍
Navoiy şahri
▪️
Maftuna Adizqulova — 11-maktab
📍
Zarafşon şahri
▪️
Diyorbek Rahmonqulov — 13-maktab
📍
Karmana tumani
▪️
Dilşoda Xudoyorova — 30-maktab
📍
Konimex tumani
▪️
Janel Yerxanova — 12-maktab
📍
Tomdi tumani
▪️
Nurxanim Amangeldiyeva — 15-maktab
📍
Ğozğon şahri
▪️
Şaxrizoda Idiboyeva — 1-maktab
📍
Qiziltepa tumani
▪️
Şukrona Davronova — 12-maktab
📍
Navbahor tumani
▪️
Durdona Ğofurova — 8-maktab
📍
Nurota tumani
▪️
Zarnigor Zoyirova — 11-maktab
📍
Uçquduq tumani
▪️
Xumora Ibodova — 20-maktab
📍
Xatirçi tumani
▪️
Marjona Ğaybullayeva — 51-maktab
BARÇA ĞOLIBLARNI MUBORAKBOD ETAMIZ!
Navai.uzedu.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 23, 07:55
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Sayyor_qabul
Qiziltepa tumani “Mustaqillik" MFY binosida tuman Maktabgaça va maktab ta’limi bölimining navbatdagi sayyor qabuli ötkazildi.
Qabulda bölim boșliği v.v.b. N.Temirov fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularning murojaatlarini tingladi hamda muammolarga joyida yeçim topişga harakat qildi.
Qabul davomida qilingan murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tuşuntirişlar berildi va ijrosi tegişli tartibda nazoratga olindi.
Qiziltepa tuman Maktabgaça va maktab ta'limi bölimi matbuot xizmati
.

October 23, 07:06
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#JARAYON
🔰
Qiziltepa tumani 4-AFÇÖSMUÖTMning geografiya fani öqituvçisi G. Davronova tomonidan 7- "A" sinf öquvçilari bilan "Yer yuzasi aholisi va uning tabiatga ta'siri" mavzusida oçiq dars maşğulotli taşkil etildi.
Qiziltepa tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi matbuot xizmati
.

October 23, 03:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Umumiy örta ta’lim muassasalari soniga mutanosib ravişda 2026-yil davomida menejerlik kurslarida öqib, eng yuqori natija körsatgan umumiy örta ta’lim muassasalari direktorlarining bir guruhi ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasining Çunsin şahridagi Çunsin pedagogika universitetida taşkil etiladigan stajirovkada qatnaşişmoqda.
Ular orasida tumanimiz va viloyatimizdan faqat birgina direktor — 7-umumiy örta ta’lim maktabi direktori
Marğuba Muxammedova
bor.

October 22, 14:38
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

#SEMINAR
⚡️
Qiziltepa tumanidagi 17-davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida “Öyinga asoslangan ta'lim metodikasi asosida ta'lim-tarbiya jarayonini taşkil etiş” mavzusida öquv-amaliy seminar taşkil etildi.
⭐️
Seminarda Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi mas’ul xodimi N. Toğayeva, şuningdek, davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari direktor örinbosarlari va pedagoglari iştirok etdi.
🔸
Seminar doirasida namunaviy maşğulotlar, amaliy topşiriqlar va interfaol faoliyatlar namoyiş etildi. Şuningdek, ilğor pedagogik tajribalar yuzasidan taqdimotlar va fikr-mulohazalar tinglanib, mavzu doirasida muhokamalar olib borildi.
🔹
Seminar yakunida “Ilk qadam” milliy öquv dasturining uçinçi naşrini maktabgaça ta’lim taşkilotlari faoliyatiga izçil joriy etiş, pedagogik jarayonlarda zamonaviy metodlardan samarali foydalaniş va bolalar uçun sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratiş yuzasidan tavsiyalar berildi.
Qiziltepa tumani Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi matbuot xizmati
.

October 22, 08:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Qonunçilik_yangiliklari
❗️
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi
🔰
Özbekiston Respublikasining
“Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”
gi Qonuni
(ÖRQ–1184-son, 21.10.2026-y.)
qabul qilindi.
✅
Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan,
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
iborat özbek alifbosi joriy etiladi.
🔎
Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga
28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan
taşkil topadi.
⤵️
Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’
(tutuq belgisi)
.
📜
Şuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
▪️
Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan
özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga
monelik qilmaydi;
▪️
davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan
harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar
va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
✳️
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

October 21, 09:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

October 21, 04:52
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Ona_tilim_faxrim
Ona tili qanday til?
Ona tili
— qalbimizga eng yaqin, ilk bor mehrni, muhabbatni, ezgulikni anglatgan til. U millatning ruhi, xalqning tarixi, ma’naviyati va o‘zligini aks ettiruvchi bebaho boylikdir.
Ona tili
— ona allasi bilan qalbimizga singadigan, ilk so‘zlarimiz bilan hayotimizga kirib keladigan, mehr va muhabbatni anglashga o‘rgatadigan til. Biz bu tilda ilk bor «ona» deymiz, dunyoni taniymiz, qalbimizdagi eng samimiy tuyg‘ularni ifoda etamiz.
➖
Uni ardoqlash, sofligini asrash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning burchimizdir.
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin