
QORAKO‘L.UZ |Lotin
Bugun Xalq Deputatlari Qorako’l tuman Kengashining
27-sessiyasi o’tkazildi
Sessiya ishida dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-sentabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan Yerlardan foydalanish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 594-sonli qarorining tumanda ijrosini ta’minlash va xatlov natijalariga ko‘ra yerlarni qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi yerlar sifatida hisobga olish to‘g‘risidagi hisobot tinglandi.
Shundan so’ng, Qorako‘l tuman hokimligi apparatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasi hujjatlarini maqsadli oʻrganish hamda ijro intizomi yoʻnalishida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi Nayimjon Azimovning hisoboti tinglandi.
Bundan tashqari, tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi hisobidan yoʻnaltiriladigan mablagʻlar to‘g‘risida Qorako'l tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Rabbonaqul Muxtorovning hisoboti va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Sessiya ishi tuman hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida to’g’ridan to’gri efirga uzatildi.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📣
Qorako‘l: “Qorako‘l shukronasi” xususiy maktabi qoshida yozgi o‘quv oromgohi ish boshladi
Bolajonlar uchun orziqib kutilgan yoz fasli kelib, o‘quvchilar uchun yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, bilim va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida jumladan, Qorako‘l tumanidagi “Qorako‘l shukronasi” xususiy maktabi qoshida yozgi o‘quv oromgohi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur oromgohda 3–10-sinf o‘quvchilari qamrab olinib, ular uchun zamonaviy ta’lim-tarbiya yo‘nalishlarida qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Dastur doirasida sport mashg‘ulotlari, robototexnika to‘garaklari, axborot texnologiyalari, chet tillari hamda turli fanlar bo‘yicha qo‘shimcha darslar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shuningdek, oromgoh faoliyati davomida intellektual o‘yinlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va jamoaviy loyihalar tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa bolalarning nafaqat bilim olishlari, balki jamoada ishlash, mustaqil fikrlash va o‘z iste’dodlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Bu yerda bolalar yangi do‘stlar orttiradi, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda intizomni shakllantirishni o‘rganadi.
Oromgohning tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutasaddilari, o‘quvchilar, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli va xavfsiz tashkil etish, ularning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida e’tirof etildi.
Asosiysi, ayni kunda farzandlarining yozgi ta’tilini foydali va sermazmun tashkil etishni istagan ota-onalarda “Qorako‘l shukronasi” xususiy maktabi qoshidagi yozgi o‘quv oromgohiga qiziqish ortmoqda.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
Qorako‘llik yosh futbolchilar sovrindorlar qatoridan joy oldi
Toshkent shahrida yosh futbolchilar o‘rtasida tashkil etilgan nufuzli musobaqada Qorako‘l tumani sharafini himoya qilgan jamoalar munosib ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra,
2018–2019-yillarda tug‘ilgan futbolchilar
jamoasi
“Gold Cup”
guruhida faxrli
3-o‘rinn
i qo‘lga kiritdi.
2016-yilda
tug‘ilgan yosh futbolchilar “
Silver Cup”
guruhida barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqa chempioniga aylanib,
1-o‘rinni
egallashdi. Shuningdek,
2014-yilda tug‘ilgan futbolchilardan
iborat jamoa ham yuqori mahorat namoyish etib, faxrli
3-o‘rinni
qo‘lga kiritdi.
Yosh sportchilarning ushbu yutuqlari ularning tinimsiz mehnati, murabbiylarning fidokorona sa’y-harakatlari hamda ota-onalarning doimiy qo‘llab-quvvatlashi samarasi bo‘ldi. Musobaqa davomida qorako‘llik futbolchilar o‘zlarining jamoaviy o‘yini, texnik mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi bilan tomoshabinlar va mutaxassislar e’tiborini qozondi.
Bugun yosh chempionlar Qorako‘l tumanida keng jamoatchilik vakillari, sport ixlosmandlari hamda ota-onalar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi. Uchrashuv davomida sportchilarning erishgan natijalari e’tirof etilib, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan zafarlar tilandi.
Qorako‘l yoshlari tomonidan qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyatlar tumanda bolalar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh avlodni sportga keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir. Ishonamizki, bugungi yosh futbolchilar kelgusida yurtimiz sporti ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk sportchilar bo‘lib voyaga yetadilar.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
Qorako‘l yoshlari innovatsion g‘oyalari bilan yana bir bor e’tiborni tortdi
Qorako‘l tumanida yoshlarning innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida startup loyihalar tanlovi tashkil etildi.
Tanlov davomida yoshlar tomonidan tadbirkorlik, raqamli texnologiyalar, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy innovatsiyalar yo‘nalishlarida ishlab chiqilgan loyihalar ekspertlar tomonidan baholandi. Ishtirokchilar o‘z g‘oyalarini taqdim etib, ularning iqtisodiy samaradorligi, amaliy ahamiyati va kelgusidagi rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
Yakunda eng istiqbolli va innovatsion yechimlarni o‘zida mujassam etgan startup tashabbuslari saralab olindi. Ushbu loyihalar nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, balki hududda zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, xizmatlar sifatini oshirish va aholi turmush darajasini yaxshilashga ham xizmat qilishi kutilmoqda.
Bugungi kunda yoshlarning kreativ fikrlashi, tashabbuskorligi va zamonaviy bilimlarga intilishi mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Qorako‘l yoshlari tomonidan ilgari surilayotgan innovatsion g‘oyalar esa hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shib, kelajakda yirik loyihalarga asos bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Bunday tanlovlar yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalar sari ruhlantirish, ularning salohiyatini yuzaga chiqarish hamda yangi avlod tadbirkorlari va ixtirochilarini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
Har bir yo‘nalish kesimida faoliyat samaradorligi muhim mezon
Bugun Qorako‘l tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida Qorako‘l tuman tibbiyot birlashmasida kengaytirilgan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tibbiyot birlashmasi rahbariyati, oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalar mas’ullari, statsionar bo‘limlar rahbarlari hamda tibbiyot xodimlari qatnashdi.
Yig‘ilish davomida birlamchi tibbiy-sanitariya tizimi hamda statsionar bo‘limlarning 2026-yil ikkinchi choragidagi faoliyati batafsil tahlil qilindi. Erishilgan natijalar, amalga oshirilgan ishlar va ko‘rsatkichlar muhokama qilinishi bilan birga, tizimda mavjud kamchiliklar, muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari yuzasidan tanqidiy fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tibbiyot birlashmasining boshqaruv apparati faoliyati, hujjatlar yuritilishi, moliyaviy intizomga rioya etilishi, statistik ma’lumotlarning haqqoniyligi hamda tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining holati ham alohida ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ish yuritish jarayonlarini tartibga solish va nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Ayniqsa, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va sifatli javob qaytarish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda tibbiy xizmatlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish hamda har bir yo‘nalishda mas’uliyat va javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📣
Prezident sovrini uchun kasbiy mahorat tanlovining viloyat bosqichiga start berilmoqda!
Buxoroda “
Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari
” shiori ostida yosh professional mutaxassislar va kasb-hunar egalarini birlashtiruvchi
“UzSkills” kasbiy mahorat tanlovining viloyat musobaqalari
boʻlib oʻtadi.
Mazkur nufuzli tanlovda hududdan saralab olingan eng iqtidorli yoshlar oʻzlarining amaliy koʻnikmalari va kasbiy mahoratlarini namoyish etadilar.
🏆
Tanlov quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha tashkil etiladi:
⚡️
Elektromontaj
👗
Modalar texnologiyasi
🧑🍳
Oshpazlik ishi
👨🏭
Payvandchilik
🧱
Quruq qurilish va suvoq ishlari
🚰
Santexnika
✂️
Sartaroshlik texnologiyasi
🩺
Tibbiy va ijtimoiy gʻamxoʻrlik
💻
Kompyuter grafikasi va dizayn
🚗
Yengil avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish
📍
Tanlov o‘tkaziladigan manzillari infografikada ko'rsatilgan.
🕘
Eslatma:
Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilardan
shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan 12-iyun kuni soat 09:00 da
tanlov o‘tkaziladigan manzilga yetib borib, ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi.
✨
Oʻz mahoratingizni namoyish eting va Yangi Oʻzbekiston bunyodkoriga aylaning!
#UzSkills
#YangiOzbekistonBunyodkorlari
#KasbiyMahorat
Bizni kuzating
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Diniy bag‘rikenglik — tinchlik va totuvlik garovi
Mudofaa vazirligiga qarashli tumanimizda joylashgan harbiy qismda
“
Jaholatga qarshi ma'rifat " shiori ostida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda ishtirokchilar e’tiboriga diniy bag‘rikenglikning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, turli konfessiyalar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va totuvlik muhitining ahamiyati, shuningdek, yoshlar ongida sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.
Harbiy xizmatchilar, yoshlar va ma’naviy-ma’rifiy soha vakillari o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, O‘zbekistonda diniy erkinlik, e’tiqod hurmati hamda millatlararo totuvlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuksak e’tirof etildi.
Bunday tadbirlar mamlakatimizda tinchlik, totuvlik va bag‘rikenglik g‘oyalarini mustahkamlash, harbiylar orasida esa ma’naviy birlik va vatanparvarlik ruhini kuchaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
#KelajakCamp
“Kelajak Camp” yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etmoqda
Yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida Qorako‘l tuman “Kelajak” markazida tashkil etilgan “Kelajak Camp” yozgi oromgohi qizg‘in va sermazmun ruhda davom etmoqda.
Mazkur oromgohda yoshlar uchun ta’limiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport va ijodiy yo‘nalishlarda turli mashg‘ulotlar hamda tadbirlar tashkil etilib, ularning har tomonlama kamol topishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Kun davomida ishtirokchilar zamonaviy bilimlarni egallash, yangi do‘stlar orttirish va o‘z qobiliyatlarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
To‘garaklar faoliyati davomida o‘quvchi-yoshlar axborot texnologiyalari, robototexnika, dasturlash asoslari, chet tillari, ijodiy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlashmoqda. Bu esa ularning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kelajakda o‘z yo‘nalishini to‘g‘ri tanlashlariga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, oromgoh dasturidan o‘rin olgan sport musobaqalari, intellektual o‘yinlar, qiziqarli tanlovlar va jamoaviy tadbirlar yoshlar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va liderlik fazilatlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Har bir mashg‘ulot va tadbir bolalarning ijodiy fikrlashi, tashabbuskorligi hamda jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
“Kelajak Camp” bugungi kunda nafaqat dam olish maskani, balki yoshlarning intellektual salohiyati, ijodiy qobiliyati va zamonaviy bilimlarini rivojlantiruvchi muhim ta’lim maydoniga aylanib ulgurdi. Bu yerda yaratilgan imkoniyatlar yosh avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni Vatanga sadoqat, yuksak ma’naviyat va ezgu maqsadlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
#Jonli_muloqot
📣
Hurmatli ota-onalar, qadrli pedagoglar!
📌
Bugun, 11-iyun kuni soat 16:00 da viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining
rasmiy telegram sahifasi
orqali umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinfiga qabul jarayonlariga bag‘ishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi.
➖
Muloqot davomida qabul jarayoniga oid yangiliklar hamda ota-onalarni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikrlar, xususan:
➡️
1-sinfga qabul jarayonlarini tashkil etish tartibi va qabulning amaldagi talablari;
➡️
elektron ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari;
➡️
jarayonlarga doir muammo va ularning yechimlari xususida boshqarma mas‘ul xodimlari tomonidan batafsil ma’lumot beriladi.
📌
O‘zingizni qiziqtirgan savollarni ushbu telegram akkaunti -
https://t.me/BVMMTB_Press
orqali qoldirishingiz mumkin.
Buxoro.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube