Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Qudrat Abdurahimov

qudratabdurahimov
Tizimli boshqaruv va raqamli transformatsiya eksperti youtube.com/@QudratAbdurahimov @gitauz 📞 +998 90 808 37 38
Subscribers
1 992
24 hours
-3
30 days
-1
Post views
1 426
ER
71,59%
Posts (30d)
2
Characters in post
1 140
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Education
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Technology & Software Development
Summary
October 07, 11:31

Juda og'riqli qaror
!
1️⃣
Qonuniy ishlab, soliqlarni to‘liq to‘lay olmayotgan bo‘lsangiz
— bu biznes bilan shug‘ullanmang. Qonundan qochish — biznes modeli emas.
2️⃣
Soliqlarni to‘lab, jamoaga munosib maosh bera olmayotgan bo‘lsangiz
— bu biznes bilan ham ishlamang. Odamlarning mehnatini arzon baholab, uzoq muddatli tizim qurib bo‘lmaydi.
3️⃣
Soliqni ham to‘lab, maoshni ham berib, o‘zingiz kutgan sof foydani ololmayotgan bo‘lsangiz
— bu biznesni ham to‘xtating. O'zingizni aldamang.
Xulosa oddiy:
Biznes qachon yashashga haqli? Qachonki davlat oldida toza, jamoa oldida adolatli va egasi uchun haqiqatan manfaatli bo‘lsa. Qolgani — shunchaki mashg‘ulot.
@QudratAbdurahimov
—
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти
P.S. Qaror qilish oson emas. Juda og'liqli.
P.S. Hech qanday qaror qabul qilmaslik ham qaror. Lekin juda qimmat qaror.

October 05, 05:00

Qo'qonga kelganimni bilgan ba'zi qo'qonlik kanalimiz kuzatuvchilari bilan bugun ertalab ko'rishib, tanishib, suhbatlashdik. Shogirdlar davrasida bo'lgan bu suhbat yoshlar uchun ancha qiziq bo'ldi. Mening o'zim uchun ham qiziq bo'ldi, aslida.
Azizjon aka Iqtisodiyot va Moliya Vazirligida (ayni paytda University of Malayada ham Islom moliyasidan PhD qilayotgan ekan), Nozimjon aka Ijtimoiy Himoya Milliy Agentligida, Farhod aka Dang'arada intensiv bog' bilan faoliyat yuritar ekanlar.
Suhbat asnosida eshitgan bir-ikki narsalarni ulashmoqchiman.
Covid pandemiyasidan keyin bizda
Autizm
bilan tug'ilayotgan bolalar soni keskin ortmoqda ekan (Autizmda bolaning miya rivojlanishida o'zgarish ro'y berib, bola o'z olamida yashaydi, atrofdagilar bilan muloqot qilishdan qochadi).
Buni davolash osonmasligi uchun davlatimiz xususiy tadbirkorlar bilan sheriklik asosida maxsus davolash maskanlarini yo'lga qo'ymoqda (hozircha respublika bo'yicha 428 ta yetgan). Ota-ona bolasini ertalab tashlab ketadi, kechqurun 17:00 da olib ketadi -- bolakay kun bo'yi malakali shifokor va murabbiylar nazoratida bo'ladi. Bunday bolalar ustidan qancha ko'p ishlasalar, birga muloqot qilsalar, shuncha tez tuzalib ketishi mumkin. Albatta,
autizm
ning darajalari ham turliicha bo'larkan.
Ko'p ota-onalarning bunday farzandlar bilan uzoq ishlashga toqatlari qolmaydi, qanday ishlashni ham aslida bilmaydilar --- davlatimizning bu g'amxo'rligi shu jihatdan maqtovga loyiq.
Tadqiqotlarga ko'ra,
Autizm
ning asosiy sabablari: ota-onaning bir-biriga yaqin qarindoshligi va har xil genetik omillar. Yaqin yillardagi kuzatuvlar esa Covid virusining tanada qoldirgan salbiy ta'siri ham bo'lishi mumkinligini ko'rsatmoqda. Va yana bir ehtimollik --- onalar homiladorlik vaqtida Ijtimoiy tarmoqlar (TikTok, Instagram Reels videolar etc.)da o'tirib qattiq emotsional tebranishlarni kechiradilar. Qisqa videolar goh kuchli quvonchni bersa, boshqasi to'satdan kuchli asabiy zo'riqishni keltirib chiqaradi (masalan, boshqalar dardiga hamdardlik hissi yoki o'zining eski ruhiy siqilishini eslatuvchi syujetlar ta'sirida). Bular gormonal buzilishlarga olib kelishi va homilaga jiddiy ta'sir qilishi mumkin ekan.
Shuning uchun, aytamanki, biz oldingi ichki barqarorlik va xotirjamlik hukm surgan hayot tarzimizga qaytishimiz kerak. Bunaqa tarmoqlarni yig'ishtirib, kitobxonlik, oilaviy suhbatlar, yaqin qadrdonlar bilan bordi-keldilarni yo'lga qo'yishimiz kerak. Tez-tez ilmiy-ma'rifiy suhbatlardan bahramand bo'lib turishimiz kerak.

September 17, 10:40

Baxtli tentak!
Bir tentak bor ekan. Bir kuni turmush o‘rtog‘i bilan kino ko‘rib o‘tirgan ekan. Kinoda ayol kishi eriga gitara chalib, qo‘shiq aytib berayotgan emish.
Shunda haligi tentak ayoliga qarab:
— Sen menga gitara chalib bermaysan. She’r ham aytib bermaysan, — deb o‘pkalanibdi.
Ayoli esa xotirjamlik bilan:
— Bularning o‘rniga Qur’on o‘qib beraman-ku, — deb javob qaytaribdi.
Tentakning ko‘ngli yorishib, rosa xursand bo‘libdi:
"To‘g‘ri aytasan, Qur’on o‘qiganing afzal!"
O‘sha tentakka rosa havasim keldi.
Shunaqa baxtli tentaklar hozir ham bor ekanmi?.. :)
@QudratAbdurahimov

July 13, 04:54

Institutsional boshqaruv
Institutsional boshqaruvda
hatto biznes egasi (asoschisi) ham o‘zi o‘rnatgan tizim va qoidalarga bo‘ysunadi.
U endi "men xo‘jayinman, nima xohlasam shuni qilaman" deb individual qarorlar chiqarolmaydi.
Bu nima uchun kerak va amalda qanday ishlaydi?
1. Biznes egasi va Biznesning o‘zi ajratiladi
Egasining shaxsiy hamyoni bilan kompaniya g‘aznasi, egasining shaxsiy xohishi bilan kompaniyaning strategik maqsadlari bir-biridan huquqiy va amaliy jihatdan ajratiladi. Biznes alohida yashaydigan, o‘z qonun-qoidalariga ega bo‘lgan "organizm"ga aylanadi.
2. Qarorlar his-tuyg‘u bilan emas, protokol bilan qabul qilinadi.
Biznes egasi kompaniyani o‘zi xohlagandek emas, balki tasdiqlangan qoidalar (reglamentlar, standartlar, KPI va uzoq muddatli strategiya) asosida boshqaradi. Masalan, ehtiyoj bo‘lmasa, xo‘jayin o‘zining tanishini shunchaki xohlagani uchun yuqori lavozimga tayinlay olmaydi — chunki HR tizimi va nomzodga qo‘yilgan institutsional talablar bunga yo‘l qo‘ymaydi.
3. "Egasiz ham ishlaydigan" model yaratiladi.
Agar kompaniya institutsional darajaga chiqsa, uning egasi 1-2 oyga ta’tilga ketsa yoki umuman operatsion boshqaruvdan chetlashsa ham, biznes to‘xtab qolmaydi. Chunki funksiyalar shaxslarga (jumladan, egasining shaxsiyatiga) emas, jarayonlarga bog‘langan bo‘ladi.
Xulosa qilsak:
Biznes endi egasining "shaxsiy tomorqasi" emas, balki qat’iy qoidalar asosida harakatlanadigan
soat mexanizmiga
aylanadi. Biznes egasi bu tizimda eng oliy nazoratchi yoki strateg bo‘lishi mumkin, lekin u ham o‘yin qoidalarini buza olmaydi. Aks holda, tizim sinadi.
@QudratAbdurahimov
—
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

July 10, 06:47

"Biz faqat mashinalar ishlab chiqarmaymiz, biz avvalo odamlarni yetishtiramiz."
Bu so‘zlar dunyo avtosanoati giganti –
Toyota
kompaniyasining boshqaruv falsafasini belgilab beruvchi eng bosh mezon hisoblanadi.
Ko‘pchilik bizneslar bor e'tiborini faqat mahsulot sifatiga yoki texnologiyaga qaratadi. Toyota esa muvaffaqiyat kalitini butunlay boshqa joydan topgan. Ular buni ikkita egizak tushuncha bilan tushuntirishadi:
🛠
1. Monozukuri (モノづくり)
– bu "narsa/mahsulot yaratish san'ati" degani. Bu shunchaki konveyerda mahsulot yig‘ish emas, balki eng oliy sifatga, mukammallikka va isrofgarchiliksiz ishlab chiqarishga intilishdir.
👤
2. Hitozukuri (ヒトづくり)
– bu "odamlarni (iste'dodlarni) yetishtirish va rivojlantirish san'ati" degani.
Toyota falsafasiga ko‘ra:
Hitozukuri bo‘lmasa, Monozukuri ham bo‘lmaydi!
Ya'ni, siz top-menejer yoki muhandislaringizni qanchalik aqlli qilmang, agar konveyerda turgan oddiy ishchini o‘z ishining "olimi" qilib tarbiyalamasangiz, baribir sifatli mahsulot chiqa olmaysiz.
Bu tizim qanday ishlaydi?
Xatoga jazo yo'q:
Agar tizimda muammo chiqsa, aybdor qidirilmaydi, muammoning ildizi qidiriladi. Ishchiga "Nega xato qilding?" deb emas, "Tizimning qayeri seni adashishga majbur qildi?" deb savol beriladi.
Fikrlar qadrlanadi:
Toyotada har bir oddiy ishchi yiliga o‘rtacha 10-20 tagacha jarayonni yaxshilash bo‘yicha taklif beradi va ularning 90% dan ortig‘i amaliyotga joriy qilinadi.
Xulosa va biznes uchun dars:
Muvaffaqiyatli korporativ tizim yoki raqamli transformatsiya yaratmoqchi bo‘lsangiz, avvalo, odamlarga investitsiya qiling. Jarayonlarni shunday quringki, xodimlaringiz shunchaki buyruq bajaruvchi robotlar emas, balki har kuni tizimni yaxshilash haqida o‘ylaydigan g‘oya generatorlariga aylanishsin.
Avvalo odamni o‘stirmoq kerak, mahsulot sifatini o‘sha odamning o‘zi o‘strib oladi.
@QudratAbdurahimov
—
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

July 07, 03:38
Media unavailable
1
Show in Telegram

AI Darslar YouTube kanalimizda bitta jild qilib qo‘yildi:
📱
https://youtube.com/playlist?list=PLT4dZW3IfXqw2w6fHspUnyVAOWe5RWtaX
Savollar bo‘lsa, izohlarda qoldiring. Ko‘rib chiqib, javob yozamiz.

July 05, 03:39

Bu sizning qaroringiz!
Psixologiyada juda ajoyib bir qoida bor:
"Hech kim sizning roziligingizsiz sizni xafa qila olmaydi."
Ya’ni, tashqi ta’sirlardan ranjish yoki ranjimaslik — bu mutlaqo sizning tanlovingiz. Buni bugungi kunda hissiyot ilmi, ya’ni hissiy intellekt (EQ) ham to‘liq tasdiqlaydi.
#Baxt
ham xuddi shunday...
Inson o‘zini baxtli deb his qilsa — baxtli, baxtsiz deb bilsa — baxtsizdir. Negaki, moddiy olamda (tashqi muhitda) birdaniga hech narsa o‘zgarib qolmaydi. "
Men baxtsizman
" degan tushuncha shunchaki insonning ongida yashaydi, xolos.
Agar inson haqiqatda baxtli ekaniga ishonsa, bunga o‘z ichki olamidan yetarlicha dalillar topa olsa, o‘zidagi bor ne’matlarni qadrlab, ularning hisobsiz ekanini yurakdan his qila bilsa — u inson shubhasiz baxtlidir.
Yaratganning O‘zi ham:
"Agar shukr qilsangiz, ziyoda qilaman"
, deb va’da bergan. Inson chin dildan shukr qilishni boshlagan ondayoq, o‘sha zahoti ne’matlarning ziyodaligini va qalbidagi "
Baxt
" tuyg‘usini his eta boshlaydi.
Demak, baxtli bo‘lish — har bir insonning o‘z qo‘lida.
P.S.
Baxtli bo‘lish — bu shunchaki bir qaror. Uni bugun qabul qiling.
@QudratAbdurahimov
—
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

July 02, 07:07

📈
Муаммоларни кабинетда эмас, «воқеа жойида» ҳал қиламиз
#
Gemba
Management:
Кайдзен фалсафасида
Gemba
(Гемба) — бу қиймат яратиладиган, яъни бевосита иш кетаётган жой (ишлаб чиқариш, қурилиш майдони, офис ёки хизмат кўрсатиш нуқтаси). Муваффақиятли раҳбар жараёнларни фақат ҳисоботлардан эмас, Гембага бориб ўрганади.
📌
Гемба бошқарувининг 5 та олтин қоидаси:
1️⃣
Go to Gemba
— Воқеа жойига боринг ва вазиятни ўз кўзингиз билан кўринг.
2️⃣
Фактларни йиғинг
— Тахминларга таянманг, рақамлар ва аниқ маълумотлар билан ишланг.
3️⃣
Вақтинчалик чораларни кўринг
— Муаммо катта зарар келтирмаслиги учун тезкорлик билан уни тўхтатиб туринг.
4️⃣
Find the Root Cause
— Асл муаммони (илдизини) аниқланг. Бунинг учун
«5 Нега?» (5 Why)
усулидан фойдаланинг.
5️⃣
Стандарт ёзинг
— Муаммо тизимли равишда қайта такрорланмаслиги учун янги қоида ёки йўриқнома ишлаб чиқинг.
🔄
Gemba Walk (Гемба айланиши) 2 турга бўлинади:
🗓
Режали
— Мунтазам равишда ўтказиладиган, тизимнинг асоси бўлган айланишлар.
🚨
Муаммо чиққанида
— Фавқулодда вазият юзага келганда тезкор ўрганиш.
⚠️
Энг муҳим қоида:
Gemba Walk — бу текшириш, назорат қилиш ёки кимнидир жазолаш ЭМАС! Бу жараёнда айбдор қидирилмайди, балки тизимнинг қайси жойида хато борлиги ўрганилади.
🌟
Олтин қоида: Respect People
— Ходимларга ҳурмат кўрсатиш. Гембанинг асл мақсади — жараённи ич-ичидан тушуниш ва ходимга ишини енгиллаштириш учун ёрдам беришдир.
🤖
@QudratAbdurahimov
—
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

June 22, 10:14

Oliy maqsad!
Mening oliy maqsadim McKinsey elagidan oʻtdi (10/10 ball!)
🎯
Yaqinda oʻz oldimga qoʻygan oliy maqsadimni McKinsey & Company’ning mashhur
"Centered Leadership" (Markazlashgan yetakchilik)
modeli asosida tahlil qildim.
Natija men kutgandan ham aʼlo — 10 dan 10 ball!
Sunʼiy intellekt bu maqsad shunchaki orzu emas, balki shaxsiy iqtidor, biznes-mantiq va jamiyat ehtiyojini birlashtirgan mukammal strategik kompas ekanligini tasdiqladi.
Siz ham oʻz maqsadingizni tekshirib koʻrmoqchimisiz?
Quyida siz uchun maxsus prompt tayyorladim. Uni ChatGPT, Claude yoki Gemini’ga tashlab, maqsadingiz qanchalik kuchli ekanligini professional tahlil qildirib oling.
@QudratAbdurahimov
-
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти

June 17, 09:57
Media unavailable
3
Show in Telegram

Zamonaviy tadbirkor!
Qarang odamlar AI orqali nimalar qilyapti.
Bu boladan zo'r tadbirkor chiqadi. Faqat sal AI ni imkoniyatlarini o'rganishi kerak.
Tadbirkor do'stlarga jo'natib qo'yamiz :)
@QudratAbdurahimov
-
Тизимли бошқарув ва рақамли трансформация эксперти
P.S. Ko'rib maza qildim. Avaz Oxun xazillaridan kam emas :)