
Qohiram ✨| قاهرتي
"Har bir qiymatli narsaning uzoq yo'li bo'ladi, unga yetishish uchun ko'p mashaqqat chekiladi. Albatta, ilm erishish mumkin bo'lgan narsalarning eng sharaflisidir. Unga ko'p charchoq, kechalari bedorlik, takrorlash, lazzat va rohatlarni tark etish orqaligina erishiladi"
Ibn Javziy
◾️
@qohiram
Alloh dunyoni sevganiga ham, sevmaganiga ham beraveradi. Ammo dinni faqatgina yaxshi ko'rganiga ravo ko'radi. Sulaymon alayhissalom mashriqu-mag'ribga podshoh bo'ldi, Namrud ham. Agar dunyo o'lchov bo'lganida edi, Alloh hech qachon payg'ambari bilan eng ashaddiy kofirni teng qilib qo'ymasdi. Shunday ekan, cho'ntagingdagi pulni tekshirib turishing yaxshi ish, ammo afzali, Alloh qalbingdan qancha joy olganini tekshirib turishingdir!
Adham Sharqoviy
@qohiram
Ba'zi ayollar gapirishni qoyilatadi, ba'zilari chiroyli yozishni. Ayrimlari makiyajga ustasi farang. Ayrimlari kiyim tanlashga mohir. Turli-turli qobilyatli ayollar bor ammo, eng go'zal ayol — haddini bilgan, hayosi ila bezangan, odobini saqlagan, vafosida o'rnak bo'lgan ayoldir.
@qohiram
Insonning Allohga bo'lgan ixlosini eng katta ko'rsatkichlaridan biri yolg'iz qolganidadir. Yolg'izlikda Allohga itoat qilgan Qur'on o'qigan, Allohni zikr qilgan, namoz o'qigan, tafakkur qilgan inson ulug' ne'mat ichidadir.
Chunki shunday insonlar bor-ki, ko'pchilik orasida go'zal ko'rinishga ega bo'lishsa-da, yolg'iz qolganda gunoh qilishga moyil. Yoki jamoat oldida ibodat va itoatiga e'tibor qilar ekan, bu e'tiborni yolg'iz qolganda ko'rsatmaydi, Robbi uchun vaqtini ajratmaydi, behuda ishlarga sarflaydi.
Soner Duman
@qohiram
Kanalimiz kuzatuvchilari uchun eng sara kanallar to’plamini jamladik, ulanib oling, xo’p)
💞
Orginal Parfumlar
🌙
Yakuniga yetmagan ne'mat
🫀
Qalb davosi 5 narsada
📖
Arab tilida eng muhim iboralar
🍒
Agar barcha yaxshilikni istasangiz
🌷
Jannatda shifo topamiz…
Kanalimiz kuzatuvchilari uchun eng sara kanallar to’plamini jamladik, ulanib oling, xo’p)
💞
Orginal Parfumlar
🌙
Yakuniga yetmagan ne'mat
🫀
Qalb davosi 5 narsada
📖
Arab tilida eng muhim iboralar
🍒
Agar barcha yaxshilikni istasangiz
🌷
Jannatda shifo topamiz
🌷
Menga Alloh haqida gapirib ber
💕
Qalb qattiqlashgandagi amal
💙
Qiz bola dinning omonati
📖
Qur'on hifzi va takrorining sirlari
🌳
Hayotdagi eng go’zal davr
- ba’zan sog’inch hissi jon-jondan o’tib ketadi… - insonga imtihon o’laroq sog’inmoq yetar…
📩
Estetik suratlari va qalbga yaqin postlari ila bu sahifa koʻnglingizdan joy olishi aniq. Hoziroq ulanib oling va qalban sakinatni his qiling.
🦋
Manzil: https://t.me/+…
-
ba’zan sog’inch hissi jon-jondan o’tib ketadi
…
-
insonga imtihon o’laroq sog’inmoq yetar
…
📩
Estetik suratlari va qalbga yaqin postlari ila bu sahifa koʻnglingizdan joy olishi aniq. Hoziroq ulanib oling va qalban sakinatni his qiling.
🦋
Manzil:
https://t.me/+-LcnqBrm5z40YTUy
Qur'onni o'rganishga bel bog'lagan kishi aslo unutmasligi lozim shartlardan biri
uni takrorlashdan zerikmaslik
dir. Oddiy musulmon kishining bir kunlik vazifasi Qur'ondan bir pora qilib belgilangan. Qur'onni o'n, yuz, ming yoki yuz ming marta o'qish kifoya qiladi, deb o'ylagan odam xato qiladi. Uni qancha o'qisa, shuncha yangidan-yangi ma'nolar kashf etilaveradi. Qur'onni ulug'vorligi shunda!
Umrida doimo Qur'on ma'nolarini o'rganishga harakat qilganlar tajribasida bu holat hamisha uchrab turadi. Ba'zi vaqtlarda inson shunday holatga tushadiki, umr bo'yi o'qib-yodlab yurgan oyatni birinchi bor o'qib yoki eshitib turganga o'xshaydi. Sahobalarday ikki oyoqda yuruvchi tirik Qur'onlar hayotida ham bu uchrab turgan. Shunday ulug' insonlar ham Qur'onni oldida ojizliklarini doimo sezib turishgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
🌱
@qohiram
📌
Ilm olishda nimalarga e'tibor berish lozim?
Biz ilm olishni faqatgina kitob o'qish va uni yodlashda deb tushunib qolganmiz. Lekin ilm olishning o'z qoidalari bor :
⚫️
Ilm olishda avvalo niyatni to'g'ri qiling.
Agar ilm olishdan maqsadingiz Holiqni roziligi bo'lmas ekan olgan ilmingiz sizga hech qachon kerakli paytda yordam olmaydi.
⚫️
Ustozni to'g'ri tanlashga e'tibor bering.
Ustozlik sifatlariga ega insonni mahkam tuting.
⚫️
Ilm olishni mukammal vaqtlarga bo'ling.
Namoz vaqtlariga qarab reja qilsangiz ayni muddao.
⚫️
Jiddu-jahd qiling.
Siz ilm olyapsiz bunda sizga eng katta dushman dangasalikdir.
⚫️
Tavakkul qiling.
Nafaqat ilm
olishda balki har bir ishimizda Allohga tavakkul qilishimiz lozim.
#tolibi_ilmlarga
|
@qohiram