
Bu hayot . . .
Hech kim och qolmasin sira dunyoda,
Hech kim to'q bo'lmasin haddan ziyoda.
Birov ochlik sabab yovuz har doim,
Boshqasini to'qlik aylagan zolim.
Rasul Hamzatov.
👉
Bu hayot...
"Chegarangizni ayting – va undan qaytmang"
🛡
Manipulyator chegaralarni yomon ko'radi va ularni buzishga intilashadi. Bir marta buzishga ruxsat bersangiz — tamom.
📌
Chuqur ma'lumot:
"Chegaralarni darhol belgilang — va ularga amal qiling. Manipulyatorlar chegaralarni yomon ko'radilar va ularni qiyinchilik sifatida ko'radilar. Bir lahzalik yengillik va manipulyatorga chegarani buzishga ruxsat berish, ularga kattaroq maqsadlar uchun bu xatti-harakatni davom ettirishni o'rgatadi."
🛡
Qanday qo'llaysiz:
• Yolg'onga chidamasligingiz;
• Haqoratga yo'l qo'ymasligingiz;
• Va javobgarlikni talab qilishingiz;
kerak.
💡
Eslab qoling:
Chegarangizni bir marta buzishga yo'l qo'ysangiz, manipulyator buni "ruxsat" deb biladi.
Foydali
kanal
👉
Bu hayot...
Qarz olishning 3 sababi: qaysi biri xavfliroq?
Odatda odamlar qarzni
uch xil sabab
bilan olishadi:
1️⃣
Iqtisodiy rivojlanish uchun
Bu eng foydali qarz turi bo‘lishi mumkin. Masalan, biznes boshlash, bilim olish, daromadni oshirish yoki ishlab chiqarishni kengaytirish uchun olingan mablag‘ kelajakda yangi imkoniyat yaratadi.
2️⃣
Zarurat uchun
Hayotda kutilmagan vaziyatlar bo‘lishi mumkin: davolanish, uy-joy masalalari yoki boshqa muhim ehtiyojlar. Bunday holatlarda qarz muammoni hal qilish vositasiga aylanadi.
3️⃣
Xohishlar uchun
Yangi telefon, qimmat avtomobil, sayohat yoki boshqa istaklarni tezroq amalga oshirish uchun olinadigan qarzlar.
⚠️
Eng xavfli qarz — xohishlar uchun olingani.
Chunki, inson xohishlarining chegarasi yoʻq. Xohish — bu nafs, nafs esa, hech qachon "toʻxta" demaydi.
Foydali
kanal
👉
Bu hayot...
"Sizga yaxshi bo'lsin deb, tanqid qilaman" – niqobli tanqid
🎭
"Sizga yomonlik tilamayman, yaxshilik tilayman. Shuning uchun gapiraman" – eshitganmisiz?
📌
Bu – niqobli tanqid manipulyatsiyasi.
- "Yaxshilik" niqobi ostida tanqid qiladi
- Agar norozi bo'lsangiz, siz "yaxshilikni tushunmaydigan" bo'lib qolasiz
- Tanqidni qabul qilishingiz kerak, aks holda "nosog'lom"siz
💡
Eslab qoling:
Yaxshilik bo'lishi uchun aytilayot narsa, Sizga hissiy bosim bersa – bu yaxshilik emas. Bu manipulyatsiya.
Haqiqiy yaxshilik tanqidni niqob qilmaydi.
Foydali
kanal
👉
Bu hayot...
❗️
SUKUT SAQLASH FOYDALI BOʻLADIGAN HOLATLAR
Pullaringiz haqida sukut saqlang:
Boyligingiz haqida hamma bilishi shart emas. Ko‘z tegadi, hasad uyg‘onadi, ortiqcha e’tibor esa xotirjamligingizni buzishi mumkin.
Baxtingiz haqida sukut saqlang:
Shaxsiy hayotingiz haqida hamma bilishi shart emas. Har kim ham baxtingizni chin dildan qabul qilavermaydi.
Uy yoki mashina olayotganda sukut saqlang:
Kerakli mutaxassislardan tashqari boshqalar bu rejangizni ham bilmagani maʼqul. Ortiqcha savollar, maslahatlar va aralashuvlar sizni chalg‘itadi.
Yangi ish boshlashda sukut saqlang:
Hali ish boshlamasdan turib hammaga aytib yurish shart emas. Avval natijani ko‘rsating, keyin xabar bering.
Halovat istasangiz, sukut saqlang:
Har bir gapga javob berish, har bir fikrga aralashish shart emas. Eng yaxshi gap — aytilmagan gapdir.
Foydali
kanal
👉
Bu hayot...
Men hammani tashlab ketmoqchi boʻldim, lekin qarasam hech kim yoʻq ekan.
©
Dostoyevskiy
👉
Bu hayot...
Stress haqida: Qachon u xavfga aylanadi?
Qiyin va og'riqli vaziyat tufayli yuzaga keladigan tashvish yoki ruhiy tanglik holati - bu stress deb ataladi.
Aslida kichik stresslar psixika uchu foydali - rivojlantiradi.
Ammo agar stressli holat:
- kattalashsa;
- uzoq vaqt davom etsa;
- va surunkali stressga aylansa
unda bu xavf olib keladi, chegara shu yerda.
Kichik stresslarni boshqarish mumkin, ammo katta va surunkali stress odamni boshqaradi. Boshqarayotganini esa ko'pincha bilmaymiz.
Chunki stress charchoq, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, diqqatni jamlay olmaslik...kabi niqoblarda keladi.
Foydali
kanal
👉
Bu hayot...
❓
Nima uchun ko‘p pul topib ham doim qarzda qolamiz?
Ko‘pchilik shunday xato fikrlaydi:
"Agar oyiga 1000 dollar emas, 3000 dollar topganimda, hamma qarzlarimni yopardim va boyib ketardim"
. Ammo amaliyot boshqacha haqiqatni ko‘rsatadi — daromad oshgani sayin, xarajatlar ham xuddi o‘sha sur’atda yoki undan ham tezroq o‘sib boradi. Natijada kishi yana o‘sha "moliyaviy yopiq doira"da qoladi.
Nima uchun shunday bo‘ladi? Sabab raqamlarda emas, bizning
psixologiyamiz va iste’molchilik odatlarimizda
.
Dofamin va shoping tuzog‘i
❗️
Zamonaviy marketing bizga faqat mahsulot sotmaydi, u emotsiya sotadi. Og‘ir ish kunidan keyin yoki kayfiyat tushganda biror narsa sotib olsangiz, miyangiz "dofamin" (huzur gormoni) ishlab chiqaradi. Biz bu hissiyotga o‘rganib qolamiz: muammo chiqdimi — yechimi shoping. Natijada keraksiz buyumlar ko‘payadi, ammo moliyaviy ahvol yaxshilanmaydi.
Foydali
kanal
👉
Bu hayot...
Nima sababdan to‘lqinlar ko‘p bo‘lsa ham kema ularning ustidan g‘alaba qozonadi, hattoki u yolg‘iz bo‘lsa ham? Chunki, kemada maqsad bor, to‘lqinlarda esa yo‘q.
Uinston Cherchill.
👉
Bu hayot...
Pul, boylik uchun - yolg'on. Uzoq yillik ishqiy munosabatlar hissiy bog‘lanish asosida quriladi.
Olimlar uzoq yillik munosabatlar tagida qanday motivlar yashiringanini topishdi.
Tadqiqotga ko'ra,
uzoq muddatli munosabatlar tagidagi asosiy motivlar:
1. Jozibasiga emotsional bog‘lanib qolish
2. Haqiqiy sevgiga intilish
3. Ijobiy tajribalar yaratish
4. Hissiy qo‘llab-quvvatlashga ega bo'lish edi.
Pul, majburiyat, qarindoshlar bosimi, status va eski partnyoridan qasos olish esa eng kam uchraydi.
Tadqiqotchilar fikricha,
odamlar uzoq yillik munosabatlar uchun moddiy jihatlarni emas, hissiy jihatlarni tanlashga moyil. Qisqa munosabatlarga esa ko'pincha boylik, majburiyat, jinsiy ehtiyoj, qasos tufayli kirishishadi.
Bu holat erkak va ayollarga bir xilda tegishli.
Foydali
kanal
👉
Bu hayot...