Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qohiram ✨| قاهرتي

qohiram
Kanal Misr Al-Azhar islomiy universiteti talabalari tomonidan yurgaziladi! Postlar manba bilan olinsin! Oʻta zarur murojaatlar: @qohiram_bot Reklama xizmati: @qohiram_reklama
Subscribers
4 600
24 hours
75
30 days
-153
Unusual 24 hours growth
Post views
913
ER
19,85%
Posts (30d)
26
Characters in post
346
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Religion and Spirituality
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 25, 12:57

Ba’zan
soniyadan ham kamroq vaqt ichida hamma narsa butunlay o‘zgarib ketishi mumkin...
Bu ish hech bir sababsiz, faqat Alloh xohlagani uchungina shunday bo‘ladi.
Shuning uchun yetishishni umid qilayotgan biron narsangni bu ish mustahiyl, amalga oshishi mahol demagin.
Alloh taolo aytadi: "Qachon biron narsani iroda qilsa, Uning ishi «Bo‘l!» demog‘i, xolos. Bas, u narsa bo‘lur", Yosin surasi, 82-oyat.
@qohiram

October 23, 03:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

Rosululloh
❕
aytdilar:
“Juma kuni
va juma kechasida
menga
salovat aytish
ni koʻpaytiringlar.Kim shunday qilsa,qiyomat kuni men unga guvohlikka oʻtaman yoki shafoat qilaman”.
اللهمَّ صَلِّ وَ سَلِّمْ علَى نَبِيِّنَا مُحَمَّدٍ ﷺ
@qohiram

October 22, 13:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Imom Shofeʼiy
❕
aytdilar:
Kimki Alloh uning qalbini ochishini, ilm ato qilishini istasa u
xoli xilvatni, kam yeyishni, nodon va johil kishilar bilan aralashishni tark etishni
oʻziga lozim tutsin.
Hatto insofi va adabi yoʻq boʻlgan baʼzi ahli ilmlarga ham aralashishdan ham oʻzini saqlasin, ehtiyot qilsin.
@qohiram

October 21, 00:34

اللهم لا تجعل مصيبتنا في ديننا و لا تجعل الدنيا اكبر همنا ولا مبلغ علمنا
“Ey Alloh! Musibatimizni dinimizda qilma. Dunyoni eng katta gʻamimiz va ohirgi ilmimiz qilma!
”
Insonning gʻami oxirat boʻlmay faqat dunyo boʻlsa,
qalbi qashshoq, kambagʻal boʻlib qoladi.
Zohiridan boy boʻlsa ham,
qalbi xarob,
hotirjamligi yoʻq insonga aylanadi.
Moʻmin kishi
Robbisini tanib, Alloh taoloning hidoyati bilan toʻgʻri yoʻldan borib, buyruqlarini bajarib, qaytariqlaridan qaytib, gunohlardan tiyilib,
Alloh sari intiladi va ikki dunyo saodatiga erishadi.
Moʻminning qalbi hatto musibat paytida ham hotirjam boʻladi,
bu musibat ortida Alloh taoloning hikmati bor deb, ajr umid qiladi.
Havas qilishga arzigulik hayot moʻmin kishining hayotidir.
#duo
|
@qohiram

October 16, 11:33

“Kim Qurʼon o‘qisa, o‘rgansa va unda bor narsaga amal qilsa, unga Qiyomat kuni ziyosi bu dunyodagi uylarda bo‘lgan quyoshning ziyosidan ham yaxshiroq bo‘lgan toj kiydiriladi. Uning ota-onasiga hulla kiygiziladi, u ham bu dunyoda bo‘lmagan. Ular: “Bu bizga nima sababdan kiydirilmoqda?” deyishadi. Shunda ularga: “Farzandingiz Qurʼonni mahkam ushlagani uchun”, deyiladi”.
Hokim aytadi: “Hadis Imom Muslimning shartiga ko‘ra sahihdir”.

October 15, 09:40

Alloh hammasini o‘z vaqtida, o‘z o‘rniga qo‘yadi.
Uning ana shu "o‘z vaqti" go‘zal.
Vaqtidan oldin emas, kech ham emas. Shunchaki ozgina sabr va qalbda ishonch bo‘lsa bas.
Allohning hikmati va ilmidan shubha qilmaslik kerak.
Lekin, kutishga arziydigan natija bo‘ladi inshaAlloh.
Ongimda rejalashtirgan, anchadan buyon orzu va niyat qilib keladigan ishlarim bor. Hammasini go‘zal shaklda niyat qilganman, ammo vaqtidan aslo havotirga tushmayman.
Bilamanki, Alloh O‘zi xayrli degan vaqtda orzularimning amalini ko‘rsatadi.
@qohiram

October 15, 09:33
Media unavailable
1
Show in Telegram

Qur’on tilovati bilan mashg‘ul bo‘lganimda ruhiy lazzatni his qildim. Shunda bir solih insonning gapini tushunib yetdim:
«Biz shunday lazzatlar ichidamizki, agar podshohlar uni totib ko‘rganlarida, bu lazzatga erishish uchun bizga qarshi qilich ko‘tarib jang qilardilar»
, degan edi.
Bildimki, ana shu lazzat boqiy qoladi. Har qanday lazzatning chegarasi bor, faqatgina ruhiy lazzatda chegara yo‘q.
Ali Tantoviy
❕
@qohiram

October 13, 11:41

«O‘zidan o‘zga iloh yo‘q bo‘lgan Allohga qasamki, bandaning qalbini yumshatishda, ko‘p ko‘z yosh to‘ktirishda, tavbaga undash va xushu’ga chaqirishda
Qur’on tilovati hamda uni tinglash
dan ko‘ra ulug‘roq biror narsani ko‘rmadim».
Abdulhamid Badis
@qohiram

October 11, 13:17
Media unavailable
10
1
Show in Telegram

📍
القاهرة

October 10, 10:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

Postlarga koʻp-koʻp reaksiya bosib turing, yana avvalgidek manfaatli postlar boʻladi inshaAlloh azizlar
👏