Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

QORAKÖL.UZ |Lotin

qorakoluzofficial
Telegram : @Qorakoluzofficial Instagram: https://www.instagram.com/qorakoluz/ Axborot xizmati rahbari: https://t.me/F_G_Turakulov Murojaat uchun: https://t.me/Xurshid_Toxirovga_murojaat_bot
Подписчики
8 289
24 часа
-22
30 дней
-215
Просмотры
1 367
ER
16,49%
Посты (30д)
329
Символов в посте
1 502
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
October 26, 14:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохранения в связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 14:05
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

QORAKO‘LDA “TURMUSH” TADBIRI DOIRASIDA OILALAR BILAN PROFILAKTIK UCHRASHUVLAR O‘TKAZILMOQDA
Oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy nizolarning oldini olish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish hamda osoyishta turmush tarzini ta’minlash ichki ishlar organlarining ustuvor vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Qorako‘l tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan “Turmush” tadbiri doirasida hududlarda istiqomat qiluvchi oilalar bilan profilaktik uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Uchrashuvlar davomida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, oilaviy kelishmovchiliklarning kelib chiqish sabablari va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, oila a’zolari bilan samimiy muloqotlar o‘tkazilib, o‘zaro hurmat, sabr-toqat, murosaga kelish va farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati xususida tushuntirishlar berilmoqda.
Profilaktik suhbatlar orqali oilaviy nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, huquqbuzarliklarga sabab bo‘luvchi omillarni barvaqt aniqlash hamda muammoli oilalarga manzilli yondashish choralari ko‘rilmoqda.
Ayniqsa, har bir oilaning sharoiti va muammolarini alohida o‘rganish, zarur hollarda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish muhim ahamiyat kasb etadi.
“Turmush” tadbiri doirasidagi bu kabi profilaktik tadbirlar oilalarda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda mahallalarda xavfsiz va osoyishta muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.

October 26, 12:04
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Öquv markazlarida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati örganildi
Kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, sovuq kunlarda yuzaga kelişi mumkin bölgan köngilsiz holatlar va favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, fuqarolar, xususan, yoşlar uçun xavfsiz va qulay şaroitlar yaratiş maqsadida Qoraköl tumanidagi öquv markazlarida örganiş işlari olib borildi.
Tegişli taşkilotlar vakillaridan iborat işçi guruh tomonidan öquv markazlarining kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik holati atrofliça közdan keçirildi. Jarayon davomida binolardagi isitiş tizimlarining mavsumga tayyorligi, elektr jihozlarining texnik sozligi, elektr tarmoqlaridan foydalaniş xavfsizligi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilişi örganildi.
Şuningdek, is gazidan zaharlaniş, yonğin va boşqa favqulodda vaziyatlarning oldini olişga qaratilgan xavfsizlik çoralari holatiga alohida e’tibor qaratildi. Isitiş moslamalaridan to‘g‘ri foydalaniş, şamollatiş tizimlarining sozligi, gaz va elektr jihozlarining xavfsiz islatilişi yuzasidan tegişli örganişlar olib borildi.
Örganişlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etiş bo‘yiça mas’ullarga tegişli tavsiya va körsatmalar berildi. Şuningdek, öquv markazlari rahbarlariga texnika va yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qiliş, isitiş tizimlarini doimiy nazoratda saqlaş hamda öquvchilar uçun xavfsiz muhit yaratiş zarurligi tuşuntirildi.
Kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişda har bir taşkilot va muassasaning mas’uliyati, xavfsizlik qoidalariga rioya etilişi hamda profilaktik tadbirlarning öz vaqtida amalga oşirilişi muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois, bu boradagi örganiş va nazorat tadbirlarini izçil davom ettiriş közda tutilgan.
📱
Say
t
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 12:04
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

October 26, 11:47
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq
, bugun tuman Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimining o‘rinbosari Hayot Haydarov tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, uy-joy, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga vazifalar yuklatildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 11:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Suyultirilgan gaz ta’minotida qonuniylik va shaffoflikni ta’minlash doimiy e’tiborda
“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati bugungi kunda respublikamizdagi 3 million 730 mingdan ortiq aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyektlarini suyultirilgan gaz bilan ta’minlab kelmoqda.
Ushbu tizimni yanada rivojlantirish, ta’minot barqarorligini oshirish, gazni xarid qilish va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish hamda sohada moliyaviy shaffoflikni ta’minlash maqsadida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 326-son qarori bilan suyultirilgan gaz ta’minotini isloh qilish, bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, sohada shaffoflikni ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni davlat tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berilgan.
Amalga oshirilayotgan islohotlar va nazorat choralari kuchaytirilayotganiga qaramay, suyultirilgan gazni noqonuniy sotish hamda talon-toroj qilish bilan bog‘liq holatlar ham uchrab turibdi. Bunday holatlarning oldini olish va qoidabuzarliklarni aniqlash maqsadida “Hududgazta’minot” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘iga muvofiq, Jamiyatning Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan nazorat tadbirlari muntazam olib borilmoqda.
2025-yil va 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida 3 mingdan ortiq to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari o‘tkazilib, jami
1217 ta qoidabuzarlik aniqlangan
. Shu davrda suyultirilgan gazni noqonuniy sotishga ixtisoslashgan
471 ta “bunker” aniqlanib, ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan
.
Ko‘rilgan choralar natijasida qiymati taxminan
2 milliard so‘mlik 193,6 tonna
suyultirilgan gaz hamda umumiy qiymati
8,7 milliard so‘mlik 17 301 dona maishiy gaz ballonining noqonuniy sotilishi oldi olingan
.
2026-yilning to‘qqiz oyidagi xizmat tekshiruvlari davomida
1,4 ming tonna suyultirilgan gaz va 10 626 dona maishiy gaz balloni talon-toroj qilingani aniqlangan
. Huquqiy baho berish uchun 25 ta material huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida
19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
.
Ayni paytda Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan to‘satdan tekshiruv va reyd tadbirlari davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarning sabablarini o‘rganish, qoidabuzarliklarga huquqiy baho berish hamda ularning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda.
Hurmatli iste’molchilar! Agar aholi uchun mo‘ljallangan suyultirilgan gazni noqonuniy sotish yoki boshqa qonunbuzarlik holatlariga duch kelsangiz, “Hududgazta’minot” AJning quyidagi aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so‘raymiz:
☎️
Ishonch telefoni:
+(99871) 202-1104 yoki 1104 (qisqa raqami orqali)
📧
Elektron pochta manzili:
info@hududgaz.uz
📧
Komplayens nazorat boshqarmasi pochta manzili:
antikorruptsiya@hududgaz.uz
📱
Komplayens nazorat boshqarmasi Telegram boti:
t.me/hgt_antikor_bot
💬
Facebook
|
👉
Telegram
|
▶️
YouTube
|
📷
Instagram
|
📱
X
|
🌐
hududgaz.uz

October 26, 09:46
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan
uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев
провел встречу
с Эмиром Государства Катар Шейхом Тамимом бин Хамадом Аль Тани, посетившим нашу страну с рабочим визитом.
#Mirziyoyev
#uchrashuv
#Qatar
#hamkorlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 05:59
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o'tkazildi
Ochiq muloqot davomida yoshlarning ta’lim olishi, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishi, ilm-fan hamda sport sohalarida yuqori natijalarga erishishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yoshlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvda, ayniqsa, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, Qorako‘l tumani nomini yuksaklarga ko‘tarayotgan yoshlarning yutuqlari alohida e’tirof etildi.
Jumladan, Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan
II Ahmad al
-
Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasida Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari Zahiriddin Fattohev va Eldor Baxtiyorov O‘zbekiston terma jamoasi safida muvaffaqiyatli ishtirok etib, bronza medallarini qo‘lga kiritishdi
. Bu natija yoshlarning chuqur bilim va salohiyati, ustozlar mehnati hamda ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi sifatida alohida ahamiyatga ega.
Shuningdek, xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib, oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan bir guruh sportchi yoshlarning yutuqlari ham e’tirof etildi. Kikboksing sport turi bo‘yicha
Qahramon To‘rayevning xalqaro toifadagi hakam sertifikatini qo‘lga kiritgani
ham uchrashuvning quvonchli yangiliklaridan biri bo‘ldi.
Tuman hokimi Xurshid Toxirov yoshlarni erishgan yutuqlari bilan samimiy tabriklab, ularga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shuningdek, yoshlarning bilim va mahoratini yanada oshirishi, yangi marralarni zabt etishi hamda kelgusida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi muhimligi ta’kidlandi.
Zero, bugun ilm-fan va sport maydonlarida o‘z iste’dodini namoyon etayotgan yoshlar — ertangi kunimiz bunyodkorlari, mamlakatimizning eng katta boyligi va kelajagidir.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 05:57
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

Qorako‘l tumanidagi ta’lim muassasalarida targ‘ibot va profilaktika tadbirlari davom etmoqda
Qorako‘l tumanidagi ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni turli salbiy ta’sirlardan himoya qilish hamda ta’lim dargohlarida sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot va profilaktika ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Xususan, ta’lim muassasalariga biriktirilgan inspektor-psixologlar tomonidan o‘quvchi-yoshlar ishtirokida turli profilaktik suhbatlar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Jarayonlarda yoshlarning huquq va majburiyatlari, qonunlarga rioya qilish, odob-axloq qoidalariga amal qilish, tengdoshlar o‘rtasidagi munosabatlarda hurmat va mas’uliyatni saqlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, yoshlarni huquqbuzarliklar, zo‘ravonlik, zararli odatlar va boshqa salbiy holatlardan asrash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash hamda zarur hollarda tegishli mutaxassislar ko‘magini tashkil etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Bunday tadbirlarning asosiy maqsadi — yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda mas’uliyat, qonunga hurmat va sog‘lom turmush tarziga intilish tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, ta’lim muassasalarida xavfsiz va sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashdan iborat.
Qorako‘l tumanida bu boradagi targ‘ibot va profilaktika ishlari yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda kelajakda barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashga qaratilgan.
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram

October 26, 05:54
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

Qorako‘lda “jadidlar izdan” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
Yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda jadid bobolarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish maqsadida Qorako‘l tumanida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi. Tanlovda tumandagi
53 ta maktabdan jami 106 nafar
o‘quvchi ishtirok etdi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, ularni jadid ma’rifatparvarlarining hayoti, ijodi va ilg‘or g‘oyalari bilan yaqindan tanishtirish, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iborat.
Tanlov ikki bosqichda o‘tkazildi. Dastlab ishtirokchilar jadidlar hayoti va ijodiga oid 25 ta test savoli orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Keyingi bosqichda esa ishtirokchilar bilet tortish orqali berilgan mavzu yuzasidan besh daqiqa davomida o‘z fikrlarini bayon etib, bilim va nutq mahoratlarini namoyish etdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
9–10-sinflar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin — Baxriddinov Murodbek, 34-maktab o‘quvchisi.
🥈
2-o‘rin — Murodova Kumushbibi, 43-maktab o‘quvchisi.
🥉
3-o‘rin — Sulaymonova Munisa, 28-maktab o‘quvchisi.
6–8-sinflar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rin — Odilova Shaxzoda, 28-maktab o‘quvchisi.
🥈
2-o‘rin — Sayidova Durdona, 1-maktab o‘quvchisi.
🥉
3-o‘rin — To‘lqinova E’zoza, 16-maktab o‘quvchisi.
Har ikki yosh toifasida birinchi o‘rinni egallagan Baxriddinov Murodbek va Odilova Shaxzoda tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bunday ma’rifiy tanlovlar yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat, taraqqiyot va millat ravnaqi yo‘lidagi ezgu g‘oyalarini chuqur anglash hamda ularni munosib davom ettirishga xizmat qiladi.
Viloyat bosqichida ishtirok etadigan o‘quvchilarimizga omad va zafarlar tilaymiz!
📱
Sayt
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram